KITTEN
02-03-2000, 04:46 AM
Sevgi nesan? Inson sevsa o'limga tayyor?
Aytgin nega senga h'amma shunchalar zor?
Ishonchlari, umidlari, sog'inchlari..
Dardlari-yu, umidlari, sevinchlari
Ko'ngildagi bor tuyg'ular sig'may qoldi
Oshiq qalbi nah'ot bo'lar shunchalar tor?
Moviy osmon, nechta Majnun dardlarini senga aytgan?
Oqar suvlar, nechta Farhod ko'z yoshlarin sizda yuvgan?
Labdan tabassumi qochib, visolga umidi qolmay,
Hijronlarin ko'tarolmay, kimlar hayotdan ko'z yumgan?...
Orzularim cheksiz edi, bepoyon ummon misoli
Nih'oyasiz orzularim qayg'uga aylanmasmikin?
Armonlarga to'la qalbim, ko'z yoshlarga to'la dilim
Ko'ngilga "ho'p" degan yurak afsus chekib kuymasmikin?
Avval kutgan muhabbatim qadam qo'ydi hayotimga
Meni maftun etgan yurak meni tashlab ketmasmikin?
Gullab turgan muhabbatim, yolg'on zahri kuydirganda,
Aldanishga o'rganmagan qalbim nola qilmasmikin?
Mayli qalbim cheksin ozor, lekin ozor etkazmasin!
Eldek uchar bu hayotda umrim bekor o'tmasmikin?
Nozik qalbim yuragingiz dardlarini olmoqchi, lek,
Dardi to'la bu yurakdan g'amu-alam toshmasmikin?
Ayting meni sevasizmi, men sizni sevganim kabi,
Nogoh go'zal tug'ulariz sizni tashlab ketmasmikin?.....