PDA

View Full Version : Sogindim...


KITTEN
02-03-2000, 04:29 AM
Sog'indim men seni, ko'rgim keladi.
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga.
Tong yulduzi menga savol beradi
"Ko'zlaringda yoshlar qurimas, nega?"
Sog'indim men seni, Ko'rgim keladi
Hijron azobida yonadi yurak
Yuzingni hotirlab qalb talpinadi
Ovozing tinglamoq birdan-bir tilak.
Sog'indim. Yuragim yoshlar to'kadi
Ruhim qanot yoydi uchmoqni istab.
Faqat... Jismim uni qamab qo'ygandi
Yuragim dardida qoldi qon yoglab...
Sogindim.Osmonga soginchlarimni,
Men yoysam, yulduzlar oyga eltdilar.
Oy yuziga tortib hira pardani
Jim Qoldi. Yulduzlar o'yga toldilar...
Sogindim men seni. Kelmaysan nega?
Visol had'ya qilgin mening qalbimga?!
Sogindim men seni. Juda sogindim...
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga...

Asadbek
02-03-2000, 11:06 AM
Samoda kezadi hanuz tanho oy,
Yolg'izlik qiynaydi uni hoynahoy.
Yo'qlikdan izladim sening vaslingni,
Men qayga tikilsam, Ka'ba o'sha joy.


(KITTEN, bu albatta hazil bir javob, lekin yuqoridagi she'ringizni ezilib o'qidim )
Viel Glu'ck !!!

Kitten
02-04-2000, 05:45 AM
Asadbek! To'rtliklariz judayam ajoyib ekan! Rahmat! Ulani davomi bor mi?
Va yana bitta savol "Viel Gluck!!!" Nima degani? "Good luck?"
Rahmat!:)

Just James
02-04-2000, 07:56 AM
Kitten, siz talant sohibi ekansiz. Ingliz tilidaham sher yoza olasizmi? Gapni ochig'i, har safar sizlarni sherlarilarga qritik nazaridan qarashga harakat qilaman, borgan sari qiyinlashib ketyapti qritiqa qilish.
Sher uchun rahmat zu'r ekan.

P.S. Siz bilan tanishmoqchi edim, ilojisi bormi? If yes e-mail me please busjjali@livjm.ac.uk

Aysuluv
03-10-2005, 01:02 PM
Boshlanishi tasirli ekan... Asadbek aka, Kitten (bormisiz hali?), iltimos, davom etinglar?! :)

DIDO
03-10-2005, 03:53 PM
Boshlanishi tasirli ekan... Asadbek aka, Kitten (bormisiz hali?), iltimos, davom etinglar?! :)

May I say something....


Sog`indim men seni, o`yladim uzoq
Endi men bilaman, nimadir firoq.
Sogindim men seni, hayoling-tuzoq,
Qalbim uzoqlarda,olisda -yiroq.

Asadbek
03-10-2005, 04:26 PM
Sog'inch - yuragimda in qurgan hijron,
Bu hijron domidan chiqqummi omon?
Qalbimning tubida gullar bir umid,
Men seni sog'indim, sog'indim yomon.

:)

Logoscience
03-14-2005, 02:13 AM
Mavzu to'g'ri kelib qoldi, arxivda bor edi.

Sog'inch
Sog'inaman - ko'zlarimda yosh,

Sog'inaman qalbimda armon.

Mendan yuzin o'girar bardosh,

Azoblarning og'ushidaman.



Qo'llarimda kulmaydi qalam,

Ko'zlarimda yonmas shijoat.

Botindayu-zohirda alam,

Kunlarimni sudraydi soat.



Tunda ko'kka ko'zim tikaman,

Oy ham yarim ko'nglim singari.

Kunda ko'kka ko'zim tikaman,

Oy qisqarib borar kun sari.



Lekin oyga o'xshamas ko'nglim,

Hilol qayta to'lishligi rost.

Men ko'targan osmonu-falak,

Oylar yashar samolarda xos.

KhwarezmshaH
04-04-2005, 03:09 AM
yashavoringey

akamullo
04-06-2005, 05:18 AM
May I say something....


Sog`indim men seni, o`yladim uzoq
Endi men bilaman, nimadir firoq.
Sogindim men seni, hayoling-tuzoq,
Qalbim uzoqlarda,olisda -yiroq.


i also want to ontinue with Bobur Bobomurod..




Kindik qonim to`kilgan -
Tuprog`imni sog`indim.
Niholimga ko`k ilgan -
Yaprog`imni sog`indim.

Men bir qamish - nay bo`ldim,
Taqdir suzgan may bo`ldim.
Tiz cho`kmoqqa shay bo`ldim -
Bulog`imni sog`indim.

Diyor qo`msab dil yotmas,
Xayolisiz tong otmas.
Botirganda non botmas -
Qaymog`imni sog`indim.

Har qadamda mohpora,
Gulu gulzor, favvora.
Ko`ngil ekan, na chora -
Yantog`imni sog`indim.

Jayron ko`zlar, jodular,
Sodda ko`nglim "oh" urar.
Tushlarimda ohular -
So`qmog`imni sog`indim.

Erkaligim sig`ishgan -
Ardog`imni sog`indim.
Do`st - qadrdon, tug`ishgan -
Aymog`imni sog`indim...

(Yoshligimda men sevgan-sevgilimni sogindim..by me..)

Good LUck!

Mahmud
04-06-2005, 09:02 AM
Eng oxirgi misra juda ham zo'r chiqibdi:) .

maradona
04-06-2005, 09:35 AM
Tugrisi uyni sogindim;)

Prince
04-06-2005, 10:41 AM
Bugun xam tong otdi
Osha tong
Osha tush
Osha orzular
Lek yuragim ezilar uzidan uzi
Bilmadim bilmadim nega ezilar..
Xa , endi tushundim
TUshundim, bu kun
Onajon - Sogindim
Sogindim bu tun!

P.S Mummmy i misss u , i love you!!!! :rolleyes:

Dil
04-06-2005, 10:46 AM
Bugun xam tong otdi
Osha tong
Osha tush
Osha orzular
Lek yuragim ezilar uzidan uzi
Bilmadim bilmadim nega ezilar..
Xa , endi tushundim
TUshundim, bu kun
Onajon - Sogindim
Sogindim bu tun!

P.S Mummmy i misss u , i love you!!!! :rolleyes:

Men ham sog`indim..judayam ,judayam sog`indim, chidolmiyman ba`zida korgim kelaverdadi. Hidlarini tuygum kelaveradi..

max
04-06-2005, 10:50 AM
Men ham sog`indim..judayam ,judayam sog`indim, chidolmiyman ba`zida korgim kelaverdadi. Hidlarini tuygum kelaveradi..

Iltimos bunaqa gaplarni yozmanglar, hozir yig'lab yuboraman :bawling: .
O'zi zo'rg'a yuribman, bunaqa gaplar o'qib yurak-bag'rim ezillib ketdi.:(

DIDO
04-06-2005, 10:53 AM
Men ham sog`indim..judayam ,judayam sog`indim, chidolmiyman ba`zida korgim kelaverdadi. Hidlarini tuygum kelaveradi..

Ohh my mummy, hudo hohlasa yaqinda mazza qilib onajonim bilan uhliman!!!:D :P ;)
P.S. Dido is sooooo happy dreaming of it.

Dil
04-06-2005, 07:39 PM
Sog`inch - nazarimda eng go`zal, eng shirin va eng ach`chiq tuyg`u...U ham Allohdan bizga berilgan ne`mat.
Sog`inch bo`lmaganida, atrofimazdagilarni qanchalar bizga yaqin , qadrdon ekanligini, ular qalbimizning bir parchasi ekanligini bilmagan holda bu dunyodan o`tib ketaverar edik .Sog`inch bo`lmaganida, insonlar visol lazzatini his qilmas edilar....Sog`inayapsizmi , quvoning- Sizda go`zal qalb bor. Go`zal qalbli inson esa hech qachon razillikka yuz burmaidi.

-Siz juda ham bahtli halqsiz, dedi menga yaqinda Kanadzawalik bir olim. suhbatimiz O`zbekistondagi islohotlar haqida edi. U bizning tizimni maqtar ,. man harchand u bilan bahslashmai ,meni quyidagi gaplari bilan engdi:
-Men 12 yil Avstraliyada, 5 yil Usda, 7 yil Afrikada yashadim. mana yana 7yildirki Kanadzawada yashayapman , bir ozim. Oilam Tokyoda turadi. Shuncha yil musofirchilikda yursam ham, biron marta Vatanimni soginmaganman. Yaponlarni ko`pchiligi shunday. Men shuncha yurt kezib hali biron marta ham ozbekchalik yurtini sog`inib yiglagan halqni ko`rgan emasman. Siz -bahtli halqsiz, yig`lashni bilasiz.Yoshlarni qalbida shijoat va mehr bor, dedi. To`grisi ko`zimdan yosh chiqmasa ham, g`ururlanganimdan bo`g`zimga nimadir tiqildi. Shundan so`ng olimning siyosatimiz, hukumatimiz haqidagi tasavvurlarini parchalashga uringanligimdan mulohaza qildim...Garchi haqiqat bo`lsa-da.

Ozbek sog`inib yashaydi. Musofirchilikda biz nafaqat oilamizni, bolaligimiz otgan ko`chalarni , undagi darahtlarning har bahor kurtak yozishini, g`iybatchi bo`lsa ham osha qadrdon qoshnilarni, hattoki dushmanlarimizni ham sog`inib barcha hafagarchiliklar unut bo`lib ketadi..... shunaqa ajoyib halqmiz biz.. O`zga yurtda qanchalar farovon hayot kechirmailik, bari bir yuragimizning bir parchasi,- Vatan.., deya nola qiladi........

Sog`inib yashaylik har dam...

Prince
04-06-2005, 10:11 PM
Nasib qilsa , 30 kundan kam kun koldi , :)
Kunlar uyogda tursin soatlarigacha bilaman nechi soat qolganini , 676 soatu , 32 minut , 31 sekund.....
Peace ,

hangug
04-07-2005, 12:13 AM
Muhammad Yusufning mana shu so'zlari...:(

Onamga
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.

Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo'qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...

Sensiz g'arib ko'nglim ko'ngilmi, onam,
Endi men ham senga o'g'ilmi, onam!..:?

Bobonurod Hamdamovning"Sog'indim" deb nomlangan qushigi bor eshitsam, bir hayolda uyga borib kelaman yig'lab:(

Asadbek
04-07-2005, 03:01 AM
Dil, tasanno. Juda ajoyib va ta'sirchan yozibsiz. Yashang!
Onani sog'inish haqida so'zlashibsizlar.
Bir vaqtlar yozgan she'rim yodimga tushdi:


Uzoqdaman bu kun uyimdan,
Sog'inchlarim bo'ldi bir jahon.
Unda kutib student o'g'lin,
Yashaydi bir mo'tabar Inson.

U Onamdir, Onajonginam,
Mehri daryo volidam - Ona!
Uyim ostonasidan chiqyotganimda,
Peshonamdan o'pgan dil mehri yona.

Oyga borib omon qayt, deya,
Duyo qildi peshonam silab.
Ko'zin tikib ortimdan, uyda
Qoldi Onam menga baxt tilab.


:)

max
04-07-2005, 06:27 AM
Sog`inch - nazarimda eng go`zal, eng shirin va eng ach`chiq tuyg`u...U ham Allohdan bizga berilgan ne`mat.
Sog`inch bo`lmaganida, atrofimazdagilarni qanchalar bizga yaqin , qadrdon ekanligini, ular qalbimizning bir parchasi ekanligini bilmagan holda bu dunyodan o`tib ketaverar edik .Sog`inch bo`lmaganida, insonlar visol lazzatini his qilmas edilar....Sog`inayapsizmi , quvoning- Sizda go`zal qalb bor. Go`zal qalbli inson esa hech qachon razillikka yuz burmaidi.

-Siz juda ham bahtli halqsiz, dedi menga yaqinda Kanadzawalik bir olim. suhbatimiz O`zbekistondagi islohotlar haqida edi. U bizning tizimni maqtar ,. man harchand u bilan bahslashmai ,meni quyidagi gaplari bilan engdi:
-Men 12 yil Avstraliyada, 5 yil Usda, 7 yil Afrikada yashadim. mana yana 7yildirki Kanadzawada yashayapman , bir ozim. Oilam Tokyoda turadi. Shuncha yil musofirchilikda yursam ham, biron marta Vatanimni soginmaganman. Yaponlarni ko`pchiligi shunday. Men shuncha yurt kezib hali biron marta ham ozbekchalik yurtini sog`inib yiglagan halqni ko`rgan emasman. Siz -bahtli halqsiz, yig`lashni bilasiz.Yoshlarni qalbida shijoat va mehr bor, dedi. To`grisi ko`zimdan yosh chiqmasa ham, g`ururlanganimdan bo`g`zimga nimadir tiqildi. Shundan so`ng olimning siyosatimiz, hukumatimiz haqidagi tasavvurlarini parchalashga uringanligimdan mulohaza qildim...Garchi haqiqat bo`lsa-da.

Ozbek sog`inib yashaydi. Musofirchilikda biz nafaqat oilamizni, bolaligimiz otgan ko`chalarni , undagi darahtlarning har bahor kurtak yozishini, g`iybatchi bo`lsa ham osha qadrdon qoshnilarni, hattoki dushmanlarimizni ham sog`inib barcha hafagarchiliklar unut bo`lib ketadi..... shunaqa ajoyib halqmiz biz.. O`zga yurtda qanchalar farovon hayot kechirmailik, bari bir yuragimizning bir parchasi,- Vatan.., deya nola qiladi........

Sog`inib yashaylik har dam...

Haaaa, to'g'ri aytasiz, albatta sog'inib yashashga nima yetsin, o'zbek xalqiga yetadigan xalq yo'q :)

max
04-07-2005, 06:29 AM
Uzoqdaman bu kun uyimdan,
Sog'inchlarim bo'ldi bir jahon.
Unda kutib student o'g'lin,
Yashaydi bir mo'tabar Inson.
...
:)

Asadbek juda yaxshi yozilgan she'r ekan. Ijodingizga omad. Oddiy student (ya'ni bizlar) haqimizda bo'lgani uchunmi, bilmadim, juda ham ta'sirlanib ketdim. Rahmat.

tulkinbek
04-07-2005, 07:01 AM
ulmang
borekansizku!!1
yashang

yashang
(ha baqbaqalaringdan akang aylansin!!!-shu gapni aytgan kishining rasmi emasmi!:lol: )




Sog'inch - yuragimda in qurgan hijron,

Bu hijron domidan chiqqummi omon?
Qalbimning tubida gullar bir umid,
Men seni sog'indim, sog'indim yomon.

:)

tulkinbek
04-07-2005, 07:05 AM
asadbek sizi ijodlaringizga omad tilab yana sherlar kutib qolaman
sherlaringizni ozbekistonga yubordim oyimga

yo toshkentga borib buyuk shoir bulaman
yo bulmasam qishlogimning anhorini buyida
yalpizga suyanib ulib qolaman

degan edi muhammad yusuf


Asadbek juda yaxshi yozilgan she'r ekan. Ijodingizga omad. Oddiy student (ya'ni bizlar) haqimizda bo'lgani uchunmi, bilmadim, juda ham ta'sirlanib ketdim. Rahmat.

tulkinbek
04-07-2005, 07:11 AM
man allaqachon yiglab yubordim!!!:bawling:

Iltimos bunaqa gaplarni yozmanglar, hozir yig'lab yuboraman :bawling: .
O'zi zo'rg'a yuribman, bunaqa gaplar o'qib yurak-bag'rim ezillib ketdi.:(

tulkinbek
04-07-2005, 07:18 AM
yashang asadbek
bizga uchshagan insonlarni kunglini kutaryapsiz
germaniyaga kelib hech qachon uzbek sheriy tuplamlarini uqiy olmasam kerak deb havotirda yurgandim!!!!!!!rakhmat!!!
tulkinbek@yahoo.de


Sog'indim men seni, ko'rgim keladi.
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga.
Tong yulduzi menga savol beradi
"Ko'zlaringda yoshlar qurimas, nega?"
Sog'indim men seni, Ko'rgim keladi
Hijron azobida yonadi yurak
Yuzingni hotirlab qalb talpinadi
Ovozing tinglamoq birdan-bir tilak.
Sog'indim. Yuragim yoshlar to'kadi
Ruhim qanot yoydi uchmoqni istab.
Faqat... Jismim uni qamab qo'ygandi
Yuragim dardida qoldi qon yoglab...
Sogindim.Osmonga soginchlarimni,
Men yoysam, yulduzlar oyga eltdilar.
Oy yuziga tortib hira pardani
Jim Qoldi. Yulduzlar o'yga toldilar...
Sogindim men seni. Kelmaysan nega?
Visol had'ya qilgin mening qalbimga?!
Sogindim men seni. Juda sogindim...
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga...

Mas'ud
04-11-2005, 07:03 AM
Sog'inch...

Yuragim tubidan hayqirar nido,
Tug'yonlar qalbimga berolmay bardosh.
Baqirib so'zlasam chiqmaydi sado,
Gu'zalim, sog'indim, seni juda ham.

Ne qilay? Dilimga qilolmay amr.
Umrbod ayriliq biz uchun, nahot...
Borlig'im, vujudim ruhimsan ahir,
Sog'inchni yashirib bu'larmi, hayhot.

Sog'inib yashayman, seni har nafas.
Sog'inib, ohiri ketgum dunyodan.
Sevgimiz hotirin saqlab muqaddas,
Visoling topgummi arshi-a'lodan.

Sening noming bilan tirikman faqat,
Sog'inchim, asalim, she'rim , g'azalim.
Sen men chun tiriksan, abad-ul abad,
Qalbimning egasi-erka guzalim.

2002yil,Toshkent...

Aysuluv
04-11-2005, 07:48 AM
Sog'inch...

Yuragim tubidan hayqirar nido,
Tug'yonlar qalbimga berolmay bardosh.
Baqirib so'zlasam chiqmaydi sado,
Gu'zalim, sog'indim, seni juda ham.

Ne qilay? Dilimga qilolmay amr.
Umrbod ayriliq biz uchun, nahot...
Borlig'im, vujudim ruhimsan ahir,
Sog'inchni yashirib bu'larmi, hayhot.

Sog'inib yashayman, seni har nafas.
Sog'inib, ohiri ketgum dunyodan.
Sevgimiz hotirin saqlab muqaddas,
Visoling topgummi arshi-a'lodan.

Sening noming bilan tirikman faqat,
Sog'inchim, asalim, she'rim , g'azalim.
Sen men chun tiriksan, abad-ul abad,
Qalbimning egasi-erka guzalim.

2002yil,Toshkent...

Judayam yaqshi jozilgan...

Einstein
04-11-2005, 07:50 AM
Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda kishi.
Ko'nglim bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh,
G'urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.


Bobir Mirzo

Martingale
04-11-2005, 08:03 AM
Yod etmas emish kishini g'urbatda kishi,
Shod etmas emish ko'ngulni mehnatda kishi.
Ko'nglim bu g'ariblikda shod o'lmadi, oh,
G'urbatda sevinmas emish, albatta, kishi.


Bobir Mirzo

Gurbatda garib shodmon bulmas emish,
El anga shafiqu mehribon bulmas emish,
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulga tikandek oshiyon bulmas emish,

Hazrat Alisher Navoiy,

Ana bumasam...:P

Mas'ud
04-12-2005, 12:02 AM
Judayam yaqshi jozilgan...
RAHMAT, Hurmatli Aysuluvhon!
Omadlar tilab, hurmat ila...

Gareeb
03-11-2006, 05:11 AM
Sog'indim men seni, ko'rgim keladi.
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga.
Tong yulduzi menga savol beradi
"Ko'zlaringda yoshlar qurimas, nega?"
Sog'indim men seni, Ko'rgim keladi
Hijron azobida yonadi yurak
Yuzingni hotirlab qalb talpinadi
Ovozing tinglamoq birdan-bir tilak.
Sog'indim. Yuragim yoshlar to'kadi
Ruhim qanot yoydi uchmoqni istab.
Faqat... Jismim uni qamab qo'ygandi
Yuragim dardida qoldi qon yoglab...
Sogindim.Osmonga soginchlarimni,
Men yoysam, yulduzlar oyga eltdilar.
Oy yuziga tortib hira pardani
Jim Qoldi. Yulduzlar o'yga toldilar...
Sogindim men seni. Kelmaysan nega?
Visol had'ya qilgin mening qalbimga?!
Sogindim men seni. Juda sogindim...
Lekin aytolmayman buni h'ech kimga...
Baraka toping, zo'r chiqipti she'riz.:)

Mas'ud
03-24-2006, 01:54 AM
Yuragingning so'zlariga nechun ro'yxush etmading?
Umidlaring biulan birga olislarga ketmading?
Yiroqdagi sevging uchun xatto bir so'z bitmading?
Yo'q, sevgilim, bugun seni o'zgalarga bermayman.

Qarashimga zor bo'lgining oshkor axir bilmasdim,
Bilganimda seni buncha ovoralar qilmasdim,
Ko'zu yoshing daryo etib, yurak bag'ring tilmasdim
Sendan boshqa insonni men taqdirimda ko'rmayman.

Sirdoshimdir bugun tunlar, dardlarimni bo'lishar,
Eng oxirgi umidlarim dildan tortib olishar,
So'ng madorsiz aqlim holin ko'rib maxzun kulishar.
Seni dedim. Sendan boshqa go'zal bilan yurmayman.

Mayli chiday xijronlarga, oxir axir yaxshidir,
Balki cheksiz azoblarim baxtginamning naqshidir,
Bo'ldi endi,azob bilan bir xonada turmayman
Bas etadi. SEN MENIKI... Boshqa Hayol surmayman

svitok
04-01-2006, 02:58 AM
Hayolimi har vaqt uragan zamon,
Dilarimni tirnab oqar kuz yoshlarim.
soginchimi aytay desam,
yuragimni qonlab oqar kuz yoshlarim.
Hayot achiq hamda shirin,
lek shirini tatimas dilga.
Tunlar qolsa tanho sadosiz,
ojiz kungil yiglar dardin yutib....
Kungil tuldi bu achiq ko'ldan,
bulsa edi chora oqsa daryo bulib.
Kuz qalbiga kirib shishalar,
qon qiladi yiglatib seni.
Kechalari dogi ketmasdan,
uyqin olib azob beradi....
Azob olmay kur bulsaydi kuzim,
kurmasmidi hayot achigin.
Yigiga ham tuyolmagan kuz,
kuymasmidi bu kuz gavhari.....
Kuchalarda qolib ketgan dil,
yulin izlab oqar kuz yoshlarim.
Topolmayin yo'lin bechora,
sarson bulib oqar kuz yoshlarim...........

Mas'ud
04-04-2006, 11:45 AM
Seni kutib-kutib charchadim g'oyat,
Sog'inmasdan qo'ydim vidolingni ham.
Taqdirga tan berib mana nihoyat,
Dunyodan voz kechdim, ko'zlarimda nam...

infolife
04-20-2006, 08:31 AM
Seni kutib-kutib charchadim g'oyat,
Sog'inmasdan qo'ydim vidolingni ham.
Taqdirga tan berib mana nihoyat,
Dunyodan voz kechdim, ko'zlarimda nam...

Men esa kutarman visolni hamon
Umid qanotlarin uchmoqqa shaylar
Tirmashaman bahtim cho'qqisi tomon
Timsoling hayolim parishon aylar

Dil esa charchamas sening o'yingdan
Shirin orzularga berilar tinmay
Ko'ngil hirgoyisi sevgi kuyingdan
Bahtim baytiga bir qo'shiq bastalay

Men esa charchamay kutarman seni
Mayli tun og'ushi ruhda yo'q orom
Mayli hijron dardi qiynasin meni
Ko'zlarim yo'lingda bo'lsin nigoron

19/04/06.BF. infolife

Mas'ud
04-24-2006, 12:28 AM
Men esa kutarman visolni hamon
Umid qanotlarin uchmoqqa shaylar
Tirmashaman bahtim cho'qqisi tomon
Timsoling hayolim parishon aylar

Dil esa charchamas sening o'yingdan
Shirin orzularga berilar tinmay
Ko'ngil hirgoyisi sevgi kuyingdan
Bahtim baytiga bir qo'shiq bastalay

Men esa charchamay kutarman seni
Mayli tun og'ushi ruhda yo'q orom
Mayli hijron dardi qiynasin meni
Ko'zlarim yo'lingda bo'lsin nigoron

19/04/06.BF. infolife

Ming turli o'ylardan yurak toliqqan,
Uyqu ham bermaydi turfa hayollar.
Hayotim tekismas, izidan chiqqan,
qalbimni qiynaydi turfa hayollar.

G'avgolar bir talay...Umr o'tyapti,
Negadir judayam joni halakman.
O'ychanman...Hech nima istamas ko'nglim...
Ayting, bu holimda kimga kerakman?

Derazam tagida g'amnok bahor ham,
Uyimga kirolmay qiladi gina.
Qalbimda hukmron na shodlik, na g'am,
Yashashdan charchadim, ko'zlarimda nam.

Muhabbat tark etdi meni do'stlarim,
Dunyoda umidim, ho'sh nima qoldi?
( Balki g'alatidir ushbu so'zlarim...)
Maqsadga intilish butkul yo'qoldi.

Yo'qoldi tabiat ranglari ko'zga,
Oq-qora tasvirga burkangan olam.
Ko'nlimning torlari bilmasdan o'zga,
Chaladi beto'xtov haydalish nolam.

Alvido...O'lyapman...Ha, gaplarim rost!
Bu, balki, aytganim - eng so'ngi ohim.
Faqat bitta aybim - yuragimga mos,
Sevgini hor qildim - shudir gunohim!

hurmat ila...

Bonik
05-11-2006, 12:27 PM
Baraka toping, zo'r chiqipti she'riz.:)

Gareeb,

Afsuski Kitten bu sherni 6 yil oldin yozib qoldirib. Hozir bu joylarga kirmay qolgan...

Yakhshi qiz edi lekin!

Martingale
05-11-2006, 02:15 PM
Gareeb,

Afsuski Kitten bu sherni 6 yil oldin yozib qoldirib. Hozir bu joylarga kirmay qolgan...

Yakhshi qiz edi lekin!

da, aysuluv degan qiz ham bulardi...Utgan yili Dido ikkalasi literature boardni oborib obkelardi (yahshi manoda:) )
yo aysuluv nickini uzgatridimikan...uzi rus millatiga mansub busa ham, uzbekchani hammadan yahshi gapirardi.

Mas'ud
05-17-2006, 04:44 AM
...Dilimda tasvirlab bo'lmas bir surur,
O'zgacha zavq berar olgan nafasim.
Zuhro yulduz misol taratguvchi nur
Tabassum yuzlarga kelar havasim.

Borliq go'zalligin atrofga sochgan,
Iforlar keltirib esadi nasim.
Hayoli o'g'irlab oylarga qochgan,
Zulfing torlariga kelar havasim.

O'ylanib qolaman...Goh o'yim ro'yo,
Gohida nuqtaga tikilaman jim.
Hayotdan minnatdor, ham mehridaryo,
Qalbi butunlarga kelar havasim.

Yuragim orziqib, o'rtanar jonim,
Quvonchli kunlarim yodga solib zum...
Bu yorug' olamda hech yo'q armoni,
Baxtli insonlarga kelar havasim.

Yuzlandim necha bor ming turli ko'zga,
Zor bo'ldim bir og'iz darmonli so'zga,
Har erdan izladim, topmadim o'zga,
Sening ko'zlaringga kelar havasim...

hurmat bilan...JaruleUZB...05/14/06...*****ga...

Mas'ud
07-21-2006, 04:13 AM
...Ko'ngilni xush qilmas bahor pallasi,
Yurakka sig'maydi qushlar yallasi.
Keraksiz siz menga. Shudir hullasi..
Sizni yuragimdan sog'inib ketdim..

***

Tong saharda misoli gulning,
Gulbargiga qo'ngandek shabnam
Kiprigingda sog'inch yoshlari
Bo'lgim kelar...
Seni sog'inib ketdim juda ham...

Kanari
07-21-2006, 06:16 AM
Hurmatli Onajonlarini sog'inayotgan forumdoshlar,bu sog'inchni qanday yengyapsizlar????Men juda sog'indim...tel.gaplashsam ham soatlab yordam bermayapti.........

Mas'ud
07-21-2006, 06:42 AM
Hurmatli Onajonlarini sog'inayotgan forumdoshlar,bu sog'inchni qanday yengyapsizlar????Men juda sog'indim...tel.gaplashsam ham soatlab yordam bermayapti.........


...Assalamu alaykum...Hurmatli Kanari, har bir narsaning davosi Vaqt, deyishgan ulug'lar...Sabr qiling, bunga ko'nikasiz...sabr qiling hudo hohlasa Onajoningizning yonlariga ham kelasiz...Sog'inish hissini engish uchun nima bilandir ovora bo'lishga harakat qiling,chunki nima bilandir band bo'lsangiz ishlaringiz ham oldingga yuradi... hurmat ila...

Asadbek
12-07-2006, 02:54 AM
Barglarga bosh qo'yib uxladim,
Shamollar so'zlaring keltirdi.
Sen haqda ne xabar, so'rasam,
Sog'inchdan yonganing bildirdi...

Men seni sog'indim ko'p, erkam,
Ko'zlarim to'rt bo'ldi yo'lingga.
Mendan-da baxtliroq bo'lmasdi
Bir ko'rib, jon bersam qo'lingda...


Muallif shoirning nomi esimda yo'q edi...

infolife
12-07-2006, 05:15 AM
Seni ko'rgim keldi daf'atan
Yuragimga botganda hulyo
Seni ko'rgim keldi daf'atan
Aylanarkan dilimda duo.

Seni ko'rgim keldi daf'atan
Tomog'imga jonim tiqilib
Seni ko'rgim keldi daf'atan
Borlig'imni nimtalab, tilib...

Seni ko'rgim kelaru ammo
O'tolmayman qarshimda dunyo

Ulug'bek Hamdam

Inspiredmind
12-07-2006, 09:56 AM
koyil sizlarga, she'riyat threatini ishtirokchilari, juda ham chiroyli, o'kib 'okib to'ymaydigan she'rlar yozasizlarda, ha to'g'ri muhabbat his tuyg'isini she'rlar bilan namoyon kilish nakadar chiroyli, kiska va go'zal so'zlar bilan butun kalb so'zini sochib yoyasiz, muhabbat his tuyg'isini anglab va his kilmaganimda hayotimga nukta ko'ygan bo'lar e'dim shu zahoti, OLLOHga beadab shukr muhabbat tuyg'si kalbimning havosi, unda men bo'laman shoiru va zolim..........

Sen mening hayotim, kalbim chirog'i,
Tushlarimning ma'nosi, sening vasling, chiroying...........
................:D

Mas'ud
12-09-2006, 01:23 AM
=========================
Sog'inish ko'ngilga beradi o'tinch,
Sog'inish - dillarni bog'lovchi rishta.
Ne ajab, xis qilmay buni yasharkan,
Behishtda bearmon yurgan farishta.

erkak#1
12-09-2006, 03:24 PM
Men ham yashay baxtli bo'lib!
Men ham sog'inay umid qilib!
Baxting bo'lsa bu dunyoda,
Men ham sen bilan baxtli bo'lay!
Husan - "Baxtli bo'lay" qo'shig'idan parcha...

Luganos
12-09-2006, 09:02 PM
ONAJONIM KELMADINGIZ

Dardlarim dilim kuydirar,
Ulfatim ko`nglim to`ldirar,
G`animim kunda o`ldirar,
Onajonim kelmadingiz.

To`y bo`ldi dushmanim keldi,
Suymagan suyganim keldi,
Sog`inib yig`lagim keldi,
Onajonim kelmadingiz.

Topolmadim sizdek sirdosh,
Dunyo ekan ko`p bag`ritosh,
Diydortalab ko`zimda yosh,
Onajonim kelmadingiz.

Ruhsorlari oyim onam,
Armonlarga boyim onam,
Sog`ingandur debon bolam,
Onajonim kelmadingiz.

Sizsiz koshonalar vayron,
Yuragim sanchar beomon,
Sog`indim ko`p bugun yomon,
Onajonim kelmadingiz.

Qabringizga boshin qo`yib,
Mirzo yig`lar bag`rin o`yib,
Bir erkalay desam suyib,
Onajonim kelmadingiz.

Mas'ud
12-15-2006, 04:18 AM
************
Қàëáèì âóæóäèìãà òóòìàéäè қóëîқ,
Âóæóä ýñà êóçíèíã ìóäðîқ ïàð÷àñè.
Ñîâóқ òóí ¸ëғèçëèê õèññèäàí ñàáîқ,
Åëâèçàê ҳà¸ëëàð ÷èқèø äàð÷àñè.

¡éëàðèì þëäóçëàð қ¢éíèäà õîðғèí,
Çóëìàò äàðïàðäàñè ò¢ñãàí ê¢çèìíè.
¨ðóғëèê, қàíèñàí, ìåí áèëàí þðãèí?
Êåëìàñàíã óíóòãóì áóòêóë ¢çèìíè.

ßðқ ýòãàí íóð- é¢ëèì ¸ðèòãóâ÷è øàì,
Ðóòóáàò çóëìèäàí õàñòà þðàãèì.
Ìóҳàááàòãà òàøíà êèïðèêëàðäà íàì,
â¸êè ҳå÷ êèìãà é¢қäèð êåðàãèì...

Âàñëèíãíè êóòãàíäèì àñðëàð, éèëëàð,
Àçîáó қèéíîқëàð îäàòèé èøèì.
×èäàìó-áàðäîøäàí ñóïóðãè қ¢ëëàð,
Ñåíèíã íàôàñèíãäàí èáîðàò ҳóøèì

Қîðîíғóëèê è÷ðà ìàøúàëà á¢ëèá,
¡òëè íèãîҳëàðèíã ìèíã êóéãà ñîëäè.
Âà êåéèí òàíàì îқ íóðëàðãà ò¢ëèá,
Óìðèì ҳàì қó¸øãà àéëàíèá қîëäè...

15/12/2006...JaruleUZB

infolife
12-15-2006, 07:07 AM
Pokizalikni sog'inib...

Samolarda aylanib uchgan
Kirsiz-Kirsiz havoni quchgan
So'ngra ona zamin bag'riga
Kapalakdek ohista tushgan
qor kabi
Shu qor parchasining kechmishi kabi
O'tsa edi qismatimiz ham
deya niyat qilmoqlik uchun
Rasululloh qalbidek toza
Yurak kerak ummatiga ham

U.Hamdam

Mas'ud
12-22-2006, 05:12 AM
Қàëáèì ôàð¸äè

¨øëèãèìäàí øó ìåíãà îäàò,
Êóçàòàìàí қó¸ø ÷èқèøèí.
Ҳàð êóí òîíãäà òîғëàð îðòèäàí,
Îôòîáèìíèíã áîø ê¢òàðèøèí.

Ó қàëáèìãà ñîëèá çè¸-øóóð,
Þêñàêëàðãà ìåíè åòàêëàð.
Þðàêëàðãà áàғèøëàá ñóðóð,
Î÷àæàêäèð äèëäà ÷å÷àêëàð.

Íèìàãàäèð ê¢ï êóíäàí áåðè,
Ê¢êäà øàìñèì ÷àðàқëàìàéäè,
Þçèí ò¢ñãàí қîðà áóëóòëàð,
Îðòèäàí ó ÿðàқëàìàéäè.

Òîғëàð óñòèí қîïëàãàí áóëóò,
Ê¢ëàíêàñè ҳàìîí êåòìàéäè.
Äèëèì ғàøëàá, ê¢çëàðèì ¸øëàá,
Âèñîëèãà ҳå÷ é¢ëàòìàéäè.

Íóðñèç қîëäè қàëáèì ê¢÷àñè,
Қè¸ áîқìàñ óíãà îäàìëàð.
Êóíäóçëàð ҳàì ìèñëè êå÷àñè,
Áîñîëìàéìàí øàҳäàì қàäàìëàð.

Ýé, қàëáèìíèíã ìóäðîқ îâ÷èñè,
Áóëóòëàðíè ҳàéäàãèí ê¢êäàí!
Áèð óìðëèê øåúðèì êóé÷èñè-
Қó¸øèìíè қóòқàðãèí óíäàí!

Îðçèқàäè óíè ê¢ðìîққà,
Ñèìîáäàéèí òèïèðëàð ê¢íãèë.
Қà÷îí óíè ÿíà ê¢ðàìàí ???
Òîíãäà òóðèá, ò¢ëқèíëàíàð äèë???

JaruleUZB

Asadbek
01-03-2007, 02:29 PM
Ajdarlarni yutib kelyapman


Bugun yana esladim seni,
Suvratingga tikildim, boqdim...
Nigohingdan taralar nurdan,
Hijron o'tin yana-da yoqdim.

Sen bilmassan, sog'inch yurtida
Ajdarlarni kelyapman yutib.
Men bilaman, sening umring ham
O'tayotir bir meni kutib.

Bugun to'lib ketdi paymonam,
Qiynalma Bek hayotida sen.
Huzuringga uchib boryapman
Ulkan burgut qanotida men.

Animak Idojidan

Mas'ud
01-06-2007, 08:12 PM
Kimnidir o'ylayman. Hayollar tubsiz
Jarliklar ummonin silsilasida,
Tinmay charh uradi izlab tog'lardan,
Topolmay noumid berar aks sado.

Kimgadir yurakdan yozilib, quvnab,
Suhbat qurmoqlikni nasib etsaydi.
So'ng mayli, ruhimni ayirib tandan,
Mangu olamga-da olib ketsaydi.

Kimdandir umidvor bu qalbga nahot,
Topilmas zarracha yupanch kalomi?
O'tinch bo'lolmasmi toabad menga
Beg'ubor ko'ngillar alik-salomi?

Kimningdir yuragi balki meningdek,
Bir og'iz shirin so'z, suhbatga zordir.
Bir zum bir nuqtadan ko'z olmay, jimjit,
Meni ham o'ylagan insonlar bordir.

Men uni kutganman,hamon kutaman,
Qancha umrim bo'lsa shuncha chidagum.
Hayotim so'qmog'in dadil u'taman,
Rozini aytguncha murg'ak yuragim.

Toshkent, 2003

DIDO
01-09-2007, 09:20 PM
Kimningdir qalbida chertganman torin
Kimningdir yo’liga bo’lganman mayoq
Bir intiq ko’ngilda bo’lganim bu chin
Hayol endi ketolmas u dildan yiroq.




Qo'y, qiynama hayolim injiq
Boshlamagin tikonlar tomon.
Aylamangin borimni siniq
Orzularim bo'lmasin vayron.

dilorom
01-09-2007, 09:40 PM
voy zor threadkanu... hmm manga sherla juda yoqdi :D

Mas'ud
01-10-2007, 01:26 AM
Sog’indim jilmaygan ko’zingni,
Ko’rmagan bo’lsam-da o’zigni,
O’paman yurmagan izingni,
Sog’indim, indamay sog’indim

Sovuq qish uyimga kirolmas,
Yuragim taftiga chidolmas,
Xattoki hayolim buzolmas,
Hayolga cho’mgancha sog’indim.

Har yili o’n yoshga ulg’ayib,
Mendamas, sevgimda deb ayb,
Hamonki kutyapman mung’ayib,
Bilmagan ismingni sog’indim.

Qiyoslab goh kunga, goh gulga,
Ovozing orzulab bulbulga,
O’xshatib hurliqo suluvga,
Noayon jismingni sog’indim.

Toxtadim hayotdan nolishdan,
Alamim olaman bolishdan,
Qo’rqaman men yolg’iz qolishdan,
Yolg’izmas kunlarim sog’indim.

Nafasing sezaman yiroqdan
Tunlari porlagan chiroqdan,
Charchadim judayam firoqdan,
Firoqsiz tunlarim sog’indim.

Intiq’ib, kutaman vaslingni,
Mehrdan yaralgan qasringni
Mahshardan topaman aslingni
Shuning chun Mahsharni sog’indim...

01.10.07 JaruleUZB...