PDA

View Full Version : Fikringiz?!!!


E.I.
02-14-2000, 05:17 AM
Hurmatli hamkasaba UMIDchilar, e’tiboringizni kuyidagi muammoga karatmokchi edim, ya’ni UMID tanlovlari buyicha utkaziladigan imtihonlar. Uzingizga ma’lum imtihonlar kanday kechganiligi va ular kamchiliklardan holi emasliklari.

Mutaxassislik buyicha savollar, bu borda bir ikki takliflarni kiritmokchi edim. XM mutaxassisligi buyicha berilgan savollarning kup kismi juda yuzaki, kup yil sanalari hakida edi.

Fikrimcha bu imtihonlarni biroz murakkablashtirish zarur, ya’ni mutaxassislik buyicha ma’lum yunalishlar buyicha bir necha kismdan iborat imtihon utkazish zarur, kerak bulsa bir necha testlarni utkazish kerak.
Keyin mavjud savollar sistemasi bulimiga bu erda(misol Germany) kup ishlatiladigan case-studyni ham kushsa yomon bulmasdi.

Keyin imtihon vakti hakida, masalan Germanyda hukukshunoslar zu imtihonlarini yozish uchun 5 soat vaktga ega bulishadi. Bizda ham mavjud savol sistemasiga kushimcha ravishda Case-Study usulini jalb kilsak yomon bulmasdi, va keyin savollarga javob optioni 4 ta emas, balki murakkablashtirilgan holda balki 10gacha option berilishi mumkin.
(bu muammolarni keltirishi mumkin, misol uchun kaysi tema Case Study temasi buladi deb, lekin buni ham oldini olish mumkin, bir emas balki kup case study tuplami bulib, ular misol uchun imtihon kuni aniklanadi). Keyin bu savollarga javoblar ma’lum darajada tug’ri bulishi kerak(misol uchun bir javob 100% tug’ri boshka biri fakatgina 30% yoki umuman notug’ri).

Hamda imtihon topshirilgandan sung talaba uz xatolarini kurish va tug’ri javobni bilish imkoniyatiga ega bulishi zarur.

Ikkinchi davra imtihonlari - og'zaki suhbat hakida, bizning boshimizdan utgan, ma’lum domlalar studentlarga nisbatan yaxshi dostona munosabatda bulishgan, ba’zilari esa huddi rakib kabi, natijada misol uchun bir hil bilimga ega talabalar farkli(ba’zida juda ham) baholarni olishgan, shu sababli bu davra imtihonlariga birinchi davraga nisbatan kamrok baholanishi zarur.

Ma’naviyat hakida, hurmatli do’stlar,fikrimcha ushbu bulim testlarinidan asosiy maksad yuzaki tushunilganda bu O’zbek tilini bilmaydigan studentlarni yikitish :), yoki mafkuraviy jihatdan nomakbul talabalarni ajratish.

Ushbu davra imthonlari biroz boshkacharok utkazilsa kanday bulardi deb uylaysiz, misol uchun avvalgi 3 davradan utgan talabalar „Ma’naviyat“ buyicha birgalikda 1 yoki 2 haftalik chukur kurs tinglashadilar, keyin esa ushbu eshitgan kurs buyicha imtihon topshirishadi(tug’ri Korakalpokston va viloyatdan kelgan studentlarga yotok muammosi mavjud, lekin bu u kadar katta muammo bulmasa kerak).

Undan so’ng ma’naviyatshunos domalalar fakatgina uzimizning boy madaniyatimizga qobiqlanib kolmasdan, ukimokchi bulgan davlat madaniyati hakida ham surasalar yomon bulmasdi(Ibn Sino kachon tug’ilgan yoki allakaysi kompositor kanaka ariyalarni yozgan, manabu she’rni yodlab ber kabi savollarni oldini olish maksadida, keyin agarda ushbu kurs utkazilsa talabalarning bilimni kanday kabul kilinishlari yakkol ma’lum bulardi, huddi lotereyada buladigan har tomonlama savollardan kura).

Yana bir fikr, O'zbek tili davlat tili ekan hamma imtihonlar O'zbek tilida utkazilsa yaxshi bulardi, bunda hamma talabalr bir hil sharoitda imtihon topshirishgan bulardilar.

Fikrlaringizni kutib koluvchi

Jamshid
Europa Institut

Sher
02-14-2000, 09:58 AM
Jamshidjon taklifingiz juda ma'qul.Imtihonlarda qancha talab qattiq bölsa bilim ham shunga yarasha böladi.Mutaxasislikdan test örniga savol berilib savolga yozma tarzda javob talab qilinsa yaxshi buladi deyman.Lekin borayotgan mamlakati haqida alohida imtihon qilish shart emas deb uylayman,chunki har bir talaba bora digan mamlakati haqida tilni chuqur urganish orqali etarli bilimga ega buladi.

I.O.P
02-15-2000, 06:40 AM
E.I., juda ham dolzarb muammoni kiritibsiz, sizga buning uchun rahmat. Ko'pchilik takliflar ancha o'rinli, garchi biroz baxsni talab qilsa-da (dicussion boardning maqsadi shu-da). Lekin ko'rib turibsizki, Umidning mablag'lari tiyinma-tiyin yig'iladi, shuning uchun qandaydir qo'shimcha novovvedeniyelar ustidan 1000 marta o'ylab ko'rish k-k. Imtihon structurasi esa, ta'kidlab o'tganingizdek, chuqur rekonstruktsiyani talab qiladi-hammamizning boshimizdan o'tgan. Ayniqsa, ma'naviyat va spec (ha, uzr, menincha, lotin alifbomizning darajasi ham satisfactorydan ancha yiroqda...)imtihonlari. Dunyoqarash, aniqrog'i, krugozorni tekshirish yaxshi-yu, lekin bu savollar tarzida emas, bu yerda ham sizni to'liq qo'llab-quvvatlayman. And dear E.I, don't u think you're in contradiction with yourself saying"...Ma'naviyat haqida...asosiy maqsad-O'zbek tilini bilmaydigan talabalarni yiqitish" AND "O'zbek tili - d-t tili ekan, hamma imtihonlar o'zbek tilida o'tkazilsa, yaxshi b.edi"?. Also, I agree that some testers have bias in favour of one group and against the other group of students, though all of these are realtive issues.
Sherning yozma javob taklifiga ham qo'shilaman. Lekin ikkinchi tomondan, imtihon natijalari bu ketishda Septembergacha cho'zilib ketmaydimikan? Eslab ko'ringlar, oddiy imtihon natijalarining chiqishi qanday qiyin kechdi, har kuni kelib so'rardik. Rahmat.

Sher
02-16-2000, 04:43 PM
EI,

Juda dolzarb muammo haqida gap ketibdi. Men ham shu bo`lib o`tgan muammolar haqida biroz qo`shimcha qilmoqchi edim (1998 yilgi Imtixon)
<li>TOEFL, Mutaxasislik bo`yicha test, Suxbat va Ma'naviyat ning umumiy baxosini foiz xisobida xisoblashda juda katta xato qo`yildi. TOEFLda 600 bilan 460 orasidagi foiz xisobidagi farq, Mutaxasislikdan Suxbatda olingan 41 va 25 orasidagi farqdan ancha kichik. Bu narsaga umuan e'tibor bo`lmadi.
<li>Bu esa Mutaxasislikdan suxbatning baxosini xal qiladigan baxoga aylantirib qo`ydi.
<li> Mutaxasislikdan Suxbatning baxosi esa juda subjective bo`ldi. Masalan, Monetar Siyosatdan bo`lgan suxbatda FBMliklarning HAMMASIga juda past baxolar qo`yib chiqarishdi :(
<li>Natijada TOEFLdan 600dan katta baxolar olgan bo`lsa ham, bollar GERMANIYAga o`qishga ketishdi, bitta o`sha suxbatning baxosi sababli.


Mutaxasislik bo`yicha test ham juda noto`g`ri bo`ldi. Masalan, Management va Marketing soxasiga topshirgan bollar bilan Qurilish Managementiga topshirgan bollarga bir xil savollar tushdi. Axir Marketing va Managementni o`qiydigan bola Balkonning standard balandligi qancha bo`lishi kerakligini qaerdan bilsin ;) (bitta eshitgan savolim xolos)

Takliflar
<li> umidchilar chet elga mutaxasislikni o`rganish uchun ketayaptilar. Shunga ularni yoki o`sha chet elni standardiga mos tushadigan testdan o`tkazish kerak yoki umuman mutaxasislik bo`yicha test bo`lmasligi kerak.
<li>Turli testlarning baxolari umumiylashtirilganda yoki hammasiga haqiqatdan ham teng "weight" berish kerak, yoki biz uchun asosiy bo`lgan testga (mutaxasislik emas!) ko`proq e'tibor qilish kerak.

Yuqorida boshqa "Sher" yozgan fikri ham juda o`rinli, chunki bahodan qoniqmagan talaba uchun appelyatsiya qilishga yaxshiroq imkoniyat bo`ladi.

I.O.P,
Imtihon natijalarini tezroq chiqarishni boshqa masala sifatida qaralsa balkim yaxshiroq bo`lar?

Sher

I.O.P
02-17-2000, 07:36 AM
Imtihon baholarini kutish haqiqatdan ham boshqa masala-yu, shunday bo'lsa-da, ancha nervni talab qiladi. Men buni 1999 yil misolida gapirmoqchiman. TOEFLga kelsak, 1999 yil, bilishimcha, ijobiyroq yoki adolatliroq bo'ldi(har holda magistlar uchun), 600dan kam olgan bola, qaytadan IELTS topshirish huquqiga ega bo'ldi(shu jumladan o'zim ham),500dan kam olgan esa umuman sinovlardan chetlashtirildi. Umuman,nazarimda og'zaki imtihonlar masalasi huddi lotereya kabi kechadi. Omadli talaba o'tadi, "balkon"ga o'xshash savol tushgan bola esa haqiqatdan ham fail qiladi(xususan, o'zimga "Yevropaning qaysi shahrida mashhur kompozitorga oltin haykal qurilgan?" va "Estrada so'zining ma'nosi nima?"degan savollar tushgan; Hudoga shukurki, o'tib ketdim...).