PDA

View Full Version : Nomenklatura/Client-Patron relations/Current sys.


Sher
02-17-2000, 01:55 PM
Salom,

Sovet davri haqidagi kitoblarni o`qisangiz "Nomeklatura" va "Client-Patron relations" haqidagi gaplarga duch kelasiz, ya'ni partiyaning lavozimlarga saylashga huquqi va yuqori lavozimdagilarni quyiroqdagi lavozimdagi odamlarni saylashdagi asosiy roli.

Bu tisimning juda ko`p kamchiliklari bor edi, eng asosiylaridan biri bu boshliqning gapidan tashqariga chiqa olmaslik va har doim unga yoqadigan ishlarni qilish, chunki aks xolda u yuqori lavozimga ko`tarilmay qoladi.

Hozir bu tizim qanchalik o`zgargan? (Client-patron relations)
Va chet eldan shu soxada o`rgansa bo`ladigan tomonlari bormi?
Huquqshunoslar va siyosatchilar bu borada to`liqroq fikr bildirsalar juda yaxshi ish bo`lardi.

Raxmat,

Sher

E.I.
02-19-2000, 07:03 AM
Salom Sher,

muammo hakida kiskacha fikr

bu aslida kizik muammo, va asosan nodemokratik tizimlarga xos hodisa. Sobik Ittifokda nomenklatura mavjudligiga asosiy sabalardan biri bir partiyaviylik, hamda hamma mulk davlatga karashliligi edi. Bu hodisa o'z-o'zidan ushbu "Client-Patron relations"larni keltirib chiqarardi.

Hozirgi O'zbekistonda bu muammo haligacha aktual, chunki bu erda ham ma'lum nomenklatura shakllangan(misol uchun u bu ishda kar'era kilish uchun yaxshi alokalar), lekin fikrimcha bizda hokimiyat hozirda bir kulda jamlangan.

Chet el tajribasiga kelsak, albatta boshkaruv kuchi(Power) bo'lgan joyda "Client-Patron relations" paido bo'lishi anik. Lekin, demokratik davlatlarda davlat ko'p partiyaviylik(chin ma'nodagi) asosida tuziladi, hamda siyosiy kuchlar hukumat uchun huddi rakobatdagi kabi kurash olib borishadi. Kim kuchsiz bulsa siyosatdan chetlashtiriladi. Bu tizim shakli "Client-Patron relations" boshka tizimlarga nisbatan kamaytishga olib keladi, lekin umuman muammoni batomom hal kilmaydi.

e'tibor uchun rahmat