PDA

View Full Version : Xalq, bizni futbolga nima etishmedi?


Admiral
10-21-2001, 01:43 PM
1) President podderjka qivotti (soqqa more)
2) Uyinchilar juda talantli (yo unaqamasmi?)
3) Trener lar juda yaxshi
4) futbol maydoni busa
5) Siyosat barqaror bosa (political stability)

hush, yana nima qilish kere, nimaga endi Jahon futbolida yorqin yulduz bola olmemiz?
shuni bir diskussiya qivorelikchi.

VARATAR
10-21-2001, 08:59 PM
masalan Evropani hamma komandalarini aksiyalari (stock) bor, bizadachi birjamizadagi stock 12 ta svetofor orqada tursinu, oddiy.... eh mayli..gapirsen gap kop..
Nasaf sux! :)

Orlando Magic in Tashkent
10-21-2001, 10:40 PM
Hey Admiral, Dj. D

Kale ishla, sizzi shottan topmasam, boshka joydan topish kiyin. Koroche, email yozvorganman, javob yozvoring. Manitanigan bosangiz kere.

Dr. Mallett's former Resears Assistant

Asadiy
10-22-2001, 01:59 AM
Varatar, qisseeee :-)

Bu yerda odamlar milliy futbol haqida qayg'urishyaptiyu, san bulsang sux-mux deb yuribsan, borib komandangga trenerlik qil traktor surib yurishmasin :-)

Taaak, Futboldan tanish-bilishchilikni yuq qilish kerak.
Innaykeyin, uzbek futbolining yulduzi Paxtakor bilan 1979 yilda pastga qulab ketib, hali uzini unglab ololgani yuq.
Bizda bor yaxshi uyinchilar, lekin ularga yul berishmaydi, qayerdagi 2 ta bolgarni olib kelishdi, qayoqqa olib chiqdi Uzbekistonni? Prosto tekinga 3-4 marta kayf qilib kelishdi. Bitta yaxshi, zur chiqyotgan trener ham rahmatli bulib ketdi, bulmasa termani zur oborayotgandi.
Innaykeyin, bizda hali yonib futbol uynashmayapti, shunga tuzuk tayyorgarlik yuq, ili rag'batlantirish chatoq.
Boshqa odamlar kabi, futbolchilarimiz ham hayot tashvishlari bilan band bulishsa kerak, bola-chaqa, mol-hol, uy-joy degandek :-)

Bu safar Uzbekistonga borganimda albatta tadqiqot utkazaman, keyin silarga ham natijani aytaman :-)

Realist
10-24-2001, 12:23 AM
ASADIY:

Hamma gaplaringa qoshilaman. Faqat bitta savolim, "Bitta zor chikayotgan trener bor edi, u ham rahmatlik bolib ketdi" deganda kimni nazarda tutgan eding?
Omadlar. Realist.

VARATAR
10-24-2001, 12:59 AM
Uzbekiston termasini aynan BAA bilan aynan BAAni maydonida 0:1 ga yutib final qismga chiqishiga judda kotta hissa qoshgan trenerni nazarda tutgan, joyi jannatda bolsin.

Asadiy
10-24-2001, 02:25 AM
Realist,
adashmasam, 2 yilcha bulyapti, Mahmudovmidi, aniq yodimga tushmayapti ismi-sharifi.

AAA
10-24-2001, 03:29 AM
Asadiyga qoshilaman. Bizni futbolchilar chin dildan vatan uchun oynashmaydi!

Farruh
10-24-2001, 03:58 AM
Asadiy etvotgan trenerni ismi Rustam, familiyasi esimda yo'q.

Cute1
10-24-2001, 10:41 AM
Mahmud Rahimov

Asad'
10-25-2001, 02:25 AM
Xuddi usha odam edi men aytganim, rahmatlik.

Rahmat, Cute!

BURAVIK
10-25-2001, 04:20 AM
Man necha marta etganman va shuni takidlashdan charchamiman. Bizani komandaga faqat O'zbek millatiga tegishli bo'lgan yigitlani olish kere. Undayam hali uncha ko'tarilmaganlarini. Klubda sal obrosi oshib qosayam gerdayib ketishadi. Bunga yaqqol misol qilib Shuhrat Rahmonqulovni ko'rsatishim mumkin. Tuppa tuzu o'ynab yurudi. Aynidi qoldi. Merdekani yutib kegan yigitlani iloji bo'sa chempiontadan ozod qilib tayyorlash kere edi. Nega bizada bunaqa qilishmidi. Man PELE ni o'zi haqida yo'zgan kitobida o'qigan edim. Jahon chempionatiga tayyorlanvotgan komanda uch oy birga o'yin o'ynashgan. Uch birga yotib birga turishgan. Peleni nima deb o'ylavotgani Garrincha uchun yod bo'lib ketgan. BIzadayam shunaqa qilish kere edi. O'sha A guruhida Eron bilan nichya o'ynab sensatsiya qilgan Bahrain aynan O'sha bizani chapani yigitladan yengilishdiku? Yo gapim no'to'grimi??? Faqat ertaga qaytishim bor deb, o'zini ertasini o'ylab, Termada o'ynavotgan Legionerladan o'shalar tuzuro natija ko'rsatishardi. Hech bo'lmaganda kelajakdigigi yengi komandaga asos solinar edi. !!!
NIma bo'lganda ham Poezd ketib bo'ldi. Biza esa bilet bizadayu poezd qayoqqa ketadi deb hamon bosh qotirib o'tiribmiz !!!
Hammaga OMAD !!!!!!!!!!!!!

Aziz " HO'QANDI LATIF " lik futbolsevar birodarlar !!!

Hammelani Temiryo'lchi jamoasini yana oliy ligaga qaytgani bilan chin qalbimdan tabrikliman. !

Mashalchilagayam debyut sezonda omad !

ENG ASOSOYSI YANA UCH TURDAN KEYIN "NEFTCHI CHEMPION !" deb hitob qilishimiz mumkin !!!!!!!!!!!!!!

HAMMAGA OMAD !!!!!!!!!!

BOLALAR'
10-25-2001, 04:36 AM
URAAAAAAAAAAAAAA
URRRRRRRRRAAAAAAAAAAA
UUUUUUUUURRRRRRRAAAAAAAAA!!!!!!!!

BURAVIK tiliyizga shakar. TEMIRYOLchini oliy ligaga kaytishi bilan hamma Kokonlik va vodiylik muhlislarni tabriklayman!
regards!

cute
10-25-2001, 10:25 AM
Hehe, Temiryolchi molodets, kottalari ancha qattiq "mehnat" qilishayotgan edi. Oliy ligada o'ynashi kerak bo'lgan jamoa. Lekin man bitta narsani aytmoqchidim, MASH'ALga nima bo'ldi, bu yil ham o'tgan yil ham manimcha chiqishi kerak edi, yana qob kettimi?.

O'zimizzi o'yinchilar bo'lishi kerakligi aniq fakt, lekin faqat o'zbek millatiga tegishli bo'lishi kerakligi manimcha uncha to'g'rimas. Man aytgan bo'lardimki, termaga oliishda eng asosiy printsip bu vatan termasiga jon berib o'ynash bo'lishi kerak. Masalan man Shirshovni zo'r o'yinchi deb hisoblayman, hech ham u haqida yomon gap eshitmadik. Undan keyin ishongan tog'imiz Mirjalol o'ynashni yig'ishtirsa Shirshov eng yahshi kandidat uning o'rniga. To'g'ri playmakerlikda ancha bor Shirshovga lekin, oporniy poluzashitada zo'r o'yinchi. Undan keyin faqat o'zbek bo'lishi kerak deb yana bir narsani hisobga oling, hamma chetda o'ynayotgan o'zbekmaslar ham O'zbekistonni vatanim deb biladi, hammasini ota-onasi, oilasi O'zbekistonda. Shunchaki ularda Rahmonqulov sindromi bor. Albatta o'zbek rusdan ko'ra vatanga ko'proq jon kuydirishi mumkin, lekin buni isbotini topish kerak. Ara termaga trener bo'lsin deganda uning armani ekanligini umuman hisobga olmaymiz to'g'rimi?

qichiq
10-25-2001, 10:50 AM
Bir qichiq temani boshlabsizlar, yaxshi...
Endi savol ham qiziq, javob ham qiziq. Manimcha chet elda uqib yurganlar bu narsani yaxshi bilishar, UZBga borgandan keyin mansabdagilar uzlarini qanaqa qilib tutishini, yoki uzini haq deb bilishini... Oddiy UMIDda ishlab yurganlar, kecha ishga kirganlar ham sukishni boshlaydi...

Huddi mana shu narsa nafaqat futbolda balki hayotimizning hamma tarmoqlarida bor, shuning uchun 1imiz 2 bulmaydi... Futbol Federaziyasi esa doim trenerni almashtiradi, yoki boshqa uyinchilarni chet eldan uzbek qilib oladi, bu esa manimcha yichim emas... Qachon eshitgansizlar, yani UZBda Futbol buyicha yoshlar urtasida tanlovlar yoki yosh komandalarni qullab quvvatlash deganini. Universitetlar urtasida yoki boshqa musobaqalar buladi, lekin biron natijasiz, yani yangi talantli uyinchilarni biron komanda izlamaydi...

-Qachonki tayyor bulsangiz keyin oladi, masalan yoki Juventusda qabul qilingan uyinchini hamma joyda yozib chiqishgandir, lekin uni uzi shu narsaga erishgan emasmi...
-Artur Grigoryan ham Ger.ga uzini hisobidan kelib uzi Menegerlarni topib mashhur buldi, undan keyin UZB uni maqtaydi. Maqtashga arziydi, lekin shu narsalarga uzi erishgandan keyin tayyor oshga qul chuzamiz...
-Mani eshitishim buyicha Angliyani (Leverpolni) hujumchisi Owen ham kucha Futbolchisi bulgan ekan, yani uni kuchadan topishgan, huddi shunday Mike Tayson ham qamoq xonadan boxer bulgan...
- Bu bilan aytmoqchimanki bizada kuchada haqiqiy Futbol uchun jonini beradigan bolalar kup, yoki boshqa narsa uchun, ularni yunalishlari buyicha qullab quvvatlasak ana ushanda chin dildan uynaydigan, va uyin kursatadigan, va pul esa juda muhim bulmagan uyinchilarni topishimiz mumkin, yani hammaga uqi, uqimasang odam bulmaysan deb, yoki faqat Diplomlini (pullini) ishga olmasdan usha ishga loyiqli odamlarni olish kerak....

P.S: Hoh Trenerni almashtiraylik, hoh kuproq boshqa uyinchilarni olib kelaylik, bu esa masalani yichimi emas... Mana shu muammo hozirda nemislarni futbolida muammo, komandalarda zur uyinchilar chet eldan, terma komandada uyinchi qidirishganda qiynalib qolishadi...;P

Admiral
10-25-2001, 11:48 PM
Ehhheee, juda zor fikrlar keltirilibdi ku a?
Ha, yashela, raxmat, raka topela! :)

Hush,
Qichiq,
taqsir, gapiz togri, Bizda hali ham (sobiq ittifoq tugaganiga 10 yilda oshyapdi) shu fakat "tsentr","shaxar" joylarda futbolga e'tibor berishga urganib qolishgan. Ming qobiliyating bulsa ham, qishloq ili bir kichik shaxardan bulsang, yuqoriga qarab tortilishing juda qiyin. Sabab, shaxardagi "kattalar" burnini uchidan narini kurishmedi. Uzlari oblastlarga borib yoshlarni uyinini tomosha qilgandan kura, uyda yotvolib chet el futbolini maktashni bilishadi. Pres. Karimov etganlaridey "Bizni ulardan nima kamimiz bor?". Togride. Hamma narsa busa, nimaga endi natija yok. Gap shundaki. Haliyam usha dangasa trener/kattalar lar yotvolishib mahalliychilik qilishgani qilishgan.
Chet joylardan kelgan trenerlarni gapiga ham quloq solishmaydi, i ularni uyinchilarini bir sinovdan utkazishmaydi.
ehhh, endi gapirsang gap.
Shu, baraka topgurlar, uyga borsalaring, bir kotta odam bop ketsela, iltimos, siladan: Shu futbolga, yoshlarga bir e'tibor berila. Arzimagan kichkina e'tibor bir kotta dunyodek uzgartirish kiritishi mumkin kimlarningdir hayotida. ehhhh .....
jahon kubogi ga chikse zor bolardide. Garovdan 1-2 amerikanets larni uyini ut olib ketardi. xexe
Ha endi nima qilamiz.

Asadiy, Bormilar?

Qichiq, shuncha ham band busez, email da ha devoring, ilti :)

VARATAR, san darvozeni quchola. "Paxtakar, yer yutgur, qatdasan?" :)
A tak no comments on "NASAF", the word and team performance speak for itself. :-P

omad hammaga!

*DEVOTION DEVOTION i yana bitta DEVOTION, i undan keyin MONEY*

Shokirbek
12-04-2007, 01:49 AM
Hali ham jahon standartlariga javob beradigan bir futbol maydoni yo'qligi juda taajjubli hol..

Yan bir gap. Biz dunyoning kuchli jamalaridan sanalgan Chili termasi bilan o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazmoqchi edik. Biz ular bilan 30 yanvar kuni o`ynamoqchi edik va xattoki, ular bizdan talab qilgan 150 ming AQSH dollarini to`lashga ham tayyor edik. Ammo afsuski, ayni paytda respublikamizda xalqaro talablarga javob bera oladigan stadion yo`qligi tufayli bu rejani qayta ko`rib chiqishga to`g`ri keldi.



- O`zbekistondek katta Respublikada Jahon standartlariga javob bera oladigan stadion qurish vaqti kelmadimikin?



- So`zsizki keldi. Bizga Mirabror Zufarovich tomonidan O`zbekiston futbol Federatsiyasining yangi stadioni uchun proyekt taqdim etishimizni so`radi. Ma`lumot uchun aytishim mumkinki, qurilishi rejalashtirilayotgan yangi stadion o`z bag`riga kamida 40 ming muxlisni sig`dira olishi kutilmoqda.

Manba:
http://www.uzfootball.com/index.cgi?l=u&section=1&id=1866

Faysal
12-04-2007, 01:53 AM
Iya Paxtakor markaziy maydonini qaytadan ta'mir qilinganligi haqida boz-boz aytilayotgan edi chamamda.....

AlbanDra
12-04-2007, 09:28 AM
ha zor qilib tamirlashmoqda eshitishimcha 5 000 000 $ pul ajratilgan

kingdom
12-04-2007, 10:07 AM
u 5million kuki to tamirlashga yetib borguncha 50ming bulib qoladi keyin anuvi tribunalarning yarmi chala qolib ketadi :twisted:ha zor qilib tamirlashmoqda eshitishimcha 5 000 000 $ pul ajratilgan

Shokirbek
12-04-2007, 12:31 PM
ha zor qilib tamirlashmoqda eshitishimcha 5 000 000 $ pul ajratilgan

5 million nima bo'ladi? Kamida 30-40 mln sarf qilishsa ana unda stadionmisan stadion bo'ladida.. :)
Davlat byudjeti ham tagi teshik qopga o'xshab hech to'lmayapti shekilli..

anticipator
12-05-2007, 04:12 AM
ажратилган беш миллион аллакачон еб битириб булинган... энди олиб ташланган эски скамейкаларнинг урнига нима куйишни уйлаётган булса керак (яна 1 йил уйлайди). уйинчиларнинг ечиниш хоансини урта трибунанинг тагига кучиряпти экан. тушунмадим бундан нима наф. четда турди нима уртада турди нима...?!

ундан кура курувчидан урганса буларди, бир хафтада скамейкаларни олиб жойига пластмассаларидан куйи куйди.

буларда эса бабаян сокка килаётган беш кулдай куриниб турибди. худди бабаян ану машхур "мост" хакидаги анекдот айтиб бераётганга ухшаяпти.... 0:

Shambles
12-05-2007, 05:48 AM
Distsiplina va jismoniy kuch (90 minut becharalar chopa olmidi) yetishmidi....

AKULA
12-05-2007, 06:57 AM
O'zim unchalik futbolga qiziqmasam ham, O'zbekistonni Jahon chempionatiga chiqishini chin yurakdan orzu qilaman.

Bizzi futbolimizda birdamlik etishmasa kerak, o'yinchilarimiz bir birini tushunishmiydimiyeee, yoki birga o'ynay olishmiydimi ishqilib ayni kerak paytida sharmanda qilib o'tirishadi.

Yana Hojiboyning gapini ham eslatib qo'ymoqchiman: O'zbeklarni choyxonasi bo'maganida futbolchilarimiz Jahon chempioni bo'lib ketishardi...:lol:

MUHLIS
12-05-2007, 08:05 AM
stadion qachon to'liq salimboyvachchaning ixtiyoriga o'tsa o'shanda ta'mirlash ham bitadi. SHuncha katta stadion SBga o'tib ketib o'ziga kichkina stadion tekkani GKga alam qilib biron narsalarni kavlashtirayotganga o'xshaydi.

anticipator
12-05-2007, 09:22 PM
stadion qachon to'liq salimboyvachchaning ixtiyoriga o'tsa o'shanda ta'mirlash ham bitadi. SHuncha katta stadion SBga o'tib ketib o'ziga kichkina stadion tekkani GKga alam qilib biron narsalarni kavlashtirayotganga o'xshaydi.

Сиёсат аралашмаган жой йук эканда.. ГК бу сохада хам СБни тепкилаб кетяпти...:shock:

Qizaloq
12-05-2007, 09:58 PM
1) President podderjka qivotti (soqqa more)
2) Uyinchilar juda talantli (yo unaqamasmi?)
3) Trener lar juda yaxshi
4) futbol maydoni busa
5) Siyosat barqaror bosa (political stability)

hush, yana nima qilish kere, nimaga endi Jahon futbolida yorqin yulduz bola olmemiz?
shuni bir diskussiya qivorelikchi.


Manimcha Qiziqchi etganidek , bizda bittasi to`pni olib qochsa, qolganlari ketidan qarab turadi, gol bo`lsa Ureeeeeeeee deb ustiga chiqvoladi.
Chetda esa hamma taktika bo`yicha o`z joyini bilgan holda , bir-birini kuzatib to`pni oshirib-o`shirib o`ynaydi.

Futbolistlarimizni bitta g`alabaga erishgandan so`ng tunu-kun TV ga chiqaravermasdan, yanada ko`p mashqlar qilib, yana ko`plab zafarlarga erishish uchun undash kerak.

Ularga hamma sharoitni muhayyo qilish kerak. Ularga haq to`lashni kattaroq summada qilib qo`yish kerak, menga ko`p to`lashyapti deb, u ham o`z ustida ishlashni boshlaydi .

http://img340.imageshack.us/img340/2865/hba17ye5.jpg

birkun kelib biz ham Jahonda chempion bo`lamiz, bunga ishonaman ...

MUHLIS
12-06-2007, 12:14 AM
Сиёсат аралашмаган жой йук эканда.. ГК бу сохада хам СБни тепкилаб кетяпти...:shock:
Xa endi...."mening nafsim balodir har ko'ylarga solodir" deydilarku. :)
Qani endi GK birdaniga Badiiy Gimnastikaga emas Futbolga qiziqib qolsa (yaxshiyam shtangaga qiziqmaydi, hamma qizlarimiz shtangist bo'lib ketarmidi), badiiy gimnastika emas O'zbekiston Terma Jamoasiga muhlislik qiliq qolsa.....
Menimcha Islomjon futbolga qiziqsa zo'r bo'lar edi, bobosi bilan ayasini MTJni JCh ga chiqarmaguncha qo'ymasmidi....:lol:

MUHLIS
12-06-2007, 01:27 AM
Bu gap Qizaloqqa tegishli bo'lmasa ham bitta kuzatishni aytib o'tsam:
Ko'pgina Toshkentliklar O'zbekiston Milliy Terma Jamoasi va Paxtakor Futbol Klubining farqiga borishmaydi. :mrgreen:
Xech esimdan chiqmaydi, ishdan qaytayotib bir taksistdan so'rabman (o'zi o'yinni ko'rmasdan hisob so'rash odatim yo'q, chiday olmasdan so'rabman) "O'zbekistonni o'yini nima bo'ldi, bilmaysizmi?" desam, "Paxtakor yutdi shakilli" deydi.... :lool:
Bitta eniga yarim metr keladigan ko'zoynak taqib, do'ppi kiyib yuradigan ashaddiy Paxtakor muxlisi bor, bir marta MTJning o'yinida boshlab qolsa bo'ladimi "Paxtakor, Paxtakor, Paxtakor" deb.....menam bag'dan boshladim (asosan vodiyliklar o'tirgan sektordan turib) "Neftchi, Neftchi, Neftchi" deb.... :lool:

passer_by
12-06-2007, 01:57 AM
Mustaqillik yetishmayapti.

Faysal
12-06-2007, 03:11 AM
Bu gap Qizaloqqa tegishli bo'lmasa ham bitta kuzatishni aytib o'tsam:
Ko'pgina Toshkentliklar O'zbekiston Milliy Terma Jamoasi va Paxtakor Futbol Klubining farqiga borishmaydi. :mrgreen:
Xech esimdan chiqmaydi, ishdan qaytayotib bir taksistdan so'rabman (o'zi o'yinni ko'rmasdan hisob so'rash odatim yo'q, chiday olmasdan so'rabman) "O'zbekistonni o'yini nima bo'ldi, bilmaysizmi?" desam, "Paxtakor yutdi shakilli" deydi.... :lool:
Bitta eniga yarim metr keladigan ko'zoynak taqib, do'ppi kiyib yuradigan ashaddiy Paxtakor muxlisi bor, bir marta MTJning o'yinida boshlab qolsa bo'ladimi "Paxtakor, Paxtakor, Paxtakor" deb.....menam bag'dan boshladim (asosan vodiyliklar o'tirgan sektordan turib) "Neftchi, Neftchi, Neftchi" deb.... :lool:
A taqsir Sovet davrida Dinamo Kievni uyida 0-5 gacha qaqshatganda.Sovetda Uz.T.Jsi bo'lmagandan keyin nima derdi?!
O'sha davrda faqat Paxtakor bo'lgan. Neftchi hali menimcha "plan"da bo'lmaganoow. Odamlar esa hali ham SSSR davri bilan hayot kerchirmoqda. Shunga ajablanmang. :D

Ehhh Paxtakor Paxtakor g'alabanga hamma zor!:lol: