View Full Version : Mushoira
Jnb.FJ
04-23-2000, 03:35 PM
Sochlaring sirib ortga, qoya toshda o’lturur
Kozlarima bul parivash toza bir lola kelur.
Qomatin ishtihod etsam dod solmoq istar tanim
Bu hayratdan tursa yurak, hotimi go'zal budur.
Ikki qoshi yilon kibi, sokinu, jonim qasdin tutur
Kozlarin yummish, kipriklari chashmima nishlar bitur
Boshin hiyol ortga olmish, dudoglari shay men tomon
Go’yo “ kel, bir bo’sa ol”, masti izhorin aytur
davomini yozmoq istaganlarga ushbu misralar atalgan suratni yuboraman. manga email addressingizni bildiring.
hello_world
04-23-2000, 05:49 PM
Agar noto'g'ri tushungan bo'lsam uzr-ku, lekin ozgina kim oshdi savdoga o'hshabroq ketibdi. ;)
Shu yerga post qilingchi o'sha rasmni, bir ko'raylik, emailni berishga hojat bormikin?
Qalam tebratishni-ku aytmay turay. :D
Jnb.FJ
04-23-2000, 07:01 PM
hurmatli hello_world,
agar yozgan so'zlarimdan noto'g'ri fikr anglashilgan bo'lsa e'tiborga olmasligingizni so'rayman, zero hech qanday kim oshdi savdosi uyushtirish hayolimga ham kelmagan edi. faqat do'stona mushoira orqali bir-birimizning she'rlarimizdan zavqlansak degan fikrda edim.
bu tashabbusga birinchi javobdan turli hal anloshmovchiliklar kelib chiqishi mumkinligini guvohi bo'lgach, bu ishni boshlanishidayoq to'xtatishga ahd qildim. bu harakatlarimda biron nojoizlik tuygan bo'lsangiz uzrimni qabul qilgaysiz.
agar mushoira fikri ma'qul kelgan bo'lsa sizdan va boshqa adabiyot shinavandalaridan tashabbuslaringizni kutib qolaman.
omonlik
hello_world
04-23-2000, 07:36 PM
muhtaram Jnb.FJ!
Javobingizni o'qir ekanman, hayolimdan talay fikrlar o'tdi.
Avvalan, taklifingizni noto'g'ri tushungan bo'lsam, bunda o'zimni aybimni ko'proq deb bilaman. :) Lekin, unga uzrni boshida-yoq so'ragan ko'rinaman. :)
Yana bo'lsa, she'ryat bobida o'zimni u qadar ham mahoratga ega deb bilmagayman, shu boyis bu sohada asarlarimni ko'rmasangiz bejiz emas.
Hatto bunga zehnimni yetarli deb bilganimda ham, ularni shu yerga chop etishga jur'at etishim ehtimoli juda ham kichik, sababikim oriyatim el ichida ijodim muhokaza qilinishiga bardosh bermaydi.
Har holda, bu borada ancha yuksak ko'rsatgichlarga ega bo'lgan siz va siz kabi shoiri-shuaro(lar)ning saboqlarini o'zlashtirib, o'zim ham harakat qila boshlashimga ko'zim yetadi.
Ta'kidlab o'tmoqchimanki, bu yerda so'z O'zbek tilimizda she'r yaratish haqida ketyapti, va bu deganim boshqa tillarda she'r yozish qobiliyatiga egaman deb hisoblayman degani emas, albatta.
Yana bir fikr bildirsam ko'p ko'rmaysiz degan umiddaman, u bo'lsa ham - o'sha siz eslab o'tgan suratni shu yerda ko'rsatsangiz, o'ylaymanki, javoblar shiddatida seldan qolishmasa kerak.
Oramizda bundan buyon hech qanday tushunmovhilikka o'rin qolmadi degan umidda,:)
Salomatlik tilab,
<font color="blue">-hello_world</font>
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.