PDA

View Full Version : uzbekiston tugrisida


stranger
05-22-2000, 11:15 AM
salom bolla, man bu topicni ezishdan oldin rosa uiladim, ezaimi, ezmimi deb , keyin ezishga ahd kildim. sarlavhada uzbekiston tugrisida deb ezuvdim tugrirogi uzbekiston kelajaki tugrisida uz fikrlaringizni bildirsangiz. bizni ekonimakamiz kutarilvotimi, eki aksincha pastga karab tushib ketvotdimi, uzbekistonda katta burilishni kachon kutsak buladi, yakin 4-5 yilda uzbekiston ekonomikasi kanday ahvolda buladi,shu savollar bilan sizlarga murojat kilmokchi edim.
etiboringiz uchun rahmat

stranger
05-22-2000, 11:58 AM
javoblaringizni kutib kolaman. stranger.

Lucky
05-22-2000, 12:55 PM
Waalaykum Assalam.
Ko'targan mavzuingiz e'tiborga molikdir.Yaqin orada O'zbekistonda katta o'zgarishlar bo'lishi mumkin ammo bu biz fuqarolarning har birimizda kichikgina bo'lsada o'zgarishni talab etadi,aytmoqchimanki o'zbekistonliklar o'zlarini yaxshi tarafga o'nglamas ekan hech kim kelib ularning ahvolini yahshilab qoymaydi.Bu o'zgarishlar avvalambor ma'naviy-ma'rifiy bo'ilshi darkor.Savol tug'iladi nima biz Ma'naviy ma'rifiy jihatdan etuk emasmizmi?Bizning otaboblarimiz oshanday bo'lishgan,ammo biz emas.Agar biz yetuk(ma'naviy-ma'riviy jihatdan)bo'lganimizda hozirgi holatda bo'lmas edik.Nima kerak o'zimizni o'zimiz aldashni.Televizorni qo'yganingizdan boshlandi'"ulug' xalqim","buyuk turon","buyuk temurzodalar","Mustaqillik","Buyuk o'zbek xalqi"-yetar axir 10 yil bo'votti mustaqil bo'lganimiga hali ham eski gap.Hali ham eski tog'ora"gektariga 10 sentner bug'doy berishga davlat bilan shartnoma tuzdim,nasibbo'sa planni ortig'i bilan bajarishga va'da beraman","Bobo dehqonlarimiz Paxta yi'g'imiga kirishdilar", Barcha Paxtaga,Bozorlar universitetlar bekilgan,Chegaramizni q'oriqlovchi
azamat pahlovonlar paxta maydonida mahorat korsatishib granatmyot otish o'rniga bir biriga paxtaning ko'sagini otib yurishibdi"-nima bu maynavozchilikmi?
Iqtisod masalasiga keladigan bo'lsak bo'lajak iqtisodchi bolganim uchun ojiz aqlim bilan bitta narsani ko'chilik qatori taklif qilam olaman.Bu ham bo'lsa laissez faire(adshmagan bolsam)yoki " oz holiga qoy" yani bozor o'zini ozi o'nglab oladi unga hech qanday davlat aralshuvi kerak emas.Hukumatimiz bizning regionda tinchlik bo'lishiga sharoit yaratsa va bozorni ochib tashlasa qattiq bo'rondan so'ng sokinlik va rivojlanish kutiladi,aytmoqchimanki dastlab bozorimiz qattiq raqobatga uchrashi va ishsizlikning yanada oshish ehtimoli bor ammo tez orada bu qiyinchilikdan bozor mo'jizasi tufaylik chiqib ketamiz deb oylayman.Hozirgi statistik ma'lumotga kora o'zbekiston YMM(yalpi milliy mahsuloti)si yiliga %4 oshmoqda.Yoqdan kora bor ammo bu qoniqarli holat emas.Agar AQSH ga bu ko'rsatkich ijobiy deb hisoblansa ham o'zbekiston
uchun bu past ko'rsatkich,chunki odatda rivojlanib
borayotgan iqtisodlaga %7-9 yahshi ko'rsatkich hisoblanadi.Bilamizki
oxirgi 10 yilda yaxshigina iqtisodiy struktura va unga mos keladigan qonunlar qabul qildik.Bozorni ochish vaqti keldi va u ayni qiyomiga yetdi deb oylayman.
Sal oldinroq aytib o'tganimdek avval o'zimiz o'zgarmasak,bizning holimizni hech kim o'zgartirmaydi.

Odil
05-22-2000, 12:57 PM
Assalomu akaykum!
Katta burilishni kutmasak ham bo'ladi chamamda, chunki hamma narsaga bosqichma-bosqich(million marta eshitgansiz-ku) o'tyapmiz.

Yaqin 4-5 yil ichida iqtisodiyotimiz asta-sekin ko'tarilsa kerak, lekin konvertaciyaning ochilish ehtimioli kuchayotganligini inobatga olsak, iqtisodiyot birmuncha orqaga ketsa kerak, devalvaciya va inflation kabi narsalar ta'sirida. Qolaversa, bu yog'i mudofaa iste'moliga talab kuchaymoqda.

Ammo umuman olganda, iqtisodiyotimizda yuqoruga siljish tendenciya kuzatilyapti(1996 yydan boshlab), buni macroeconomistlar yaxshiroq bilishadi.Ikkinchi tomondan, aholining turmush darajasini ancha yaxshilandi deb bo'lmaydi, ayniqsa, qishloq zonalarida.

Shaxsan meni eng tashvishlantiradigan narsa - bu aholining ish bilan bandligi, keyin pulning qadr-qimmati. Buning ustiga oxirgi paytlarda siyosiy tashvishlar...

Yana bir narsa, bugun asosiy urg'u investiciyalarga berilmoqda; tabiiyki, bularning mevasi birdaniga "pishmaydi". Aytmoqchimanki, bugungi qo'yilmalarning hosili kamida 10-15 yildan o'z samarasini ko'rsatadi. Shu o'rinda intellektual potencial ham (xususan, "Umid" fondi scholarlari, yangi licey-u - collegelar, hokazo).

Salomat bo'ling,
Odil.