PDA

View Full Version : UMID CLUBIDAGI UCH YONALISH


O'zbek Bola
09-12-2001, 10:16 AM
"Umid Clubi" ostida qilinayotgan xarakatlar uchta yonalish xosil qildi. Menimcha bu normal qidiruv intilishidan dalolat beradi. Lekin shu bilan birga, xozir, mana shu uch yonalishni toghri ifodalab, xarakatlarimizni yanada aniqroq qilib oladigan vaqt keldi.

Umid Clubini uch yonalishi:

1. "UDP" partiya tashkil qilish ghoyasi.
2. "Ishonch" siyosiy clubi.
3. "Inter..." tashkilotini xosil qilish ghoyasi.

Su uch yonalishdagi o'z fikrlarimni bildirsam.

1. Partiya tuzishga xarakat qilish - menimcha noto'ghri. "Lop" etkazib xech qachon xaqiqiy partiya tuzib bo'lmaydi, bunday qilib faqat soxta, administrativ "partiya" tuzish mumkin. Xech qanday ghoya, ideologiya ishlab chiqmay yangi partiya xaqida gapirish - neseryozno.

2. "Ishonch" siyosiy clubi. Men xam iloji boricha bu ishga bir o'z qo'l urdim. Bazi fikirdoshlar bilan (elDoraDo, Boyscout...) bu clubni eng umumiy ko'rinishini yaratishga xarakat qildik, yana qo'shimcha informaciya chiqish arafasida. Clubni asosiy maqsadi partiya tuzish emas, balki oramizda siyosiy fikrlar yuritish, bu borada bir birimizni - xam boyitib, xam xamkorlik qilish qudratimizni oshirish, yani kelajak O'zbekistonga bo'lgan xaqiqqiy Ishonch qidirish va yaratish.

3. Uchinchi yonalish "INTER...". Bu - ne politicheskiy, kul'turno-prosvetitel'skiy tashkilot tuzish ghoyasiga o'xshaydi. Insonlar bir-biri bilan tanishishi...o'zaro aloqa qilish... Bu ishni asosiy maqsadlarga bir oz aniqroq ifoda berilsa yaxshi bo'lardi.

Xullas xarakat bor ekan.

Siz yuqoridagi xulosalar toghrisida nima deb o'ylaysiz?

underloaded
09-12-2001, 12:08 PM
Number two seems more useful and interesting to me.

ozbek
09-12-2001, 12:31 PM
O'zbek bola,

Sag'al fikrlashiz, yani hulsoangiz noto'g'ri ketibti.

Yoki hamma gapni to'liq o'qimagansiz.

Hulosa shunday menimcha....


Bir Klub bo'ladi...misol uchun nomi "UMID CLUB" bo'lsin.
Bu klubda bo'limlar bo'ladi....bu bo'limlar o'z yo'li bo'yicha ish olib boradi, lekin bir biriga ko'maklashadi.
Bu bo'limlar...

1) INTERCOM yani halqaro aloqalarni taminlovchi, va o'z faoliyatini shu doirada olib boruvchi bo'lim.
2) ANALITICS yani siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, etc masalalarda analiz qilish, fikr almashish, conferencelar uyishtirish va hokazo ishlar bilan shug'ullanadi, lekin bu hech qanaqa siyosiy harakterga ega bo'lmaydi, faqat analiz bilan shug'ullanadi.
3) Boshqaruv bo'limi, bu Toshkentagi markazda bo'ladigan klubimiz rahblarlarining bo'limi bo'lib 1 va 2 ning rahbarlari ham shu yerga kiradi.
4) Yana shunga o'hshat bo'limlar qo'shish mumkin.

O'zbek bola iltimos masalani chalkashtirib siyosat tomonga burmasangiz. Siyosat bizani ishimiz emas, siyosat bilan shug'ullanadigan odamlar bor, ular shunga maosh oladi. Biza o'z ishimiz bilan shug'ullanaylik. VA eng muhimi foydali ish bilan shug'ullanaylik.

Shunga rozi bo'lselar, ana Klubga ovoz berish forumiga, o'z emaillarilani yozilar.

elDoraDo
09-13-2001, 12:54 AM
adashmasam, Umid nomini tanlamaslikka ahd qilgandik sheklii. umuman ikinchi is better, har holda qancha mulohazalrdan zo'ng shunday hulosaga kelgan edik,.. hozir ba'zi bir sababalrga ko'ra, boshqalqar kirea olmayapti, ammo ular ham o'z bildirilgan fiklarining umuman aksini ko'rishmasa, keyin qattiq anglashilmovchilik bo'ladi. kelinglar ikkinchi yo'nalish b'yica davom etamiz.

D :) D

mm
09-13-2001, 02:32 AM
Man ikkinchi yo'nalishni kullab kuwatlayman. Aynan bizni, ya'ni o'sbekistonliklarni katta kiynalishi - siyesatni tushunmaslikda. "Boshliklarni gapi gap",- deb halq uylamasdan buyruqlarni bajaradi, "Halq indamayapti-ku, demak rozi, ishimis to'gri",-deb boshliklar siyesatini dawom ettirishyapti. Orada bo'shlik, tushunmowchilik wa juda ko'p kamchiliklar paydo bolyapti, shuning uchun agar biz hukumatni olib borayetgan siyesatini tahlil kila olsak, + wa - larini (albatta halqni turmushiga, mamlakatni riwojlanishiga karatib) anglasak, keng ommaga etkazish wa tushuntirish onson boladi wa umuman olganda kamchiliklarni bartaraf etishga o'z hissamisni koshgan bolamiz.
Albatta hozir "siyesat bilan olishish" ayrim ma'noda "sog'likqa zarar", lekin uzimisni hayetimis hal bolyapti-ku ???

O'zbek, bilmadim Siz kachondan beri klub to'grisidagi mulohazalarga koshilgansiz. Siz bildirgan taklifingiz ma'qul, lekin hali bundaka bo'limlari bor klub tashkil kilish uchun ancha erta. Kichik narsadan, kadam ma kadam boshlasak, Sizni niyatingiz ham amalga oshiriladi. "O'zbek bola"ni gapi bizlarni boshidan beri olib borayetgan bahslarimizni natijasidur. U hech-kimni chalkashtirayetgani yoq. Hozir endi, koyilgan sawollarni aniq hal kilish waqti keldi.

Hammaga omad tilayman,
Zafar

ps: kecha telefonda buwam bilan gaplashgan edim, manga "viloyat hokimiyatidan odamlar eshigma-eshik yurib odamlarni pahtaga chikarishyapti",- dedilar. Talabalar wa ko'p budjet ishchilari anchadan beri pahta terib yurishibdi.

ozbek
09-13-2001, 03:20 AM
Maylin unda ishilarda rivoj tilab qolaman.
Omad !!!

Romantic(Sherzod)
09-13-2001, 04:22 AM
Hammasi yahshiku, faqat yana siyosatga burilib ketmanglar.plz.
MM ahboriz uchun, qonunni - davlatni olib borayotgan siyosatini tekshirish, ularni qo`llab quvvatlash, o`zgartirishlar kiritish obshem Halq uchun bu hizmat turlarini DEPUTATLAR olib boradi. Bizani ishni asosi yana etaman, siyosatni qanaqaligi, uni hayotta yurishini hal qilish emas!!! Balki keltirib o`tilgandek;
1. INTERNATIONAL YOURTH FRIENDSHIPni rivojlantirish,
2. Bizni yoshlarni, chet el yoshlari bilan, ularni urf odatlari, yashash tarzi bilan tanishtirish, o`zaro fikrlar almashish.
3. Barcha yoshlarni (faqatgina UMIDchilarni emas) shu klubga yig`ish, chet el hayoti, madaniyati bilan tanishtirishdir, deb bilaman.
4. Vaqti kelsa, chet el yoshlarini Uzbekistonga taklif qilish. Ularni o`zimizni madaniyatimiz, tarihimiz bilan tanishtirish.
5. Vaqti bilan sayohatlar uyushtirish (mojet mirovoy).

Bu ishlarimiz hammasi yahshi bo`lib, o`z yo`liga tushib ketsa, juda ko`p qo`shimchalar kiritish imkoniyati bo`ladi.:)
Agarda, agarda, siyosat bilan shug`ullanishshi boshlasak,(hal qilish, fikr almashish va hokazo) sekingina klubni yopib qo`ya qolishadi. Kitobini o`qigin deb. Man bu so`zlarni kamsitish uchun etmayapman. Hamma o`ziga yoqqan ishni emas, ko`pchilikka maqul keladigan, odamlar o`z ihtiyori bilan shu clubdan ubu narsani o`rganam, chet el yoshlari bilan tanishaman degan maqsadda kelishlari kerak.

Mani fikrim shu. Agarda siyosat bilan ishlash fikridan qaytmasangiz :( ..... Man bunga qarshiman!

mm
09-13-2001, 09:24 AM
kolganlarni fikrlarini eshitaylik-chi ....

Hech bolmasa "O'zbek bola" iltimos fkringizni bildiring.

Hurmat bilan
Zafar

ozbek
09-13-2001, 10:41 AM
Romantik,

fikringizga 100% qo'shilaman.

MM,

agar siyosat bilan shug'ullanmoqchi bo'lsangiz, o'qishizni bitiring, ishka joylashing, keyin sizni nomzodizni deputatlikka qo'yamiz. Saylansangiz, ana siyosat bilan shug'ullana verasiz.
Siyosat yuqorida romantik etib o'tkanidek, Deputatlar va boshqa masul shaxslarning ishi.
Va umuman olganda, bu yo'l bilan hech narsaga erisholmisilar. Va yanada umuman bu narsani keragi ham yo'q.

Qisqasi, siyosat sari bo'lsa maqsadilar, ya ne v igre, romantik etib o'tgan maqsadlar sari bo'lsa, I am ready.

O'zbek Bola
09-13-2001, 11:50 PM
Uchinchi yonalish toghrisida gapirsam, u yahshi ish, meni unga xech qarshiligim yoq. U ishni qilish uchun yangi tashkilot yaratishni xam keragi yoq, Kamolotga kirib, ularni resursidan foydalanib, o'sha tepada aytilgan narsalarni ba'zilarini qilsa bo'ladi, agar zhelanie bo'lsa.
Ikkinchi yonalish bo'lsa - bu butunlay boshqa, jiddiyroq ish. Gap siyosatga toghri aralashib ketaverish to'ghrisida ketmayapti, gap ideologiya yaratish to'ghrisida ketyapti. Bu ishga xamma barobar qo'shilishi ham xozir zarur emas, lekin istagan yurtdoshlarimiz bunda ishtirok etishga yo'li ochiq bo'lishi kerak. Xali o'qishi ko'plar o'qishini o'qiyversa degan gap xam to'ghri. Lekin shu rivojlangan davlatlarda o'qiyotganlar darslarini orasida siyosatshunoslik, xalqaro siyosatni o'qishsa ertaga yurtimizga ko'p foydasi tegishi mumkin. O'zbeklar matematika, ximiyalarni yahshi bilgani bilan siyosatni juda kam biladi, chunki O'zbeklar bu narsani xech qachon etarli darajada o'qimagan. Avvaliga xamma Leninizmni o'qigan, xozir esa faqat Karimov yozgan kitoblar o'qiladi. Men Presidentimiz yozgan ishlarni kamsitmoqchi emasman, lekin siyosiy fikr undan juda boy va chuqur rivojlangan narsa. Shuning uchun o'qishlari bitib qolgan, siyosatshunoslikda yahshi bilimi bor, qiziqishi bor, internetda ishlashni yahshi biladigan odamlar yighilib, yuqorida eslatilgan ikkinchi ishga berilsa juda foydali natijalarga erishish ehtimoli bor. Mayli avvaliga 3-4 yurakdan intiluvchi odamlar boshlasin, yo'nalish yaxshi shakillanib bo'rsa keyin yana yordamchilar xam, quvvatlovchilar xam ko'payib boraveradi.
Albatta bunday ishda xozir extiyotlik kerak, noo'rin ayblashlardan asranish kerak. Shuning uchun ko'pimiz xech qanaqa Partiya emas, balki Club ghoyasiga kelib to'xtayapmiz. Maqsad - xozirgi siyosiy ballansga "tosh" bo'lish emas, balki o'zaro muxokamalar qilish, dunyodagi etakchi olimlaridan ba'zi narsalarni birga o'rganish, umumiy xulosalar va birdamlik yo'llarini izlashdir. Agar bu yonalishdan bo'rib yahshi, barcha O'zbekistonliklarni (xox pahtakor bo'lsin, xox raxbar) talabiga javob bera oladigan ideologiya yaratish munosib etsa - bu juda muxim, tarixiy ish bo'lar edi. Bugun O'zbeklarda xaqiqiy Buyuk Ghoyalar yoq. Bizni otalarimizni avlodi bu ishni uddalay olishmayapti. Shuning uchun O'zbeklarda xaqiqiy entuziazm, ishonch degan narsalar "yonib" turgani xam yoq. Lekin osha avlod ba'zi yoshlarimizga dunyoni eng oldi bilimlarini o'rganishga qo'lidan kelgancha yordam berdi. Endi kelajakga xaqiqiy ishonch, intilish yaratishga, xech bo'lmasa, xarakat qilib ko'rish kerakmi?

Romantic.|
09-14-2001, 03:49 AM
Salom All!
Qalesilar, O`zbek bola gaplariz to`g`ri, fikrlariz o`rinli lekin shuni Umid Clubida emas boshqa joyda qilsa bo`lmaydimi? Siyosat yoki hukumatga tegishli barcha ishlar (hoh u faqat fikrlar almashishi bo`lsayam) nazoratda bo`ladi. Chunki yoshlarni to`gri yo`ldan yurishi har-hil bo`lar-bo`lmas narsalarga qo`shilib ketmasligi uchun bu ish qilinadi. Shuning uchun Ozbekni (yuqoridagi) gaplariga qo`shilaman. Yoshlarni Clubdagi ishi bunaqa bo`lishi, hmm o`z - o`zidan Clubni Partiyaga aylantirmasa koshkiydi (shungacha yetib borsa).

mm
09-14-2001, 04:40 AM
"O'zbek" wa "Romantic"-ga:
Hurmatli hamkasabalar, iltimos konunlarni yahshi uqing, umuman o'qishga wa uqishga katta e'tibor beringlar. Sizlardan koproq koylak yirtganman manimcha wa shuning uchun konunnlarni o'qishga waqtim koproq bolgan. Aynan konstitution huquqni juda ham yahshi uqiganman, chunki bizga S.K.Abdurazakov (UWED) degan domla uqigan. U kishi (agar habaringiz bolsa, O'sbekiston konstituziyasini ishlab chikish guruhini katnashchilaridan biri wa bundan tashkari juda katta tajribaga ega bolgan "dawlatshunoslik" boyicha profi-yurist) bizni har bir konstituzion konun boyicha shunaqa "gonyat" kilardiki, kechalari uhlamasdan konunlarni yedlar edik. U paytlari (94-95 yillari) konstitution konunlar faqat gazetalarda cho etilgan edi, aytmoqchiman konstituziyadan boshka hech-kanaka konstitution konunlar boyicha sborniklar yoq edi.

Endi manga iltimos bitta sawolimga jawob bersangizlar:
- Nimaga O'zbekistonda kilinaliyetgan ishlar togrisida gapirishni hohlamaysiz??? Bunga kanakadur sabab bolishi kerak-ku, a?

Siz (Romantic) aytib utgan 5-ta punktni, manimcha uyga kaytgandan song har bir "Umidchi" yeki chet elda o'qigan talaba tak i tak bajaradi, bu agar kerak bolsa har birimisni burchimis. Agar noto'gri bolsa ayting manga.

Endi "2-chi punkt" masalasi boyicha:
nahotki sizlarga usbekiston halkini turmush-sharoitlari, yeshlarni dunyeqarashi, millatni riwojlanishi baribir bolsa??? Boshkacha kilib aytganda, Siz uzingizni watansewar, fidoyi deb bilasizmi?? Agar fidoyi, watanparwar bolsangiz, halq uchun, mamlakatni riwojlanishi uchun hukumat tomonidan kilinayetgan ishlarni kuzatib borishga majbursiz, yo noto'gri-mi??? Bu bilan man hukumatni siyesatini koralash kerak deganim yoq, faqat mustaqil tahlil kilish kerak wa halq manfaatlaridan kelib chiqqan holda yahshi-yomon, foydali-zararli, togri-notogri deb baholash kerak.

Aynan mani asosiy fikrim bu, bori kuchimni, bilim wa tajribami o'sbekiston HALQi uchun ishlatish: yashash sharoitlarni yahshilash, ongini kotarish, dunyeqarashini kengaytirish wa eng asosiy bu mustakil fikrlash. Bu erda hech-kanaka din, guruh, hamqishloqchilik wa hokasolarni maqsadlari uchun emas, faqat HALQ uchun.

Yana bitta iltimosim, mani yahshi tushunmasdan, emotional jawob bermanglar. Oldin yahshi uylab, shu "2-chi punkt" boyicha fikringizni korsating, karashingizni to'griligini isbotlang wa kolganlarni ishontiring.

Hurmat bilan
Zafar

ozbek
09-14-2001, 12:23 PM
Hurmatli MM,

Siz mandan ko'p ko'ylak yirtkanizga shupham yo'q.

VA umuman olganda man ham, hudda osha fikrda edim, osha narsalarni tahlil qilish, TAHLIL QILISH, yani analiz,
lekin Ishonch siyosiy klubi, o'z nomimi bilan tahlil qiluvchi emas siyosiy tashkilot bo'lib qolyapti. Bu degani faqat tahlil qilmaydi, siyosiy maqsadlarni , yani misol uchun partiya bo'lishga ham davo qilishi mumkin.
Bunday bo'ladigan bo'lsa man qo'shilmayman. Sababi, mani bilimin, kuchim bu narsaga hali ozlik qiladi. Man hali o'zishim kerak, yana ancha ko'ylaklarni yertishim kerak.

Fikrlaringizni kutib qolaman.

ozbek
09-14-2001, 12:25 PM
savolizga javob bera oldim deb o'ylayman. Qoniqmagan bo'lsangiz manga bildiring.

elDoraDo
09-15-2001, 06:36 AM
ozbek (Sep 14, 2001 12:25):
savolizga javob bera oldim deb o'ylayman. Qoniqmagan bo'lsangiz manga bildiring.


o'zbek, iltimos, bizning oldingi postlarni ham qoing. ancha narsadan habaringiz yo'q shekilli...

umuman, man aytib o'tganimdek, ikkinchi yo'nalish ancha muhim... bo''tta shunaqagi ko'p problemalar. kun sayin ko'payayapti. keyin bitta iltimos.. bo'ta yahshi ishalrshni biladiganlar, manga email adressini bersin, menga said ismli user o'z manifest verisyalrini yuboribdilar. to'g'risi man hali attach qilishni bilmayman.
shunga.. a tak bir harakat:
______


DOIMO XALQ MANFAATLARI YO'LIDA!



ISHONCH SIYOSIY JAMIYATI MANIFESTI
O'zbekiston axolisini siyosiy va iqtisodiy idrokini rivojlantirib, yorqinlash ishiga xissaqo'shib, xalqimizni o'z farovonligi yolidagi Buyuk Maqsadlarni birgalikda aniqlab, ularni barchamiz chuqur anglashimiz maqsadida;
O'zbekistonDavlati ibratliyligi, xamda O'zbekiston Xalqini farovonligi keskinrivojlanishiga umidvor bo'lgan barcha yurtdoshlarimiz kuch-qudratlarini OliyMaqsadmizga etishish yo'lidagi nazariya va turfa talqinlarni
rivojlantirishyolida;
"ISHONCH" SIYOSIY JAMIYATINI ASOSLAYMIZ!

Biz kuydagilarni ISHONCH SIYOSIY JAMIYATINING Asosiy Principlari deb
e'lon qilamiz:
1.Yagona va bo'linmas O'zbek Davlatini rivojlantirish
2.Bozor qonunlariga chuqur asoslangan iqtisod sistemesini rivojlantirish
3.Xalqimizning ichki erkinligini, yani Demokratiyani rivojlantirish

ISHONCH JAMIYATINI ASOSIY MAQSADLARI.

O'zbekiston davlatimizni kelajak rivoji, birinchi navbatda, yurtimizda qancha inson borligi, qancha tabiiy boyliklar va boshqa shunga o'xshagan narsalarga boghliq emas. Kelajak rivojimiz, avvalam bor, bizlarni qanday umumiy
maqsadlarimiz borligi, u maqsadlar qanchalik aniq va ravshanligi, xamda o'sha maqsadlar sari intilishimiz qanchalik jiddiyligiga boghliqdir. Yaniy, kelajagimizga bo'lgan ishonchimiz va o'sha ishonchimizni barchaga ravshan va xayotga asoslangan bo'lishi nixoyatda zarur deb bilamiz.

Ishonch siyosiy jamiyatini yaratishdan maqsadimiz - siyosiy partiya tuzib xokimdorlik uchun kurashish emasdir. Maqsadimiz - O'zbekiston rivojlanishiga talluqli Buyuk Ghoyalar izlab, insonlarimiz qalbida xaqiqiy birdamlik va
umumiy maqsadlar sari intilishni kuchaytirishdir.

Xozir O'zbek davlati ideologiyasi endigina yaratilyapgan davr. Xar qaysi davlatning kelajakdagi rivojlanishi bu o'sha davlatni qanday ideologiyaga asoslanganiga boghliq. Albatta, xar qaysi O'zbekiston fuqarosini yuragini
olivdek yondiradigan, xaqiqatda Buyuk va Yorqin Kelajakga chorlaydigan ideologiyani yaratish - bu juda murakkab masala. Mana shu masalani xal etish
yolida izlanishlar olib borib, siyosiy fikr va ma'naviy boyliklarni to'plab xamdaxalqimiz oldida turgan Oliy Vazifalarni aniq va yorqin ifodalashni ISHONCH Siyosiy Jamiyatini asosiy maqsadi deb ishonamiz.

BUYUK ISHONCH, YANI BUYUK GHOYA YARATISH YO'LIDAGI INTILISHIMIZNING IKKI ASOSI.

O'zbekiston 25 millionga yaqin axoliga ega. Mana shu 25 million insonning xar biri - bu aloxida bir ichki dunyo va o'ziga xos boylikga egadir. Mana shu boylikdan to'ghri foydalanish, umumiy, xar qaysimizning talablarimizga javob beradigan Buyuk Ghoyani yaratishni birnchi asosi deb bilamiz.

Dunyo xalqlari siyosiy xamda iqtisodiy rivojlanish yo'lida juda ko'p va buyuk yutiqlarga erishishgan. Shunday yutiqlarning asli ma'nosiga etib, O'zbekistonimiz kelajak rivojlanishiga taqqoslash - bu umid qilgan Buyuk
Goyamizni yaratish uchun bo'lgan ikkinchi asis (???) deb ishonamiz.

BUGUN BUYUK INTILISH BO'LMASA, ERTADAN BUYUK KELAJAK KUTISH O'RINLIMI?


bori shu. yana bitta rasm ham bor edi (O'zb.R.ning davlat tug'rosi... uni qanday qilib attahc qilishni bilmadim

fikrlar bormi?

D :) D

ozbek
09-15-2001, 09:16 AM
Eldorado & MM,

Bros, I have read all the stuff here, even before you recommended to. Anyway, sorry guys I cannot join you.
But I wish you luck. You need it.

Take care.

elDoraDo
09-15-2001, 12:32 PM
rahmat bro.
shunisiga ham :). haqiqatan... umid qilamanki, u bu sohada yordam bo'lsa ayamassiz. a tak sizga ham omad