PDA

View Full Version : News from "Uloq"


sanjar
04-04-2001, 11:29 AM
Salom ba hama,

Quyidagi habar Vodiydan:

31.03.02 - 1.04.2000. Qo'qon. Vodiyning uloqqa ("Uzbek Polo") ishqiboz chavandozlari Qo'qon yaqinidagi Istiqlol nomli jamoa ho'jalik hududida katta namoyish ko'rsatishdi.

Chustning "Qora Saman", Popning "Chavandoz", Oltiariqning "G'olib" va Qo'qonning "Cho'l Qichqiri" guruhlari o'zaro bellashdilar.

Uloq aslida individuallikka asoslangan bo'lishiga qaramay, guruh a'zolari "uloq"ni o'zaro hamkor bo'lib bir-birlariga ustalik bilan oshirdilar. Natijada Oltiariqning "G'olib" guruhi o'z nomiga yarasha ish tutib, Chustning "Qora Saman"i bilan finalga chiqishdi.

1.04.2000 davom etgan o'yinning final bosqichi juda qizg'in o'tti. O'yinning boshida Oltiariq chavandozlari Chustliklarga nisbatan ancha ustunlikka ega bo'lishlariga qaramay, o'yin yakuni "Qora Saman" (Chust) foydasiga hal bo'ldi.

O'yinning eng zo'r chavandozi deb topilgan Oltiariqlik Ne'matjon Qobilov Tico avtomashinasi sohibi bo'ldi. "O'yin Tulpori" deb tanlangan Chustlik Samad Oxunovning "Qora Ko'z" tulpori nomiga Videoikkilik tuhva etildi. (Endi Qora ko'z mazza qilib otxonada video ko'radigan bo'ldi! :D - SJ)

Qolgan ishtirokchilarga ham qimmatbaho esdaliklar topshirildi.

Vodiy Sadosidan.

SJ 8)

Chustlik bola
04-04-2001, 07:49 PM
Yashavor Chust,

Chustlilar hech kachon hech kimga yutkazishmagan va kelajakda ham yutkazishmiydi!!!!

Olg'aaa chustli uloqchilar!!!