PDA

View Full Version : My previous works from old board


BJay
04-02-2000, 07:49 AM
Quyida, mening do'stlarimga, o'zbek qizlariga va hayoliy sevgilimga atab yozgan sherlarim keltirilgan. E'tiboringiz uchun rahmat.

<center>
UZBEGIM

Uzbek qizin' biq qarashi
Zulmatni Jannat qilar
Bunday latofat egasi
Esni mushtarak qilar
Gulday chiroyli qizgina
Ikki suzim bor sanga:
Minnatdorman husningga!!!

QAYDASIZ

Qorong'u kechaning g'amgin tuyg'usi
Aylanar yulduzdek yorqin hislarga
Yorim gar buzib o'z shirin uyqusi
Dilimni shod aylab sim qoqsa menga
Ahloqu odobda misli farishta
Sirli bu sevgisi ajib bir dunyo
Izzatu ikromda misli malika
Zebo qarashlari aylar mahliyo

Vo Ajab

Vo ajab bo'ldim mahliyo
Go'zal tabassumingizga
Guldek taratuvchi ziyo
Chiroyli qomatingizga

Dona dona qadamingiz
Ohista yerga tushganda
Qalbimda bo'lar yuzingiz
Majnun bo'lurmen fikrimda

Qayga bormay qayda bo'lmay
Chehrangiz mening yo'ldoshim
O'zimga joy topa olmay
Bo'ldim bir bechora gado

Bonu

Qaro ko'zingiz nigohi yorug' bir kunda
Jimirlatadi qalbimni misli bir chaqmoq
Shirin-shirin so'zlaringiz har bir donasi
Yarashadi o'zingizga go'yoki mo'nchoq

Demang "Sizga loyiqdir qiz - mendan-da ustun!"
Zero qiyosiy ko'zlarda turar dunyomiz
Gar qarasam qalbingizga ko'zim qamashar
Nur sochuvchi pok dunyoning ko'rib yuzini

Bonu sizdan bulmagandim hafa men aslo
Hanuzgacha esimdadir ko'zingiz shahlo
Aylar sizning sherlaringiz qalbim mahliyo
Lobarlar mamlakatida sizsiz dilrabo

Corbin bilan #choyhonadagi Bahs

Sevaman! ha bu haqiqat
Hayotdan ortiq seni
Bilaman yuqdir tenging
Husn bobida seni
Garchi Corbin ko'p gapirar
Lek bilmaydi haqiqat
Zero chin muhabbat siri
Bo'lar sirli mamlakat

Corbin

Qoyil sizga dustim Corbin
Hammani qoldirdiz lol
Tan beraman sizga rostdan
Tilingiz ekan bir bol

Javob

Tugrisin gapirdiz dustim ajabo
Har bir gapiz misli oltin ajabo
Shoirlik bobida sizga teng kelish
Juda mushkul narsa ekan ajabo

O Solnyshke from #choyhona

No skaju vam drug moy miliy pravda to
Chto ustami skazano poeta yunoy ledi
Mila ona krasiva i prekrasna
Sonyshko deystvitel'no prelestna

To Bonu from Old Board
http://www.angelfire.com/de/HomePageOfBunyod/song.jpg