PDA

View Full Version : Rossiyadagi futbolchilarimiz


Uzb_futboli
02-20-2000, 06:57 PM
"Uzbekiston futboli" gazetasining yozishicha, o'tgan yili Rossiyada omadi chopmagan bir guruh futbolchilarimiz yana bir bor o'zlarini sinab ko'rishga qaror qilishibdi.

Bu mavsum P. Bugalo "Alaniya"ga, N. Shirshov va A. Akopyants "Rostselmash"ga, Hvostunov "Krilya Sovetov"da o'z omadini sinab ko'rmoqchi.

Hozircha "Alaniya" Kiprda, "Rostselmash" Turkiyada, "Krilya Sovetov" Isroilda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'ryapti.

Bilmadim, bizani futbolchilar uchun Rossiya nimaga bunchalik orzu bo'lib tuyularkin....

Imkon topdim deguncha Rossiyaga surishning payidan bo'lishadi hammasi.

Bunga sabab katta oylikmi, yahshi sharoiytmi (futbol o'ynash uchun)...

Etgandek, Mirjalol "Alaniya" bilan chiqisha olmay qolibdi shekilli, hozir "Krilya Sovetov" tarkibida Isroilda yurganmish...

Baggio
02-20-2000, 11:32 PM
Uzb_futboliga Ha endi og`aini:), faqat O`zbekistonda o`ynasayam bo`midide, boshqa joydayam o`ynab kelishi kerey. Nimaga endi o`yinchilarimiz omadsiz bo`larkan ahir Nikolay Shirshov ham, Andrey Akopyants ham futbolimizning end yahshi o`yinchilari deb tan olinibtiku?:)
O`yinchilarimiz aynan Rossiyaga ketishlari sabablari manimcha quydagilar
1. Oylik va sharoit ( :) eng asosiy sabablardan biri)
2. Rossiyada o`zbek futbolchalariga doyimo talab katta bo`lgan (Bunga yorqin isbot bo`lib - Mirjalol Qosimov , Maksim Shatskih ("Dinamo"ga borishidan oldin, Valeriy Kechinov, Azamat Abduraimov ("Spartak"da o`ynagan damlari) va qator yetakchi futbolchilarimiz).
3. Nimaga endi "Spartak" Moskvaga emas balki o`rtacha jamoalarga ketishmoqda? Bunga sabab ularning bunaqa jamoalarda asosiy tarkibda joy topib olishi oson.
Umuman olganda, Rossiyaning chempionati biznikidan kuchliroq,buni tan olish kerey.Shuni inobatga olib futbolchilarimizning Rossiyaga ketishi faqat yahshilikka olib boradi.Tag`in kim biladi, bugun Rossiya, ertaga Italiyadir:).
Yana bir narsa, kuchli o`yinchilarimizning ketishi , bir tarafdan yosh iste`dodli o`yinchilarimizga o`zimizning jamoalarimizda ham yol ochib beradi. Bu kuchli va yosh futbolchilarimizning orasida raqobatga olib keladi.:) Natijada milliy futbolimiz yutadi.
Ha etgancha, Qosimov haqida. Bilishimcha, "Alaniya"ning bosh murrabiyi Valeriy Gazzayev o`z lavozimidan bo`shatildi.Hammaga ma`lum, Mirjalol Gazzayevning eng yoqtirgan o`yinchisi.Shuning uchun Qosimovning "Alaniya"dan ketishi tushunarli deb o`yliman ...:)

Omad!:)

P.S. Uzb_futboli va boshqalarga bir iltimos... "O`zbekiston Futboli" gazetasini qattan topsa bo`ladi?(O`qimaganimga ancha bo`pti:)) Bunga aloqador website bormi? Oldindan raxmat:)

I.O.P
02-21-2000, 12:20 PM
Adashmasam, "Uzb_futboli"ning o'zi ana shu gazetada ishlaydi.Shundaymi? "Alaniya" ham mayli, Samaraning "Sh'orolar Qanotlari" jamoasi umuman O'zbek jamoaga aylanib ketmadimikan?Deyarli barcha taniqli o'yinchilarimiz ko'rikdan o'tib kelishdi.

Uzb_futboli
02-22-2000, 02:12 PM
Evgeniy Safonov, mohir darvozabonimiz, Rossiyaning "Shinnik" jamoasida yurganmish. Qiziq.

Buning ustiga qayerdagi "Lada" jamoasidan ikkita gol (http//www.sport-express.ru/cgi-bin/se/prn_html?15291) ham o'tkazibdi.