PDA

View Full Version : Zamonaviy college va litseylarda poraho'rlik -bugungi ku


Prince
05-12-2002, 02:48 AM
Xar bir davlatning kelajagini asosini YOSHLAR TASHKIL etadi buni His Qilgan holda Uzbekiston xam shu yuldan borib bugunga kelib Uzbekiston buyicha zamonaviy kasb hunar collegelar qurish ularni zamonaviy computerlar bilan taminlash ketmoqchi ..BU albatta xar bir uquvchi uchun qiziqish uning uqish qobiliyatini oshirish uchun katta yordam beradi ....Lekin bugungi kunda Zamonaviy college va litseylarga BILIM bilan kirib buladimi????Ming afsuslar bilan aytish kerakki hozirgi zamonaviy dargohga kirish uchun "Ko'kidan $"qistirish kerak :( .
Ho'sh bu $ni kim qistiradi ??Albatta bilimi yuqlar bilimi yuqlar qistirar ekan bu zamonaviy dargohda bilimi bor yoshlar urniga bilimi yuq yoshlar Tarbiya oladi .. bu esa usha erdagi oz bulsada bilimi bor odamga tasir qilishi aniq va ravshan.......
Bunday kurinishdagi hollarni minglab keltirish mumkin ...
Hurmatli forum ishtirokchilari bunga sizning fikringiz qanday?
Bunday holda biz Yoshlarimizni Kelajakka ishonchini so'ndirib quymaymizmi?
{PRINCE}

General
05-12-2002, 04:10 AM
Poraho'rlik - bu halqimizdagi eng yomon illat. Hatto hozirgi kunda buni odamlar normal hol deb hisoblay boshlagani odeamni achintiradi.
Masalan, biznesmen biror tovar olib kelsa, hokimga, mentga,SNB, Soliqchiga beradigan porani huddi oddiy chiqim sifatida ko'radi va bu narsani ohirgi narhga qo'shadi.
Huddi shuningdek, bu akademik litseylar ham huddi shunday oldi-berdining makoni bo'lishi meni ajablantirmayapti.
O'zi shu akademik litseylarning mavjudga kelishi bizning talim tizimimiz uchun judayam katta yutuq. Presidentning bu ishi tahsinga loyiq.
Lekin, ularning qurilishidan to bitib, o'quvchilar o'qiguncha bo'lgan process - bu yutuqni 200% yuvib ketsa kerak.
Masalan, bitta akademik litseyga byudjetdan 1mlrd so'm olishadi. 20ta ustani ishlatib 6 oy, 15 avgustgacha fundamentni qurishadi, keyin hokim kelib ko'rib, <<e bumustaqillikka bitishi kerak>> deb ketadi. Keyin tasvvur qiling, 15 kun ichida haligini ko'tarib, ustini yopib, suvab, oqalb, marmar qoplab, mebellarni kirgizib, kraska qilib, 1 sentryabrda ochilish marosimini qilishadi.
Bu tezlikka tasanno aytarsiz?
Hech ham ikkilanadigan joyi yo'qi, bu litseyning usti qanday yaltiroq bo'lsa, ichi shunday qaltiroq - suv sistemasi ishlamaydi, marmarlar 1 oydan keyin sinadi, suvoqlar ko'chadi, va 1 yilda eski binodan farqi qolmaydi.
Ahir har bitta shaharda kamida 50tadan remonttalab binolar bor, shu 1 mlrdning 100mlnini sarflab chiroyli qilib remont qilmaydimi, qolgan 900mlnini keyin boshqa, kompyuter, mebel, va hkzlarga sarfalmaydimi?

Mana sizga ahmoqchilikning boshlanishi, keyin uni dabdabai as'asa bilan ochishadi, $200dan bergan <<iste'dodli>> o'quvchilar gullarni ushlab gimn aytishadi.
$200 - bu dimplomatiyani akademik litseyidagi narh, qolgan joylarni bilmayman.

Shunday qilib, bu qurilishdan kimdir 4 etajli qasr quradi o'ziga, kimdir kichikroq "Neksiyacha" oberadi o'g'liga va hokazo.
------------------------------------------------------------------------------------------------------
So'ngso'z ornida, men bu situatsiyadan chiqib ketish uchun shu narsaga rahbariyatning e'tibori kuchli bolish kerak deb o'ylayman. Judayam katta resurslar korruptsiaga qarchi yo'naltirilishi kerak. SNBda esa N1 ish deb hisoblash kerak.
Shunda sal-pal ijobiy siljish bo'ladi.

Surgeon
05-12-2002, 10:40 PM
Your right 100%

FREEMAN
05-13-2002, 07:05 AM
prince manga mail yozgin.nima qilding anu DEC ishini.a?

smiley
05-15-2002, 11:48 AM
{PRINCE} (May 12, 2002 02:48):
Xar bir davlatning kelajagini asosini YOSHLAR TASHKIL etadi buni His Qilgan holda Uzbekiston xam shu yuldan borib bugunga kelib Uzbekiston buyicha zamonaviy kasb hunar collegelar qurish ularni zamonaviy computerlar bilan taminlash ketmoqchi ..BU albatta xar bir uquvchi uchun qiziqish uning uqish qobiliyatini oshirish uchun katta yordam beradi ....Lekin bugungi kunda Zamonaviy college va litseylarga BILIM bilan kirib buladimi????Ming afsuslar bilan aytish kerakki hozirgi zamonaviy dargohga kirish uchun "Ko'kidan $"qistirish kerak :( .
Ho'sh bu $ni kim qistiradi ??Albatta bilimi yuqlar bilimi yuqlar qistirar ekan bu zamonaviy dargohda bilimi bor yoshlar urniga bilimi yuq yoshlar Tarbiya oladi .. bu esa usha erdagi oz bulsada bilimi bor odamga tasir qilishi aniq va ravshan.......
Bunday kurinishdagi hollarni minglab keltirish mumkin ...
Hurmatli forum ishtirokchilari bunga sizning fikringiz qanday?
Bunday holda biz Yoshlarimizni Kelajakka ishonchini so'ndirib quymaymizmi?
{PRINCE}

************************************************** ************
:) Togri fikr. Qoshilaman. Litseylarni shunaqa tez bitirashidiki, hatto 1-2 oydan keyin bitta yomgir yogib bersa butun litseyni suv bosib ketadi. Man bir kuni shu litseylardan birini ichiga kirgandim. Hayron bo'dim, bu yoq litseymi yoki oliy majlismi deb.Sinfning ichiga kirganimdan keyin bo'lsa, fikrim o'zgardi. Devorar sargayib ketgan (suv toshurganidan)
Darslarga kelsak, bilimiz bo'lmasa puliz bo'lishi shart. To'gri, bilimli o'quvchilar ko'p, lekin atrofdigilari faqat pul bilan ishligini bitirishgandan keyin ular nimani o'rganadi?
Bilmadim, lekin bitta narsani bilaman. Hozir man mana siz buni o'qib turganda bittasi boshqasidan pora olayotgandir yoki litseyga yoki universitetga kirgizish uchun "gaplashayotgandir" . Mani bu yoqda yozganim bilan uni tohatata olmayman :(

Manimcha, bu savolni kattaroq qilib, faqat litsey va collegelarda emas balki universitet va institutlardagini muhokama qilish kerak. Mana qayoqda eng katta porahorlik! Yana mayli litsey va Universitetdan bitirdingiz ham deylik, lekin agar "tanish -bilishiz" bo'lmasa yoki ularga "beradigan"ingiz bo'lmasa yahshi ish topish juda ham qiyin.
Hammelarga omad bu hayot qiyinchiliklarida!