N.D.
04-17-2000, 02:07 PM
Assalomu alaykum. "Final"larni a'lo darajada topshirib oilish hammangizga nasib etsin.
Agar bekorchi vaqtingiz bo'lsa quyidagi she'rda SO'Z O'YINLARI yashiringan. JAVOBIDA ba'zi punktuatciya belgilariga ehtiyoj bo'lishi mumkin. Tekshirib ko'ring, kim topsa finaliga "DISTINCTION"ni o'zim gaplashib berganim bo'lsin :) :)
She'r yozmoq oson ishmas,
Oliy fazilat kerak.
Ijod zahmatsiz bo'lmas
Ramzidir she'rning yurak.
Qayg'u ila kimlardir yozar.
Alamlarning tig'idan, hayhot,
Lim-lim ko'z yoshin to'kar.
Bazmidir dardning ijod.
Iliq sevgisin kimdir yod etib,
Jo'shqin kuylar yorin vaslini.
O'ylar, yaqinda visolga yetib,
Shikoyat etar chekkan dardini.:)
Unsiz yig'lar kimdir she'rida
Ro'yo bo'lgan umrin hotirlab.
A'lo misralarga solib yana kimdir,
Rivoyat so'zlar barchaga atab.
Good luck and Take care all!