PDA

View Full Version : Turtliklar


ASAD
12-23-1999, 01:24 PM
Sog'inch

Uzoqdaman bu kun yurtimdan,
Sog'inchlarim buldi bir olam.
Bunda kutib student ug'lin,
Yashaydi bir mu'tabar unson.

U onamdir - onajonginam,
Mehridaryo volidam - Ona.
Uyim ostonasidan chiqyotganimda,
Peshonamdan upgan dil mehri yona.

Oyga borib omon qayt deya,
Duo qildi peshonam silab.
Kuzin tikib ortimdan uyda,
Qoldi onam menga baxt tilab.

* * * * *
Shaydo bulib boqaman doim,
Gulbog'ning gullolalariga.
Har bir guldan olgan gunohim,
Tengdir sochim tolalariga.
* * * * *

(Bir dustim ijodidan)

Seni yaxshi kurardim,
Hamma yaxshi bilardi.
Seni kutsam terakzor,
Menga panoh bulardi.
Sevgimni tor kuchangning,
Terak-tollari aytsin.
Mendan uch ololmagan,
Ujar bolalari aytsin.
Hammasining kuzida,
Bitta ta'na, bitta do'q.
Men shoirga qishlog'ingning,
Beradigan qizi yo'q.
Enang yomon bilaman,
Seni yuldan urganda
"Boshingga urasanmi,
Shoirni boy turganda".
Terakning tanasini,
Tentagona o'yardim.
Enangga enasini,
Kursatib ham quyardim.
Seni yaxshi kurardim,
Eh, hech kim bilmas edi.
Chiroyliroq bulganingda,
Alam ham qilmas edi.

Qobul
01-18-2000, 08:42 AM
Sherni ...... quiybsiz.
Gap yuq. Yana shunday ...... davom ettiring.

ASAD
02-04-2000, 01:41 PM
U zamonlar o'tib ketdi,
Seni sevmay qo'ydim bugun.
Nima qilay, ezim yo'qdir,
Taqdir ekan katta tugun.

Vidolashdik... Og'ir kechdi,
So'nggi kecha ikkimiz-chun.
............


Kitten, davomini yozishga harakat qilib ko'rarsiz.
Take care o)

KITTEN
02-07-2000, 10:43 AM
Albatta! Hozir, Faqat....vidolashgan, yigit nomidan yozaymi, yoki qiz nomidan mi?
Mayli, yigit nomidan yozishga harakat qilaman.:)

U zamonlar o'tib ketdi,
Seni sevmay qo'ydim bugun.
Nima qilay, ezim yo'qdir,
Taqdir ekan katta tugun.

Vidolashdik... Og'ir kechdi,
So'nggi kecha ikkimiz-chun.
...
Kunduzim poyonga etdi
Borar joyim qop-qaro tun...

Bir dunyo armon orqalab,
Darvesh bo'lay, Gadoy bolay!
Dunyoning har chekkasidan
Senga loyiq bahtni to'play,

So'ngra Seni jonim topib
Bir soniya visol ko'ray,
Elkamga g'amlaring ortib,
Bahtga alaming almashay!

Vidolashdik...Mening jonim
Oyoging ostida qoldi..
Mashhar sari ketar bo'ldim
Beshavqat taqdirni kuylab...

Vidolashdik... Dunyo dardi
Mening dardimga teng bo'ldi...
Ketar bo'ldim baht ahtarib
Taqdir tugunin orqalab......

Bo'ladimi?
Yoki qiz bola nomidan yozish kerakmidi?
:)
Anyway! Take care of yourself!

ASAD
02-07-2000, 11:01 AM
Kitten, san'atingizga tasanno!!!
Qoyil qoldim. Qiz bola nomidan davom ettirib ketganingizda bo'lardi. To'g'risi, men buni yozayotgan vaqtimda PC-POOlni yopamiz deb qolishgandi, shul sabab uchirgim kelmay, hali tugamagan she'rni sizga havola qilib ketgandim. Xudo hohlasa yaqin kunlarda pishitib hukmingizga havola etaman, siz esa usha joydan qiz bola nomidan davom ettirib kuring.
Bis dann - ko'rishguncha !
Hurmat ila Asad