PDA

View Full Version : UKdagi bakalavrlar diqqatiga!!!


Bratan
05-20-2000, 12:54 PM
Hurmatli do'stlar,
Avvalambor, barchangizga yakuniy imtihonlarda omad tilab, eson-omon o'z yurtimizga qaytib borishingizni tilagan holda ushbu hatni boshlasam.

Barchangizga ma`lumki, Umid jamg'armasi UK dagi bakalavrlarni 3 yil davomida o'z homiyligida o'qitadi va bakalavr darajasini olgach, bizlar O'zbekistonda davlat uchun kamida 5 yil ishlab berishimiz kerak. Qolaversa, UK da magistrlik uchun bir yil ketadi. Shu jihatdan kelib chiqib, Umid jamg'armasiga bir taklif bilan chiqsak. Men o'sha taklifni undan keladigan foydalari bilan birgalikda quyida keltiryapman. Tushunaman, barchamizda o'qishlar juda avjiga chiqqan payt hozir, lekin bir necha minut ajratib ushbu taklif bo'yicha o'z fikrlaringizni bildirsalaringiz, Umid jamg'armasiga bu taklifni ushbu yozda bildirishdan avval sizlarning ham fikr-mulohazalaringizni inobatga olingan bo'linardi.

Taklif Umid jamg'armasi UKda hozirda o'qiyotgan bakalavrlarni magistrlikni ham o'qishlariga imkoniyat bersa va evaziga umidchilar 5 yil emas, 10 yil (ya`ni ham bakalavr bo'lgandan keyingi 5 yil + ham magistrlikdan keyingi 5 yil= 10 yil) ishlab berishadi.

Bu albatta ihtiyoriy masala. Hamma umidchi bakalavrlarga majburiy emas, hohlaganlar uchungina amal qiladi (Albatta agar muvaffaqqiyatli bo'lsa).

Bu taklifdan Umid jamg'armasi uchun keladigan foydalar

1. Iqtisodiy foyda 3 yil o'qitib, 5 yil ishlatgandan ko'ra, 4 yil o'qitib 10 yil ishlatgan davlatning ketkizgan puli uchun yahshiroq foyda bo'lar edi. Ya`ni, 5/3=1.6 yil yoki 10/4=2.5 yil. Ko'rib turibsizki, davlat har bir yilga ketkizgan puli uchun 10 yil ishlatganda yahshiroq foyda olyapti. Umidchi har bir yil o'qigani hisobiga 1.6 yil emas, balki 2.5 yil ishlab beryapti.

2. Bakalavrdan ko'ra magistr davlat uchun ko'proq foyda keltirishi turgan gap. Ham ichki sohada, ham tashqi sohada davlat o'z kadrini, ya`ni umidchi magistrni ishlatishi mumkin. Qolaversa, bakalavr darajasidagi umidchini davlat tashqi sohada ishlatishi juda qiyin masala. Ko'ryapsizki, bu sohada ham Umid jamg'armasiga, aniqrog'i davlatga foyda bo'lyapti.

3. Keyingi foyda shundan iboratki, umidchi 5 yil ishlagandan ko'ra, 10 yil ishlaganda davlat sektorida qolishiga ko'proq ishonch bo'ladi. Ko'pchilikni mo'ljallab turgan rejasi, menimcha, 5 yil ishlab bergach, hususiy sektorga o'tib ketish. Agar bu fikrim noto'g'ri bo'lsa, iltimos, isbotlab bering. Shuning uchun ham davlat uchun, agar umidchini o'z sohasida olib qolish istagi bo'lsa (bunga shubham yo'q), 5 yil emas, 10 yil ishlatgani ma`qulroq, chunki umidchi 5 yil ishlash davomida uncha ishga ko'nika olmaydi, o'zini hali yahshi tiklab olmagan bo'ladi va yuqori lavozimlarga ko'tarilish istagi kuchli bo'lgani, lekin bu qiyin masala ekanligi sababli 5 yildan keyin davlat sektoridan chiqib ketgisi kelishi mumkin. Agar 10 yil ishlab berishi kerak bo'lsa, bu vaqt davomida ishga ancha o'rganib qoladi, sal-pal bo'lsa-da o'zini tiklab olgan bo'ladi, qolaversa 10 yildan keyin boshqa ishga o'tish istagi kamroq bo'ladi. (Yangi ishga o'rganish va hokazo sabablarga ko'ra). Ko'rinib turibdiki, bu sohada ham davlat umidchini 10 yil ishlatish orqali foyda olyapti.

4. Savol tug'ilishi mumkin davlat bakalavrlarning ortiqcha bir yili uchun, ya`ni magistrligi uchun qayerdan pul oladi? O'zingizga o'tgan tajribadan ma`lumki, tanlov e`lon qilingach, odatda magistrlar uchun ajratilgan o'rinlar to'lmay, o'rniga bakalavrlardan ko'proq olib ketiladi. Agar ushbu taklif qabul qilinadigan bo'lsa, odatgagi bakalavrlarga yana boshqa bakalavrlarni qo'shib, bakalavrlar sonini ko'paytirgandan ko'ra (chunki magistrlarni o'qitish davlatga foydaliroq), hozirda UKda o'qiyotgan bakalavrlarni bira to'la magistr bo'lishiga iimkoniyat berilsa, davlat uchun shunda ham foyda bo'ladi. Men kelgusida keladigan bakalavarlar sonini umuman qisqartirish kerak deyotganim yo'q, bu davlatga bog'liq masala. Lekin mening taklifim, bo'shab qolgan grantlarni tanlovda e`lon qilingan joylardan tashqari yanada ko'proq bakalavr olib kelgandan ko'ra, o'sha pulni bakalavrlik darajasini tugatay deb turgan umidchilarga magistrlik taklifi uchun ajratilsa ham davlatga, ham umidchiga foydali bo'lar edi. Ya`ni son emas, sifatga ajratilgan bo'linardi o'sha pullar.

5. Masalaning yuridik tomoni haqida agar har ikkala tomon bu taklifga rozi bo'lsalar, ular o'rtalarida yangi kontrakt tuzilishi mumkin, adashmasam, bu haqida kontraktda shunday deyiladi "agar kontraktining bajarilishi haqida savol tug'iladigan bo'lsa, tomonlar avval o'zaro yechishga harakat qilishadi, bo'lmasam sud orqali hal qilinadi ". Gap ayni ko'ntraktning bajarilishi haqida ketayotgan ekan, har ikkala taraf bunga rozi bo'lishsa, unga o'zgartirish kiritish yoki yangi kontrakt tuzish mumkin.

6. Ohirgi va asosiy masala,agar bu taklif amalga oshsa, unga qo'shilish, ya`ni magistr bo'lish bo'lmaslik umidchining o'z ihtiyoriga bog'liq. Hohlasa, 3 yil bakalavrlikka o'qib, 5 yil ishlab bersin, hohlasa, 4 yil o'qib, ham bakalavr, ham magistr bo'lib, 10 yil ishlab bersin.

Iltimos, ushbu taklif bo'yicha o'z fikrlaringizni bildirsalaring. E`tiboringiz uchun katta rahmat.

Hurmat bilan,
Bratan.

Sher
05-20-2000, 01:28 PM
Bratan,

haddan tashqari yaxshi taklif qilib yuboribsizku UMIDga ;)
Xatto 7 yil desangiz ham UMID rozi bo`lishi kerak{(5/3)*4=6.7}, agar 10yil desangiz hech kim yo`q deya olmasa kerak ;)

Lekin shunga rozi bo`ladigan Bakalavrlar ko`pmi? juda borsa, 8 yil qilinglar shunda ikkala tomonga "fair" bo`ladi ;) (assuming annual costs are the same in both bachelor and master levels)

Shundoq ham bunday contractga faqat public sectorda qolishni niyyat qilganlar boradi, shunday ekan contract yilini unchalik katta ahamiyati yo`q. Lekin baribir, har extimolga qarshi, "majburiy" narsani kamaytirgan yaxshi ;)
(bu faqat UKdagilarga bir maslahat xolos)

Ishlaringizga muvaffaqiyatlar,

Sher

saladin
05-20-2000, 01:33 PM
Bratan juda yaxshi fikrni urtaga tashlabsiz mani uzim ham anchadan beri shunday bir fikr ustida bosh qotirib yurgan edim.Man tula qushilaman fikringizga va umid qilamanki boshqa dustlar ham uz roziliklarini bildirishadi zero aytishadiku savob qilsang butun qil deb aytmoqchimanki uqisak ohirigacha uqiylik.Yana ham uzingiz aytib utgandek bu ihtiyoriy hech kimni majburlash yuq,istaganlar bulsa fikrlarini bildirishsin lekin juda yaxshi bir ish bulardi agarda shu fikrni amalga oshira olsak.

Bratan
05-20-2000, 06:12 PM
Sherga!

Ishlash muddatini 10 yil deganimizning sababi bor. Agar siz aytgan hisob kitob bo'yicha yani taxminan 7 yil atrofida aytganimizda edi, Umid bizga javoban, undan kura boshqa bitta magistrni junatganimiz bizga maqulroq deyishi mumkin, chunki o'sha bir yillik rashodni boshqa magistrga ishlatishsa, u qaytib kelgach 5 yil ishlab beradi, siz aytgan hisob buyicha esa bakalavr ortiqcha ikki yil ishlayapti holos. Hamma gap shunda. Umid o'zbekistonda bakalavrlikni tugatganlarni magistrlikka jo'natishni afzalroq ko'radi. Buning oldini olish maqsadida ham bakalavrlik, ham magistrlik uchun o'qiganimizni birgalikda hisoblab 10 yil deb taklif qilingan edi. Boshqalarning ham bu haqidagi fikrlarini kutib qolamiz.

Hurmat bilan,
Bratan.

Afandi
05-21-2000, 04:32 AM
Bratan,
Good.....
Sher - Bunga rozi bo'ladigan umidchilar ko'pmikan debsiz? Mani taklifim, UMID POLL'da shuni aniqlashtirish, yani savol qo'yilsa va umidchilar o'z fikrlarini bildirishsa, manimcha yahshi b'ladi. Chunki hali ko'pchilik UK'dagi studentla shetta, uyga ketishmagan.
Yoqubjon, hammasini yahshi qibsizku, faqat bu taklif bilan kimga murojat qilinishi kerakligini bildirib o'tmabsiz.
regards
Afandi

Just+James
05-21-2000, 07:15 AM
Bratan juda zu'r u'ylabsizlar, men baqalavr bu'lmasamda u'z fikrimni bildirib qu'ygim keldi.

Agar shu narsani amalga oshira olsak nur ustiga a'lo nur bu'lar edi. Chunki Sher aytib u'tgandek asosan bu fikr publik setorda qolmoqchi bu'lyatganlarni qiziqtiradi, shunday odamlar topilsa baqalavrlarimiz ichida unda u'ylaymanki, hech ikilanmasdan invest qilish kerak bu studentlarga. Chunki bunday studentlar hamma iqtisodiy va siyosiy qriteriylarni qoniqtirishadi.

Omad bu boshlamoqchi bu'lgan ishilarda.

Sanjar
05-21-2000, 08:35 AM
Ya za!

SJ.
University of Teesside, Middlesbro, UK.

krutoy
05-21-2000, 10:46 AM
Ya toje za

Tris
05-21-2000, 12:21 PM
Hi mates, it's really a very good idea, the one I myself have been thinking about for a long time, though a little bit tricky, for both sides concerned, it still leaves me no other choice but to be PRO, provided of course, terms and conditions of deal (contract) will not alter greatly magistre for (no more than) extra 5 years of work, don't know what the UMID's 'rational' choice is gonna be, cheers.

vasya
05-22-2000, 05:31 AM
Man shahsan Bratanni fikrini maqullayman, lekin shu urinda magistr umidchilarga bitta savolim bor. UKda magistrasturani uqishni foydasi bormi??? Aytmoqchimanki bakalavrlarga? Sababi UKda kamdan-kam ingliz studentlar bakalavr diplomidan keyin magistrlikka uqiydi. Magistratura studentlarining kupchiligi chet elliklar(shahsan bizni uni.da shunaqa). Kelajakda Uzbekistonda qaysi soha buyicha ishlashni aniq qilmasdan turib magistraturani uqish tugri bulmasa kerak(bakalavrlar uchun).

rahmat.

Just James
05-22-2000, 06:28 AM
Vasya, agar u'z yu'nalishini aniqlab olgan baqalavr hakida gap ketayotgan bu'lsa, aytmoqchimanki u'z kelajagini nima u'qishini va qaerda ishlashini u'zi uchun tahminlab olgan bu'lsa, bunday studentlarga Master qilish juda ham foydali va ahamiyatti katta deb u'ylayman.

Haqiqatdan ham UK studentlari kam Master programmlarda, buni sabablari bor. Lekin bu narsa menimcha qriteriy emas, Master foydalimi yoqmi degan savolda.

Assasin
05-22-2000, 05:57 PM
Xomhayol
Ko'ngillari yana nimalarni istaydi.

Bratan
05-22-2000, 06:17 PM
Vasyaga!

UKdagi bakalavrlarga magistrlik kerakmi uzi debsiz? Kerak. O'zi uchun qanday fanlarni olib o'qish, kelajakda qaysiz sohada ishlash va olgan bilimlarini qo'llashni aniqlab olgan umidchi bakalavrga bu juda ham kerak. Bu buyicha men Just James ni gapiga qo'shilaman. Kelajakda qaysi sohada ishlashni bilmasdan turib debsiz. Umid sizni qaysi soha bo'yicha jo'natgan bo'lsa shu sohada ishlashingiz haqiqatga yaqinroq. Shunday ekan, "hali menga qanday bilim kerakligini bilmasdan", "qaysi sohada ishlashimni bilmay turib" degan gaplarni yig'shitiraylik. Bu Vasya emas bazi boshqalarga ham tegishli. Umid jamg'armasi sizni oldingizga konkret talab qo'ygan, buni guvohnomangizda ham yozib qo'ygan qanday sohada kadr bo'lishingiz kerakligini. UK ga kelishdan avval agar o'z sohangizga yaqin bo'lmagan degree course tanlagan bo'lsangiz, bu albatta qiyin masala. Lekin o'z sohasi bo'yicha to'g'ri ketayotgan bakalavrlar uchun yuqorida bildirilgan taklif juda o'rinli va niyat qilamizki, Umid jamg'amasi ham buni qo'llab quvvatlaydi.
Bakalavrlarlikni tugatib, magistrlikni ham tanlagan sohangizda davom ettirasiz. O'sha soha bo'yicha magistlik unvonini taklif etadigan universitetlarni topish sizning vazifangiz. Umid ham, agar bu taklif amalga oshsa, kerakli universitet topishni sizga yuklaydi.

Shu o'rinda, bazi bir do'stlarimiga, aniqrog'i "hali kelajakda menga qanday bilim kerak bo'lishini bilmayman" deb o'ylaydiganlarga shunday degan bo'lardim "Bu savolni o'zingizdan boshqacharoq so'rang, ya`ni kelajakda hozir olayotgan bilimlarimni qanday qo'llashim mumkin? Kelajakda tanlagan sohamga tegishli fanlarni olib o'qiyapmanmi yoki degreeni noto'g'ri tanladimmi?"

Hech kimni kamsitish yoki ranjitish niyatim yo'q. Bunday fikrdan umuman yiroqdaman.
Barchaga omadlar tilab,
Bratan.

Bullshit
05-23-2000, 10:38 AM
Voy-Voy qancha Bullshitti yozibslar-a.
Baribir, UMID yoq deydi.

On zhe
05-23-2000, 10:41 AM
Finance majordagi o'qivotganlar bormi.
Present/Future/Discount value degan narsalarni eshiganmislar.

Assasin
05-23-2000, 11:07 AM
Bratan,
Umuman, UMID jamg'armasi sizlarning takliflaringga rozilik berishiga ishonmayman. Bakalavr darajasi olgan bilimlaringni ishda amaliyotda qo'llashga etarli. => Nima uchun kamdan-kam inglizlar magistrlikda o'qiydi?

3 yil o'qitib 5 yil ishlatgandan ko'ra 4 yil o'qitib 10 ishlatgan foydaliroq emas, balki ko'proq O'zbekistondan studentlar junatib yangi etuk kadrlar tayyorlash foydaliroq deb o'ylayman.

Ertaga magistrlikni tugatgandan keyin PhDda ham o'qisak qanaqa bo'larkin deb chiquvchilar ham topilib qolar.

Vasyaga yozgan xatingizga javoban shuni aytmoqchimanki, hamma UMID buyicha o'qib kelib ishlayotganlar o'z (konkret)soxalari buyicha ishlayotganlari yo'q.

and finally, wish all you guys good luck in your finals.

Samarqand
05-23-2000, 11:46 AM
Umuman ohirgi paytlarda Biz Umidchilar keraksiz narsalarni ko'p yozadigan bo'lib qoldik. Diskussiya mahoratimiz oshgan sari, ko'pgina pashshaday narsalarni FILday qilib ko'rsatishga usta bo'ldik.
Tabriklar,
:)

stranger
05-23-2000, 11:58 AM
To All

The eprson under "Bullshit" nickname is absolutely right.

Let alone the assent of Umid, but you are risking being kicked out of the scholarship programme....

Don't you know how much tension there is in Umid...,

Gosh, realx guys, just thank God that you are not experiencing any problems with it...

take care

City
05-23-2000, 01:59 PM
hehe...

Menimcha bu fikr ustida ancha ishlash zarur, hali sal homroqqa ohshaydi. Bu yildan boshlab UMID jamgarmasi bakalavrlar ga Yangi SHART qoyishdi Bakalavrlar 3 yil orniga 2 yil ichida bitirishlari lozim, yani bu erga darrov 2 chi yilga keilshlari kerak. Bir narsa hammaga ayonki HUQUQ va TURISM sohasida kelgan bakalavrlar juda qattiq qiyinchilikka bardosh berishiga togri keladi, ahir UZB oliy oquv yurtlarida Turizmda boshqa bolgan Mutahasisliklarda Turiz oqitilmaydi va HUQUQ jihatdan 2 yildan boshlash menimcha sal qiyinroq boladi, bu narsa UK dagi talabalarga oz tajribasidan juda yahshi malum. Shuning uchun bu masalani menimcha hali ishlov berish lozim. Togrisini aytganda menimcha kopchilik bundan bosh tortadi, chunki bu jiddiy masala, 5 yil emas 10 yil ishlab berish menimcha katta O'YIN shuning uchun avval oylab korib chiqish kerak, Hom hayolga. Menimcha bu ishni amalga oshirib boolmaydi, (Bakalavrlarni ozlari Rad javob berishadi)

Hurmat va ehtirom ila...