View Full Version : Nima deysizlar?
I.O.P.
02-11-2000, 07:34 AM
Salom, bolalar! O'rtaga bir jiddiy savol tahslamoqchi edim. Bilaman, bu narsani muhokama qilish uchun hali judayam vaqtli, shunday bo'lsa ham... Hammamiz, Hudo hohlasa, o'qishlarni bitirib, biron birlashmaga birlashsak qanday bo'ladi? Nazarimda, biror oqim yoki partiyaga birlashsak, eng baquvvat kuchga aylanamiz. To'g'ri, tajriba masalasi, boshqa muammolar - turgan gap. Lekin bugun ekilgan don ertaga superpowerga aylanishi bizning qo'limizda. Parlamentimizdagi partiyalarning ahvolini ko'rsa bo'ladi, hammasi - marionetkalar. Tashqaridan har hil extremistlar hokimiyatga ko'z olaytirib turibdi. Ko'pchilik bunga skeptik nuqtai nazaridan qarar, biroq O'zbekiston yoshlarining "guli"sizlar ahir.
Hurmat ila,
IOP.
Afandi
02-11-2000, 10:16 AM
Birlashish yahshi fikr albatta va lekin, hozir bu siyosiy jarayonlarga sho'ng'ib ketsak o'qishni kim o'qiydi?:)
Nazarimda avval chuqur bilim va tajriba egallashimiz zarur Undan so'ng siyosatga arlashsak ma'qul bo'ladi.
afandi
:)
klinton
02-11-2000, 10:25 AM
Ha juda yahshi fikr. Lekin afandi siz bu firni noto'gri tushinibsiz. IOP ham batanimizga qaytgandang sung dep uz fikrlarini bildirgan. va uylayman bu narsa faqat bu erda qolib ketmasin. Bu firni qozonga tashlash kerak. Biz Umidchilar uzimiz, bir oqimmi yoki Partiay bulib, vatamiz ravmaqi uchun hizmat qilmoqimiz kerak. Buni takitak hammalaringiz bilasizlar. Lekin shunda ham hamma miza birga birlashmogimoz darkor. :)
observer
02-11-2000, 03:50 PM
I.O.P. and others,
There are the "Doers", there are the "Criticizers/Talkers" and there are the "Spectators".
The "Doers" have no time to Criticize/Talk. The "Criticizers/Talkers" have no time for doing.
The Spectators have no time to do either !
>>> tushunishimcha yozilgan narsaga qiziqishlaringiz katta. Niyatlaring holis bo'lsa
ishni boshlanglar, boshqalar qo'shiladi. Ammo siyosiy bo'lishi shartmi shu narsa???
Shu NGO tipidagi bir narsa bo'lsa men ham qo'shilar edim.
UniversaL
02-11-2000, 04:36 PM
Assalomu aleyekum!
Umidchilar bitta siyosiy partiyaga qoshilishi?!
Nima haqida gapirvotganlaringni tushunvotganim bilan bu fikrga 100% qoshila olmayman. Nimaga deganlaringizda
<li> Vatanimizga qaytganimizda, siyosatni birinchi oringa emas balki iqtisodiyotni qoyib uni rivojlantirish kerak. Ozlaring oylab koringlar, xalqimiz bizani "Buyuk kelajak" quradigan deb bilsayu, bizlar bolsa kelishimiz bilan Partiyaga asos solsak, shu bilan, kechirqasizku,"hech narsasiz" siyosiy oyinlar bilan ovora bolsak :), yahshi emas!;
<li> Ozbekistonda faqatgina Umidchilardan tashkil topgan Partiya- bu boshqa vatandoshlarimizni kamsitish emasmi, :(, ahir haqiqatni gapirganda, horijda oqigan bollar emas, balki Ozbekistonning ozida har kuni yashab, har bir voqealardan yaqindan tanishib habardor bolib yurgan yoshlar borku. Umidchilarni boshqalardan ajratish kerak emas;
<li> Shunday siyosiy oqimni tashkil qilishga bitta taklifning yoki gapning ozi kifoya emas.
Hurmat bilan,
UniversaL
I.O.P
02-12-2000, 05:24 AM
Bolalar. Reply uchun rahmat. Yo'q, bu narsa faqat umidchilar yoki faqat chet elda faoliyat yuritayotganlarga tegishli emas-ku axir. Shu bilan birga vatanga qaytganimizdan-oq bu narsani amalga oshirish mumkin emasligini hamma yaxshi tushunadi. Bu narsa modificationni albatta talab qiladi. Aytmoqchimanki, partiya bo'lishi shart emas, lekin dastlabki qadamlar qilsak, ancha-muncha odam qo'shilishi muqarrar.
Observer, criticisers, and others, let us became doers and constructors. In my mind this is very bright idea. Afandi, we won't be deeply ivolved in politics, I think, everyone will do his own business, and simultaneously unite and call others.
har kanday fikr-taklif maktovga loyik, lekin buni kanchalik foyda-nofoyda tomonlarini kurib chikish kerak. Partiyaga asos solish uchun etarli siyosiy hamda huquqiy tajribaga ega bulish kerak, undan keyin hali tulik ma#nodagi demokratiya shakllanmagan Respublikamizda Partiyani faoliyatini olib borish oson kechmaydi.
Eng eh'timoli kuproq bulgan narsa, hamma UMIDchila "Fidokorlar"partiyasiga a'zo bulish taklif kilinadi(ular Presidentmiz siyosati uchun fidokor bulib hizmat kilishga tayyor, endi biz Umidchilar- Presidentimiz Fondi stipendiatlari tabiiy ravishda President uchun ishlashga jalb kilinamiz).
Nima ish kilmaylik Uzbekistonda, bu erda urganilgan barcha yaxshiliklarni O'zbekistnga olib borish hamda Respublikamizni kuldan kelganch, ozmi-kupmi rivojlantirish.
Hozir esa bu kabi kizik fikrlarni bilim olish va ilg'or madaniyatni urganish tomonga karatsak yomon bulmasdi, imkon boricha berilgan imkonyiyattda kuprok foydalanish - uz sohamizni urganish eng tug'ri yul fikrimcah.
E'tibor uchun rahmat.
Juda ajoyib fikr.Bu fikrni bizlar ham bolalar bilan uylagandik.Lekigin o'zbekistondagi ahvolni uzingiz bilasiz.Har qalay siyosoy partiyalar qanaqa muhitda ishlayotganligini ham bilasiz.Man tugrisini bilmadimku ya, lekin hozirgi vaqtda faol kursatayotgan partiyalarning 100% demokratik huquqda ishlayotganligiga ishonchim ozgina yoqda.Keyin partiya bulsin ham deylik,ayrim odamlarning partiyaning maqsadlariga tahdid solishi paydo bulmasmikan?!
Rahmat
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.