PDA

View Full Version : USJ - LOZING


O'zbek Bola
08-24-2001, 01:05 PM
Fikir.

Umid Siyosiy Jamiyatini tuzishda asosiy principlarni Menifestda bildirdik, xozircha boshqa principial o'zgartirishlar taklif etilmadi. Demak u kuchda qoladi.

Jamiyat bir oz ko'proq shakillanishi yolida ishlash kerak deb o'ylayman.

Siyosiy jamiyatlarda o'zini asosiy lozungi boladi
"Proletariy vsex stran soedinyaytes'" deganday
USJga xam menimcha qisqa va mazmunli lozung kerak. USJ dokumentlarni tepasiga qoysak chiroyli va mazmunli bo'lib turar edi.

Takliflar bo'lsa iltimos bo'lashing.

Menda xam bir taklif bo'r:

"KELAJAKDAN UMIDIMIZ YAGONA VA ULUGH BOLSIN!"

Iltimos o'z fikrlaringizni bildiring.

sanjar
08-24-2001, 01:08 PM
Manga anovi USJdagi SJ qismi yoqdi. ;-)

elDoraDo
08-26-2001, 12:16 AM
demokratiyaning asosiy prnciplaridan balki o'sha gapni olarmiz:
halq davlat uchun emas, davlat halq uchun... chunki
bu lozing qanday bo'lishidan qat'iy nazar, u bizning asosiy fikrimizni o'zida mujasssam etishi kerak. halq ham bizning maqsadimiz yanlig' lozingni qancalik ko'p eshitsa, demakki, UDP/USJ deganda - u davlatning halq uchun hizmat qilishni tushunib etadi va ajabmaski, bu narsa ularning orzusi emas, balki hayotiga aylansa...
rahmat

D :) D

O'zbek Bola
08-27-2001, 01:01 PM
Demak - "Halq davlat uchun emas, davlat halq uchun."
Bu juda yaxshi mazmunli gap, lekin, menimcha, USJga lozung sifatida bu toghri kelmaydi. Nima uchun bo'lmasligi toghrisida fikirimni yozay-da, siz o'z xulosangizni bildiring.

Bunday lozung revolyucion qarashga chaqiradi. Masalan men revolyuciyaga emas, evolyuciyaga ko'proq ishonaman. Yani, bu shunday savollar tughdirib qoyadi - Nima, xozirgi davlat butunlay notoghri ekanmi? Balki uni yoq qilib tashlab boshqa davlat qurish kerakdir?... Menimcha bu notoghri. Toghri O'zbekiston juda qiyin axvolda, masalan menimcha, oxirgi 5-6 yil ichida xalqga foydali ishlardan aslida xato ishlar ko'p qilindi. Buni aksi xammani xayoti oghirlashganida ko'rinyapti, faqatgina mexnatkashlar emas, balki o'sha prokuror eki xokim singari boshqaruvchilarimizni-xam daromadlari susayib, shaxsiy sharoitlari xam ancha bemustaxkam bo'lob ketgan. Umumiy xatoliklar - umumiy xayotni oghirlashtirmiqda, ammo shuni barchasini ichida, bir oz bo'lsa-da, foydali, yaxshi ishlar amalga oshgan. Shuning uchun xam endi "xammasi notoghri" deyishdan foyda bo'larmidi?
Uncha tushunarli aytmagan bo'lsam shu masalaga yana chuqurroq qaraylik.
Bu lozung "xalq"ni bir tarafga "davlat"ni esa ikkinchi, qaramaqarshi xolda ko'rsatadi va "to'pni" faqat bir darboza, yani "davlat"ni dorbozasiga tepishga chaqiradi. Lekin shu aytayotgan davlatimiz mana shu xalqning o'ziniki. Bu davlatni boshqarib kelayotgan xar-xil poghanadigi insonlar xam ana shu xalqning ajralmas qismi-ku.
Menimcha USJning eng oliy vazifasi xalqning bir guruxiga qarshi boshqa bir guruxni tarafini olish emas, balki xammaga barobar yaxshi va foyda keltiradigan rivojlanish yollarini izlab, bunday yollarni, bilimga asoslangan xolda, "yoritib" turishdir. O'zbekiston davlatini rivojlanishida qo'yilaetgan juda ko'p xatolar aslida yomon niyatda emas, bali bilmaslik, tushunmaslik, va etarli o'ylamaslik (unprofessionalism) tufayli bo'lyapti. O'zbeklar xammasi o'qimishli deyishingiz mumkin, ammo O'zbeklar orasida siyosiy, jamiyatni boshqarish toghrisidagi bilimlar 0-ni uyoq buyoghida.
Mana shu narsalarni oldini olishda USJ o'z xissasini qo'sha olgan bo'lar edi.
Fikirimni tushintirib bera oldimmi, yo savollar bormi?

man
08-27-2001, 01:16 PM
Bollar, kelinglar kelishamiz. Yaratilajak partiyamiz haqidagi fikr-mulohazalarni bir erga mujassamlasak va bir erda yoritsak (albatta bu boshlanishiga). Sababi man buni boshqa sahifada o'qib, o'z fikrimni yozgan edim, endi esa bu erda yana shunga dahildor mavzu topdim. Bu esa Rejalashtirilayotgan loihamizni tezda amalga oshishiga ozgina bo'lsada to'sqinlik qiladi. Fikrlar bir joyda bo'lgani va bir joydan (yakunisini nazarda tutyapman) chiqqani yahshi.

Lozung ustida esa keng a'zoliy muzokarada ishlaymiz. Hozir esa dasturni loihasini ishlab chiqib, tezda birlamchi a'zolarni yig'ish lozimdir.

Fikr va mulohazalarni hamisha shahsiy e-mailga olishdan mamnunman man.

elDoraDo
08-27-2001, 02:01 PM
man revolcion ruhda yozganim yo'q... qaytaga hamma davlat turiga juda mos kelar edi. O'zbekisotnda davlatchilik qanday ko'rinishda bo'lishidan qat'iy nazar, u faqatgina halq uchun bo'lishi kerak... bu hozirgi davlat uchun ham to'g'ri keladi.. endi mani o'zimda ham e'tiroz tug'ildi: manimcha juda ham umumiy! ta'gin bilmadim

D :) D

O'zbek Bola
08-27-2001, 02:36 PM
Bir necha boshqa odam xam bu toghrisida fikr bildirsa yaxshi bo'lardi...

Boyscout
08-29-2001, 05:05 PM
Albatta partiyaning fikrini to'g'ri ifodalay oladigan lozung topish kerak.

"Halq davlat uchun emas, davlat halq uchun" degan lozung bizning yo'nalishimizni to'g'ri ifodalamaydi. Chunki bu avvalomvor umri qisqa lozunglardandir, yani aytmoqchi bo'lgan fikrim, bora bora O'zbekistonda demokratiya o'rnatiladi ham. Demokratiya esa o'z navbatida davlat halq uchun ishlashini ta'minlaydi. Ana unda UDPning yo'li nima bo'ladi? Bo'ldi biz o'z maqsadimizga erishdik, shu bilan partiyaga yakun yasaymiz deymizmi? Yo'q albatta. Lozung shundoq bo'lishi kerakki u hech qachon eskirmasin va har davrda o'z ma'nosiga ega bo'lsin va shu tariqa partiya yo'nalishini yangilab borsin.

Mani taklifim " DOIMO HALQ MAHFAATLARI YO'LIDA". Birinchidan halq manfaatlari har doim o'zgarib boradi va hech qachon eskirmaydi. Ikkinchidan partiya o'z yo'nalishini davr va talab o'zgargan sari bemalol o'zgartisrishga qodir bo'ladi, bu esa bizga boshqa partiyalar ustidan "competitive advantage" yaratadi. (Inglizchasiga ma'nosi to'laroq bo'lgani uchun shu iborani ishlatdim).

Sizlar nima deysizlar.

O'zbek Bola
08-29-2001, 09:31 PM
Boyscout
Men endi ikkinchi martda sizni messagingizni o'qishim, lekin oramizga sizdek odam qo'shilishidan xursandman. Menimcha sizni fikirlaringiz ancha jonli.
Yuqoridagi birinchi ikkita lozungdan siz taklif etgan
"DOIMO XALQ MANFAATLARI YOLIDA!" menga xam maqulroq ko'rinyapti. Men bu lozungni asosiy deb qabul etishimizni taklif etaman.

elDoraDo
08-29-2001, 10:11 PM
hmmm... yomon emas! men ham shuni taklif etaman
yana fikrlar bormi?

D :) D

sher
08-30-2001, 07:26 AM
Muxtaram Umidchilar, mening buvumning bir gapini keltirmoqchiman "Faqat ahmoqlargina ishni yuqorisidan boshlab, pastida tugatadi", menimcha sizlqr juda yuqorisidan boshlamoqdasizlar, barchangiz yosh, amaliy tajribaga ega emassizlar (ham iqtisodiy, ham siesiy), agarda xaqiqatdan buyuk kelajak uchun uz bilim va umringizni bagishlashga rozi bolsalaringiz, iqtisoddan boshlash, yani yakka eki birlashgan holda hususiy korhonalar tashkil etib Uzb., uz faoliyatingiz orqali halq ommasi ichiga kirib borish, obru-etiborga erishish va shundan keyingina siyosat haqida uylash togriroq buladi deb uylayman. Keng ommaning quvvatisiz sizlar hech narsa emassizlar (bu turushinglarda Uzb. iqtisodiy va ayniqsa siyosiy xaetida muhim urin egallashinlaga katta shubha bor). Sizlarga manimcha kupchilik otasini davrida uynab yuribdida manosida qaramoqda, yoshlar ortasida esa bunday osmondan osmondan kelishinglarda, sizlarga nisbatan ruscha aytganda "neadekvatnoe otnoshenie" shakllanishi turgan gap.

Balki men haq emas edurman, uylab kuringlar bu xaqida ham.

Hurmat bilan Sher.

PS. Barcha Vatandoshlarni mustaqillikning 10 yilligi bilan chin dildan tabrik etaman.

O'zbek Bola
08-30-2001, 07:55 AM
sher,
Avvalam bor bu erda faqatgina Umidchilar va faqatgina Umidchilar uchun bo'lgan muammolar ko'tarilayapti deb sizga kim aytdi?
Bu erdagilarga "lop" etib "baxo" berish, va "sizlar xech narsa emassizlar" deyish sizga mikan?
Lekin shoshilmang.
Buvangizni gapiga qo'shilaman "Faqat ahmoqlargina ishni yuqorisidan boshlab, pastda tugatadi". Bu er mana o'sha past bo'ladi. Boshlagan ishimizni qanchalik yuqori ketishi bu xarakat va intilishimizga boghliq.
Qolaversa "ISHONCH" Clubi bu xokimdorlik uchun intilish uchun yaratilayotgan partiya emas (ko'plar shu yanishmovchilikga yol qoyyapti), balki bu Xalqimizning ommasini boyitish yolidagi bir intilish va bu Clubimizni manifestida aniq ifoda etilgan.
Shuning bilan - "...o'z faoliyatingiz orqali halq ommasi ichiga kirib borish.." deb xam to'ghri aytibsiz...
Bu Club oldida turgan asosiy maqsad esa - Nima vazifalar va qanday qilib qilinsa Yurtimizga ko'proq foyda kelishini muxokama qilib izlanishlar olib borishdir.

Izoxlaringiz uchun raxmat.
Bu erga kirib turing.

O'zbek Bola
08-30-2001, 09:23 AM
Xurmatli sher,
Uzur xatingizga to'loq javob yozmasdan tugatgan edim. O'zingiz tushinasiz xammamizda "pastga" tushib, iniciativa asosida bosh qotirishdan tashqari xam boshqa ishlar ko'p. Lekin sizni xatingizga qaytaylik.
Mana "qo'shma korxonalar ochish" muximligini yozib o'tibsiz. Bu nixoyatda muxim masala, va shu masalani xal etish - bu juda qiyin va murakkab.
Faqat "Mana biz! Biz qo'shma korxona ochish istagidamiz, kelinglar! Biz chet tillarini, computer texnologiyalarini va boshqa fanlarni o'zlashtirganmiz, Capilallaringizni birga ishga solaylik!" - deb ish tutilsa bas deb o'ylaysizmi?
Bu zarur xolat lekin etarli emas, chunki Dunyoda 180tadan ortiq Davlatlar bor, va o'ziga Capital extirom qilish vazifasi ularni xa birini oldida turibti. Capital bularni orasida shaxsan Ozbekistonga kelib to'xtashi juda ko'p, nafaqat tashqi, balki ko'pgina ichki siyosatlardan xam boghliq. Shuning uchun bu masalani soddalashtirilmasdan, balki chuqurroq fikr yuritgan xolda echimlarini izlash lozim bo'lsa kerak.
Siz nima deb o'ylaysiz?

sher
08-31-2001, 10:42 AM
Hurmatli Uzbek bola,

avvalambor etiboringiz uchun katta rahmat.

men umidchi emasman, TDIUni tamomlab Biznes fond, TACIS, TIAV, Zamin va SQB banklarida ishladim, hozirda esa evropada ishlayapman, boshlangich kapital islab topib, Uzb.da uz ishimni ochish maqsadida (yoshim 24 da, katta kishi ekan deb uylamang).

uzimning katta bulmagan tajribamdan kelib chiqgan holda, quyidagi fikrlarni bildirmoqchiman:

agar davlat ishiga kirib ishlasangiz sizning barcha intilishlaringiz ulkan davlat mashinasi tasiri ostida yog bulib ketar ekan, man AQSHda 1 yil uqish davomida tekst pechat qilish orqali pul ishlab topgan yigitni bilaman. Sizlarga esa alohida eki UZARO BIRLASHGAN holda (QK emas, ammo ilojisini qila olsalaring juda yahshi) husysiy korhona ochib (garbda muhim loyihalarni grantlar orqali moliyalashtirish tajribasi yahshi rivojlangan) elu yurtga tanilish va shundan sungina siyosatga yaqinlashish tugriroq buladi degan fikrimni bildirmoqchiman.
Bunda barchalaringiz umumiy va yagona dastur (balki biznes plan) orqali har kim imkoniyatlardan kelib chiqgan holda qaysi sohaga ihtisoslashishini oldindan belgilab va ayniqsa uz bilim hamda barchangiz erishayotgan natijalar bilan keng ommani tanishtirib borish uchun konsalting firmalarini ham tasis etish zarur deb bilaman. Barchangizni yagona tizimga (respublika miqyyosidagi korporaciya eki holdingga ) birlashib, bir biringizni qollab-quvvatlash, uz oldingizga quygan maqsadlarga erishish va mavjud bulaetgan muammolarni hal qilishga kumaklashish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin deb uylayman.

Man I. Karimov janoblari tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatni 95 % qullayman va uz fikrlarimni ushbu siyosatni yanada rivojlantirish va mavjud ayrim kamchliklarni togrilashga qaratganman.(hozirgi zamonda informaciya kup narsani hal qiladi, I. Karimov janoblari menga qaraganda ulkan informatciyaga ega, shuning uchun men kamchlik deb uylayotgan narsa aslida tugri bolishi mumkinligini rad etmayman)

Bu togrisida ruschasiga aytganda "ot dushi gaplashishga PC tuqri kelmaydi, afsus.

Uz fikrlaringizni davom ettiradigan bulsangiz, dono halqimizning "Bir yoqadan bosh chiqarib", "Birlashgan uzar, ayrilgan tuzar", A. Navoiyning

Ki aylar uz shukuhini uzi past,
Uzi berur uz poyasiga shikast.

degan suzlaridan va h.larnidan kelib chiqgan holda

Buyuk kelajak ucun, burlashgan holda (eki birlashaylik) tarzidagi shiorni taklif qilaman.


Hurmat bilan Sher (Latifsher aslida).

O'zbek Bola
09-02-2001, 01:52 AM
Xurmatli Sher,
Xat uchun katta raxmat. Yozganlaringizni qiziqib o'qidim. Shu bilan men xam bazi fikirlar bilan bo'lishgim keldi.
Gapni boshidanoq bir narsani aniqlab o'tay. Men Umidchi emasman. Birlikchi yoki xach qanaqa boshqa partiya vakili xam emasman. Bu erga yurtdoshlarim bilan suxbat, xazil qilish uchun kiraman. Bir qarasam Umidchilar xayolida UDP-degan ghoya tughilgan ekan. Albatta, bu xozir xomxayolligi aniq edi. Lekin men bizni odamlar siyosatga qiziqganini yomon narsa deb bilmayman. Naoborot, O'zbekistonliklar siyosat toghrisida juda ko'p narsalarni o'rganishi zarur, agar kelajakda yaxshi jamiyat qurgisi kelsa. Shuning uchun, ochighi, virtual jamiyat tuzaylik, muloxazalar otkazaylik, bir birimizdan o'rganaylik, biron insonda qiziq fikirlari bo'lsa bolashaylik deb taklif xam kirgazib, biroz xarakat xam qilgandim. Bir-necha xamfikirlar xam topildi. Lekin kopchilikga, xaqiqatdan, davlatni rivojlantirish yollarini izlash emas, balki shunchaki o'ziga tegishli Partiya, xokimdorlik toghrisida xom-xayollar orzulari qiziq ko'ringan ekan aslida.
Siz aytgan fikirlarni ba'zilari xatoroq deb oylayman. Avvalam bor Presidentimiz Karimovning iqtisodiy siyosatiga kelsak. Shuni aytib o'tayki, shaxsan meni bu insonga xach qanday dushmanlik tarafim yoq. Men Presidentimiz 1995 yillargacha bo'lgan iqtisodiy siyosati qoniqarli deb bilaman. Lekin undan uyoghiga kichkina xatolar kattaydi, ko'p narsalar o'zgardi, xullas problemalar ko'p. Ularni birgalikda ko'tarish kerak va echish kerak. Bunaqa qila olmas ekanmiz - yaxshi kelajakga ishonch bildirish bu - babytalk, tufta. Xech kim tanqid qilmagan inson xox Karimov, xox boshqasi bo'lsin ko'p xatolarga ko'milib qolishi muqarrar.
Iqtisodiy siyosat 95% to'ghri deganingiz menimcha katta xato. Qishloq xo'jalikdagi siyosat menga PRODRAZVERTKAni eslatadi. Bunaqada qishloq xo'jalik krizis bo'lmay iloji yoqku... Konvertaciya - kormushka bolib qolgan. Soliqlarni gapirmay.
Mana masalan siz tepada aytgan intilishlaringizni olaylik. Men xam xuddi siz yurgan ko'chalardan yurganman. Aytib beray nima natija bo'lganini. Xullas chetdan pul va bazi bilimlar bilan qaytib Toshkentda kichik korxona ochish niyat bor edi. Turistlarga suvenir chiqaradigan yaxshi oborudovanie olib kelib ishga solmoqchi edim. U oborudovanie $5,000.00 turardi. Unga pul xam topgandim. Keyin bojxonaga borib "Mana shu stanokni olib kelsam qancha poshlina to'lash kerak?" deb so'radim. Ular barcha instrukciya va tariflarini ko'rib chiqib uch-to'r ming dollarga toghri keladigan baxoni aytishdi. Ichimda "Bundan axmoqcharoq siyosat bo'larmikan?" deb u xarakatni to'xtatib ketdim. Mana sizga rezul'tat.
Soliqlar xaddan tashqari oghir, "yo'lto'sazlar" toshib yotibti chunki bittasini xam oyligiga qoniqarli oila boqib bolmaydi. Jamiyatimiz juda katta botqoqlikga botib qolgan va bundan chiqib ketish yo'lini qidirish zarur. Lekin, afsus, bu zaruriyat yaqin orada echiladiganga oxshamaydi, chunki undan chiqadigan yol xam qoniqarli darajada qidirilmayapti. Insonlarimiz muloxaza yurgazishdan xam qo'rqib qolgan.

Sher
09-03-2001, 09:48 AM
As salomu alaykum hurmatli Uzbek bola.

sizning gaplaringizda ham jon bor, bu kamchiliklarni (manimcha "Mening nafsim balodur, utu - chuqga solodur" degan maqol mos keladi) bartaraf etish uchun har kim yakka holda emas, birlashib ruschasiga "vesemiyroq" bulib respublikamiz hukumati bilan "konstruktivniy dialog" urnatgan holda, hamkorlik olib borish, buning uchun esa jamiyatning bir qismi tomonidan bulsada qollab quvvatlanayotgan alohida kuch sifatida shakllanish zarur. hozirda halqning kuzi ancha narsaga ochilgan va shuning uchun aniq hat harakatlar bilan isbotlanmagan quruq gaplarga (tem bolee siyosat haqida) ishonmaydi.

Ushbu fikrlarni amalga oshirish uchun yillar zarur bulishi mumkinligini ham inobatga olish kerak, Djavaharlal Neruning avtobiografiyasi bunga yaqqol misol (qiziqsangiz uqib kuring).

Tak chto ishlar kup ..., lekin hali ham umidchilar haqidagi birinchi fikrimda jon bor deb uylayman.

USJ manifesti bilan qaerda tanishsa buladi. agar mumkin bulsa albatta.

Barcha yahshi niyatlarni tilagan holda Sher.

Tank
09-03-2001, 11:55 PM
Nachal chitat no potom ustal
davaite pisat korotko i poteme
:)

cute
09-08-2001, 01:53 AM
Komsomol bo'giyla kemayaptimi - a! :x

ozbek
09-08-2001, 03:13 PM
UDPning urug'u -- Umid clubga kirib bir o'qib chiqili.

:)

ozbek
09-08-2001, 03:14 PM
http://www.forum.uz/UltraBoard.cgi?action=Read&BID=24&TID=83&P=3&SID=42388

here you go...

:)