PDA

View Full Version : Oshiq qalbin osuda etgil !!!


HOPE
02-03-2000, 09:57 PM
Oshiq qalbin osuda etgil!!!


Umrning beshafqat tu'foni ichra
Mashshoq tanburi misol kuylab boraman
Ishon jonim men majnun su'ziga
Dil izhorimni hadya kilaman
Janonalar ichra janonasan san
Oqilalar ichra oqilasan san
Nazokat bobida tanhosan Laylim
Ammo visolinga etishmoq uchun
Hanuz majnun qalbim dard bilan tuliq
Men faqir ,sen uchun g'aroyib oshiq
Ayriliq dastidan yig'lamoqdaman
Dalda bergin ,ey janon dilim dardiga
Jon qushi tark etmay oshiq tanasin
Azizam bunchalar vayrona aylaysan qalbim
Nahotki shunchalar beshafqat hayot
Ohlarim tinglamas hech kimsa bir zot
Va yolg'iz Allohimdir suyanchim toq'im



Salom bilan HOPE

Fozil
02-03-2000, 10:27 PM
Ehhe-ee, Central Michiganda shundai andi shoirimiz bor ekanu biz bilmai yurgan ekanmizda..
Umidjon, bundai qobiliyatlar bor ekanligini bildirmai yurgan ekansizda hah, pismiq ? :)
Ijodiy hayotingizga ulkan-ulkan zafarlar tilab, she'riyat olamidagi faoliyatingiz gullab yashnashini tilaiman.

Do'stingiz va elkadoshingiz
Fozil Ho'ja Jizzahiy.