View Full Version : Sarobga aylangan Japan yoki VARATARning dardi...
Asadiy
10-23-2001, 06:35 AM
Bekorchilikdan Duma qichiq komanda tuzibdi :-) LOL
Manabu esa haqiqat :-)
* * *
Choyhonaga kirsam bir kun,
O'tirgan ekan Varatar.
Kelgin, choydan olgin desam,
Dedi: bugun holim tor.
Ha, nima gap, so'yla, dedim,
Dedi: terma parod qildi.
Yaponiyaga chiqolmasdan,
Kayfiyatni kaput qildi.
Arablar bilan o'ynagandim,
50 dollarlik garov.
O'zbekiston chiqolmadi,
Men ham yutqazdim darrov.
50 dollar mayliku-yaa,
Parod qildi komanda!
Shunga jahl qilamanda,
Hunob oshgan deyman-da!
Mayli endi iloj yo'q,
Faqat so'kish qoldi bizga.
Yana umid qoldi jichchak,
4 yildan keyin kuzga.
:-) :-) :-)
Surgeon
10-23-2001, 07:22 AM
Asadiy, LOOOL
Bizni shunaqa sherlar bilan ruhimizni kotarib tur,
Bilasanmi, men nima niyat qilgan edim...
Ozbekiston terma komandasi Koreyaga kelsa, va bir bosh vaqt topilib qolsa bu erda shular bilan bir ortoqlik uchrashuvini otkazar edik. (albatta hisob asosi emas edi). Shu erdaligimdan foydalanib bu menga butun umrimga yahshi bir esdalik bolib qolar edi. Afsus, va ming bora yana bir afsus....
VARATAR
10-23-2001, 09:56 AM
LOL.
DK.
LMAO.
ROFL.
:P
Realist
10-24-2001, 12:13 AM
ASADIYGA:
Toshkentcha sher yozibsan,
Varatarga tekkizib.
Nasihat kilib koyay
Yonginamga otqizib.
Sherda bolar qofiya
Unda vazn boladi.
Bilmasdan ishlatvorsang
Hamma sendan kuladi.
Shahardan shoir chiqmas,
Bu kohna bir haqiyqat.
Sher deb yozganlari
Sherga ohhamas hech vaqt.
Shoir chiqar sahrodan,
Rassom chiqar yaylovdan.
Aksini korsatsangiz,
Voz kechaman moylovdan.
Mayli bir oz qizishdim,
Ukaginam Asadiy.
Futbolning orqasidan,
Bo'p qolganman asabiy.
Senga omad tilayman,
Sher yozgin durust, durust.
Yozgan sherlaring oqib,
Qoyil qolsin Realist.
Realist. Omadlar hammaga.
VARATAR
10-24-2001, 01:03 AM
haha,
Asadiy hozircha 0:1 ga yutqazvosan Realistga :)
Asadiy
10-24-2001, 03:14 AM
LOL, gap yo'q!
Varatar, sen varatada yaxshi tursang, man yutqazmayman. LOL :-)
REALISTga:
Realist, eshit, jo'ra,
Gap boshlama sansirab.
Yoshimga yetolmasdan,
Qolma yo'lda hansirab.
Men Toshkentlik emasman,
Toshkentcha she'r yozmayman.
Peshonamdan otishsa ham,
Toshkanluman demayman. :-)
She'r yozishni o'rgatma,
O'zim yaxshi bilaman.
Har kimning o'z stili bor,
O'z bilganim qilaman.
Yoningdagi joyingni,
Olib qo'y mehmoningga.
Ko'p ham qizishaverma,
Orom bergin joningga.
Shaharni pastga urma,
Shoir har joydan chiqar.
Mir Alisher bobomiz ham,
Bunga bir misol bo'lar.
Sahroda Majnun kezar,
Yaylovda cho'pon kuylar.
Shoirga ilhom berib,
Tabiat mug'om aylar.
Shu ilhomdan bahra olib,
Varatarga she'r yozdim.
Qaysi gunohim uchun,
Sendan tanqidni oldim.
Tanqid - ijod ko'zgusi,
Buni men tan olaman.
Mayli, bu gal bir qoshiq,
Qoningdan voz kechaman.
Eh, mo'ylovni asragin,
Bir kun kerak bo'ladi.
Mo'ylovsiz ekan u, deb,
Qizlar noz qip qoladi.
Shunaqa gaplar, jo'ra,
Bizning qishloqqa o'tgin.
Biz bilan futbol o'ynab,
Tandir go'shtdan yeb ketgin.
;-) Omadlar!
ELBRUS
10-24-2001, 03:42 AM
gap yok. Realist asadiy ham yomon hit back kildi lekin.
Eh, mo'ylovni asragin,
Bir kun kerak bo'ladi.
Mo'ylovsiz ekan u, deb,
Qizlar noz qip qoladi.
hehe KEEP IT UP!
regards
Farruh
10-24-2001, 04:01 AM
Shunaqa gaplar, jo'ra,
Bizning qishloqqa o'tgin.
Biz bilan futbol o'ynab,
Tandir go'shtdan yeb ketgin.
Asadiy biza borsek ham tandir go'sht bo'ladimi?
Asad'
10-24-2001, 04:25 AM
Farruh, shanba kuni Eichstaetdan bitta gruppadoshim kelyapti mehmonga, Mittweidaga, vaqtiz bulsa birga keling.
Bir balo qilib tandir gusht qilarmiz ;-)
Dr.Mur
10-24-2001, 09:40 AM
Asaduy, bizga ham osha tandir-goshtdan yuboring, archani hidiga LOOOL bolaman. Sheriyatizga esa qoyil qolaman.
Ijodlar sizga.
Realist
10-24-2001, 10:03 AM
ASADIY: Qoyil gap yoq. Zor chiqibdi javobingiz. Menga eng yoqqan bandlar :birinchi va mo'ylov haqidagisi. Sansiraganim uchun uzr, ammo haqiyqatan man anchagina "qariman".
Bizning javob shu turur.
Tanqidimning mevasi,
Juda shirin pishibdi.
Sher yozishga bel boglab,
Asadiy ham jo'shibdi.
Bizga atab tandirga,
Qo'ydan bitta qo'shibdi.
Tandir kabob go'shti ham,
Pishmay turib tushibdi.
Tashvish chekma kabobni,
Kulga bulab "uramiz".
Ruhsat bersang jo'rajon,
Endi bizlar turamiz.
Ammo ketish oldidan,
Bir gapni aytib ketay.
Aytmasam dilim kuyar,
Aytsam tilim, men netay?
Mo'lovimning tashvishin,
Qilma jo'ra, bemalol.
Mo'ylov ketsa pastida,
Qolar bir qarich soqol.
Fargona taraflarga,
Olib ketay barchani.
Keling do'stlar sizlar ham,
Toting kalla pochchani.
Kalla pochcha yoqmasa,
O'qib beraman hadis.
Sizlarga hurmat bilan,
Do'stlaringiz-Realist.
Yahshi kayfiyatlar HAMMAGA.
Realist.
VARATAR
10-24-2001, 12:04 PM
gap yoq :)
VARATAR
10-24-2001, 02:27 PM
Asad, varatani juda zor qoriqlavomande (Omon bilan bogan oyinga ohshab :P ) baribir Realist gol urvottide, a tak pul oganim yoq :P qani kontr atakadan bosin, sani galin ekan etish :)
ELBRUS
10-24-2001, 06:51 PM
REALISToka "DEVYATKA"ga uribsizu
Hujum kilmabsizde, Atak kalla pochaga bormizde!
Asadga hujum kilish kerak keyin u kontrataka kiladi.
regards
Asad'
10-25-2001, 02:59 AM
Gap yo'q. Kecha Inet.ga qarayolmagandim, hozir kelsam, yaxshi javob bo'lgan ekan :-)
Zerikmayapsilarmi ishqilib :-) , a tak bir partiya billiard uynaymiz .
* * * Realistga * * *
Hoy, Realist, sekinroq,
Mehmon izzatin bilsin.
Qorin ja och bulsa ham,
Yong'oq-mayiz yeb tursin.
Pishmagan tandir kabob,
Dasturxonga hech kelmas.
Asil "tandir"dan totmay,
Mehmon SurQashdan ketmas.
Tandir kabob ham ana,
Pishay-pishayyy deb qoldi.
Qani, do'stlar, Vatan uchun,
Qittay-qittaydan oldik. ;-)
Mana, boshlanib ketdi,
Mehmon-mehmon o'yini.
Yo'lga otlanib qoldi,
Varatar ham kiyinib.
Go'zal javob yozibsan,
Realist, belni bog'lab.
Bir-ikki gap aytib ketay,
Gapni tagidan yog'lab.
Mo'ylovsiz soqol? Ha-ha,
Bo'laman dema ko'sa.
Qizlar qochib ketadi,
Sen olmasdan bir bo'sa.
Yana bir gap, Hadisni,
Teng qilmagin taomga.
Gar qorni och bo'lsa ham,
Hadis qutlug' avomga.
Shunaqa gaplar, jo'ra,
Endi men ham borayin.
Keyingi safargacha,
Ishlarni tugatayin.
Omad hammaga deb Asadbek.
BURAVIK
10-25-2001, 04:43 AM
REALIST GAP YO' !!!!!!!!!
She'rla asil Farg'onacha styleda yozilgan !
Lekin bir narsani yoddan ko'taribsiz Cho'ng'arada haliyam Devzira guruch etistirishvotti. !!!
O'z vaqtida Buni hatto Said Ahmad ham o'z kitoblarida yozganla !!!
ASADBE Birinchi she'rda ozroq kamchilik bor keyingilariga vashe gap yo' !
Atak hali Ilhom keladigan davrla oldinda Neftchi chempion bo'lishiga bir bahya qoldi halos !!!
O'shanda manam she'r yozib qolarman!
Realist
10-26-2001, 02:09 AM
ASADIYGA: Rahmat javobing uchun. Hammasi zor!!
Javobingni okidim,
Rahmat, yahshi yozibsan.
Otirganni turgizib,
Turganni otqazibsan.
Taklifim shu ukajon,
Endi bir oz turaylik.
Orqamizga bir boqib,
Ne bolganin ko'raylik.
Sening hom jumlalaring,
Bermishdi menga qalam.
Seni yo'lga solmasam,
Aka edimmi men ham?
Endi o'zing solishtir,
Birinchi yozganigga.
O'zing amin bolasan,
Qanchalik osganigga.
Endi bu yerda ish yo'q,
Men bu yerdan ketaman.
"Anovi" togdan oshsam,
Qishloqimga yetaman.
Men bu yerdan ketaman,
Men ketaman yaylovga.
Yana bu yerda qolsam,
Osilasiz mo'lovga.
"SurQash" ,"FAN" gavgosini,
Unutaylik jo'ralar.
Chidolmay sochin yulsin,
Sobiq o'ris to'ralar.
Yahshi qolgin Varatar,
Seni Olloh qo'risin.
Senga gol urganlarning,
Oyoqlari qurisin.
Neftchi niyatga yetsin,
Mayli do'stim Buravik.
Yurtga osh berganingda,
Yonginangda turaylik.
Doktor Mir ni ayaymiz,
Yoshlari ekan ulug.
"Mir Doktor" b'ling ammo,
Bo'lmang sira "Mir Qurug".
Tezroq qayting Vatanga,
Elbrus, Bo'ta, UTA,
Ona ko'zi yoshlandi,
Sizlarni kuta kuta.
Yozgan hazillarimning
Chiqqanlariga qaltis,
Uzr so'rab ming bora,
Imzo qo'dim "Realist".
Yahshi kayfiyatlar dam olish kunlarida.
VARATAR
10-26-2001, 03:45 AM
hahahaa, gap yoq silarga bollar.
Yahshi qolgin Varatar,
Seni Olloh qo'risin.
Senga gol urganlarning,
Oyoqlari qurisin.
Tezroq qayting Vatanga,
Elbrus, Bo'ta, UTA,
Ona ko'zi yoshlandi,
Sizlarni kuta kuta.
voobshe besh ketdim, gap yoq!!
goalkeeper
10-26-2001, 04:03 AM
Bolla, hammalarilaga qoyil qolmasdan ilojim yo'q. O'zbeklar orasida shunaqangi shoirlar yetishib chiqayotgan ekan, biz bilmay yurgan ekanmiz. Man bu joyga Varatar do'stim orqali kirib qoldim va juda xursand bo'ldim. Gap bo'lishi mumkin emas. Varatar qanchalik harakat qilmasin durang hisobi qayd etildi. Hammangizga kattakon rahmat.
ELBRUS
10-26-2001, 05:29 AM
REALIST GAp yok! Chin kongilda tekis tilda ravon, tushunarli va ta'sitchan kilib yozilgan.
Gap yok umuman! Qolimizzani kotardik! (Uncha munchaga kotarurmimiz:)
keep it up!
regards
Asad'
10-26-2001, 06:18 AM
Hmmm, zur, gap yo'q! Faqat baribir jahlim chiqdi!
REALISTga:
Tuturuq bormi senda,
Bir senlab, bir sizlaysan.
Sani kim chaqirgandi,
Butda nima izlaysan?
Xom gap deb bosh qotirma,
Menga domlalik qilib.
Ketavergin yo'lingda,
O'zing yozganing bilib.
Ey, jahlimni chiqarma,
O'zingni yo'lga solvol.
Kottaman deb gerdaymay,
Izzatingni bilib ol.
Qizishdim, g'ashga tegdi,
Mo'ysafidlik qilishing.
Boshqa gapga o'rin yo'q,
Gap yo'q, she'rdan bilishing!
Gap yo'q, hammasi hazil,
Bu gaplar qolib ketar.
Oldda yorqin kelajak,
Bu kunlar utar-ketar.
Yoshingni yashab yurgin,
Oshingni oshab yurgin.
Omadli bo'l hayotda,
Oldinga qarab yurgin.
Yaylovni sarg'aytmagin,
Tandirbop qo'ylar o'ssin.
Shul yaylovda Realist,
Dodda-dodda she'r yozsin.
Men ham ketdim ish tomon,
Keyingi "termin" kutar.
Bu-chi, quruq safsata,
Kim yutqazib, kim yutar.
Yaxshi niyatlar bilan,
Juralar, omad deyman.
Qizlarga mahv etguvchi,
Xup suluv qomat deyman.
~*~*~*~*~*~*~*~*~*~*~*~
Uzoqdaman bu kun qishloqdan,
Sog'inchlarim bo'ldi bir jahon.
Bunda kutib Student o'g'lin,
Yashaydu bir mo'tabar inson.
U Onamdir, Onajonginam,
Mehridaryo volidam - ONA.
Uyim ostonasidan chiqyotganimda,
Peshonamdan o'pgan, dil mehri yona.
Oyga borib omon qayt, deya,
Duo qildi peshonam silab.
Ko'zin tikib ortimdan, uyda,
Qoldi Onam menga baxt tilab.
*~*~*~*~*~*~*~*~*~*~*~*~*
Barchaga tez kunlarda uz yaqinlari quchog'iga omon-eson qaytishlarini tilayman!
Asadbek.
Realist
10-27-2001, 10:01 AM
VARATAR,
Goalkeeper,
ELBRUS,
Sheriy mashqlarimga bildirgan iliq munosabatlaring uchun tashakkurlar aytaman. Sogliq omonlik va yahshi niyatlar biz bilan birga bolsin.
Bu yerda mening tabassum qilib turgansariq rangli yuzim bo'lishi kerak edi, ammo uni qanday qoyishni bilmayman. "Qishloqchilik". Omon bolinglar.
Realist.
Realist
10-27-2001, 10:58 AM
Varatar,
Goalkeeper,
ELBRUS,
Sheriy mashqlarimgi bildirgan iliq munosabatlaring uchun tashakkurlar aytaman. Hammamizni dilimizga yahshi niyatlar doim hamroh bolsin.
Realist.
buhorogi
10-27-2001, 08:07 PM
LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ! LOL! KLASS! GAP YUQ!
Buhorogi
Realist
10-28-2001, 12:04 AM
ASADIYGA
"Tuturuq bormi senda,
Bir senlab, bir sizlaysan.
Sani kim chaqirgandi,
Butda nima izlaysan?
Xom gap deb bosh qotirma,
Menga domlalik qilib.
Ketavergin yo'lingda,
O'zing yozganing bilib.
Ey, jahlimni chiqarma,
O'zingni yo'lga solvol.
Kottaman deb gerdaymay,
Izzatingni bilib ol."
AFSUSLAR, ming AFSUSLAR,
Bizdan bir yahshi hakq dardini yoza oladigan shoir chiqayotgan ekan deb o'ylagan edim. Endi esing bolsa Asadiy, bir orqaga garab, mening ohirgi yozganimni o'qi. U yerda senga tegadigan nima bor, san deb yozganimmi? Sen qachon menga "Siz" deb yozding? Yoki "birinchi yozganingda hom jumlalar bor" deganimmi? Qani bir qarab ko'rchi. Kamchlikni tan olish mardning ishi. Haqiyqatan ham osha birinchi yozganingni ko'rib mening ham jahlim chikkan edi. U huddi sheriyat ustidan qilingan mazahga ohshagandi. Men aytgan bolsam sening bundan yahshiroq yozishing istagida aytgan edim. Endi hozir senga teng bolib nimalar deb yozishim mumkin ediya... Ozingni kim deb o'ylagan bolsang ham bu sening ishing, ammo "Seni kim chaqirgandi" deyishga kim dolganingda ham haqqing yok.
Sen meni o'zingga raqib deb hisobladingmi? Bizga yo'l bolsin, biz bir kichik havaskor. Sohamiz butunlay boshqa. Abdulla aka aytganlarku, "Men boshqa manzilga tikkanman ko'zim" deb. Hali ham umid qilaman, yahshi yahshi sherlar yozarsan, katta ijod yoliga chiqrsan balki. Ammo agar ozingga shu qadar bino go'ysang kop "galvalar" boladi boshingda. Ehhey, ijodda nimalar bolmaydiyu... Oshanda meni beihtiyor bir eslab qoyarsan.
Do'st topish bu juda qiyin is
Ammo oson yni yo'qotish.
Sog bolgin Asadiy.
VARATAR
10-28-2001, 01:29 AM
eee bolla, ohiri choto ohshamabdiku unaqamasde ....
Asad'
10-28-2001, 02:48 AM
REALISTga,
Biir Sizlab yozayqonikay:
Men shoir emasman, shoirlikka da'vo ham qilmayman. Faqat ilhom kelganda onda-sonda havaskorlik deganday, yozib turaman.
Tug'ri, men "Siz" deb yozmadim, sababi ham bor. Menga men tanimagan bir odamning dabdurustdan kelib meni "Sen"lashi, uni ustiga aql urgatishi, AKAman deb aql urgatishi yoqmadi. Mana shunichun ham boshidan senlab ketaverdim. Undan keyin, she'r yozish aslida sohaga bog'liq emas!!!! Traktirist ham she'r yoza olishi mumkin!
Birinchi she'rni hazil tariqasida yozilganini, shunchaki yozib ketganimni aytgan edim, shu gapni 2 marta takrorladiz. Kimni g'ashiga tegmaydi?
"Toshkentcha sher yozibsan,
Varatarga tekkizib.
Nasihat kilib koyay
Yonginamga otqizib." Uzr, ammo men tanimagan odamimdan nasihat olishni yoqtirmayman, yana osmondan tushib shunaqa deb "Yonginamga utqizib" tursa. Varatar oshna buladi mani hazilimni tushunadigan, gap bulmasa kerak boshqa?
"Senga omad tilayman,
Sher yozgin durust, durust.
Yozgan sherlaring oqib,
Qoyil qolsin Realist." LOL, Siz adashmasam menga pul tulaydigan Glav-redaktorim emassizki, durust she'r yoz deydigan, a labbay? Gap bulsa yana bemalol.
Sizzi usha birinchi yozganizdan keyingi hammasini endi men tarafdan javob tariqasida ketganini tushungandirsiz!?
"Endi o'zing solishtir,
Birinchi yozganigga.
O'zing amin bolasan,
Qanchalik osganigga." Ooooo, uzr , faqat kelib menga she'r yozishni urgatib ketdim deb gapirib yurmangde, bulmasa bolalarni oldida mani hijolatga quyasiz. Uzi shundog'am hozir, shu yoshimgacha ijodiy jihatdan o'smay yurgan ekanman deb achchiqlanib yuribman. :-)
Kstati: ""Tuturuq bormi senda,
Bir senlab, bir sizlaysan." Bir oxirgi she'rizga qarasaiz, bitta she'rni ichida ham senlab, ham sizlaganizni kurasiz.
Ehhhh, mana shunaqa gaplar 5 minutda.
Omad, sog' buling Realist.
Realist
10-28-2001, 08:08 AM
ASADIYGA
Javob yozmoqchi emas edim ammo balki bir oz ochiqlik kirita oladiganga ohshadim.
Traktorist ham sher yozishi va boshqa gaplaringizga qo'shilaman. Ammo "Jahligiz chiqishi" professionallarnikiga ohshab ketgan edi.
Men ham hammasini boshdanoq begubor bir hazil tariqasida yozgan edim. Boshqacha anglashildim chogi. Ammo men ochiqlaydigan narsa shuki, mening lirik qahramonimni men deb ozingiznikini ozingiz deb qabul qilmang edi. Ozim Toshkentnig kindigidan sal yuqoridagi Yunusobodda tugilganman. "Tagimiz" vodiydan ekanligini sezgan bolsangiz kerak. Ammo mening qahramonim, dehqon tabiat, yoshi bir oz katta, moylovli, gap kelganda togrisini tikka aytadigan odam edi. Kezi kelganda ozining ustidan ham kula oladigan (mo'ylov haqidagi gapni eslang). (Toshpo'lat tajang esongizdami.)Ikkinchidan men sizning 2-javobingizdan sizning Qashqadaryo yoki Surhon asilli ekanliningizni tahmin qilib endi "Aytishuv" boshlandi deb oyladim, ammo "Tortishuv" emas. Har doim ohirida uzr sorab qoydim. Qofiya uchun bazan bir oz chetga chiqishlar ham boladi. Masalan, Hadis haqidagi menga bergan tanbehingiz menga yoqdi. U yerni juda osonlik bilan togrilash mumkin edi. Ohirida shoshib ketib "galat" qilibmizda. Ijod deganda faqat sherni nazarda tutmovdim. Hamma sohada ham "galvalar" kop bolishini adamlardan kop marta eshitganman. Ammo "bu yerda biz bir birimizning hazilimizni kotarar edik' sening haqqing yoq edi", deganingizni unchalik tushunmadim. Mening boshqalardan nima farqim bor. Balki bu toda psihologiyasidir. Umuman men hech narsadan qorqmayman, faqat bilmasdan birovni dilini ogritib qoyushdan ehtiyot bolaman. Omad tilaganingiz uchun rahmat. Har holda hudo omaddan qismagan bolsa ham, yaqinda bir imtihonim borligini hisobga olsak u menga ancha zarur boladi.
Sizga ham omadlar.
Realist.
Asad'
10-28-2001, 09:26 AM
:-)
REALIST,
yashi gap. "Seni kim chaqirgandi" deganim, bu yerga kelmang, yozmang deganim emas, albatta bunga haqqimiz yuq. Men, Sizni menga maslahat berishga, dars berishga kim chaqirdi degan ma'noda edi, ya'ni, she'rlardagi ayrim turtliklar sifatidagi istalmagan tashrif deb tushunsangiz ham buladi. Boshqalardan farqiz yuq, buni ta'kidlaganim yuq!
Albatta, siz vazmin rolni ijro etgan bo'lsangiz, biz uning aksini uynabmiz, bu buladigan narsa sahnada. Asosiysi, usha rolni scenariydagidek uynay olish ;-) Gap kelganda tug'risini faqat sizning qahramoniz aytmasligini unutmasangiz, rahmat derdim. :-)
"Ammo "Jahlingiz chiqishi" professionallarnikiga ohshab ketgan edi." degan gapni men ishlatmagan bulardim. Siz meni tanimaysiz, shu jihatdan qulimdan nima keladi, nima yuq, buni ham bilmaysiz. Bu narsani men sizni urnizda birinchi reply qilib she'r yozganimda e'tiborga olgan bulardim. Mana shu narsa ham muammoning ildizini kursatar deb uylayman.
Tug'ri, balki boshda hazilga olganimda hammasi boshqacha bulardi, lekin bu ham foydadan holi bulmadi deb uylayman.
Kstati, hadis haqidagi turtlik uzimga ham tug'risi yoqqan, u turtlikni daftarchamga ildirib quyganman uje. Aytishuvda esa, bilsaiz, har kim uz qahramoni tilidan gapiradi ;-).
Mayli, gapni chuzmaylik, shu yerda nuqta quysak ham buladi.
Imtihonlarda omad!
Men esa safarga chiqdim, hali bilet yuq, poezd ketib qolmasin :-)
Asad
qichiq
11-05-2001, 07:35 AM
Haqiqiy Uzbek shunaqa buladi, yaratguncha chup berib yaratgan deganlarini biz isbotlamasak kim isbotlaydi...
Chuqish boshidan boshlangan bu siteda, lekin urtalarida juda hurmatli suzlar, baland parvoz gaplar, keyin URUSH...
--Haqiqiy uzbek ekansizlar--
Qoyil...;P
Surgeon
11-05-2001, 09:47 AM
Asad va Realist, sizlarning ozaro sheriy musobaqa (disput) laringiz meni fikrimcha kopchilikni hurmatini qozondi. Yashanglar!!!!
Ijodilarga faqat oq yol va omad.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.