PDA

View Full Version : GERMANY-USA 1:0


adiba
06-21-2002, 09:17 AM
Bu yil WM chempioni Germany bo'ladi deb umid qilaman!
Shunday qilib Ballack urgan 39-minutdagi gol Germanyni g'alaba sari yana bir qadam tashlashiga sabab bo'ldi!
England fanlariga esa o'z hamdardligimni bildiraman, shunaqa endi hayot nima qilamiz, Beckhamni prichoskalari esiz- Londondan shaxsiy sartaroshi kelgan ekan usha prichoska uchun :-p


Germany rulez!



Qarsaklar yog'ildi mening sha'nimga.
Zarb!Zarb!... Darvozabon tosh kabi qotdi.
Bir surur hayqirib kirdi tanimga,
Stadion o'zin falakka otdi.


Quvonchi kam dunyo, iqbolni ham ko'r,
Yashil maydon, koptok..-Mana shu iqbol!
Hamon karaxtlikda silkinadi to'r,
Hamon darvozabon yotibdi behol.


Himoyachi menga g'ijinib boqar,
Maglub gazablarni ko'rishdan bezdim!
Do'stlarim tabriklab yelkamga qoqar-
Pele va Didining qo'llarin sezdim.

Yam-yashil maydonda chiqar quyoshim,
Yam-yashil maydonda quyoshim botar.
Ishqibozlar, ana changallar boshin-
Biri shlyapasin burdalab otar.


FUTBOL! Meni asra shu futbol haqqi!
Nahot, xatolarga kunlarim bog'liq?
Umrim- yuzga nogoh tushgan tarsaki,
Yam-yashil maydonda qoldi daholik.

adiba
06-21-2002, 09:27 AM
German striker Michael Ballack shouts in celebration after scoring, during the 2002 FIFA World Cup quarterfinal soccer match between Germany and USA, at the Munsu Football stadium in Ulsan, south of Seoul, Friday, June 21, 2002

answer
06-21-2002, 09:33 AM
nemislaga o'lim, ispanya bilan boladigan oyinda :(

i hate them

shavkat79
06-21-2002, 10:15 AM
answer (Jun 21, 2002 08:33):
nemislaga o'lim, ispanya bilan boladigan oyinda :(

i hate them

Hali ispanla chiqdiyu, nemisla ula bilan o'ynadi. Ispanlani hozirda eng birinchi ishi Korea'ni yutish. Chunonchi, Amerika juda yaxshi oyin korsatdi. Omad ulardan yuz o'girdi desa ham bo'ladi. Nemis himoyachisi qo'li bilan kirib ketayotgan to'pni qaytargani uchun qizil olishi kere edi, va 11 metrlik berilishi kere edi. Taqdir ekan. BTW Kahn'ga faqatgina tan berishdan boshqa ilojimiz yo'q. O'yinning asl qahramoni - Oliver Kahn.

kanzler
06-21-2002, 11:04 AM
Qul bilan qaytarilmadi, himoyachi hohlamagan tarzda tup uning quliga tegib qaytdi. Shu tufayli hech qanaqa qizil kartochka va 11-metrlik haqida gap bulishi mumkin emas.
Siz usha kadrni yana bir marta kuring, uning quli tup kelishidan oldin ham yon tarafida edi, shu tufayli bu tasodif hisoblanadi, shtrafnoy emas.

USA yaxshi uynadi, lekin US-bachalari jarima tuplarida juda kuchsiz himoyaga ega ekan, nemislar shu kamchilikdan ham ustalik bilan yana 3-4 ta gol uchun foydalanishlari mumkin edi, ammo faqat bir marta gol urish nasib qildi.
Kahnga voobshe gap bulishi mumkinamas, u xudo hohlasa Turnirning eng zur darvozaboni buladi. 3ta momentni qaytardi.
Undan tashqari Oliver Neuville ham yaxshi uynadi.

Tak chtooo, US damn, go home and enjoy the final between Germany and Brazil (or Turkey? ) !!!!!!!

Korea ertaga Ispanlarni uyiga junatadi, degan umiddaman.

stud
06-21-2002, 12:41 PM
Germany yutti, lekin juda yomon o'ynadi. Varatar Kahn o'yinni yutti, hozirgi Germany juda kuchsiz, umuman motivatsiyasiz, bo'sh komanda. Bunaqa o'yini bilan uzoqqa borishi qiyin, yarim-finalga chiqqan komanda uchun Germany go'sht Dream team bo'lishi turgan gap.

Amerikaliklarga qoyil qolish kerak, omadi kelganda kamida 4:1ga nemislani yutishi kerak edi. Referee ko'p hollada amerikaliklarga nisbatan nohaq harak qildi, gol kirganini hisoblamadi, ko'ptok nemis o'yinchisini qo'li bilan to'sib qaytarildi - kamida 11 ilishi kerak edi US.

Nima bo'ganda ham amerikaliklar o'yindan boshini ko'tarib chiqib ketishdi, Nemisla yutishdi, lekin o'yindan qoniqish hissi esa yo'q bu erda.
--
--

germanyda g'alaba munosabati bilan ko'chadi baqir-chqir: Fussball, Fic - ken, Al - ko - hol !