munisa
05-19-2002, 11:14 PM
Assalomu alaykum ahli Forum va Adabiyot muhslislari!!!
Bu boardimiz ham ba'zi hollarda ma'nosiz diskussiyaga tulib ketganidan bir oz hafa bu'ldim. Bu yerda menimcha nazm va navo sehrini bir-birimizga ulashib, dard va quvonch tu'yg'ularini adabiyot orqali izhor etib tursak yomon bu'lmasdi. Bilishimcha avvallari shunday edi, bir chiryoli "Janub Vodiy aytishuvlari" bu'lgandi, umuman hammaning hissiyotlarini she'riyat orqali tinglash juda maroqli edi. Iltimos, doimgiday ajoyib misralarni bitib turinglar, va mavzuga mos holda bahslar yuritsak nur ustiga a'lo nur bu'lur deganlariday :)
Bir zamonlar yozib qu'yganim bir she'r bor edi, sizlar bilan baham ku'rgim keldi. Lekin Read Only, haymi ? ;)
Shabnam bu'lib qu'nay yuzlaringizga
Sevgim bog'i aro har tong yursangiz,
Yaproqlarim sochay izlaringizga
Ishq gulzorima bir bor kirsangiz.
Jannatday maskanda malika gulman,
Sizni izlab dilim hufton bilsangiz.
Kimsiz.., qaylardasiz... Hattoki bilmam,
Qaniydi bir bora holim su'rsangiz.
Hayolu orzuim tasvirlar sizni-
Eriblar ketaman hushru'y kulsangiz.
Shirin su'zlaringiz titratar meni,
Siringiz bosadi qu'lim tutsangiz.
Eh, jichcha boshimga tushdi-ku savdo-
Ha mayli aytarsiz bir kun sevsangiz
Balki tongda bog'da bu'larsiz paydo,
Yo u'zim topaman kutib tursangiz !