View Full Version : tarjima
bakhor
02-23-2000, 09:04 AM
Yoshi ulug' bir otaxon "Bu o'rislar o'zimizni kartshkani 'kartochka' deyisharkan" degan gapiga
ruschadan o'zbekchaga tarjima qilingan "supper so'zlar"
stolb - "istalba"
stolovoe - "istalavoy"
sklad - "iskalot"
kartoshka - "kartshka"
stol - "istol"
stul - "istul"
I.O.P
02-23-2000, 11:26 AM
stantsiya- istansa
stakan- istakon
bank- bonka...
I.O.P
02-23-2000, 11:28 AM
stantsiya- istansa
stakan- istakon
bank- bonka...
militsiya- melisa
shofyor - sho'pir
sudya- so't
BARZANGI
02-23-2000, 11:40 AM
Toshpo`lot aka - Jelezobeton
Polovaya Tryapka - Jinsiy Latta :)
I.A.R ®
02-23-2000, 02:27 PM
Yahshi tema ko'taribsila, manga eng yoqadigani
Salafan Pakit= Tseloffanoviy paket
:) :) :) :) :)
(boshqasi hozir esimga tushmayapti)
Afandi
02-23-2000, 04:12 PM
Salom, :):):)
Halq ijodidan namuna ijoddan namuna,
svolach-suvolibich
alivye-olibye
zdrastvuyte-izdrasti
subbota-shestnitsa
Afandi:):):)
BARZANGI
02-23-2000, 06:49 PM
Ba'zi O`zbek ismlarining rus tiliga tarjimasi
Ergash - Za mnoy
To`xta - Stop
Boltaboy - Molotok, ili Kuvalda
To`lqin - Volna
Turdi va Berdiyor ismlarining tarjimasiga esa izoh yo`q ;)
more.......
02-23-2000, 11:22 PM
slobodka = islovot (true) :)
I.O.P
02-24-2000, 04:18 AM
Zoologoya darslarida "berkut" degan qushning nomi eshitsam, uyalib qolardim. Ha, aytgancha, Afandi, "zdravstvuyte" so'zi "izdrasti" bo'lishi mumkin, lekin "Ma'rif va Sharif" filmida
"zdraska!" deydi, haqiqiy tarjimasi shu b-sa k-k.
Afandi
02-24-2000, 02:20 PM
I.O.P,
Marifboy bilan Sharifboy qanday etishini bilmadim-u lekin, bu shevaga qarab o'zgarsa kere, nima bo'ganda ham zo'r:):):)
Avaz- A vas?
:)
<font color="blue">Salom Uzbek millatining dono va zukko tarjimonlari!Juda katta ishni amalga oshiribsizlar.Anchagina kulgiga sabab buldilaring.Ayniksa Barzangining Toshpulat aka ismining ruscha tarjimasi juda ham tabiiy va kulgili chiqqan.Agar mon'elik kilmasalaring sizlarga bitta savol(balki topshiriq)bor.;)Balki topshiriq ham TOPSECRET suzining uzbek tilidagi shaklidir.
Abdulla Qahhorning "Utmishdan ertaklar" qissasida kuyidagi jumlani uchratamiz
U'risning duhtirhonasidagi marja kulida tug'ilgan bola kurbonlikka ham yaramaydi".Ostiga chizilgan suz rushcha kaysi su'zning uzbek halki tomonidan ishlab chikilgan shakli?Ushbu suz Utkir Hoshimov qalamiga mansub bulgan "Ikki eshik orasi" asarida ham uchraydi.Ra'noning onasi jon berayotgan vaqtda uning yonida bulgan, (uz farzandi Ra'no qulida emas) Ulug' Vatan urushi arafasida Uzbekistonga kelib urnashgan, rus ayoli hamda Kimsan Husanovni urushga kuzatayotib hushdan ketgan Qora ammaga nashatir spirt hidlatib hushiga keltirgan va bolamka giroy bulib keladi deb bechora ona kunglini kutargan ayol marja nomi bilan tasvirlangan.
U'ylaymanki,siz kabi topqir tarjimonlarga bu narsa hamirdan qil sugurganday bir oson ish bulsa kerak.(Bu erda hech qanday kinoya va piching yuk):)
Salom bilan HOPE </font>
bakhor
02-26-2000, 07:25 AM
Umidbek, ya'ni HOPE,
Menimcha 'akusherka' so'zini so'ragansiz.
Bakhor
I.A.R ®
02-26-2000, 08:18 AM
Bakhor, Hopeni "Umid" deb noto'g'ri tarjima qilibsiz, manimcha Hope "Orzu" bo'sa kerak.
Umid haqida boshqa bir hikoya bor. Mani mahallamda bitta mandan 3 yosh kotta o'rtog'im bo'lardi, oti Umid, tahminan man 5 yoshli paytlarimda bir kuni manga nima diydi
-Aziz bilasanmi mani otim o'rischasiga nima bo'ladi?
-Bilmiyman, nima?
-Nadejda!!! :) :) :)
Hullas kichkina bo'samam kulo'vurib dumalab qogan edim. Haligacha eslasam kulaman. :)
Hope (Orzu), manimcha siz so'ragan narsangizni salbiy ma'nosi ko'proq bo'lgan bo'lsa kerak. Chunki rus ayollarin o'sha paytlarda bunaqa atalishiga sabab ularni mahalliy aholiga nisbatan yengil tabiat ekanligi bo'lsa kerak. Bu so'z menimcha paydo bo'lganida suyuq-oyoq degan ma'noda ham qo'llanilgan bo'lsa kerak. Yana bilmadim, buni tilshunos do'stlarimiz aytsalar yahshi bo'lar edi.
Ok, ciao!
bakhor
02-27-2000, 03:35 AM
Ismlarni tarjimasi yomon chiqmas ekan;)
Keldiv - Prishel
Xurmatxon - Umajaemaya
Xotam -Shedriy
O'lmas - Kashshey
Sotvoldi - Pokupal
Jasur - Hrabriy
Va xakazo...
Bu mavzu xam jonga tebdi.
kind of FBM alumni
03-10-2000, 04:56 PM
Nimaga "ananas" koshilib yoziladi, " a mi eyo" alohida?
Bitta ogaynimiz rus kizni "yahshi korib kolib" (sevib kolib) bunday degandi
"Ya tebya horosho viju"
somebody
03-11-2000, 09:27 AM
Salom
Mani Hayot degan kursdoshim bor, har doim JIZN' deb chaqirardik
bitasideeee
Bolla koroche, bitta zo'r narsa!!! Brejnev o'z paytida O'zbekiston ga borib,"Hurmatli O'qsoqollar" deyman deb, "Dorogie Saksauli" degan emish!!!
Take care!!!
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.