PDA

View Full Version : Rivoyatlar(davomi)


I.A.R
04-14-2000, 12:38 PM
Assalomu alaykum Hurmatlik adabiyot shaydolari!
Avvalambor mendan oldin rivoyatlarni yozgan odamlarga tasannolar aytmoqchiman. Bunday g'ij-g'ij ma'noga ega bo'lgan rivoyatlarni aytib o'tishning o'zi katta bir ish bo'lsa kerak.

Mavlonoga: Uzr mavlono, yozgan hikoyangizda bir forscha "kas" so'zini ko'rib qoldim, mabodo buni kimdir tushunmagan bo'lsa, bu yerda bu so'z "kim" "kimsa" ma'nosida kelgan.
"u yerda hech kas(kimsa) bo'lmasa-da ..."

Meining hozirgi aytib bermoqchi bo'lgan hikoyamdan ham odam o'ziga yarasha ibrat chiqarib olsa bo'ladi. Aytib o'tmoqchiman-ki, bu hikoya zaharhandalik bilan yozilgan, shuning uchun juda ham ko'nglingizga olmaysizlar degan niyatdaman.
-------------------------------------------------------
Aytishlariga qaraganda Hudoning qudrati bilan bir avliyo do'zahni ko'rishga muyassar bo'lgan ekan. Do'zahdagi hamma dahshatlik narsalar qatorida, yana har bir millat vakillariga bittadan doshqozon qaynar ekan. U doshqozonning ichida gunohkor bandalar azoblanar ekan. Lekin shunisi qiziq ekan-ki, bu doshqozonlarning hammasida qopqog'i bor ekan-ku, faqat bittaginasida qopqog'i yo' ekan.
Haligi avliyo g'oyatda taajjublanib so'rabdilar: "Ajabo, bu hamma qozonlarning qopqog'i bor-ku bittasida yo'q, nima uchun?"
Shunda g'oyibdan bir ovoz kelib: "Bu qozonlarning har birida bittadan millat vakillari qaynaydi, misol uchun mana bu Yahudiylar, agar qopqog'i bo'lmasa bular bir birini yelkasiga chiqib qozondan chiqib, bir biriga yordam berib juftakni rostlashadi. Boshqa qozondagilar ham hammasi bir yoqadan bosh chiqarib, bir amallab qochib ketishadi. Lekin mana bu qopqoqsiz qozonda O'zbeklar qaynaydi, ularga qopqoqning keragi ham yo'q. Agar birorta zo'ravoni bir amallab qozondan chiqaman deb harakat qilib qolsa, boshqalari oyog'idan tortib qaytib qozonga tushirishadi" der emish.
-----------------------------------------------------
Bu albatta juda ham bo'rttirilgan hikoya, besh qo'l baravar emas, lekin shunday bo'lsada mana shunaqa odamlar afsuski uchraydi. Hikoyaning bosh g'oyasi mana shunaqangi yomon illatga qarshi kurashib, odamlarda mana shu illatga nafrat uyg'otish va shu bilan birgalikda BIRLIK, BIR YOQADAN BOSH CHIQARISH ...va boshqa halqimizga hos bo'lgan odatlarni qayta kuchaytirishdir. KUCH BIRLIKDA!!!

Rahmat.

aziz
www.umid.uz/Aziz (http://www.umid.uz/Aziz)

Bratan
04-14-2000, 04:37 PM
Hech qaysi millat ideal millat bo'lmagan. Lekin boshqalar hatosidan o'rganib hayot kechirish yahshidir, albatta. Ming afsuskim, halqimizning yuziga dog' solguvchi ba`zi bir illatlardan qutulish juda qiyin kechmoqda. Birgalashib, bir yoqadan bosh chiqarib yashasak, shu hislatimizni yanada rivojlantirsak, nur ustiga alo nur bo'lardi.
Hammaga omad.

Some1
04-15-2000, 02:03 PM
Yuqoridagi rivoyatga uhshash bittasi kelib qoldi:

Hullas uchta inoq Buqacha birga utlar ekanlar. Bir buri ularni kurib shartta hujum qilipti. Uchchala buqacha barovariga buriga javob qaytariptilar. Buri hiyla ishlatib , har bir buqacha bilan alohida gaplashib, unga tegmaslikni va'da qilgan ekan. Shundan keyin buri ikki buqachani gumdon qilipti. Uchinchisi hursand bulgan ekan, endi butun maysazor uzimniki, qornim doim tuq buladi deb. Lekin och buri qaytib kelipti. Buzoq unga "Ahir biz kelishgan edikku" 2 deb yolvoripti. Shunda battol buri "Men bilan kelishgan birinchi kuningdayoq ulib bolgan eding" - deb buzoqni buyniga tashlangan ekan.

HOPE
04-18-2000, 10:09 AM
Assalomu alaykum!!!
Mana yaqinda Dilmurod boshlab bergan mavzuni ku'pchiligimiz u'zimiz bilgan ibratli rivoyatlar bilan davom ettirayabmiz.Azizbek,siz bu yerda qoldirgan rivoyat haqiqatdan ham ibratli rivoyatlardan biridir.Yevreylar haqida bildirilgan fikr ham tu'ppa tu'g'ri.Bu millat vakillari bir birlarini hattoki (qu'pol bu'lsada aytish kerak shuning uchun oldindan uzr)Restroom da qu'llab quvatlaydilar.
Men ham bundan 10-11 yillar ilgari Mirzakalon Ismoiliy qalamiga mansub bu'lgan qissadan u'qigan bir rivoyatni sizlarning e'tiboringizga havola etmoqchiman.
Qadim zamonda bir beva mushtipar ona bu'lgan ekan.Uning turmush u'rtog'idan va u bilan bu'lgan qisqa turmushidan hotira bu'lgan yakka u yagona u'gli bu'lgan ekan.Ona u'z yolg'zini yeru ku'kka ishonmas ekan.
Oradan kunlar,kunlar ketidan haftalar,haftalar ketidan oylar va haftalar ketidan yillar bir birini quvib u'tibdi.Farzand balog'at yoshiga yetibdi va falakning gardishi bilan muhabbat dardiga chalinibdi.Yigit bir gu'zal qiz ishqida yona boshlabdi.Ammo guzal yigitga e'tibor bermasmish.Shunday kunlarning birida qiz yigitga qarata shunday debdi:
"Ey oshiq yigit,sening menga nisbatan bu'lgan muhabbat dardinga davo bor .Ammo bu davoga erishish uchun sendan bir narsani talab qilaman.Agar shu ishni bajarsang men sening yoring bu'lishga va senga turmushga chiqishga roziman"
Yigit sevgilisining bu su'zlarini eshitgach hursandchilikdan nafasi bu'g'ziga tiqilibdi va qizdan su'rabdi:
" Ey gu'zal,qanday shart ekan u'sha sharting?"
Gu'zal beparvo holatda yigitga shunday debdi:
"Gar meni sevar bu'lsang va u'z yoring bu'lishim istar ekansan, onaning qalbini yorib uning yuragini menga keltir"
Bu su'zlarni eshitgach,yigit qalbida tug'ilgan quvonch ham su'nibdi.Va gu'zalga bir og'iz ham su'z demay asta uyga qaytibdi.
Shu kundan e'tiboran,yigitning rangi ru'yi somon kabi sarg'aya boshlabdi va buni ku'rgan mushtipar ona ku'ngli ham g'amga bota boshlabdi.Ahiri,ona yolg'zining azoblanishiga chiday olmay undan nima hodisa ru'y berganligini su'rabdi.
U'g'il ham bu'lgan hodisani tu'la tukisligicha onasiga bayon qilib beribdi.Shundan ona asta jilmayibdi va shunday debdi:
"Oh,u'gilginam shu hodisa uchun u'zing qiynab yuribsanmi?Agar unga mening yuragim kerak ekan,mana ku'kragim yorib yuragimni olgin va yoring visoliga erishgin."
Badbaht va ona suti kur qilgur u'gil tap tortmasdan qu'liga pichoq olibdi va u'zini dunyoga keltirgan munis onasining bag'rini yorib issiq yoragini su'girib olibdi:( va u'z yori sari chopibdi.
Yigit yori ostonasini chopib u'tarkan nimagadir qoqilib yerga yiqilib tushibdi va qu'lidagi hali ham asta sekin urib turgan mushfiq ona yuragi tilga kiribdi:
" Ohh bolajonim aa,yomon yiqilmadingmi yoki biror joying lat emadimi?"

================================================== ===================

Mana rivoyatni ham tugatdim.Bu rivoyat har birimiz uchun mehribon va hurmatli bu'lgan Onalarimizning biz farzandlar uchun qanday va nima ishlarga tayor ekanligini biz beparvo farzandlar ga hikoya qiladi.
Men bu rivoyat ni u'qigan vaqtimda,9 yoshlarda edim va undan juda ham ta'sirlangan edim.Hammamiz uchun onalarimiz mu''tabar va mushfiq insonlardir.Ushbu rivoyat "Odamiylik qissasi" asarida Farzandlik nomiga dog' tushirib u'z mushfiq onasini yerga urib behurmat qilgan va hatt u kishiga qu'l kutarish darajasiga yetib borgan hudbin kimsaga qarata su'ylangan rivoyatdir. Biz farzandlar bahtiga Alloh munis va mushfiq onalarimiz umirini uzoq qilsin va biz farzandlar bahtini ku'rishga hamda nevara chevaralar ku'rishni nasib etsin!!!
U'z qimmatli vaqtlaringni sarf qilib usbu rivoyatni u'qiganlaring uchun oldindan katta rahmat.U'qish va ishlaringda katta dan katta omad tilayman.
Salom bilan Umidjon