PDA

View Full Version : FIFA reyting


I.O.P
02-26-2000, 04:00 AM
Ma'lumki, mamlakatimiz BAAdagi g'alabasidan keyin jahon futbol klassifikatsiyasida 55-o'ringa chiqib oldi(ohirgi reyting - February'2000). Qiziq, bu ochkolar qay tarzda berilar ekan? "O'zbekiston futboli" yigitlari va boshqa ishqivozlarimizdan javob va izohlarni kutib qolamiz.

Nakata
02-26-2000, 04:01 AM
Qo'shimcha savol
O'rtoqlik uchrashuvlar ham inobatga olinadimi?

Uzb_futboli
02-26-2000, 06:16 AM
Fifa reytingi quyidagi usulda (http//www.fifa2.com/scripts/runisa.dll?m2.262664gp44884367175+/rank/procedures1+E) aniqlanadi.

:)

Alisher - Amakachi
02-28-2000, 09:48 PM
Osiyoda beshinchi ekanmiz...
Yomon emas, ha?

Odil(I.O.P)
02-29-2000, 02:52 AM
Fevralda uje 58-o'ringa tushib qoldik, Osiyoda esa 5-bo'ldik(Hudoga shukur-ku) lekin 1-bo'lishimiz kerak. Buning uchun Eron darajasigacha erishish k-k.

Qiziq, o'rtoqlik uchrashuvlarni o'tkazishga nima halaqit berarkan? Mamlakatimiz termasining oxirgi yillarda Ozarbayjon va Hindiston bilan bo'lgan uchrashuvlaridan boshqasini eslolmayman.Keyingi uchrashuvlarimiz Kambodja va Mongoliya bilan o'tkazilsa kerak-a?

Nima, mablag' yetishmaydimi? Bo'lmasa, nega farmon chiqdi?

Yoki kuchli jamoalar biz bilan o'ynashni hohlashmaydimi?

Nikotinjon
02-29-2000, 11:32 AM
Salom Hammaga!!! Savolingizga javob bermoqchi edim Odilbek!!! Kuchli jamoalar biz bilan uynashni hohlashadi, lekin bir narsa bor bu yerda, yani yutqazib quyish imkoniyati ularda kuproq. Sababi ular bizni hamma uyinlarni kuzatishadi shekilli. Bizni Futbolda shunaqa odat, hech qachon bir hil uynamaydi, doim omadga bog'lanib qolishgan bechoralar. Omad boqdi, 1994 yil Osiyoni titratib keldik.
Shunga uhshab usha kuchli komandani yer tishlatsak, bor obrusini ham yuq qilish havfi bor. Shuning uchun hamma biz bilan hisoblashadi oooooooo))))))))))))
Ha, yana bir narsa. Bizda dyarli har yili Trener almashadi, nega?? Yalqov futbolchilarning dastidan. Nega futbolchilarni hech alishtirib, yangilarini keltirmaymiz?? QIZIQ---AAA? Fikrlaringizni kutib qolaman ;)

Odil(I.O.P)
02-29-2000, 11:56 AM
1994da nafaqat omad, balki bir qancha boshqa faktorlar ham ta'sir etgan, masalan, murabbiy. Nikotinjon, shuni bilingki, bizdan ular cho'chishmaydi, chunki ular yanada kuchli jamoalar bilan o'ynab yurishibdi, masalan Eron Amerikada, Koreya Lotin Amerikasida va h.k. Aksincha, ular unchalik mensishmaydi shekilli, yoki futbolimiz rahbariyati bu uchrashuvlarni o'tkazish uchun unchalik intilishmaydi, chunki ular mablag'ni eyish bilan band.

Mana kecha "Paxtakor stadioni endi yil davomida ko'm-ko'k bo'ladi" deyishgandi. Natijada nima bo'ldi? May oyidan keyin stadion asta-sekin harbiylar formasiga o'xshab ketadi. Chunki o'yingoh rekonstruktsiyasiga ajratilgan mablag'ni yeb qo'yishgan. Stasion "kritiy", ya'ni muhlislar usti yopilgan bo'lishi mo'ljallangandi, alohida o'rindiqlar o'rnatilishiga va'dalar berilgandi. Qani o'sha narsalar? Yuqoridagilarni birov tergaydimi o'zi?

U.B.
02-29-2000, 12:43 PM
Odilbek, gapingizda jon bor.
"Ular mablagґni eyish bilan band"- juda oґrinli gap:)
Ha, tan olishimiz kerak, bizda ahvol ana shunday.