View Full Version : O'zbekcha she'r
KITTEN
02-03-2000, 04:20 AM
Menga she'r yoz der eding doim.
She'r yozmoqqa dard kerak ekan..
Ayriliqni asli Hudoyim,
Sinash uchun yaratgan ekan...
Shu dard qalbim ichra h'ukmron
Sog'inchimni qayga yashiray?!
She'r kutyapsanmi mendan h'amon?
Qo'y, Jon, Senga she'r yozmay qo'yay...
Ko'zing to'la quvonch, baht bo'lsin!
Bahting ko'rib, men ham quvonay...
She'rim shu dardni talab qilsa,
Qo'y Jon, she'r yozmay qo'ya qolay!
Kitten, qoyil, ajoyib shoira ekansiz. Zur she'r chiqibdi o)
Shu lahzada bir vaqtlar hazil ila yozgan bir turtlik esimga tushib ketdi
Men shoir emasman, jonim,
Va lekin Senga she'r bitaman.
Yodda tut, bir oydan keyin,
Seni sayilgohda kutaman.
Take care und Viel Spass!!!
KITTEN
02-04-2000, 05:53 AM
Hali shoira bo'lishga ancha bor! ASADBEK!
Men ham hazil tariqasida bir javob yuboray mi?:)
"Shoirmasman" degan shoir!
So'zing she'rdek eshitaman...
Bir oy debsan... U bir oyni
Qanday qilib o'tkazaman?!?!
:)
Take care!
Kitten, javobingizga qoyilman. Men ham ilhomlanib, javob yullayapman. Turtlik bitaman deb, turt kuplet yozvoribman.
Viel Spass - Enjoy !!!
Bir oy dedim... O'ylamadim men,
Axir kutar meni bir go'zal.
Ul go'zaldir men sevgan malak,
Shahlo ko'zli, so'zlari asal.
Olloh bergan ayriliq dardin,
Tortdik bizlar, tugaydi qachon.
Bir oy dedim... O'ylamadim men,
U qiz meni kutadi hamon.
Men boraman oshib tog'lardan,
Ummon kelsa, kezib o'taman.
Senu mening qalbimiz bahor,
Senga bahor gulin tutaman.
Endi bir oy kutmaysan, jonim,
Ko'nglim tinchmas, sen kutib tursang.
Sipqoramiz baxt sharobin biz,
Baxtliman men, sen baxtdan kulsang.
Hurmat ila Asadbek
KITTEN
02-07-2000, 10:17 AM
Uzr, Asadbek, darrov javob qaytara olmadim, week-endda LB dan habar olmaydigan odatim bor.. :) Viel Spass!:)
Bir oy debsiz... Bir daqiqa ham
Bir yil kabi o'tadi sizsiz..
Bir oy debsiz, kutish azobin
Hech ham tortmagandek so'zlaysiz.
Bir oy emas, bir umr kutay
Lekin eng so'nggi daqiqada
Visol ko'ray, vaslingiz ko'ray,
So'ngra o'lim ko'rsam mayliga...
Men bahtingiz uchun yashayman!
Siz bahtim uchun yashasangiz...
Men albatta bahtli bo'laman!
Gar shu sabab bahtdan kulsangiz...
Katta rahmat:)
Mana shu erda endi hammasi yahshi bulganga uhshaydi..
Kitten
05-14-2000, 06:43 AM
Qani edi, Avazbek!
Lekin adashyapsiz... :(
Samarqand
05-16-2000, 06:19 AM
Ey, Qoyil-ey, bollar,
men silarning sherlaringni o'qib lol qoldim, namuncha bu ilhom kelmasa silarga. Bizlarga ham ozroq ilhomlaringdan beringlar, gap yo'q!!! :)
Kitten bilan Asdabekda, huddi Ra'no bilan Anvar ortasida bo'lganidek 'Sher o'yini' qilibsilar.
Lekin ohiri tragediya bilan tugamasin, qaranglar. ;)
Omad shoirlar
Samarqand Sayqali Ro'yi Zamin-ast
Ammo bizda shoirlik juda past
(Endi sal o'hshatib ohang bilan o'qiysilarda, bit try qilgandim ;) )
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.