View Full Version : Qatar-UAE 1:2
Funlover
10-04-2001, 01:03 PM
Ura!
Funlover
10-04-2001, 01:40 PM
O'zbekiston 2 ta oyinni ham yirik hisobda yutishi kerak endi. Agar shuni ham qila olishmasa, unda O'zbekiston futboli uchun dunyo yuzini ko'rishga hali ancha bor ekan deb hisoblasa ham bo'ladi.
Hitoy Omanni yutsa bizga yanada yahshi, ohirgi o'yinni bemalol o'ynaydi.
Bitta yomon tomoni BAA Omanni o'zida qabul qiladi.
Biz uchun ko'p narsa Omanga bog'liq bop qolganga o'hshaydi:)
Oman - O'zbekiston
BAA - Oman
Quyidagi 3ta assumption to'gri chiqsa, biz play-off damiz deb hisoblashlaring mumkin.
Assumption No.1:
Hitoyni yutishimiz kerak(2:1, 3:2, 4:3, etc.) Kattaroq farq undan ham yahshi; 1:0 hisobga ishonmayman, chunki Hitoy bitta gol urmasdan qo'ymaydi, shuning uchun u hisobni yozmadim).
Assumption No.2:
Oman - O'zbekiston va BAA - Oman oyinlari o'z navbatida mehmonlar va mezbonlar hisobiga hal bo'lishi kerak. BAA - Oman da mehmonlar yutsa yana ham yahshi, (ishonmayman):)
Assumption No.3:
Oman bilan o'yinimiz va BAAning Oman bilan o'yinidagi ikkala hisob bir biriga yaqin bo'lishhi kerak, BAA katta hisobda yutvorsa bizga yomon bo'ladi. Biznikilar Omanni katta hisobda yutsa yana yahshi.
Biror boshqa fikrlar bo'lsa, bemalol.
O'zbekistonga omad keyingi o'yinlarda!!!
VARATAR
10-04-2001, 01:49 PM
hozir man saralash bahslarini regulationini oqib chiqi, qaysi yol bilan ochkosi teng bolgan komandalar bir biridan ustun boladi, yani goliga qarabmi, ozaro oyiniga qarabmi, undan keyin assumptionimni yozaman,
esli che shottaman :)
VARATAR
10-04-2001, 02:43 PM
hosh oqib chiqdim,
biza hozir league sistemasi boyicha oynavotgan ekanmiza,
hosh agar komandalarni ochkosi teng bolib qolsa, birinchi navbatda toplar nisbatiga, yani farqiga qaralarkan, kimniki kop bolsa (positive of course) osha yuqoriroq bolarkan, endi turnir tablega kelsak:
albatta va albatta ikkala oyinda ham yutish kerak, shunda Katar orqada qop ketadi bu bir.....
esimdan chiqmasidan etib qoyi, uje Uzbekistonni 2 oringa chiqarib qoyishibdi, qoyilmande bizanikilarga, read it here "Ирландцы не желают ехать в Узбекистан (www.uzland.uz)" LOL
turnir jadvali:
choto topomaypman, topsen shotga post qigin, gollar farqini hisoblab koramiza, nu bitta narsa fakt chto ikkla oyinda ham yirtish kere, yirtganda ham konkretno yirtish kere, gazetani yirtganday yirtish kere,
bitta lekini borde, uyoqigachi? Iran turibdi kutib :)
Irlandiya kemiman deb noz qivotti :)
turnirniy tablisani topselar, post qililar most recent one.
Funlover
10-04-2001, 02:51 PM
Mana jadval:
TEAM P W D L GF:GA PTS.
China PR 5 4 1 0 9:1 13
UAE 7 3 1 3 8:9 10
Qatar 7 2 3 2 10:7 9
Uzbekistan 6 2 1 3 10:10 7
Oman 5 0 2 3 1:11 2
Ho'sh,
Judayam g'alati bo'ldi. Judayam daje great news. Biz ikki o'yinni ham 1 ta gol bilan yutsak ham hudo hohlasa chiqamiz. UAE endi omanni kamida 4-0ga yutishi kerak, agar Hudo hohlasa biz ikki o'yinni ham yutsak. EEh shansimiz bor deganimda kuludilar bros, ana endi shansimiz aniq bor to'g'rimi. Hudo hohlasa Omanni yutsak Ancha imkoniyat 2chi o'ringa yahshi bo'ladi.
Oldindan bashorat qilmayligu, hudo hohlasa chiqsak,
Irlandiya kelmaslik ehtimoli 75%. Yaqinda Anji Glazgo bilan neutral stadionda 1ta o'yin o'ynadi. Undan tashqari, Isroil - Avstriya o'yini qoldirildi. Roda bilan Chelsea esa isroilga UEFA Cup o'yiniga bormaymiz deyishayapti.
VARATAR
10-04-2001, 06:26 PM
hosh manimcha:
2 orinni olishi uchun:
hozircha BAA bizadan 1 ta gol kam farqiga qovotti, shuning uchun biza Omon bilan Chinaga BAA Omonga urganiga qaraganda koproq urishimiza kere, huh tushundilarmi, choto qalati bop ketdi,
in simple words, agar BAA Omonga X (nomalum) gol ursa, X botta farq, yani net (masalan 4:2 bolsa X 2 ga teng boladi), Uzbekiston ikkala oyinni yutish sharti bilan Omon bilan Chinaga birgalikda net X ta urishi kere, shunda biza 2 orinni olamiza, chunki danniy moment biza BAA dan 1 ta gol farqiga oldindamiza. korochede.. :)
nu agar bitta oyinni nichya qip qoysa ham, uje hayr koreyammmmmmmmmm boladi :)
bratishkaa
10-04-2001, 11:26 PM
Bolalar bugun ertalab yuvinib birinchi qilgan ishim www.fifa.org ga kirib kayfiyatimni oshirish bo'ldi. 1-2 yaxshi hisob. 13 October
Ummonni hech bo'lmaganda uch to'p farqi bilan yutishga O'zi muvaffaq qilsin.Umid qilamanki,
Ummon termasi 'arab'ligi tutib ketib, Amirliklarga yordam bermaydi. Xitoy ham o'zining asosiy o'yinchilarini endi gulday asrasa bo'larmidi deyman harholda birinchi marta WC ga borayapti-da... Aytgancha, Ummon bilan o'yinga qaysi o'yincilarimiz borar ekan...Yulduz ning " Qo'rqaman" degan alyori bor, shu men ham hozir Ummondan qo'rqayapman, bironta 'emiratlik shayx-payx' himmat qilib qo'ymasin-da ishqilib...
Realist
10-05-2001, 12:38 AM
Funlower,
San nimaga "Ura" deding man tushunmadim.
Bolishi mumkin bolgan hollar ichida eng yomoni bolibdiyu (Qatar-UAE 1:2) san ura deb yuribsan.
Bizga eng yahshi holat ularning nichya oynashi edi.
Albatta yahshi niyat, umid yahshi narsa. Ammo umiding parchalanishi undan ham yomon.
Hozirgi vaziyatda man 2 orin uchun hech kanday umid kormayapman. Hatto 3 orinni ham olishimiz kiyin.
Endi kelajak hakida oylab, umid kilamanki Ozb.ning futbol rahbarlari komanda yigish va tayorlashda principial ozgarishlar kiladilar va eng yakini Asian oyinlarida butunlay boshkacha komandani koramiz.
Bunga UMID kilish mumkin HOZIRCHA.
Realist.
BOLALAR'
10-05-2001, 04:38 AM
SAlom!
UAE omanni kotta hisobda yutib koysa nima boladi? bizza 5-0 ga yutgan ediku tugrimi? Nima bu arablar pulini hammasini futbolga ishlatib yubormokchi ekanmi?
ehh piskalar piskalar. shu piskalar ketib koldiya ...
BRATISHKA:"Xitoy ham o'zining asosiy o'yinchilarini endi gulday asrasa bo'larmidi deyman harholda birinchi marta WC ga borayapti-da..." horosho skazana. Kani endi shunday oylab ikkinchi sostavini yuborsa :-)
regards
OPTIMIST'
10-05-2001, 08:46 AM
Hitoyni uyda yuta olmaymiz, real ko'z bilan karash kerak, nichya kilsak ham galabaga teng hisoblanadi biz uchun, bu hech ham pessimistik karash emas :)
Hitoy agar Omanni yirik hisob bilan yutgan takdirda ham ohirgi oyinda Uzbeklarga bir yutkizaylik deb otirmidi, bizanikila bosa haliyam jon kuydirib oynashni organisholmadi, agar Irismetov sog salomat tursa bizga umuman shans yok desayam boladi :(
a tak zor ish bolardi, agar UAE - Oman nichya oynashsa, bizga Hitoy bilan nichya ham yetardi,
kani koraylikchi,
OPTIMIST ;p
Farruh
10-05-2001, 11:03 AM
Qayoqq shoshvossilar, uzbga 2-o'rinni berishga, teoreticheski o'ylab ko'rsam, uzb 1-o'rinni ham olishi mumkin ekan :) Buning uchun:
1. Oman Chinani yutishi kerek (bitta gol farqi bilan bo'lsa ham teshib chiqmidi)
2. Uzb Omanni juda ham yirik hisob bilan yutishi kere (o'ldim diganda 6-0)
3. Qatar Chinani yutishi kerek (bu uchrashuda ham bitta gol farqi bilan bo'lsa ham teshib chiqmidi)
4. Uzb Chinani yutishi kerek (1-0 ham yahshi result)
Bu hammasi faqat teoriya, lekin ehtimoli nol emas.
Teoretikligim tutib ketdi-de :)
bratishkaa
10-05-2001, 11:22 AM
ILTIMOS!
Qadrli futbol muxlislari va termamiz ishqibozlari!
Xususan realistlar va pessimistlar!
Esimga bir anekdot(latip(f)a) tushib ketdi.
Bor ekanda yo'q ekan ER va XOTIN bor ekan. Buning natijasi sifatida biri OPTIMIST va biri PESSIMIST o'gil beribdi ularga. Er-Xotin farzandlarining xarakterini bilar ekan-u, lekin baribir bir tekshirib ko'rmoqchi bo'lishibdi. Ularning tug'ilgan kuniga PESSIMISTning karavotoi oldiga plastmas toychoq qo'yishibdi, OPTIMISTga bir
to'da 'axlat'(ta'bingizni tir-r-riq qilganim uchun.... IKKI marotiba UZR)qo'yishibdi. Ertalab bolalar uyg'onganda sovg'a-salomni ko'rishibdi. Shunda ikkovi ham bunga munosabat bildiribdi.. PESSIMIST:
- Qora toychoq degan edim yashilini,tirigini
xohlagandim plastmassini berishibdi...
OPTIMIST:
- Uuuh, maniki tirik ekan, qochib ketibdi..
degan ekan.
Shu man ham demoqchi edimki, iltimos, UMID o'lmagan ekan motamu aza qilmaylik. BIZdaku hali umid bor, lekin Yevropaning ne-ne komandalarida esa yo'q... He, o'sha AVSTRALIA bor-ku ular hech ham chiqolmaydi play-off uzog'i bilan Jan.Americadan harholda BRAZIL... Biz manimcha motam qilishimizga haqqimiz yo'q...
Realist,
Gapingiz to'g'ri lekin, agar nichya bo'lganda haliyam Hitoy-Qatar o'yinini kutishimiz kerak bo'lardi. Hitoy Qatarga yutqizisha menimcha BAAni Omonni 4-0 5-0ga yutishidan ko'ra realroq. Qatarni esa to'plar nisbati +4.
Ho'sh Baada _1
bizda esa =0
Agar biz 2ta o'yinni ham 1-0ga yutsak
Bizda +2 bo'ladi
Baa esa Omonni 3-0ga yutsa ham chiqa olmaydi chunki ular kamroq to'p kiritgan 8ta agar 3 ta ursa 11 bo'ladi. Bizda esa hozir 10ta yana 2 o'yinda 2ta ursak 12 bo'ladi
Tak chto BAA Omonni 4-1 va undan yirikroq hisobga yutishi kerak.
Lekin baribir BAA guruhda 2ni olishga favorit. Buni tan olish kerak, qolaversa Omon BAAga osonlikcha yirik hisobda yutqizmasa ham, baribir BAA qattiq bosadi.
Biz omonni 2 to'p farqi bilan yengishimiz va Hitoyni uyda 2to'p bilan yengsak 2ni olamiz bemalol. Uyda esa manimcha Lyuboy jamoani yutib qo'yishimiz mumkin. Uning ustiga Hitoy bizdan ancha hayiqsiraydi.
Ishqilib bir amallaylikda, 2ni olib Saudiya yoki Eronni yutishimiz sal norealroq bo'lsayam, kim biladi , 2ni olsak ham mo'jiza, nega yana bitta mo'jiza bo'lmasin. HUDO HOHLASA 2ni olamiz
Realist
10-05-2001, 10:49 PM
Bratishka,
Bola ekansanda. Ha mayli umid kilaylik. Man juda ham sevinardim adashsam. Ammo afsus, 3 oringa ham shansimiz kam.
Korarmiz. Qurayotgan uyingning poydevori bolmagandan keyin hohlagan paytda yikilib tushishiga tayor bolib yashash kerak.
Oylaymanki san hayotda bu qadar "go'l" bolmasang kerak. Aks holda fantaziyalar olamida yashayverasan.
Ishkilib har doim omading kelsin Bratishka.
krokobazuka
10-06-2001, 12:21 AM
vse eto hernya :(
nashi ne viydut v WC2002
keep your heads out of the windy thoughts and extra headache
OPTIMIST'
10-06-2001, 07:00 AM
Bratishkaaa
yukoridagi latifanii borib UZB TERMAsini FUTBOLCHIlariga aytib borsangiz bolar ekan :), zora ularda ham umid uygonib kolsa :),
CUTE, Hitoyni uyda 2:0ga yutish vashe kiyin gap, 1:0 yoki, 2:1 ga yutamiz desak togrirok bolar, Hitoy gol urmay koymidi bizga baribir, manimcha, bizda parot kiladi himoya
LEKIN, UZB - Irlandiya bian oynaydi HH, bunga UMID kilamiz,
OPTIMIST ;p
koroche, qachon aniq boladi chiqib chiqmasligimiz?
Cute, OPTIMIST, General (qani u?), 19 oktyabrgacha aniq boladimi? esli chyo bratolasiga yuvardik :)
Cute, visit Sheffield, SHEFFIELD RULEZ!!!
take care
-sure
BURAVIK
10-08-2001, 01:28 AM
NIMAGA SUYUNVOSSILA??? MAN HICHAM TUSHUNMIY TURIBMAN !
Yana qanaqadir prognozla !
Bosh qotirib o'ylanib, qiynalib yurmila ! O'zbekiston chiqomadi deb faraz qilila ! VSE olam guliston ! Man ham hosir shunaqa qivomman natija yomon emas. Tinchgina ishlab tinchgina dam olib yuribman.
Yana qanaqa imkoniyat kere bizzi termaga. Bizani psixologlarmiz juda yomon ishlashadi. Gapimmi isboti sifatida shuni aytishim mumkin. BIzzi jamoa matbuotda, murabbiylar yig'ilishida qaerda bo'lishidan qat'iy nazar raqib jamoani kuchli deb aytilsa uje ula panika tushib qolishadi. Yutish imkoniyati bo'lgan vaziyatlarda ham imkoniyatni boy berishadi. 1 round o'yinlarini eslilar ! Turkmaniston Iordaniyani ikki marta yutdi biz esa Iordaniya bilan faqat nichya o'ynadik halos. Vaholanki biz Turkmanlarni ikki marta yutdik. Chunki oldin aytib o'tganimdek biznikilar matbuotda bildirilgan fikrlarga ko'proq e'tibor berishdi. Iordaniya "kuchli jamoa", "guruh favoriti". Mana shu so'zla bizni o'yinchilarimiz ruhiyatiga juda ta'sir qildi. ikkinchi rounddachi. Unda ham shu hol Bizni o'yinchila Qatardan uncha qo'rqishmasdi chunki ula bilan bir marta o'ynaganmiz va durrangga erishganmiz ! Omanni dabdala qilishdi. Xitoyda esa tomosha ko'rsatishdi. Biz hamma vaqt yutib kelgan jamoani O'yinchilar nazarida juda kuchli qilib gavdalantirishdi. Bu judayam salbiy natijaga olib keldi. Meni o'ylashimcha Salkov o'yinchilarni matchga tayyorlayotganda ehtiyot bo'linglar, unaqa qilinglar, bunaqa qilinglar, deb g'ulg'ula solgadi. natijasi yomon emas. Arablaga 2 marta imkoniyatni boy berish Yana kim biladi Xitoylaga ham shunaqami ! Ko'raveraylikchi. Kimni gapi to'g'ri chiqar ekan !
Regardla !
NEFTCHI CHEMP !
bratishkaa
10-13-2001, 02:42 PM
Realist (Oct 05, 2001 22:49):
Bratishka,
Bola ekansanda. Ha mayli umid kilaylik. Man juda ham sevinardim adashsam. Ammo afsus, 3 oringa ham shansimiz kam.
Korarmiz. Qurayotgan uyingning poydevori bolmagandan keyin hohlagan paytda yikilib tushishiga tayor bolib yashash kerak.
Oylaymanki san hayotda bu qadar "go'l" bolmasang kerak. Aks holda fantaziyalar olamida yashayverasan.
Ishkilib har doim omading kelsin Bratishka.
Realist, Sizga bir hafta javob yozmasdan keldim, xolbuki yozish ikinjida edim. Umid qilayotgan edimki, termamiz bugun yutsa, mening fikrlarimning mustahkam isboti bo'ladi deb... Ammo afsus yigitlarimiz qirq besh daqiqa chidab berisholmadi.Lekin baribir Realist men Sizga o'z fikrimni bayon qilay
Goethe degan ekanki "inson umri davomida realist, idealist, pessimistr va oprtimist bo'ladi. Uning pessimism davri qariganda, optimistizm davri- o'rta yoshligida, idealistligi- kuchga to'la boshlaganida va realistligi- bolalik chog'ida bo'ladi'.
Men termamizga hali ham ishonaman. Va ishonaman... Bugun qo'lidan kelmadi, ertaga, indinga keladi... Negaki termamiz ham Sizu, bizga O'zbekistonimizga o'xshaydi...Axir, biz ham jamiyatimizda aynan shunday muammolar va holatlar bilan to'qnashmayapmizmi... Muammoni yuzaki hal qilish nafaqat futbol sohasida hamma sohada amalga oshirilmoqda, yani kasalni yashiriyabmiz. lekin uning isitmasi baribir o'zini bildirmoqda... Lekin bu Sizni biilmadimu lekin meni umidsizlikka tushira olmayapti, negaki men shuni aniq-tiniq bilamanki agar men umidsizlikka tushsam unda albatta va albatta muammoni hal qilish vazifamga xiyonat qilgan bo'laman... Shu bois men keyingi musobaqalarda baribir termam uchun muxlislik qilaman. Termamiz qoqina-qoqina bri kunmas bir kun pishadi, tan olaylik oldinga siljil bor o'yinlarda va bu bundan keyin ham bo'ladi.
Agar termaning o'yiniga qarsangiz bizga faqatgina Toshkentdagi BAAga mag'lubiyatimiz pand berdi. Agar...o'sha o'yinda omad yuz o'girmaganida... O'tgan sikl bilan bu siklni solishtiring natijalarga qarang bu yilgi Xitoy va Qatar bilan mrhmondagi o'yinlarga qarang, unda termamiz arzigulik futbol ko'rsatgan edi.. Shu bois men ishonaman, bugungi achchiq mag'lubiyatlarning ketidan yutuqlar ham yetib keladi...
Mening "go'l"ligim... Bilasizmi qilgan komplimentingizning haqiqat bo'lishini qanchalik istashimni bilsangiz edi. Chunki bu dunyoning erkatoyi go'llar, boqi beg'amlari, baxtlilari ular go'llar... Xalq ham ertaklarida "ichidan pishgan" boyni emas, go'l va bilmasvoyni ardoqlaydi, negaki bu dunyoning baxtlilari-da ular... Realist agar qo'lingizdan kelsa menga o'sha baxtlilikdan ulashing...
Boshqa qurayotgan uyim masalasida, Bernard Shaw degan ekan
"Those who can -do; those who can't-teach".
O'qituvchi bo'lolmasam menda nima nima ayb...
Bizga yaxshimi yomonmi qurish bo'lsin...
Mayli, ko'p uzaytirib yubordim...
Ishqilib bir so'z bilan aytganda
Termamizga bersin, ilohim- omad,
Sizu bizga esa sabr-matonat.
Hurmat bilan Bratishkaa
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.