PDA

View Full Version : Umid World Uzbek Matbuotida!


Rovshik
02-13-2000, 06:15 AM
HALQ SUZI 11 Fevral'

DUNYOGA YO"L.

"UMID" bilan jaxonga otlandik.
Yaqinda mamlakatimiz iqtidorli yoshlarining @Umid@ jamgarmasi granti
sovrindorlarinig "Internetdagi" varaqchasini o'qishga muyassar bo'ldim. Umidchilar xamkorlikda yaratgan bu maxsus saytga "UMID DUNYOSI" deb nom qo'yilibdi. Caytni ochishingiz bilan kompyuter oyinasida dunyoga umid ko'zi bilan boqayotgan masum go'dak curati nomoyon bo'ladi. Ikkinchi varaqni ochib xarflar ichiga "UMID" jamg'armasi faoliyati bilan bog'liq rangli suratlar tushurilib mo'jaz tarzda "UMID" deb yozilganini ko'rasiz.

Shu tariqa Umidchilar saytini ochib o'qiymanu, beixtiyor ko'nglimdan allanechuk xapqirishdek tuyg'u o'tdi. Kecha va bugun xaqida o'ylay boshlayman. O'z taqdirimdan shukronalik , odamning ruxini ko'taradigan bir g'urur paydo bo'ldi. Men 25 yoshdaman. Umidchilarning ko'plari mening tengdoshlarim. Ulardan biri Amerikada bo'lsa biri Yaponiyada o'qiyapti. Oddiy magistrlikniyu kompyuterlarni mukammal o'zlashtirishni qo'ya turing. Chet tillarni suvdek ichib, jaxon ilmu-ma' rifatinig cheksiz ummonidan bevosita baxramand bo'lish, rivojlangan biror mamlakatda yashab turib, nafaqat o'sha mamlakat turmush tarzi, balki yana yuzlab chet mamlakatlardan kelgan manman degan axli toliblar bilan baxsga kirishish butunlay boshqacha vaziyatga tushiradi odamni. Ta'bir joyiz bo'lsa bunday xolatda sirtdan bilinmasada, zimdan milliy
tafakkur kurashi ketadi. O'z-o'zidan xar bir ishtirokchi o'z millatini
ximoyachisiga aylanadi. Zero, bunday baxsda boy berish o'z xalqi, ota yurti ishonchini oqlay olmaslik bilan barobar. Bu kabi manzarani to'la - to'kis xis qilish uchun faqat unda bevosita ishtirok etish, yoki bo'lmasa Umidni tashkil etishdan ko'zlangan asl muddao va maqsadlarni chuqur anglash kerak. Qolaversa, Prezident granti sovrindari bo'lishning o'ziga yarasha jiddiy bilim, qunt bilan o'qish va o'z nomi bilan iqtidor talab qilishinin sababi xam shunda, desak mubolag'a bo'lmaydi.

... Men Umid jamg'armasi orqali xorijda ta'lim olayotgan yoshlar timsolida yengilmas insonlarni tasavvur qilaman. O'z ilmi va iqtidori, kashfiyotga chanqoqligi bilan kun sayin dunyoni o'zgartirib borishga qodir yoshlar keladi ko'z o'ngimda...

"PREZIDENTNI TO"YIMGA AYTAMAN!"
Internetda O'zbekiston xaqida o'zgacha mexr-muxabbat bilan bitilgan axborotlar, yangiliklar, bugungi xayotimiz, ichki va tashqi siyosatimiz, mamlakatimizning ulkan iqtisodiy saloxiyati, boy mineral xom ashyolariga oid turfa ma'lumotlardan tortib, jamg'arma faoliyati bilan bog'liq eng so'nggi ma'lumotlargacha "Umid"chilar
nazaridan chetda qolmagan.

Menda eng katta taassurot qoldirgan jixati, saytdagi uchta albomdan iborat bo'lagan galereya bo'ldi. Uchchala albom xam Umid tashkil etilgandan beri u orqali xorijda taxsil olayotgan yoshlarimiz xayotini aks ettiruvchi curatlar bilan boyitilgan. Har bir galereyadagi suratlarga boqar ekansiz, o'zbek yoshlarinig chet ellardagi xayoti, turmush tarzi, faoliyati bilan yaqindan tanishasiz. Ularga chin dildan
xavasingiz keladi. Galereyadan Umidchilardan bir guruxining AQSHdagi
elchixonamizda Prezidentimiz bilan uchrashganlaridagi suratlar xam keng o'rin olgan.

Prezidentimiz yoshlar bilan uchrashib samimiy suxbat qurar ekanlar "O"QISHLARNI YAXSHI TAMOMLAB, YURTIMIZGA QAYTIB BORGACH, MENI TO'YLARINGGA AYTSALARING, ALBATTA, BORAMAN" degan so'zlarini esladim. (Darvoqe, Prezidentimiz shu yil yozda to'y qilgan umidchilarni tabriklab, o'z shaxsiy sovg'alarini yo'llaganliklarini biz bilamiz)
To'y xar bir o'g'il qizining eng oliy orzusi. Bu to'yga Prezidentning o'zlari tashrif buyursalarchi? Biroq bunday baxt va omad xammaga xam nasib etavermaydi. Chunonchi bu baxt Umidchilarga nasib etgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki Prezident yo'llanmasi bilan, bevosita Prezident xomiyligida xorijda taxsil olishning o'ziyoq xar bir yosh uchun oliy mukofot. Bu shaxsan Prezidentning o'zi to'yingga tashrif buyurishi bilan barobar emasmi? "O'zbekistonda yashayotgan xar bir yoshlar mening bolalarim, mening farzandlarim"
deydi Prezident bag'rikenglik bilan. Shubxasiz bu so'zlar o'z ongu-tafakkuriga ega, ertanggi kunga katta umid bilan boqayotgan, o'zini Vatanning xaqiqiy o'g'loni, ajdodlarinig davomchisi deb biladigan xar bir yoshga qanot bag/ishlaydi, kuch-qudrat baxsh etadi.

OYDIN MANZIL.
Shubxasiz bugungi O'zbekiston yoshlari eng baxtli avlod. Biz mamlakatimiz tub ma'noda mustaqillikka erishib, jaxonga tiyran ko'z bilan qarash imkoniyati paydo bo'lgan, qaysidir mustamlakachi tuzumga emas, balki ota-bobolarimizybyu ming asrlardan beri yurakda asrab kelayotgan orzulari ushalib, xaqiqiy fuqorolik jamiyati kurishga oydin uyl ochilgan bir tarihiy davrda yashayapmiz. Biz endi nimaiki kash etsak, nimaki barpo etsak, barcha-barchasi o'zimizniki. Umrimiz, hayotimizning kimmatli lahzalarini fakat ertangi kun va ich-ichimizdan sezib intilayotganimiz- buyuk kelajak uchun sarf qilsak, fido bo'lsak arziydi. Chunki, biz endi to'kayotgan ter, mexnatning zarrasi xam mustamlakachi sho'ro davridagidek suvga cho'kkandek bexuda ketmaydi, xas kabi shamolga sovrilmaydi. Akcincha o'zimiz va farzandlarimiz
uchun farovonlik uruf'ini ekishimiz uchun xizmat qiladi...Xuddi shunday bir davrda Internetda O'zbekcha "UMID" so'zining paydo bo'lganliginig o'ziyoq odamga cheksiz g'urur baxsh etadi. Bepoyon axborot dunyosiga yo'l solib, "cayr" qilar ekanmiz birgina "Umid" so'zini terib, qidiruv tizimini ishga tushirsak bas "umid" so'zi bilan bog'liq yuzlab varaqchalar ochiladi.

Tabiiyki ularning xar birida umidchilarning o'ziga xos dunyosi, O'zbekiston va Jaxon xaqidagi tasavvur, bilimlari jamlangan. Demak biz dunyoga chiqayapmiz, "UMID" bilan dunyoga otlangan O'zbekistonni jaxon jamoatchiligi asta sekin tanib, tan olib borayapti.

INTERNRTDA "CHOYXONA"
Darxaqiqat mo'jiza degulik mo'jiza. Kompyuterda-Internet tarmog'ida naqd
"o'zbekona" choyxona ochilibdi. Cof o'zbek tilida, lotin alifbosida "Choyxona" deb yozilgan eshik tugmachasini bosamiz. Bu choyxona butun dunyoda taxsil olayotgan umidchilarning uchrashuv joyi va mexmonxonasi ekan. Choyxonaning maxsuc mexmonlar kitobi xam bor. Unda umidchi talabalarning elektron pochta adresi, Vebsaydi va mexmonlarning umidchilar tuzgan sayd xaqidagi fikrlari bitib qoldiriladi.

Xullas choyxona desa arzigulik o'zaro tanishuv joyi. Men unda mexmon bo'lib o'z istagimni qoldrdim. "Umidchi talabalar- O'zbekistonning kelajagi, xalqimizning ishongan yoshlari. Xali oldimizda turgan buyuk o'zgarishllar shubxasiz, ko'p tomonlama sizlarga xam bog'liq. Barchangizga bu sharafli ishda omad tilayman." Alisher SHoyimov"

HOPE
02-13-2000, 12:42 PM
Wow Rovshik juda yahshi ish kilibsan bu maqolani Umid Worldga kuyib.Ancha hursand buldim.:)Rahmat bro.
Salom bilan Umidjon/HOPE

UniversaL
02-13-2000, 09:18 PM
Assalomu aleykum!

Haaaa, shunday maqolalarni oqigandan keyin har bir Umidchi nima uchun horijda oqib yurganini yana bir bor anglab, oqishlariga zor berishi turgan gap.
Shuning uchun, hammalaringizga omad tilagan holda, Ozbekiston-Vatanimiz ravnaqi uchun yahshi ta'lim olib, zamonaviy mutahassiz bolib yetishlaringizni tilab qolaman!

Hurmat bilan,
UniversaL

tolerant
02-14-2000, 04:41 AM
Rahmat sizga Rovshik,

o'qib odam hursand bo'ldi. Chet elga otlanganda Toshkent Aeroport bojhonachisi nima sababdan ketyotganlimga qiziqqandi. UMID bo'yicha o'qishga ketayapman deganimda tushunmadi. Bu haqda birinchi marta mendan info. olganligini tushungandim.

UMID haqida O'zbek matbuaotida qancha ko'p maqolalar bo'silsa UMIDchilarga shunchalik yahshi.
Har ma'noda imkoniyatlar yanada kengayadi, yani RECOGNITION bo'ladi. Shunday emasmi?

Hammangizga o'qish va ishlaringizda omad tilab qolaman, hammamizning kelajagimiz porloq bo'lsin!

I.O.P
02-14-2000, 05:54 AM
Rovshik, that demonstration of the article was great! Haqiqatdan ham "Umid" haqida uncha-muncha odam eshitmagan. I completely support Tolerant's viewpoint. O'qishlarga va kelajak ishlarga omad"!!!

Sher
02-14-2000, 08:41 AM
Rovshik rahmat sizga. Bu maqola bizni yanada ruhlantirdi.Bizga bulgan olijanob munosabati uchun Alisher Shoyimovga ham samimiy minnatdorchilik izhor qilamiz.