View Full Version : Bormikin?
Jnb.FJ
04-22-2000, 07:10 PM
Ohe, manday ishq cholida darvishu hayron bormikin?
Yurtdan yiroq, sandan yiroq, dili vayron bormikin?
Har gal suratingga boqsam ko’zlarimda diyda yosh
Oshiq ahli ichra manday majnuni giryon bormikin?
Ming bir mushkul yog’ildi bu boshima har soniya
Sen ham rad etding mani ‘konglingni uz mandan’ diya
Azm ayladim horijga men sendan konlgul uzgum diya,
Hudoyo, bu ishq o’tidan qochmoqqa makon bormikin?
Necha oylar horijdamen, royi ruhsorim bo’lak
Ajnabiylar davrasida dostu oshnoyim sarak,
Lek har on yodimdasen jonu ahvolim halak
Bayon etsam sanga holim, qani, imkon bormikin?
Ohlarim osmonga aytsam, qushlar sanga eltmasmu?
Sherlarim ovoza etsam bir kun sanga etmasmu?
Kuksima tig’ ursam-chi oh, azoblarim bitmasmu?
Panjmurda bu qalbima ey, dori darmon bormikin?!
sog' bo'linglar..
KOENIG
04-23-2000, 12:42 PM
Prima! :)
Hurmatli do'stim Jnb.FJ, bu ijod mahsulingizni tezdan "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi tahririyatiga yuboring. Shubhasiz, bu she'r gazetada chiqqach o'shal bag'ritosh qizning ham qalbginasi eriiib ketsa :)
Shu yo'llarda sizga omad yor bo'lsin!
;)
KITTEN
04-27-2000, 12:43 PM
WOW!ZO'R! ZO'R! Judayam katta mahorat bilan yozibsiz:)
Omadingizni bersin deb,
Hurmat ila,
Kitten:)
Menga ham sheringiz judayam yoqdi. Bravo!!!
Menya odno udivlyayet: pochemu nashih rebyat na takiye visoti tol'ko neschastnaya lyubov' vdohnovlyayet? Obidno...
Hotelos'bi prochest' takoy je prekrasniy stih, pro takiyeje prekrasniye chuvstva, no chtobi lyubov' bila schastlivaya.
Jelayu vsem bol'shoy i prekrasnoy lyubvi s "happy end"!
Udachi!
Jnb. FJ
05-06-2000, 09:18 PM
Qulluq. Kaminaning raxis misralarina e'tibor ayyoda etibsiniz konglum xob charogon oldi. Har biringizning maktubu marjoningizdagi har bir duri boshim ustina. Do'stim KOENIG, kaminani do'st bilib, komak oyida fikri izhor aylaganingiz uchun ming bor tashakkur. Birgina "dostim" deyishingiz kamina uchun har qanday tasannodan a'lo. Do'stingizni mazammat etmagaysizki bir sirni oshkor ayalasam. Zero, do'st atamishsiniz, do'stimdan buni maknun tutmagaymen:
Nazmimda garchi gadoiman
Isqda asli Navoiman.
Muhtarama KITTEN,
Sizday nazm bo'stoni malikasining kamminaga bu qadar lutf aylab;gulzoringizdagi gullar ostida bir alaf bolishga noloyiq misralarima bo'yla baho berishingiz kaminani shodlikda mast ayladi. Menday darig uchun omad ato etishligini sormishsiniz. Buni Sizday nazm malikasidan menday bir harif bo'shina hadyayi a'lo olan - oq fotiha bilgayman. Nazif ijodingizu, baxsu saboginiza rivoj, husni bezavolingizu, aqlu bebahoyiniza panoh surab, muhlisingizdan deb bilgaysiz.
Singlim Niso,
Sizning so'zlaringizni o'qib avvali bahor lolarina qo'nan saboh shabnamlari aqlima namoyon o'ldi. Kaminanig chirkin aqlina bo'yla royo namoyon olmishki, shubhasiz siz eng guzal loladan ham a'lodursiniz. Va sizning har bir so'zingiz saboh shabnamlaridan ham musaffodurur. Kamtarona misralarima hos o'lan qalizlikni oshkor etganingiz uchun minglarcha tashakkurlara qarzdoringizman. Egam jismu jonimni salomat tutsa, albatta Siz istaganingiz yo'sinda ashor bitishga so'z bergum. Doimo husningiza lolalar oshiqu, konglingiza bulutlar oshyon olsun deb, kaminadan bilgaysiz.
Barchangiza yana ming bora qulluq.
AYSHANG Jnb.FJ!!!
KOIL!! "Bormikin" degan sheringiz meni rossayam ruhlantirib, tulkinlantirib, tamom kilib yubordi. va yakin kunlarda, hudo hohlasa hamma examenlarni topshirib olsam, "BOR,BOR, BOR deyabman-ku!!!. sen yolgiz emassan,FJ" degan sherni dunyoga kelishi ta'biy.
Some1
05-07-2000, 07:27 AM
Qani edi hammamiz Siz kabi Uzbek tilida gapirsak, Tasannolar.
Ikrom
05-08-2000, 09:49 AM
WOW! WOW! WOW!
Naqadar guzal suhbat!
Gohi-gohida shunaqa gaplar uqib tursagam juda ajoyib bularkan-e!...
Tasanno!
With all due respect,
Ikrom
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.