I.O.P
02-24-2000, 08:53 AM
Salom, xalq. Bu latifani eshitgan b-sangiz kerak.
Bir yosh yigit yangi do'ppi(to'ppi)larni kiyib olib ko'chada ketayotgan ekan. U suvda suzishni bilmaskan. Bechora, suvga tushib ketib"Yordam beri-ing, yordam beri-i-ing!!!"-deb baqirarmish. Shunda bir mard kishi ko'rib qolib, o'ylamasdan shu zahoti-yoq suvga o'zini tashlab yordamga shoshibdi. Rosa qiynalib-qiynalib bir balo qilib qutqaribdi. Endi "postradavshiy"ning rangida rang qolmabdi.Shunda haligi mard odamgarchilik qilib uni o'z uyiga olib borib, yuvintirib, kiyimlarini yuvib berib, choy-poy qo'yib berib, kiyimlarini quritib, dazmollab beribdi; hullas kalon rosa look after qilib ohir-oqibat eson-omon kuzatib qo'yibdi. Bir-ikki kun o'tgach uyining eshigi taqillabdi. Qarasa, haligi jabrlanuvchi otasi bilan kelibdi.Qo'llarida setkalar, paketlar.
Mehmonlar"Assalomu alaykum!"-desa
U"Ha endi hozir o'g'lini qutqarganim uchun rosa rahmatlar, tashakkurlar bildirsa kerak, hoynahoy quruq kelmagan, podarka-modarka olib kelgan bo'lsa kerak"-deb o'ylab, kamtarinlik qilib
"Va alykum assalom.Yo'q-yo'q-yo'q!Hojati yo'q!Nima qilardingiz ovora bo'lib, shuncha tashvishlar qilib, hojati yo'q..."-deb tasavvuridagi podarkalardan voz kechibdi. Shunda haligi cho'kkan bolaning otasi
"Nima hojati yo'q?! Nima hojati yo'q? Buni do'ppisi qani?!-dermish.
Nomiga b-sa ham kulib quying agar kulgili b-masa.