PDA

View Full Version : Yorim, sizni sog'indim juda!


Bratan
04-16-2000, 05:14 AM
Assalomu-alaykum, hurmatli adabiyot shinavandalari!
Ushbu she`rimning har bir satr boshidagi harflarini birga qo'shib o'qisangiz, sarlavhaning mazmuniga to'laroq tushunasiz degan umiddaman.

Yor vasliga yetolmasdan ko'ngul qiynar,
Ra`no gulin ko'rolmasdan qalb o'rtanar.
Ishq o'tida parvonadek girdob bo'lar,
Muhabbatim kuylasam gar tinglaysizmu?
Sog'inch hissi sizga tortar, go'zal yorim,
Ilhom kelsa, uyqu ketar, dilda borim.
Zebo ko'zlaringiz qo'msab, qalb dutorim
Navo chertar, yorim uni tinglaysizmu?
Ishq dardida Majnun kabi devonaman,
Sarxusht bo'lib, ishq cho'g'ida ko'p yonaman.
Orom olsam, tushlarimda to'lg'onaman,
G'arib ko'nglim sizga ochsam, tinglaysizmu?
Intizorman bir ko'rishga visolingiz,
Nozigimsiz, bunda so'rgum man holingiz.
Dilin shodlab, kuylasa gar bu yoringiz
Ishq honishin, imkon topib tinglaysizmu?
Maftun bo'lmish husningizga tanu - jonim,
Jamolingiz ko'rsam qolmas hech armonim.
Uzoqdadur sizdan mening bu makonim,
Dardim aytsam sizga, bonum, tinglaysizmu?
Armonlarga to'lgan qalbim tinchlaysizmu?

just+girl
04-16-2000, 08:30 AM
Yoqubjon, gap yoq!
Send it to your fiancee, she will be VERY happy!

V.I.P.
04-17-2000, 05:48 PM
WOW. :0
Gap yo'q Yoqubjon. Haqiqattan ham juda chiroyli chiqqan. Tasanno deyishdan bo'lak gap kerak emas menimcha bu she'rga. Yangi yangi ijodingiz namunalaridan kutib qolamiz. Hurmat Ila

vasya
04-18-2000, 07:17 AM
Only poem which touched my feelings with something nice i could have but lost.

Just brilliant!