PDA

View Full Version : Webmasterlarga


New Voice
03-31-2000, 10:07 AM
Bolalar,
Voting masalasida bitta iltimosim bor. Siyosiy masalalarga doir savollar tuzihsdan oldin siyosiy sohada o'qiyatgan talabalardan maslahat so'rasangiz juda yahshi bo'lardi. Mana hozirgi Vote dagi savolda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning ismi tushirib qoldirilgan. Bu narsa ba'zi muammolarni keltirib chiqaradi.
Iloji bo'lsa hali ham kech emas ba'zi o'zgartirishlar kiritish. E'tiboringiz uchun rahmat.

Sher
03-31-2000, 05:15 PM
Salom New Voice,

Ovozga qo`yish saxifasidagi savollar faqat Umid Design Team tomonidan o`ylab topilib qoyilmaydi. Har ikki xaftada yangi savol o`rtaga qoyilishi rejalashtirilgan edi.

Bu savollarni esa barcha "Umid Dunyosi" mehmonlari takliflari orqali tuzilishi niyyat qilingan. Masalan aynan hozirgi "2005 yildagi president saylovlari" haqidagi savol ham shu "Umid Dunyosi" mehmonlaridan biri tomonidan taklif qilingan edi. (Adashmasam Odil).

Qanday savol qo`yish haqidagi taklifingiz bo`lsa marhamat qilib shu erda yozib qoldirsangiz nur ustiga a'lo nur bolur edi.

O`sha savol haqida umumiy kelishuvga erishilgandan keyin, "Umid Dunyosi" administratori - Nasim (MegaZ) - yangi ovoz berish saxifasini qoyadi.

Xurmat ila,

Sher

Sodiq
03-31-2000, 06:08 PM
Sher,

Siz New Voiceni yaxshi tushunmadingiz.
U savolga e'tiroz bildirmayapti, mening fikrimcha, balkim salvolga tuzilgan javoblar ichida hatolik va kamchiliklar borligini ko`rsatmoqda.

p.s. "yer" va "er"ning farqiga hali ham tushunmagansiz chog`i?

ominlik tilab,
Sodiq.

Sher
03-31-2000, 09:23 PM
Sodiq,

Men uning xatini savolga e'tiroz sifatida qabul qilganim yo`q. Bilmadim nega bunday xulosa chiqaribsiz.

New Voice xatidagi
...Siyosiy masalalarga doir savollar tuzihsdan oldin siyosiy sohada o'qiyatgan talabalardan maslahat so'rasangiz juda yahshi bo'lardi...

gapiga javoban savol tuzish protsessi haqida qisqacha axborot berib o`tdim xolos. Bu savol Umid Main Boardda muhokamaga qo`ilgan edi, va unda siyosat soxasidagilar ham qatnashgan adashmasam.

"yer" va "er"ning farqiga boraman albatta ;)
Bu boardlarda yozayotganimda imlo xatolariga juda katta e'tibor bermayman, balkim qaerdadir xato qilib yuborgandirman. Qaerda shunday xato qilganimni aytib o`tmabsiz.

Sher

New Voice
04-01-2000, 12:52 PM
Salom Sher,
Javobingiz uchun rahmat, lekin meni to'g'ri tushunishingizni hohlardim. Mening iltimosim javobsiz qolibdi. Maqsadim sizlarning ishingizdan noroziligimni bildirish emasdi. Aksincha, ovoz berish imkoniayti tug'ilganidan juda ham hursandman. Men sizlardan nomzodlar qatoriga Abdulaziz Komilovning ham ismini qo'shib qo'yishingizni iltimos qilgandim. Sodiq aytganidek savolga hech qanaqa e'tirozim yo'q. Faqat variantlarga sal o'zgartirish kiritsangiz ancha engillik bo'lardi.

MegaZ
04-02-2000, 02:14 PM
New Voice I am really sorry for not putting Abdulaziz Komilov before. I must have not read your message. He is there now :)

New Voice
04-02-2000, 06:27 PM
Thanks, MegaZ.

Mr. Knifeguy
04-02-2000, 07:08 PM
Men tushinmadim nima uchun New Voicening savoliga webmasterlar emas balki Sher javob bergan? agar adashmasam bu messagening topici Webmasterlarga deb nomlangan.

Sanik
04-02-2000, 07:13 PM
Mr. Knifeguy, the reason is Sher is also webmaster. Go to the link below ("Umid Design Team") and you will see Sherzod Shirmatov. :)

Hurmat ila,

Odil
04-03-2000, 03:28 AM
Hallo, do'stlar. Yes, Sher you are right. Bu savolni men o'rtaga qo'ygandim. A.Komilovning va R.Azimovning kandidaturalarini qo'ymaganman, to'g'ri. Lekin takliflardan so'ng R.Azimov qo'yildi, garchi men bunga unchalik qo'shilmasam-da.
Sabablar
1) "Umid"dan o'tgan studentlarning aksariyati "diplomatiya"dan borishgan, shuning uchun bias(predvzyatost') degan narsa bo'lmasin degan edim;
2) "Umid" fondining raisi - R.Azimov. Shuning uchun ko'pchilik bolalar shu kishiga ovoz berib yuborishiga unchalik shubha yo'q edi va shunday ham bo'ldi. Agar mabodo "Umid"ning prezidenti boshqa kishi bo'lganda, kim biladi javoblar qanaqa bo'lar edi.
3)Bu borada yana bir qancha takliflar kiritilgandi, shular ham inobatga olindi.

Bularning deyarli barchasi oldingi taklif messageida yozilgan, takliflar bilan ham o'sha yerda tanishsangiz bo'ladi.

Janob webmasterlarga esa minnatdorchiligimni bildiraman.

Salomat bo'linglar.
Odil Iskandarov.