Bratan
05-20-2000, 12:58 PM
Hurmatli do'stlar,
Avvalambor, barchangizga yakuniy imtihonlarda omad tilab, eson-omon o'z yurtimizga qaytib borishingizni tilagan holda ushbu hatni boshlasam.
Barchangizga ma`lumki, Umid jamg'armasi UK dagi bakalavrlarni 3 yil davomida o'z homiyligida o'qitadi va bakalavr darajasini olgach, bizlar O'zbekistonda davlat uchun kamida 5 yil ishlab berishimiz kerak. Qolaversa, UK da magistrlik uchun bir yil ketadi. Shu jihatdan kelib chiqib, Umid jamg'armasiga bir taklif bilan chiqsak. Men o'sha taklifni undan keladigan foydalari bilan birgalikda quyida keltiryapman. Tushunaman, barchamizda o'qishlar juda avjiga chiqqan payt hozir, lekin bir necha minut ajratib ushbu taklif bo'yicha o'z fikrlaringizni bildirsalaringiz, Umid jamg'armasiga bu taklifni ushbu yozda bildirishdan avval sizlarning ham fikr-mulohazalaringizni inobatga olingan bo'linardi.
Taklif Umid jamg'armasi UKda hozirda o'qiyotgan bakalavrlarni magistrlikni ham o'qishlariga imkoniyat bersa va evaziga umidchilar 5 yil emas, 10 yil (ya`ni ham bakalavr bo'lgandan keyingi 5 yil + ham magistrlikdan keyingi 5 yil= 10 yil) ishlab berishadi.
Bu albatta ihtiyoriy masala. Hamma umidchi bakalavrlarga majburiy emas, hohlaganlar uchungina amal qiladi (Albatta agar muvaffaqqiyatli bo'lsa).
Bu taklifdan Umid jamg'armasi uchun keladigan foydalar
1. Iqtisodiy foyda 3 yil o'qitib, 5 yil ishlatgandan ko'ra, 4 yil o'qitib 10 yil ishlatgan davlatning ketkizgan puli uchun yahshiroq foyda bo'lar edi. Ya`ni, 5/3=1.6 yil yoki 10/4=2.5 yil. Ko'rib turibsizki, davlat har bir yilga ketkizgan puli uchun 10 yil ishlatganda yahshiroq foyda olyapti. Umidchi har bir yil o'qigani hisobiga 1.6 yil emas, balki 2.5 yil ishlab beryapti.
2. Bakalavrdan ko'ra magistr davlat uchun ko'proq foyda keltirishi turgan gap. Ham ichki sohada, ham tashqi sohada davlat o'z kadrini, ya`ni umidchi magistrni ishlatishi mumkin. Qolaversa, bakalavr darajasidagi umidchini davlat tashqi sohada ishlatishi juda qiyin masala. Ko'ryapsizki, bu sohada ham Umid jamg'armasiga, aniqrog'i davlatga foyda bo'lyapti.
3. Keyingi foyda shundan iboratki, umidchi 5 yil ishlagandan ko'ra, 10 yil ishlaganda davlat sektorida qolishiga ko'proq ishonch bo'ladi. Ko'pchilikni mo'ljallab turgan rejasi, menimcha, 5 yil ishlab bergach, hususiy sektorga o'tib ketish. Agar bu fikrim noto'g'ri bo'lsa, iltimos, isbotlab bering. Shuning uchun ham davlat uchun, agar umidchini o'z sohasida olib qolish istagi bo'lsa (bunga shubham yo'q), 5 yil emas, 10 yil ishlatgani ma`qulroq, chunki umidchi 5 yil ishlash davomida uncha ishga ko'nika olmaydi, o'zini hali yahshi tiklab olmagan bo'ladi va yuqori lavozimlarga ko'tarilish istagi kuchli bo'lgani, lekin bu qiyin masala ekanligi sababli 5 yildan keyin davlat sektoridan chiqib ketgisi kelishi mumkin. Agar 10 yil ishlab berishi kerak bo'lsa, bu vaqt davomida ishga ancha o'rganib qoladi, sal-pal bo'lsa-da o'zini tiklab olgan bo'ladi, qolaversa 10 yildan keyin boshqa ishga o'tish istagi kamroq bo'ladi. (Yangi ishga o'rganish va hokazo sabablarga ko'ra). Ko'rinib turibdiki, bu sohada ham davlat umidchini 10 yil ishlatish orqali foyda olyapti.
4. Savol tug'ilishi mumkin davlat bakalavrlarning ortiqcha bir yili uchun, ya`ni magistrligi uchun qayerdan pul oladi? O'zingizga o'tgan tajribadan ma`lumki, tanlov e`lon qilingach, odatda magistrlar uchun ajratilgan o'rinlar to'lmay, o'rniga bakalavrlardan ko'proq olib ketiladi. Agar ushbu taklif qabul qilinadigan bo'lsa, odatgagi bakalavrlarga yana boshqa bakalavrlarni qo'shib, bakalavrlar sonini ko'paytirgandan ko'ra (chunki magistrlarni o'qitish davlatga foydaliroq), hozirda UKda o'qiyotgan bakalavrlarni bira to'la magistr bo'lishiga iimkoniyat berilsa, davlat uchun shunda ham foyda bo'ladi. Men kelgusida keladigan bakalavarlar sonini umuman qisqartirish kerak deyotganim yo'q, bu davlatga bog'liq masala. Lekin mening taklifim, bo'shab qolgan grantlarni tanlovda e`lon qilingan joylardan tashqari yanada ko'proq bakalavr olib kelgandan ko'ra, o'sha pulni bakalavrlik darajasini tugatay deb turgan umidchilarga magistrlik taklifi uchun ajratilsa ham davlatga, ham umidchiga foydali bo'lar edi. Ya`ni son emas, sifatga ajratilgan bo'linardi o'sha pullar.
5. Masalaning yuridik tomoni haqida agar har ikkala tomon bu taklifga rozi bo'lsalar, ular o'rtalarida yangi kontrakt tuzilishi mumkin, adashmasam, bu haqida kontraktda shunday deyiladi "agar kontraktining bajarilishi haqida savol tug'iladigan bo'lsa, tomonlar avval o'zaro yechishga harakat qilishadi, bo'lmasam sud orqali hal qilinadi ". Gap ayni ko'ntraktning bajarilishi haqida ketayotgan ekan, har ikkala taraf bunga rozi bo'lishsa, unga o'zgartirish kiritish yoki yangi kontrakt tuzish mumkin.
6. Ohirgi va asosiy masala,agar bu taklif amalga oshsa, unga qo'shilish, ya`ni magistr bo'lish bo'lmaslik umidchining o'z ihtiyoriga bog'liq. Hohlasa, 3 yil bakalavrlikka o'qib, 5 yil ishlab bersin, hohlasa, 4 yil o'qib, ham bakalavr, ham magistr bo'lib, 10 yil ishlab bersin.
Iltimos, ushbu taklif bo'yicha o'z fikrlaringizni bildirsalaring. E`tiboringiz uchun katta rahmat.
Hurmat bilan,
Bratan.