PDA

View Full Version : "TURONBOY" to'g'risida rivoyat


murzilka
04-03-2000, 01:02 AM
Rivoyat qilishlaricha asrimiz boshida Toshkentning Kotta Bog' Mahallasida mashhur Madamin boy degan mashhur bir boy yashab o'tgan ekan. U zamonasini boshqa boylaridan millatparvarligi va fan tehnika sohasida yangilik topish qiziqishi borligi bilan ajralib turar ekan.

Bir kuni boyga tegishlik bo'lgan ustahona ihtirochilaridan biri juda ham arzon elektr tokida yuradigan va yangi asr Toshkent ko'rinishiga ko'rk qo'shadigan moshina ihtiro qilibdi.

Attang shu orada boy olamdan o'tib qolibti. Ustahona hodimlari esa bu moshinani Madamin Boy hotirasini abadiylashtirish maqsadida uni "TURON BOY" dib atashga kelishishibdi.

Amalda tatbiq etish nasib bo'lmagan proekt oz o'tmay ustohona shpioni vositasida Evropaliklar qo'liga tushibdi. Bunu qarangki Evropaliklar TURONBOY otini o'zgartirib "TRAMVAY" nomi ostida bizning ota-bobolarimiz yutuqlaridan foydalangan holda "TURONBOYLAR" chiqarib dunyoga mashhur bo'lgan ekanlar ........

Samarqand
04-03-2000, 01:50 PM
Yo'g'ey, shunaqasiyam bor ekan da ha?
Gap yo'q, Metro, Trolleybus, Avtobuslar ham bizdan chiqqan bo'lsa kerak ha??? :)

orzu
04-03-2000, 08:43 PM
Avtobus va trolleybuslarni bilmadimkuya, lekin METRO bizda chiqqani aniq. Amur Temur davrida Samarqandda Oqsaroydan Guri Amirgacha, Registongacha, Kuksaroygacha, Bibi Honimgacha yer osti yullari bulganini bilaman. Tak chto, METRO bizada birinchi paydo bulgan. Londonda emas. :)

[/B]DREAM[/B]

Samarqand
04-04-2000, 07:47 AM
Televizorni bizda Toshkentda ilk bor ihtiro qilishgan, lekin nimagadir, hech kim bu haqda gapirmaydi, Uzbekistondan tashqari. :(

ASAD
04-04-2000, 02:46 PM
To'gri gap Samarqand! Mana, kecha ham bizda televideniyadan dars bo'lganda, televizor tarixidan gapirishdi. Enag'arlar, hech Germaniyadan chetga chiqishmaydi. Afsuski, iloj yuq, bularda ham fakt borda :( 1924 yillardayoq televizor apparatlari ustida ilk tajribalar boshlangan.

Sher
04-05-2000, 12:17 PM
ASAD,

adashmasam aynan o`sha 1924da ularda tajribalar o`tkazishayotgan vaqtda Borovskiy degan olim Toshkentda birinchi televizorni yaratgandi. Eshitishimcha u Xadra tomonda yashagan ekan. Bitta juda qari radiotexnologiya bo`yicha domlam bor edi o`ris, shu kishi aytib bergandi u haqida va nimalar bo`lgani haqida.

Afsuski bu narsa hech qaerda (chet el encyclopedialarnini nazarda tutayapman) yozilmagan.

Yana bir narsa, Dolly degan qo`yni cloning qilinganini eshitgansiz albatta 1997 yildagisini, yaqinda cho`chqaniyam qilishdi. Sut emizuvchi xayvonlarni birinchi cloningiyam SSSRda bo`lgan ekan g`arbdagidan 10 avval, ya`ni 1987chi yilda AN SSSRning olimlari Masha degan chichqonni clone qilishgan ekan. Yaqinda NG yozib chiqqandi shu haqida.

Mana shunaqa, yangiliklar chiqadiku, ularni hayotga tadbiq qilinmaganidan keyin yo`q bo`lib ketaveradi. Radio kuni 7 Mayni nishonlardik SSSRda, ixtirochisi POPOV deb, chet ellik tanishlaringizdan so`rab ko`ringchi radio qaerda ixtiro qilinganini. Albatta Angliya degan javobni olasiz (USdagila US desa kerak ;))

(sorry for serious reply in "FUNNY" corner:))

Sher