PDA

View Full Version : Uyga, Vatanga


qichiq
03-30-2000, 10:20 AM
salom yaponiyadagi akalaru ukalar, opa singillar!!!
Germaniyadan hammaga salom...
Uqish qiyin emasmikan, suramoqchi bulgan narsam bu qachon uyga qaytishingiz...
Amerikaliklar Maylarda qaytishadi, bizdagilar avgust-sentyabrda, sizlardachi...
salom bilan, QICHIQ ;)

begijon
03-30-2000, 11:12 AM
QIZIL QOR YOQQANDA!!!
Hazil-u lekin haqiqat ham juda shunga o'hshab ketadi... Oramizda 1998 yilning oktyabrida Yaponiyaga kelib hali biron marta UZBga borib kelmaganlar ham yo'q emas.
Umuman olganda bu yil yozda iyul-avgust oylarida Hudo hohlasa hammamiz bir bo'lib boramiz... O'qishni ham jaaa oshirib yuborsa bo'lmaydi. Tak-chto ko'risharmiza!

Salomlar bilan...

dilmurod
04-02-2000, 10:41 PM
Assalomu aleykum!

Umuman olganda bu "taraflarga" kirmay turgan edim, ozlaringiz bilasiz endi ;) yapon tilini tushunmaganimizdan keyin, faqatgina :) heh "Watashi wa Ozbekano gakuseydes" gaplarini bilamiza, kerak bolib qolar br kuni!
Nima bolganda ham, Yaponiyada oqivotganlarga savolim bor edi "Necha yil oqishga kettinglar?" Bilishimcha 7 yil oqiysanlar, unday bolsa "Vatanga qaytish" sozlar sizlar uchun ko'p takrorlansa kerak, shu bilan birga man sizlarga omad hamda sabru toqat tilab qolaman, ;) chunki sizlarga Olmoniyada, AQSHda yoki boshqa horijiy mamlakatlarda oqivotgan bollarga qaraganda lozimroqdir!

Shunday qilib, Begihon sizdan savolimga javob kutaman! Nimaga Begijon, chunki siz koproq bu yerga kirib turasiz ;)!!!

Hurmat bilan,

begijon
04-06-2000, 03:04 AM
Salom Universal!
E'tiboringiz uchun rahmat. Rostini aytsam ohirgi paytda Internetga umuman kirmay qo'ydim. Sababi univerda o'qish endi boshlanyapti, univerda hali Network licence ololganim yo'q chunki shu yil kirganman... uydagi esa 1 hafta oldin ko'chib o'tganligim uchun ishlamayapti hali...

Yaponlarning o'qish sistemasi haqida bir ikki og'iz aytib bermoqchi edim. Afsuski Yaponiyaning univerlari bizning UZBda 2 yoki 3 yil ichida o'qigan predmetlarimizni tan olishmaydi, shuning uchun univerga albatta birinchi kursdan kirish lozim. Undan tashqari, bizga kelishimizdan oldin (habaringiz bormi, yo'qmi bilmadim) Umid fondida "u yerda ingliz tilida ta'lim olishingiz mumkin..." deyishgan edi, ammo bu yerga kelib Yapon tilini puhta o'rganmasdan turib bu yerda yuqori darajada bilim ololmasligimizni, qolaversa bu davlat va uning madaniyatini chuqur o'rgana olmasligimizni tushundim (tushundik). To'g'ri ingliz tilida dars beradigan univerlar ham yo'q emas, ammo har bir o'zini hurmat qiladigan davlat singari yaponlarda ham ta'lim sistemasi va ayniqsa eng oliy darajali univerlarda butunlay davlat tilida (ingliz tili qo'shimcha bir chet tili sifatida o'tiladi) olib boriladi.

Shunday qilib biz yaponiyaga kelib olgach yana bir marta hayotimizda "abiturient" bo'ldik. Avvalo bir yarim yil yapon tili maktabida dars oldik. Har kuni soat 9 dan 4 gacha yapon tili. ba'zan Math va tarih ular ham yapon tilida. 18 oyimizni aytib o'tilga maktabda o'tkazgach (magistrlar faqat 6 oy) yapon maktablarining shu yilgi bitiruvchilari bilan bir qatorda univer imtihonlariga qatnashdik. Bizning sluchayimizda risklar ham bor, chunki biron bir univerga topshirib 100% kirishga garantiya bera olmaydi. Na Umid Fondi, na Elchihona, na Yaponiyaning ta'lim vazirligi. Hudoga shukur bu yerga kelga barcha studentlar hozirgacha barcha imtihonlardan sog' eson-omon o'tib kelishmoqda va 90% Yaponiyaning reytingda eng birinchi 10likka kiradigan univerlarida o'qishayapti... (umuman olganda bu yerda univerlar reytingi degan narsaga juda ham katta ahamiyat berilmaydi, USdagidek yahshi ishlab chiqilmagan reyting sistemasi, manimcha sharqona mentalitet sabab bo'lsa kerak. Lekin tan olingan va o'z mavqeini yo'qotmaydiga bir necha universitet bor quyidagilar

Tokyo University- Medicine va Law da 1-chi (hali bitta ham umidie yo'q, hatto topshirmagan)

Hitotsubashi Uversity- Business Adm. va Economics da birinchi (3ta umidchi)

Yokohama National University- bitta umidchi

Keio University- 2 ta umidchi (Business va Law Dept. juda ham kuchli)

Waseda - 1 ta umidchi (Politics va Economicsda tan olingan)

Chuo University - 2 ta umidchi (Law va Business)

Meiji University - 1 kishi (Business va Medicine)

Kyoto University, Osaka University, Sophia University (hali ba'zi bir sabablarga ko'ra bu univerlarda umidchilar yo'q)
Yuqoridagilar (adashmasam) asosiy desyatka hisoblanadi, tarihi ham juda boy...

O'qish muddatiga keladigan bo'lsak 7 yil emas besh yarim yil. Bir yarim yil yapon tili va to'rt yil universitetda. A universitet sistemasi esa USniki bilan tamoman bir hil...
**********************
Man o'zim ham yaqindagina univerga kirdim (yuqorida "kochib o'tdim" deb yozgan edim, shuning uchun), hozir birinchi kursni boshlash arafasida man. Universitetga kirib olib yelkamdan tog' tushganday bo'ldi endi bundan keyin ham g'ayrat qilmasa bo'lmaydi. yana bitta narsa yaponiyada academic year, fiscal year hammasi Aprilda boshlanib Marchda tugaydi...
Agar vaqtlaring va imkoniyatlarin bo'lsa albatta biz tomonga kelinglar, albatta mehmon qilamiz va yaponiya bilan qo'ldan kelgancha tanishtirishga harakat qilamiz... deyarli Hamma Tokyoda yashaganligimiz uchun bizda bog'lanib turish uchun Internetga unchalik ho'jat yo'q... Bir oiladekmiz (balkim banalno tuyilishi mumkindir, bu sizga havola).

Mayli, Sizga va qolaversa barcha Umidchilarga omad va salomatlik tilayman!
deb BEGIJON

begijon
04-06-2000, 03:11 AM
Uzr, bundan oldingi REPLYda juda ko'p misprintlar qilib qo'yibman...
o'ylaymanki ma'nosida katta o'zgarishlar bo'lmagan





BEGIJON

dilmurod
04-06-2000, 09:54 AM
Salom,

Savolimga betafsil javob berganingiz uchun minnatdorchilgimni bildiraman!
Hamda Yaponiyada oqivotgan barcha vatandoshlarimizga omad, sog'-salomatlik va ,eng asosiysi, sabr-toq'at tilayman.