PDA

View Full Version : Agar aytsam...


A.E.G
04-01-2000, 11:56 AM
Salom hurmatli adabiyot shinavandalari!
Bir iltimos boridi, agar kimdir mumtoz qo'shiqchiligimizning ajoyib nuschalaridan biri bo'lgan "Agar oshiqligim aytsam ..." deb boshlanuvchi qo'shiqni to'liq matnini bilsa, shu yerda yozib qoldirsin. Oldindan katta rahmat --->:)

hello_world
04-01-2000, 01:32 PM
Birodar,

Ashulani eshitib, qo'ldan kelganicha hatga tushurdim. Shuning uchun ham hato va kamchiliklar yo'q emas, sababi o'zim tushunmay qolgan joylar ham uchradi. :)

Asli bu Mashrab g'azali bo'lib, bekam-ko'st nushasini g'azallar to'plamida qidirib topsangiz bo'ladi.

Ayni fursat esa kaminani qo'lidan kelgan ko'chirmaga qanoat qilmog'ingizni iltijo qilgayman.

Amma ba'd,
___________________________
<font color="green">Agar oshiqlig'im aytsam
Kuyib yonur jonu-tan.
Bu ishq sirin bayon etsam
Taqib ulponi molu tan.(?)

Kishiga ishq o'ti dilzar,
Rayi yetsa - bo'lur giryon.
Bo'lub be sabru - be'toqat
Yurak bag'ri chunon o'rtar.

Qayg' o'ti birla-yi jaanon
Sani vasfing bayon aylay.
Tilim lol-u, ko'zim giryon,
Songaklarning niholi tan (?)

Bu dard birla harob bo'ldim
Kelib holimni so'rmaysan.
G'aming boshqa, alam boshqa -
Yuragimni fig'on o'rtar.

Bu Masrab dardini, janon,
Hech kimni boshiga solma
Agar maxsharda oh ursam,
Zaminu - osmon o'rtar.

Agar oshiqligim aytsam,
Kuyib yonur jonu tan.....</font>
__________________________

Ehtirom ila,

<font color="blue">hello_world</font>

P.S. Ustozlar hatolarimni kechirgay degan umiddaman. :)

Farruh
04-01-2000, 05:05 PM
Hi

Agar gap Mashrabning O'RTAR g'azali haqida ketvotgan bulsa, hello_world yozgan
matnni esimda boricha to'g'rilashga harakat qildim. G'azal adashmasam 7 baytdan iborat,
lekin man hello_world yozganmatnni o'qib vostanovlenie qildim holos, qolgani esimda yoq.

_________________________________________________
Agar oshiqlig'im aytsam kuyib jonur johon o'rtar.
Bu ishq sirin bayon etsam taqi ul honumon o'rtar.

Kishig'a ishq o'tidan zarrae yetsa - bo'lur giryon.
Bo'lub be sabru - be'toqat yurak bag'ri chunon o'rtar.

Qayu til birla ey jaanon sani vasfing bayon aylay.
Tilim lol-u, ko'zim giryon, songaklarning nihon o'rtar.

Bu dard birla harob bo'ldim, kelib holimni so'rmaysan.
G'aming boshqa, alam boshqa - yuragimni fig'on o'rtar.

Bu Masrab dardini, janon, hech kimni boshiga solma
Agar maxsharda oh ursam, zaminu - osmon o'rtar.


All the bests
Farruh

hello_world
04-01-2000, 06:38 PM
Ana endi odam-sifat bo'lib qolipti! :)
Aytgan edim o'zi, juda qiyshiq chiqdi-ya deb :) lol

O'zbek maktabida kamroq o'qiganligim bilinar ekanda, nima bo'lsa ham :)

A.E.G
04-02-2000, 01:07 PM
Eeeeeeeeee, kattaaaaaaaa rahmat bolalar >:)
Tug'risi, men ham bu qushiqni ancha yillar avval hammasini bulmasada yod olgandim. Uqishlar bilan bulib esdan ham chiqib ketgan ekan, lekin shu g'azalni eshitsa haqiqatan ham kishi mahzuun o'ylarga toladi ...
Yana bir bor sizlarga rahmat, uqish va ishlarda esa omadlar >:)