PDA

View Full Version : Allohimdir mehribonim yagona


GANI MIRZO
01-11-2000, 01:26 PM
Gam chekmagil gamlaring ko'p bekora,
Mehriboning topar unga bir chora,
Go'zallardan go'zal chunon dildora,
Allohimdir mehribonim yagona!

Goh tolaman,
toshday qotib qolaman,
uh tortaman bir zum qarib qolaman,
Bilgan sari go'dak bo'lib boraman,
Allohimdir mehribonim yagona!

Bandamanman farishtamas bilaman,
Shuning uchun ertayu kech nolaman,
Nolam shuki, qachon sodiq bo'laman,
Allohimku mehribonim yagona!

Tafakkurdan aqlim chiroq topadi,
Dunyo gami yuragimdan ketadi,
Bu ko'ngilda GANI guncha ochadi,
Allohimdir mehribonim yagona!

just interested
01-11-2000, 03:36 PM
Ijodingizga omadlar tilayman, zo'r chiqibdi she'ringiz!

IQBOL
01-25-2000, 10:42 AM
O`r toq sherlaringiz juda manolik chiqipti. Ijodingizga va oqishlarizga rivoj tilayman.

Ok+Karga
01-26-2000, 10:40 AM
Voy ulaman, voy dod-voy solaman,
Bilasanku,man sani yaxshi kuraman,
Shavqingda men majnun bulaman,
Allohimdir megribonim yagona!

Senziz bulaman men bechora,
sen yuq bulsang mening boshim kora,
sen bordirsan dunyo yuzi gulnora,
Allohimdir mehribonim yagona!

mashnaq qib she'r yozvossmi endi Ganivoy Mirzo??? heyy yashshaaavooor Ganivoi he- he - he- :):):):)