View Full Version : Umidies UNITE
Sanatullo
12-09-1999, 11:34 AM
Assalomu aleykum azizlar,
Kuyida bir dustimiz ferghana.ru dagi makolalardan biriga link kilibdilar. Albatta bir jihatdan ferghana.ru uzicha turli hil idealarni kutarib chiksada, ikkinchi jihatdan shahsan men ushbu siteni bizning milliy o`zligimizga karshi agitasiyon site kurinishida tuzilgan deb uylayman. Men ushbu siteda kuyiladigan informasiyalarni anchadan beri kuzatib kelaman. Balkim sizlar ham huddi shunday kilgandirsizlar. Deyarli kupgina informasiyalar "Buyuk Rus" ideyalogiyasiga mos. Nahot, bizlar, UMIDchilar, millatning kuzga kuringan yoshlari shunga uhshash agitasiyalarga karshi ishlay olmasak? Umuman ushbu siteni tuzganlarga "bu Uzbekiston`ga tegishli site" degan fikrni kim berdi? Ularning bunga kanchalik hukuklari bor? Rus millatiga mansub bula turib ular nima uchun bizning mahalliy halkimiz urnida gapiradilar? (Men ushbu sitega tegishli Uzbekiston tarihi linki" hakida gapirayapman) Kolaversa, nimaga ular Uzbekiston hakida hohlagan gaplarini aytadilar. Yoki demokratiya, so`z erkinligi og`zga kelgan narsani aytishmi? Shuningdek men ushbu site Uzbekistondagi (umuman uni men Uzbekistondagi sifatida kabul kilmasamda) eng kup tashrif buyiriladigan sitelarning biri ekan. Bu, asosiy tashrif buyuruvchilar internetga chika oladigan Uzbekistonliklar ekanligini kursatadi. Sizningcha bu mistik kurinishning orkasida kim turgan ekan?
Shulardan kelib chikgan holda shunaka agitasiyon sitelarga karshi biron bir jora kurish taklifini urtaga tashlamokchiman.Nahot bizlarda ularga karshi ishlatiladigan kuch (men fizik kuchni nazarda tutmayapman) bulmasa. Yoki sizningcha "Ular it, va it itligini kilaversinmi?"
Fikrlaringizni kutib koluvchi
San`atullo
HUJ..
12-09-1999, 01:11 PM
Assolomu alaykum, San'atullo! Fikrlariringizning ayrimlariga o'z qarshiligimni bildirmoqchiman. Balkim, www.fergana.ru dagilarning siz aytgandek O'zbeklar nomidan gapirishga haqqi yo'qdir. Site egalarining qanday idealogiyaga asoslanib ish yuritayotganidan ham behabarman, lekin shuni aniq ishonch bilan ayta olamanki, bu site egalari bir tomonlama ahborot olishga o'rganib qolgan ko'plab hamyurtlarimizga yoqmaydi. Meni bu site berayotgan ahborotlarning qanday shaklda, nima maqsaddni ko'zlayotganligi, yoki kimlar tomonidan berilayotganligi qiziqtirmaydi. Meni bu site--fikrlar hilma-hilligi amalda qanday ishlashligini isbotlayotganligi qiziqtiradi. O'zbekiston haqida sitelar juda kam(men bilganlar). Site va boshqa ommaviy ahborot vositalarining O'zbekiston haqida tarqatayotgan habarlari o'rtasida kimga tegishligiga qarab farq kattaligi ayon. Ba'zilari balandparvoz gaplar bilan hayotni faqat rang-barang bo'yoqlarga bo'yab, ko'pirtirish darajasini 200% qilib, tilyog'lamachilikni me'yoridan oshirgan(tilyog'lamachilikka me'yor yo'q aslida)holda qo'llab ahborot beradilar. Ba'zilari muholifatmiz deb inson ongi hazm qila olmaydigan usullarni qo'llagan holda ahborot tarqatadilar. Nima bo'lganda ham ana shu sitelar tashrifchilari ahborotlarni SOLISHTIRISH imkoniga ega. Ahir hamma bir hil qolipda fikrlashi shart degan qonun yo'qku!!! Hulosani esa hamma aql zakovati imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda chiqaradi.
San'atullo" Nahot, bizlar, UMIDchilar, millatning kuzga kuringan yoshlari shunga uhshash agitasiyalarga karshi ishlay olmasak? "
Menimcha millatning ko'zga ko'ringan yoshlari fikrlar hilma-hilligining foydali hususiyatlaridan foydalanishni or'gansa yahshiroq.
San'atulloShulardan kelib chikgan holda shunaka agitasiyon sitelarga karshi biron bir jora kurish taklifini urtaga tashlamokchiman.Nahot bizlarda ularga karshi ishlatiladigan (men fizik kuchni nazarda tutmayapman) bulmasa.
Menimcha, umidchilarda siz nazarda tutgan choralarni ko'rishga imkoniyat bo'lmasa kerak. Siz AQSH da, boshqalar yana boshqa davlatlarda O'zbekistonning kundalik hayotida bo'layotgan voqealarning BIRINCHI KUZATUVCHISI bo'lish imkoniga ega emassiz. Boshqalar("ishonchlilar") bergan ahborotlar asosida yangi site yaratilgan taqdirda ham "bias" dan qutulishning ilojisi yo'q.
Sanatillo"Yoki sizningcha "Ular it, va it itligini kilaversinmi?""
Ular it emas, balkim millatning siyosiy ongini qo'llarida bor imkoniyatlardan foydalanib oshirishga intilayotgan yahshi niyatli odamlar. Afsuski, millatning hamma vakillari ham aynan siz ega bo'lgan SOLISHTIRISH imkoniga ega emas.
Balki, yoshlik qilib siz aytmoqchi bo'lgan fikrlarni umuman boshqacha tushungandirman. Agar ko'zlagan maqsadingizni noto'g'ri tushungan bo'lsam ogoh etarsiz.
Hurmat bilan,
Hurshida
Sanatullo,
"Umidies UNITE" degan sarlavxa bilan boshlabsiz, nima ekan deb qarab ko'rgandim, sag'al boshqachaga o'xshab ko'rindi.
www.ferghana.ru ni Ruslar tuzgan. Albatta u erdagi info ham shunga yarasha biasi bo'ladi. Bu degani ularga qarshi baykot e'lon qilish kerak degani emasku. Hurshida aytganidek, o'quvchilarni o'zi solishtirib xulosa chiqara olishadi degan umiddaman.
Agarda bu kabi g'oyalar ustun turmasin, O'zbekiston haqida bunday biased xabarlar tarqatilmasin deydigan bo'lsangiz, unda o'zbekisnonni o'zi shunday site qilishi kerakki u bu sitega qaraganda ko'proq, sifatliroq axborot berishi natijasida bu sitedan o'tib ketishi kerak.
Afsuski bu narsa bo'layotgani yo'q. Xatto oddiy Net.kz ratingida bu site O'zbekiston bo'yicha birinchi bo'lib turibdi. O'zbekiston haqida axborot beradigan boshqa site bormi bunga bas kela oladigan? YO"Q.
Men o'zim deyarli kirmayman ferghana.ru ga, lekin xabarlarini e-mail orqali olib turaman. Hammasi o'zicha talqin qilishadi, lekin ularni talqiniga qarshi chiqa oladigan boshqa axborot vositasi bo'lmagandan keyin ular birinchi bo'lib qolaveradi.
Yana bir narsaga e'tibor bering. Ular deyarli hamma axborotni boshqa gazeta va jurnallardan olishadi. Ular ham ROSSIYAniki. Nimaga ROSSIYA ommaviy axborot vositalari O'zbekiston OAVdan kora ko'proq xabar etkazishadi O'zbekiston haqida?
Ularni yomonlash oson, lekin asosiy kamchilik ularda emas. Asosiy kamchilik aynan bizning OAV ning juda yomon ishlashidadir, uning ustiga Internetga O'zbekistonda juda kam e'tibor berilishidadir. Ko'pchilik internetga xaliyam xadiksirab qaraydi O'zbekistonda, xuddi bu narsa miyyani zaxarlaydigandek.
Sher
DREAM
12-09-1999, 01:35 PM
Sanatillo yozgan messagega yozilgan replyga (muallif Huj...) reply.
Siz aytgan gaplarning ham, Sanatillo aytgan gaplarning ham ba'zilariga umuman qushilmayman.
Masalan, siz shunday yozgansiz"Site egalarining qanday idealogiyaga asoslanib ish
yuritayotganidan ham behabarman, lekin shuni aniq ishonch bilan ayta olamanki, bu site
egalari bir tomonlama ahborot olishga o'rganib qolgan ko'plab hamyurtlarimizga
yoqmaydi. Meni bu site berayotgan ahborotlarning qanday shaklda, nima maqsaddni
ko'zlayotganligi, yoki kimlar tomonidan berilayotganligi qiziqtirmaydi." Bu gapingizga mutlaqo qushilmayman. Chunki, masalan, nima uchun CNN, BBC kabi ahborot agentliklariga kuplar ishonadi (trust), chunki ular har hil bema'ni habarlar bermaydi, balki iloji boricha obyektiv aborot berishga harakat qiladi. Aksincha, bu site ham bir tomonlama ahborot beryapti, ya'ni President Karimov siyosatini yerga urib, Uzbekistonda ahvol chidab bulmaydigan darajada yomon demoqchi. Bir uylab kuring, agar Uzbekistonda hozir demokratiya urnatilsa, bu nimaga olib kelishini uylang. Huddi Tojikiston kabi fuqarolar urushi boshlanib ketishi hech gap emas.
Shuning uchun man shahsan uzim, Prezident Karimov olib boryatgan siyosatga 200% qushilaman.
Sanatullo
12-09-1999, 02:08 PM
Azizlar,
Bildirgan fikrlaringiz uchun tashakkur. Men holatni bir tomoni hakida gapirar ekanman,oldindan kutganimday, ikkinchi tomonini juda chiroyli kilib kursatib berdilaring. Ayniksa Hurshidaning fikrlar hilma hilligi va Sherning bizlardagi ahborot agentligimizning ochik kurinishda harakat kila olmasligi tug`risidagi ideyalari menimcha mavzuga oydinlik kiritdi.
Lekin ushbu site egalarining kanchalik ezgu niyatga egaliklari hammamizga hozircha korong`irok. Ammo hozirchalik uzimizning madaniyatimizga kura ushbu narsaga yahshi niyat bilan karaylikchi.
(uzim ham sezib turibman, oldingi hatim bilan hozirgisini solishtirar ekansiz, balkim siz hozir meni ikkiyuzlamachiga yoki "bilsa hazil bilmasa chin" kurinishda yozgan odamga uhshatayotgandirsiz, lekin har narsa ohirgi natija orkali ulchanadi, menimcha)
Albatta Sher aytganlariday avvalambor hatoni uzimizda izlash juda yahshi fazilat.
Bu ohirgi ikki fikr kachongacha davom etarkin? (Tashkaridagilarning ezgu niyatda ekanliklari yoki yomon niyatda ekanliklari va Sher aytgan fikrlar)
Lekin bir narsa anik, u ham bulsa bir narsani juda ham kattik kritika kilish va shuningdek uni uta maktab yuborish borib borib tomonlar orasida uta ishonchsizlikka va obruylarni tukishga olib boradi.
Shuningdek, etibor bergan bulsangiz hoh AKShda hoh Rossiyada bulsin kupincha kritika kilish mahalliy darajada olib boriladi, halkaro darajada chikganda hatto juda ham demokratik kuringan odam o`z mamlakati himoyasida ish olib boradi. Kizik nima uchun?
Fikrlaringni kutib koluvchi
San`atullo
Sanatullo
12-09-1999, 02:20 PM
Orzubek,
Men javob yozayotganimda sizning messajingizni hali ukimagan edim. Shuning uchun sizning BBC va CNN hakida bildirgan fikringiz va keyinchalik hozirgi tuzum hakida bildirgan fikringiz bir biriga kanchalik karama karshi ekanligini uylab kuring iltimos. Shuningdek Media kanchalik obyektiv yoki obyektiv bulmasin u kupincha uz egalari yoki kichik guruh kizikishida ishlaydi.
Uzi, Orzu seni nimaga sizlab kettim. :)
Hurmat ila
San`atullo
P.S.Umuman, buni shahmat partiyasi desak, uning ohiri "UMIDies Unite" bilan tugashi kerak menimcha.;)
Salom,
Shu DREAMbek, xatingizdagi xulosani aniqlashtirib bermasangiz, yaxshi tushuna olmadim.
O'zbekistonda demokratiya qurilsa fuqarolar urushi bo'ladi deyapsiz. Shu bilan demokratiya qurilmasin demoqchimisiz?
Keyin President siyosatiga 200% qo'shilaman debsiz. Ya'ni aytmoqchisizku President hozir demokratiya qurilishiga qarshi siyosat olib borayapti, shundaymi?
Bu juda qiziq ish bo'ldiyu. Bir tomondan O'zbekistonda har kuni demokratiya quramiz deb gapirib yotisihibdiyu, umidchi bo'la turib demokratiya qurmaymiz, presidentimiz shunaqa siyosat qilayaptilar deyapsiz.
Menga bir eslatib o'tingchi QACHON presidentimiz demokratiyaga qarshi siyosat olib boramiz degan? Menimcha u kishi bunday gapirmagan. Shunday ekan xatingizdagi ma'no o'zaro kelishmayapti.
Bir o'ylab ko'ringchi. Meni gaplarimni qattiq olmaysiz degan umiddaman (Men taniymanmi sizni?)
Sher
DREAM
12-09-1999, 05:36 PM
Sherzod aka, siz meni notugri tushungan ekansiz!
Man "Uzbekistonda hozir demokratiya urnatilsa, bu nimaga olib kelishini uylang. Huddi
Tojikiston kabi fuqarolar urushi boshlanib ketishi hech gap emas. " deb yozishimdan maqsad shu ediki, Uzbekiston mustaqillikka erishgan keyin, yoki hozirgi vaqtgacha bulgan davr mobaynida Rossiya yoki Tojikiston kabi birdaniga "shok terapiyasi" yuli bilan demokratiya urnatsa, shunaqa undesirable oqibatlarga olib kelishi mumkin demoqchi edim. Yani, bizning odamlarimiz ongi hali Amerika yoki boshqa davlatdagi demokratiyaga tula tayyor emas. Oddiy misol tariqasida DIN erkinligi masalasini olaylik. Mustaqilikka erishgandan beri, qanchadan qancha masjidlar qurildi, kuplari qayta ochildi, hamma joyda bemalol diniy kitoblar sotishga ruhsat berildi. bu qanaqa natijaga olib keldi? Bazi bir odamlar Islom davlati quramiz deb chiqishdi, chet davlatlardan kelib agitatsiya qilishni boshlashdi, va din haqida habari bulmagan, yoki juda kam habari bulgan yoshlar ularning gaplariga ishonib ularga qushilishdi.
Shunga asoslanib aga hozir Uzbekistonda birdaniga hamma narsani ochib tashlashsa, Rossiyaga uxshab "bardak", yoki Tojikistonga uxshab mojarolarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, Prezident Karimov tomonidan olib borilyatgan bosqichma-bosqich islohotlar yaxshiroq natija beradi deb ishonaman.
hazrat
12-10-1999, 11:53 AM
Sunnatullo, gaplaringizda jon bor ferghana.ru ning ba'zi maqolalari, umuman site ning mazmuni, Farghonada oldin hayot qanchalik yahshi bulganini kursanmoqchiga ham uhshab ketadi deb,ammo u daryo oqib utgan, u tollar kesilib ketgan va bu site dan ongli ravishda ahborot yoki shunkaki Uzbekistonni kurish uchun foydalansa buladi.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.