PDA

View Full Version : Interview with Salkov


varatar
04-14-2001, 12:33 PM
Asosiy raqibimiz shubhasiz Iordaniya
UzbekWorld.com Juma, Aprel 13, 2001, 3:01 UZ

O’zbekiston terma jamoasi uchun JCH-2002 sararl o’yinlari boshlanishiga oz muddat qoldi. Biz tayyorgarlik jarayoni va O’zbekistonning imkoniyatlari masalasida bosh murabbiy Vladimr Salkov bilan suhbatlashdik.

Savol: Umumiy tayyorgarlik qay ahvolda?

Javob: Jamoa men murabbiylikni boshlagan kundagiga qaraganda yaxshi, lekin u raqiblardan kuchlimi-yo’qmi musobaqa davomida bilib olamiz. Yigitlar 16 aprelga qadar o’z klublari tarkibida shug’ullanishadi. Keyin hamma Toshkentga yig’iladi, asosiy tayyorgarlikni boshlaymiz.

Savol: Yevropadagi yig’indan qoniqish hosil qildingizmi?

Javob: Ko’p legioner va mahalliy futbolchilarni sinovdan o’tkazdim, nomdor futbol jamoalari bilan kuch sinashdik. Bu mahoratimizning oshishiga ancha yordam berdi.

Savol: Tarkibga yangi qo’shilgan xorij futbolchilari haqida nima deysiz?

Javob: “Lokomotiv” vakili Maminov menga Germaniyadagi ko’rikda ma’qul bo’ldi. U Qosimov bilan mukammal juftlik hosil qildi. Bolgariyalik Gregorev esa to’purarlik mahorati borligini namoyish etib, safarimiz davomida beshta gol urishga muvaffaq bo’ldi.

Savol: Darvozabonlarimiz haqida nima deysiz?

Javob: Muammo aytarli yo’q. Bugalo, Belyakov va Safonovlar jismonan 100 foiz tayyor. Biz hozir darvozabonlar bilan ishlash uchun Igor Kulishinni (tanqili mutaxassis. Uning usuli asosida Bolgariyada maxsus darvozabonlar maktabi ochilgan) jalb qilganmiz. Darvozabonlar bilan hozir u ish olib bormoqda. Kulishin tez orada Toshkentda ham darvozabonlar maktabini ochishni rejalashtirgan.

Savol: Raqiblarimiz haqida fikringiz?

Javob: Iordaniya jiddiy tayyorgarlik ko’rmoqda, ularda bitt ham legioner yo’q, hamma o’yinchilar milliy birinchilikda to’p surishadi. Ikkinchi davraga mezbonlik ularning eng katta ustunligi. Men Bolgaria – Iordaniya uchrashuvini kuzatdim va yetarli ma’lumot jamladim. O’yinchilar ancha baquvvat, o’yin uslubi esa himoyaga asoslangan bo’lib, qayta hujum ancha rivojlangan.

Turkmaniston uch yildan beri tayyorgarlikni “Kopetdog’” asosida olib bormoqda. Tarkib huddi bizdagidek legionerlar bilan kuchaytirilgan. Himoya chizig’i kuchli. Taktika – qayta hujum.

Xitoy taypeyi biz uchun jumboq. Agar jamoa men tahmin qilganim kabi Xitoyning ikkinchi tarkibi bo’lsa, demak ish ancha jiddiy. Milliy terma jamoa faqat Taypeyliklardan iborat bo’lsa, unda havfsirashning hojati yo’q. Hozircha bu hususda hech narsa deya olmayman.

Savol: Keyingi bosqichga chiqishimiz aniqmi?

Javob: Yo’q, man aniq deb ayta olmayman. Biz uchun Toshkentdagi baxslardan ko’ra Ammandagi o’yinlar qiyinroq kechsa kerak.

mdeeeeeeeee

tiny
04-14-2001, 03:14 PM
Bu haqiqiy interviewmi, yo to'qimami, interesno uznat, mlya?

bolalar
04-15-2001, 03:44 AM
QIZIQ.

Man tanqid qilishdan yiroqman,lekin muhbir himoya chizigimiz nimaga buncha kop gol quyib yuborganliklarini sababi bilan qiziqmabdi ham. Yana bir uyinda urtahca 2-4 gol quyib yuborgan darvozabonlarni eng munosib deb baholagani hayron qiladi. Bugalo yahshi turadi hatto qilmaydi lekin Qahramonlik ham qilmaydi. Manimcha ZABIROV eng munosib edi.
Da oson bolmasligi juda aniq nima bolsa ham umid qilamiz.
regards.

Uzbekiston RuleZZZZZZZZZ!!!!!