PDA

View Full Version : Omadsiz Ronaldo..


France-football
04-13-2000, 11:06 AM
FF
Assalomu aleykum futbolfans!
Kecha Italiada Cuppa d'Italianing yarimfinal (1/2) birinchi o'yinlari bo'lib o'tdi. Rimning Laziosi Milanning Inter klubini qabul qildi. O'yinda 2-1 hisobida Lazio golib chiqdi. Hamma orasida o'yindan ko'ra maydonda boshqa narsa qiziqtirar edi. Yani Fufbol yulduzlaridan biri Ronaldoning maydonga qaytishi.. Ma'lumki u bundan 4 oy oldin jarohatlangan va noyabr oyida Parisda o'ng oyog'idan operation qilingandi. Kecha u 50000 muhlis qarsaklari ostida o'yinning 59 minutida maydonga tushdi va.. atigi 6 minut o'ynadi. Ikkita dahshatli zarbadan so'ng hammani hayratga soldi, lekin bir fintdan so'ng o'zidan o'zi yiqilib tushdi, hech kim tegingani yo'q edi.. Uning ko'z yoshlari har qanday odamni ham iztirobga soladi. Samorano, Panuchhi, Simeone, Mihailovichlar, butin stadion 'nahotki' deb o'tirib qolishdi..
Ronaldo bugun ertalab yana Parisga qaytib keldi. Lekin uni yana futbol maydonlariga ilgarigidek qaytib kelishiga ishonish qiyin bo'lib qoldi..(:
FF