PDA

View Full Version : Barcha ISHONCH Clubi Qatnashchilariga!!!


O'zbek Bola
08-30-2001, 12:15 PM
Clubimiz endigina o'z shaklini tuzib kelayotgan bo'lsada, shu Clubni nomidan barcha vatandoshlarimizga 1 Sentyabrga atab tabriknoma tayorlasak juda yaxshi bo'lardi.
Agar chiroyli tabriknoma tuza olganimizda
u tabriknomani Main Boardga chiqarar edik, balki Farghona.ru...
Xullas taklifingiz bo'lsa, keling qilamiz.

elDoraDo
08-30-2001, 12:23 PM
bilmadim endi shu erga ham qo'shibdi degan fkrga bormanglar-u, lekin istak tug'ilgani uchun: har holda qo'llab quvvatlash, balki radioda ham tabriklarsilar, nu ne to eshitilishi tugan gap, bu bitta fikr!

D :) D

O'zbek Bola
08-30-2001, 12:36 PM
Endi radioga chiqish taklif xam yoq ediku, lekin voobshe-to toghri...bunaqa xarakat xozir uncha qovushmasa kerak...

Raxmat

Boyscout
08-30-2001, 01:24 PM
Fikr yahshilikka yahshiku-ya, lekin bu podadan oldin chang ko'tarish emasmikan? Biz hali to'laqonli klub emasmiz, va agarda halqni radio va boshqa aloqa vositalari orqali yo'q klub nomidan tabriklasak, bu bazi bir yuqori shahslarda noto'g'ri fikr tug'dirishi mumkin, yani bu yangi harakat kim bo'ldi o'zi? Nimaga erishmoqchi? degan. Albatta biz o'z niyatimizni hech kimdan yashirmoqchi emasmiz. Lekin biroz bo'lsada o'zimizni turli tasodiflardan himoyalamog'imiz darkor.

Tarihga bir nazar tashlang. Revolyutsiyadan keyin Lenin har bir halq o'z kelajagini o'zi belgilaydi deb jar solgan, vaholanki belgilangan qurultoyda uning partiyasidan boshqa hamma partiya yengildi, yani Turkiston Demokratik partiyasi deysizmi, Sho'roi Ulamo yo Sho'royi Islom deysizmi hammasining orzulari chil parchin bo'ldi. Nima uchun? Chunki ular juda yengiltaklik bilan ish tutishgan. Oldindan tayorgarchilik ko'rishmagan, ko'r ko'rona Leninnning ayorona siyosatiga ishonishib unga ergashishgan. Qurultoi o'tgach esa Kommunistik partiyadan boshqa partiyalar qonundan tashqari deb e'lon qilinib, uning liderlari surgun qilingan. Albatta hozirgi davrni o'tgan davrga solishtirish to'g'ri emas, lekin undan o'ziga yarasha saboq olish hech ham zarar qilmaydi deb o'ylayaman. Shuning uchun hali oyoqqa turmagan klub nomidan halqqa tabrik yo'llash o'ylamasdan qo'yilgan qadam deb o'ylayman.

elDoraDo
08-30-2001, 01:37 PM
yo'q bu erda chang ko'tarish shart emas, faqatgina forum.uz ning doimiy ishtirokchilarni nomidan aytish mumkin, huddi o'sha msg boardda ham ferghana.ru da ham , yoki o'sha radioda ham

D :) D

O'zbek Bola
08-30-2001, 02:51 PM
Xullas, bu bayramda xali Club nomidan gapirishga tayyor emasmiz,
lekin bir oz tashkillanib, boshqa Forumlarga chiqib Clubimizga xamfikirlar, malumotli va aktiv insonlarni taklif etish yollarini o'ylab ko'rish kerak...
Menimcha shunda rivoj bo'ladi.