PDA

View Full Version : Bola nega yiglaydi...


realist
05-07-2002, 12:35 AM
DUNYODA BOLALAR YIGLAMASIN...

BOLA NEGA YIGLAYDI…
Bola nega yiglaydi,
Bagrimni o’tga yoqib.
Ko’zlari javdiraydi,
Atrofga mungli boqib.

Nega hafa dunyodan,
Yelkasida gam yuki?
Ahir u “bola podsho”,
Deyilgan bir yoshdaku.

Ne gunohi bor uning,
Tugilish bir gunohmi?
Ushalmagan orzuning,
Dili shunday siyohmi?

O’ksib, o’ksib yiglaydi,
Oyoq qo’lida titroq.
Yuragimni tiglaydi,
“Ne uchun?” degan so’roq.

Ne bo’ldi, bolagina,
Aytgil menga, tinchlikmi?
Seni titroqqa solgan,
Qo’rquv yoki ochlikmi?

Nahotki dunyo bo’m bo’sh,
Senga bir qiyo boqmas.
Eh kattalar, kattalar,
Men sizga qoyil emas.

Ne uchun bu manmanlik,
Osmon o’par binolar?
Fazoga chiqmoq uchun,
Sovurilgan millionlar?

Kechalik maishatga,
Bagishlangan sarvatlar.
Yolgon yashiq yo’l bilan,
Qo’lga kirgan ne’matlar.

Kimga kerak tum taroq,
Cho’zilgan bu majlislar.
Modom bunda begunoh,
Begunoh go’dak yiglar.

Ko’rmay o’tib ketasiz,
Mamnun, magrur, beparvo,
Ishingiz juda ham ko’p,
Juda ham bandsiz go’yo.

Otaginam iltimos,
Boqing bir oz atrofga.
Bola yiglamas edi,
Kelsak bir oz insofga.

Ahir inson farzandi,
Bir otadan taralgan.
Bu dunyo ham yahshilik,
Ezgulikka yaralgan.

Adashsangiz bazida,
Siz bunga tan ham bering.
Yiglagan bu bolaning,
Dardiga malham bering.

Ko’zi ochlik hos emish,
Hamma turli hayvonga.
Keling, bizlar yashaylik,
Ohshab bir oz insonga.

Qusurimga boqmaysiz,
Dardimni soldim to’kib.
Dunyoda yiglamasin,
Bola- qaddini bukib.

01. 05. 2002
SALOMLAR. OMADLAR.

FREEMAN
05-09-2002, 08:50 AM
yigit yiglamasin dunyoda...

nancy
05-09-2002, 09:31 AM
hmm...child might be crying for any reason, it does not have to be such a big deal...give him [child] a candy->solution for the cry. :)

"yigit yig'lamasin...???" that is soooo lame. Nima yigit odammasmi, yig'lamasdan? I just wonder...

realist
05-09-2002, 09:57 AM
Nancy (May 09, 2002 08:31):
hmm...child might be crying for any reason, it does not have to be such a big deal...give him [child] a candy->solution for the cry. :)

"yigit yig'lamasin...???" that is soooo lame. Nima yigit odammasmi, yig'lamasdan? I just wonder...

Okaginam Nancy,
Please look around, do not you see any crying child?
U holda siz osha "osmon o'par" binolarda yashar ekansiz agar buni ko'rmasangiz.
Balki o'zbekchani yahshi bilmassiz?
Bu yerda bola "injiqlik" qilib yiglayotgani yoqligo ko'rinib turibdi.
Hurmatlar.

realist
05-09-2002, 10:04 AM
FREEMAN (May 09, 2002 07:50):
yigit yiglamasin dunyoda...

FREEMAN,
Gapingizga qoshilaman. Yigit yiglashi bu dunyoning darz ketgani.
Quyudagi yigitlar haqida edi. Unutmadingizmi?
Salomlar. Omadlar. :)
YIGITLARGA…

Zamon va makonda yo’qni qidirib,
Va yoki javobsiz ishqni qidirib,
Ko’zdagi yoshini zimdan sidirib,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Eng yaqin do’sti ham uch pulga sotib,
Oshnasi tuhmatning toshlarin otib,
Yo’qlik, chorasizlik jonidan o’tib,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Uch kunlik kuyovni ganim chorlasa,
Or bo’lar vaqtida yetib bormasa,
Haromga aylanib halol va toza,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Bemavrid hastalik bukib qaddini,
Hech kimga aytolmay ogir dardini,
Yo’qotib uyda ham halovatini,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Bermasin sevgani shaytonga qo’lin,
Payini kesmasin bironta mal’un,
Bu yolgon dunyoda yo’qotib yo’lin,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Olloh ham yigitni yaratgan chogda,
Risqini socharmish yetmishta joyga,
Sochilgan risqini oqizib soyga,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Men bugun sizlarni oldim qalamga,
Yigitlar ustundir yorug olamga,
Duch kelib har turli qaygu alamga,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

:)
05-09-2002, 10:37 AM
Zamon va makonda yo’qni qidirib,
Va yoki javobsiz ishqni qidirib,
Ko’zdagi yoshini zimdan sidirib,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Eng yaqin do’sti ham uch pulga sotib,
Oshnasi tuhmatning toshlarin otib,
Yo’qlik, chorasizlik jonidan o’tib,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Uch kunlik kuyovni ganim chorlasa,
Or bo’lar vaqtida yetib bormasa,
Haromga aylanib halol va toza,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Bemavrid hastalik bukib qaddini,
Hech kimga aytolmay ogir dardini,
Yo’qotib uyda ham halovatini,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Bermasin sevgani shaytonga qo’lin,
Payini kesmasin bironta mal’un,
Bu yolgon dunyoda yo’qotib yo’lin,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Olloh ham yigitni yaratgan chogda,
Risqini socharmish yetmishta joyga,
Sochilgan risqini oqizib soyga,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.

Men bugun sizlarni oldim qalamga,
Yigitlar ustundir yorug olamga,
Duch kelib har turli qaygu alamga,
Hech qachon egilmasin yigitning boshi.[/quote]
***************************************

Hich yiglamang Qizlar!
Har doim yuzlaridan kulgu yog'ilgan,
"Ha, labbay " deb ham chopib yugurgan,
Keltirgaydir omad ularning ishi,
Hech qachon egilmasin qizlarning boshi.

Qizlarning yig'isi tola mung, hasrat,
Faqat qizlar yiglasa bolmas adolat. ;)
Ularning yigisi katta bir san'at .
Hech qachon egilmasin qizlarning boshi

Egiq bosh yarashmas bizga
Kulgu kelsin har doim qizga
Shundagina hamma ham cho'kar tizga,
Hech qachon egilmasin qizlarning boshi

Uyalganda, kulganda erga qaraysiz
Uka-singillaringiz ham yuvib-taraysiz,
Sizdursiz hayotning ulug naqqoshi
Hech qachon egilmasin qizlarning boshi

realist
05-09-2002, 11:39 AM
Azizim "smile",
Endi tola boldi bu mavzu a?
Keyingi sher "Dunyoda hech kim yiglamasin"
boladimi?
Omadlar. Salomlar. :)

nancy
05-09-2002, 07:06 PM
REALIST;

where did you see a child crying? I said give him/her a candy and you'll solve the problem. :)

Now, some serious stuff. There's an activity called family planning. And the meaning of life is after all, not making babies only.

PS. By the way, you can refer to me as Nancy, I'm okay with that. However, if your style is "okaginam", then you can choose between "opaginam" and/or "singilginam." :)

realist
05-10-2002, 10:21 AM
Nansy "opaginam" :),
I think we are in different planes (ploskost), and I am afraid it will be difficult to find "common denumerator". So let us do not start a discussion here.

But it was nice to know that you are "opagina".
Realist. :)

realist
05-16-2002, 09:10 AM
Gullar ichra lola yahshi,
Togdagi shalola yahshi.
Girrom o'yin qilma do'stim,
Aldash uchun bola yahshi...

Salomlar. :)

ishonch
05-16-2002, 09:47 AM
Hich yiglamang Qizlar!
Har doim yuzlaridan kulgu yog'ilgan,
"Ha, labbay " deb ham chopib yugurgan,
Keltirgaydir omad ularning ishi,
Hech qachon egilmasin qizlarning boshi.

Qizlarning yig'isi tola mung, hasrat,
Faqat qizlar yiglasa bolmas adolat. ;)
Ularning yigisi katta bir san'at .
Hech qachon egilmasin qizlarning boshi

Egiq bosh yarashmas bizga
Kulgu kelsin har doim qizga
Shundagina hamma ham cho'kar tizga,
Hech qachon egilmasin qizlarning boshi

Uyalganda, kulganda erga qaraysiz
Uka-singillaringiz ham yuvib-taraysiz,
Sizdursiz hayotning ulug naqqoshi
Hech qachon egilmasin qizlarning boshi[/quote]
****************************************


"Ularning yigisi katta bir san'at ".

O'z o'zni tanqit qilish uchun juda mos tushipti :)

smiley
05-16-2002, 10:24 AM
O'z o'zni tanqit qilish uchun juda mos tushipti
**************************************
Rahmat.
Tog'risini etsam, yigash ham kere o'zi bazan. Bolmasam bolmiydi. Yiglash ham kotta san'at. U bilan kop narsaga erishsa boladi. :p
Albatta, kulgu har doim usundir!

ishonch
05-18-2002, 02:01 AM
Smiley (May 16, 2002 09:24):

"Ularning yigisi katta bir san'at ".

O'z o'zni tanqit qilish uchun juda mos tushipti
**************************************
Rahmat.
Tog'risini etsam, yigash ham kere o'zi bazan. Bolmasam bolmiydi. Yiglash ham kotta san'at. U bilan kop narsaga erishsa boladi. :p
Albatta, kulgu har doim usundir!

***************************************

Bir taraftan yolg'onde? Shunday emasmi?

Bir narsaga erishishi uchun yeg'lash...g'irromde.Erke kishi buni sezganda nima qiladi?

Misol uchun mani kulgim qistap ,kulip yuboraman.......kulishimga qaramay to'htamasa -etibor bermayman va natijada munday nomoqul yol bilan bir narsaga erishmoqchi bo'lgan ayol niyatiga yetmaydi.

Shaytonni ishi de bu "Tabassumhon".

smiley
05-19-2002, 01:42 PM
Salom, Ishonch,
Man yiglash haqida gapirganimda umumiy qilib olgan edim. Yani qizlar to’gri o’gil bollarga nisbatan ancha ko’p yiglashadi. Man yozganim, yani yiglash ham foydali deganimda ko’p narsani nazarda tutgandim. Masalan qizlar yomon baho olganda yiglashsa bazan yordam beradi yani o’qituvchi keyingi safar javob ber yoki boshqa narsa deb ovuntiradi (It depends on teachers. Some of them aren’t like that) Yoki uyda ham agar biror bir narsa olishligi kerak lekin ota-onanligi hoxlashmayapti. Shu mahalda yiglash ham yordam beradi. Siz etganingizdek, bu yolgon yiglash emas. Rostan yiglash, lekin bu kopincha o’gil bollarning q’olidan kelmaydi. Shung uchun bu san’at degandim.

Yana yiglashning bitta yahshi tomoni bor. Qayoqdadir oqigandim, bilasizlar statistikaga qaraganda qizlar o’gil bollarga qaraganda kam “heart attack” dan vafot etishadi. Buning bir sababi esa qizlarning o’z tuygularini ochiq namoyon etishlaridir. Yani hafa bolishsa yiglashadi va ko’ngilligini b’oshatishadi. Bu o’gil bollarga hos emas. Ular bor dardini ichida saqlashadi.
Mana sizga misollar qizlarning yiglashi ularga qancha foyda keltirishini To’grisi, o’zi foydasi juda ko’p faqat agar har biriga to’htalsam kech qolaman. Ketishim kere.

Qisqasi, balki siz aytganday bazi qizlar yolgon yiglashligi mumkin, lekin man buni nazarda tutmagandim:)
Mayli omad…
“Tabassumhon” :)