PDA

View Full Version : -SHAHARLIK QIZGA-- (to'liq varianti)


ASAD
02-07-2000, 10:53 AM
Salom ushbu she'rni o'qiyotgan barcha yoshlar. Quyida LBga avval ham kiritgan ushbu she'rni tuliq shaklda yana kirityapman, ya'ni bir koplet qo'shildi.
Xushvaqt bo'lgaysizlar !!!

Shaharlik qizga!

Sevadi de, aytib qo'y o'sha,
Shaharchangni kattalariga.
To tirikman, bermayman seni,
Mahallangning lattalariga.

Butun el-yurt xafa bo'ladi,
Gapning rostin bugun aytmasam.
Nima qildim 5 yil Toshkentda,
Bitta Seni olib qochmasam.

Sarxush bulib sipqoramiz biz,
Sevgi deya atalgan mayni.
G'azab ila boqarlar menga,
Chaldim ular bermagan nayni.

To'y qilamiz - olamda tanho,
Mahallangda duv-duv gap bular.
Menga raqib bo'lgan yigitlar,
Hasad ichra yonib o'larlar.

Jonim, shirin to'lg'onamiz biz,
Falakda oy uxlab yotganda.
Jonim, charchab uyg'onamiz biz,
Olam uzra tonglar otganda.

Hurmat ila Asadbek