PDA

View Full Version : Avtobiografiya


Frederic
04-19-2000, 09:11 AM
Bir varaq qog'ozni to'ldira olmadim
Qancha urinsam ham, chunki bori shu.
Raqamlar, sa'nalar, qisqa jumlalar
Aytib turishibdi kim ekanligim,
Chunki muhim emas boshqa hammasi,
Avtobiografiyadan urin olmasa.

Ko'chaga chiqaman narozi bolib
Uzimning avtobiografiyamdan,
Boshqa choram ham yoq, nima qilardim,
Mendan avtobiografiya talab qilganlar
Quruq AVTOBIOGRAFIYAdan iborat bo'lsa.

taram
04-19-2000, 03:06 PM
yaxshi fikr yuritilibdi ushbu she'rda. Lekin bunda 'palonchi manba'dan tarjima qilindi' degan jumlani unutib qoldirmadizmi mabodo, hurmatli Frederic?
Btw, take care!

Frederic
04-20-2000, 05:34 AM
Sizning fikringizda ham jon bor taram, umuman olganda til inson ongining mantiqiy shaklga keltirilgan ko'rinishi, mana shu ma'noda yozgan sh'erim mening "Men"imdan bir tarjima. Asosli tanqidingiz uchun raxmat!