Bakhor
03-04-2000, 08:58 PM
Salom bollar,
Bir narsa esimga tushdi. Chamasi 7-8 sinfrda o'qirdik (Farg'ona vodiysi qishloqlaridan birining 'qqooqq' markazida o'sganman!). Agar kim qishloqda yashagan bo'lsa bilsa kerak, gul sovg'a qilish judayam 'moda' emas (yana bilmadim, extimol xozir zamonlar o'zgarib ketgandir). Nima bo'lganda xam biz bu odatni uyda o'rganmaganmiz, maktabda yoki TV da ko'rib o'rganganmiz.
Qisqasi sinfdosh qizlarga qaysidir bayramda 'gul' sovg'a qildik. Uyda nima sovg'a qilganimizdan gap ketganda, ayam (oyim) va buvimlar taxminan bunday degan edilar "Bu odat yana qaerdan paydo bo'ldi, undan ko'ra bir kerakli narsa bersalaring bo'lmaydimi?" E'tibor bermagandim, xatto qarilarni gapida deb o'ylagandim.
Endi o'ylab qarasam bu odat oldindan o'zbek xalqida bo'lmagan boi'lishi mumkun. To'g'ri, o'zbek she'riyatining buyuk baytlarida xam 'gul' yuqori o'rin tutadi. Lekin nechta 'o'zbek classic' kitoblarini o'qigan bo'lsam (rosti kam o'qiganman), birortasida xam asar qaxramoni, yoki birorta personaj, ayolni oldiga gul ko'tarib borganini uchratmaganman.
Menimcha sovuq iqlimli mamlakatlarda 'gul' noyob narsa bo'lganligi uchun ko'pincha qimmatli sovg'a tariqasida taqdim etilgan. Bizni iqlimda esa xamma erda 'gul' ko'rsa bo'ladi, pul sarflamasang xam yulib olish mumkun,... Shunung uchun 'gul' tabiatning go'zal mo'jizasi, sevgi ramzi,... bo'lgan bo'lsada ayollarga kamdan kam taqdim etilgan. Lekin atir-upa, dur-gavxar (parfumeriya-taqinchoqlar) juda ko'p sovg'a qilingan. Buni asarlarda xam tez-tez uchratish mumkun.
Men ayollarga aynan 'gul' sovg'a qilish tarafdoriman. Shunchaki azaldan bu narsa urf bo'lmagan odat bo'lgan demoqchiman xolos.
Katta shaxarda emas, qishloq yoki kichkinaroq shaxarda yashaydiganlar aytsinchi, biror bayramda erkaklar uylariga gul ko'tarib kelishadimi?