cute
05-22-2002, 06:11 PM
Yong'in sekingina uning ichiga singayapti. Kallani olov almashtirganda vujudni his qilish qiyin. Olovni hayoldek tasavvur qildi, vujudi but, o'zi tetik hammasi joyida. Lekin... olov nimadir ichiga shiddat bilan kiradi. Hayol emas haqiqat. uzulib uzulib singadigan haqiqat, har uzilishda vujudga tobora kiraveradigan, orqasida faqat kul qoldiradigan haqiqat, shunchalar beayov.
Ayanchli ahvolga tushganida jig'ildonidagi og'riqni his qilganidek, shiddat aynan o'sha joyga yetib kelganini his qiladi. yong'in yurakka yetib kelayapti, aynan shu yerda hammasi oydinlashadi. O'chirishi mumkin, to'htab qolar. Lekin beayov haqiqat yengayapti, kuydirayapti qiynayapti, singayapti. Qarshilik qilishi tobora qiyin, har hil hayollar oldidan o'tadi.
Ammo yong'in yuragini kuydirarar ekan, u kimnidir qayg'usini, tashvishini, alamini kuydirayapti. Kimnidur tinchlantirishga, keyingi qadamlarini tinch bir o'zi o'ylab olishiga imkon berardi. Shularni bilgach yon'gin bergan og'riq yo'qolar, og'riq bilan birga hayot ham...
Taqdiri shu ekanligini, har doim so'ragan savobiga jovobini topar ekan, kimgadir foydasi tegayotgaligidan qoniqish hosil qildi. Deyarli kul bo'lib bo'ldi, vujudi uchinigina his qilayapti. to'htadi.
Sigaretimni o'chirar ekanman, menda ham boshlanayotgan yong'in shunaqa davom etarmikin degan hayol qiynaydi.