View Full Version : Uzbekiston Kelajagi qanday?
Prince
05-12-2002, 02:06 PM
Bugunga kelib Uzbekiston atalmish bu bizning zaminni deyarli butun dunyoda tanishadi .......Takidlab utish kerakki sungi 1-2 yil ichida Uzbekiston deya atalmush bir mamlakatni deyarli butun dunyo tanimoqda...Mening fikrimcha bu tanilishlar albatta yaxshi bu bizning yutugimiz .. Lekin men yutuqlarimiz xaqida emas balki uning kamchiliklari xaqida gapirmoqchiman chunki yutuqlar uzimizniki uni xech kim tortib olmaydi ..kamchiliklar xam uzimiznigi u esa bizni yomon illatimiz bu kamchiliklarni yuq qilish ular ustida ishlash kerakdir ....
Muhtaram forum ishtirokchilari Uzbekiston kelajagi buyuk bulishi uchun biz yoshlar nimalar qilishimiz kerak?
Biz yoshlarning bu yomon illatlar bilan kurashishga kuchimiz etadimi??
Biz yangi bir fikrlar bilan yangi tadbirlar bilan chiqsak buladimi??
Umuman uning kelajagi buyuk qilish uchun qanday muammolar bor??
Biz yoshlar bir tan bir jon bulib qovushib uning taraqqiyoti uchun xizmat qilsak buladimi?
Uning kelajagi buyuk bularkan deb emas , kerak bulsa Uning kelajagini Buyuk qilaman degan shoir ostida ishlasak buladimi?
Shular xaqida fikr mulohazalarizzi kutamiz!
{PRINCE} (May 12, 2002 14:06):

****************************************
Ha togri, katta bir masala. Bu ishlarni biz qilmasak kim qiladi? Biz -yoshlar davrga yangiliklar kirituvchimiz. Mening fikrimcha hamma narsani birinchi navbatda ta'limdan boshlashimiz kerak deb o'ylayman. O'shandagina yosh avlod o'zida kerakli bo'lgan ta'limni olib bizning kuchimiz yetmagan narsalarni uddasidan chiqa oladilar. Hozirda agar maktabda o'qiydigan o'quvchilarga e'tibor bersangiz, maktabga faqatgina o'yin uchun kelishadi. O'qituvchilar kasal, sinflarni birlashtirib dars ham o'taverishadi. Buni men o'qituvchilarning muammosi emas balki butun aholining muammosi deb bilaman. Agar shu boshidan 12-13 yoshgacha eng kerakli "fundament" yani asosni mahkam qo'yilmasa bu o'quvchilardan nimani kutish mumkin? To'gri, mana 9 sinfni bitirganlar uchun har hil yonalishlar mavjud, lekin undan oldingi yani o'rta maktab ta'limi juda ham past darajada. Hamma faqat "repetitor"ga borib o'rganishga o'tib ketgan. Yana nima emish? Repetitorlarning o'zligi maktab o'qituvchilari. Darsda beriladigan ta'limni darsdan keyin berishadi , lekin bu safar "pulga".
Mening fikrimcha o'qituvchilarning maoshini oshirib, bozorga pul topish uchun chiqib ketgan yoki o'z kasbini o'zgartirgan o'qituvchilarni birlashtirib sinovdan otkazish kerak.
Ha, oylagan bo'lishingiz mumkin, nega bu ta'lim tizimi haqida yozibdi deb. Mening fikrimcha hamma narsani ta'lim tizimidan boshlamasak, orqamizdan kelayotgan avlod o'qimishli bolmasa, hamma qilganimiz kim uchun bo'ladi????
Bitta narsa, bu yoqda yozganimiz bilan agar u qilinmasa yozishning hich foydasi yoq. Qachonki u real hayotta qollanilsagina vatanimiz uchun bir narsa qildik deya olamiz....
omad...
Фикримча, бундай масалани мухокамага куйиш, бир карашда содаликка ухшаб туйилсада, хозирги кунда катта ахамиятлидир.
BOBOY
05-16-2002, 05:47 AM
Mani bilganim USA katta miqdorda o'zbekistonga pul ajratgan aniq summasi esimda yo'q .cnn.com da o'qigan edim agar haqqatda shu summa to'g'ri yo'lda ishlatilsa
haqqatan ham yahshi bolardi.konvertatsiyani ochilgani
ham ancha yahshi boldi lekin bu qanchalik o'zini oqlashini vaqt ko'rsatadi.
Uzbekiston kelajagi taraqqiy topgan davlatlardan biri desak tug'riroq buladi, ahir Napoleon, Hitler va Stalinlar ham davlatlarini buyuk qilamiz deb, nima ishlarni qilmagan?! Agar Uzbekistonni buyuk qilamiz deb bir boshqa davlat fuqarosiga aytsak ular kulishadiku, qanday shunday kichkina respublika qushnilariga agressia qilmay buyuk bularkan? Biz Rossiya, Hitoy yoinki Amerikamasmizku! Biz uchinchi davlatlar safidan taraqqiy topgan davlatlar safiga kirishga harakat qilsak ham horizcha buladi :) Taraqqiy topish uchun hozirgi kunda pahta va tillo sotish bilan bulmiydi! Ammo bizlar qanday taraqqiy topamiz bilmayman, chunki bizlar uchun un yillar kerak bozor iqtisodiyotiga tula utish uchun(vaqtida harakat qilmay, orqaga ketganmiz). Uzbekistonni butun dunyo taniydi deysizlar, Lyuksenburg va Lihtenshteinlarni ham taniydi butun dunyo! Yoinki Tojikistonu Kirgizistonni tanimaydi deysizlarmi BUTUN DUNYO? Gap qanday sifatda taniydi...
reader
05-18-2002, 11:22 AM
Uzbekiston Kelajagi qanday?
Bilmayman va bu haqida kop uylamayman, chunki Uzbekistonni bugungi kuni qanday va uni qanday qilib uzgartirish kerak deb sorasak togri boladi.
Mumtoza
05-25-2002, 02:08 PM
>Biz yangi bir fikrlar bilan yangi tadbirlar bilan chiqsak buladimi??
Ie,albatta, har bir umidchi ertaga yangi fikr, g'oya bilan qaytib keladi deb umid bog'langan.Bu degani ertaga tadbirlar, g'oyalar bilan chiqib urinib ko'rish kerak.
>Umuman uning kelajagi buyuk qilish uchun qanday >muammolar bor??
Buyuk qilishga bo'lgan ishonch muammosi.
>Biz yoshlar bir tan bir jon bulib qovushib uning >taraqqiyoti uchun xizmat qilsak buladimi?
Bizning xizmat qilishimiz ham farz ham qarz.
>Uning kelajagi buyuk bularkan deb emas , kerak bulsa >Uning kelajagini Buyuk qilaman degan shoir ostida >ishlasak buladimi?
Faqat, shu shior ostida ishlasakgina, unda kelajagini buyuk qilish mumkin.
Omadlar tilab...
abdulloh
05-25-2002, 06:00 PM
Assalyamu aleykum.
Mening fikrimsha Uzbekistonni taraqqiy topgan mamlakatlar safiga kirishi uchun har bir inson uz ustida ishlashi zarur,vatani uchun qanday foydasi tegmoqda,nima qilsa atrofdagilarni hayoti osonlashdi degan mas'alalar haqida kuprob bosh qotirish zarur,uz oilasi farzandlarini insonlarga foydasi tegadigan ilm sohibi qilib tarbiyalashi zarur.
Hukumatimiz esa Urta va oliy talim sistemalarini qayta kurib chiqishi kerak,maktablarda hali ham "Odam maymundan paydo bulgan" degan va shunga uhshash safsatalar urgatib kelinmoqda.Uqituvchilarni,mediklarni va pensionerlarni soccial sharoitlarini yahshilash zarur.
Umuman insonlarimiz uz dunyo qarashlarini uzgartirishlari kerak,hozirgi kunda yoshlar kasb tanlashda,asosan qanday qilsam halqimga foyda etkazaman deb emas qanday qilsam kuproq pul topaman deb bosh qotirishadi.Albatta pul topish juda yahshi,ammo pulni harom yul bilanmi yoki halol yul bilanmi farqiga borishmaydi kupchiliklari.Shunday yoshlardan sung ugri,porahur,qallob,byurokrat:MVD,Hokimiyat,Prokur atu-ra,sud va shunga uhshash hukumat hizmatchilari etishib chiqadi.Ular sung na dehqonni,na bir ishchini,na boshqalarni muammolari bilan qiziqmasdan,faqatgina danjillama uylarni qurib,moshinalarni kupaytirib,halqni qonini ichib yuradilar.
Shuning uchun hammamiz avval uzimizni va sung yaqinlarimizni tugirlab,insoniyatga hizmat qilaylik.
Assalyamu aleykum.
Freestyler
05-27-2002, 06:16 AM
Remark:
"Odam maymundan paydo bo'lganligi" eng rivojlangan davlatlarning maktablarida ham o'rgatiladi, mavlono.
Buning taraqqiyotga hech qanaqa aloqasi yo'q.
General
05-27-2002, 08:53 AM
O'zbekistondagi ahvolga real baho bersak, biz hech qachon buyuk bo'la olmaymiz, masalan Buyuk Britaniya - nomi aytib turibdi, yoki AQSH, Rossiya - ular juda ham katta potentsialga ega. Shuning uchun ularni biz bilan solishtirishning o'zi mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Biz endi hech qaysi davlatning yerini bosib ola olmaymiz, ularning resurslaridan O'zbekiston manfaatida foydalana olmaymiz, chunki zamon o'zgardi.
Shunday ekan nima qilmoq lozim? Aytib o'tilganidek, iqtisodiy rivojlanishimiz kerak. O'zimizning resurslarimizdan unumli foydalana olishimiz kerak, tahsqariga sotmasdan.
Endi yana bitta retorik savol, iqtisodiy jihatdan nima uchun rivojlanmayapmiz?
- Poraho'rlik, korruptsiya, Davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari, unumsiz, ba'zan esa zararli aralashuvi va hokazo.
Shu sababli hozir kerak bo'lsa O'zbekistonliklarga tegishli mlrdlab dollar mablag'lar Ozbekistondan tashqarida, yoki O'zbekistonning ichida podvallarda yotibdi. Korruptsiyani butunlay yo'qotish esa hom-hayol, shuning uhun eng optimal yo'l, shu pullarni yana iqtisodiyotga qaytarishimiz lozim.
Qozog'istonning kapitalga nisbatan amnisitiya tajribasi juda ham foydali bo'lib chiqdi va $1mlrddan oshiq mablag' iqtisodiyotga qaytib kirdi.
Biz ham dastlab shunday qilishimiz kerak - hammaga e'lon qilishimiz kerakki har bir mablag' bankka qo'yiladimi yoki hususiy tadbirkorlik uchun ishlatiladimi umuman tekshirilmaligi kafolatlanadi. NUQTA.
Lekin bundan keyin poraho'rlikka qarshi kurashga juda ham katta e'tiborni qaratish lozim.
Ana shunda ishonchim komilki O'zbekistonga mlrdlab mablag'lar kirib keladi, pulni topishni bilgan odam ishlatishni ham biladi, ular minglab privatizatsiya uchun qo'yilgan zavodlarni sotib olishsin, unumdorlikni oshirishsin. Balki shunda o'zimizning odamlar 100 dollar topish uchun Rossiya, Qozog'istonga borib yurishmaydi.
Innaykeyin, davlat yuritayotgan protektsion siyosatni sal yo'nalishini o'zgartirvorsa, ya'ni Hitoyning suv tekin mahsulotlariga ancha tariflarni qo'yib, buni qattiq nazorat qilsa, haligi ish boshlagan zavod va fabrikalar o'zlarini tiklab olishadi.
Bunda O'zbekiston ikki jihatdan yutadi:
1) Iqtisodiyotga investitsiya ko'payadi va aksariyati erkin valyutada; + ishchi o'rinlari; - ishsizlik; + iqtisodiy o'sish (GDP);
2) Hozirda so'mni qadrsizlantirayotgan Hitoy importlari kamayib, natijada bizda ko'proq erkin valyuta *(dollar) qoladi. Bu horijiy valyuta zahiralarimizga ijobiy ta'sir qilib, kelajakda so'mning me'yordan tashqari qadrsizlanishining oldini oladi.
Bu firklarga qanday qaraysizlar???
Freestyler
05-29-2002, 10:12 AM
Faqat protekcion politika fikringizga umuman qo'shilmayman!
G'irt xato siyosat!
(Protekcionizmning yomon ta'sirlarini boshqa safar va boshqa mavzuda ochiqlab beraman)
Akhee-Abdullah
05-29-2002, 04:16 PM
Chijik-A Very strong comment. The only solution is to open up the market for everyone, and let people make money. One can never achieve by giving hard times to people, they'll always find a loophole to circumvent the boundaries. Again, i wanna say, WE NEED FREEDOM and Open Market to develop a Capitalist Economy. A rock island hong kong 30 years afo was nothing compared to Uzb. What the hell did they do right to develop so fast and have one of the highest living standards in the world?? The Answer is simple: In Hong Kong it is very to open up a new business, tax is flat and only 30+ percent, government protects the businesses by settling legal issues, other than that no other "protection" is provided. I do not get tired to repeat again, FREEEEEEEEEDDDDDDDDDOOOOOOOMMMMM people!!!!!! You hear me S+++++++++S, We Need FreeDDDDDDOMMMMMM!!! ;)
Cheers, :)
FREEMAN
05-30-2002, 05:22 AM
lucky!
nadeyus ty ponil why i am FREEMAN. freedom.we need freedom.liberal system..
General (May 27, 2002 08:53):
...
Endi yana bitta retorik savol, iqtisodiy jihatdan nima uchun rivojlanmayapmiz?
- Poraho'rlik, korruptsiya, Davlatning iqtisodiyotga haddan tashqari, unumsiz, ba'zan esa zararli aralashuvi va hokazo.
Shu sababli hozir kerak bo'lsa O'zbekistonliklarga tegishli mlrdlab dollar mablag'lar Ozbekistondan tashqarida, yoki O'zbekistonning ichida podvallarda yotibdi. Korruptsiyani butunlay yo'qotish esa hom-hayol, shuning uhun eng optimal yo'l, shu pullarni yana iqtisodiyotga qaytarishimiz lozim.
Qozog'istonning kapitalga nisbatan amnisitiya tajribasi juda ham foydali bo'lib chiqdi va $1mlrddan oshiq mablag' iqtisodiyotga qaytib kirdi.
Biz ham dastlab shunday qilishimiz kerak - hammaga e'lon qilishimiz kerakki har bir mablag' bankka qo'yiladimi yoki hususiy tadbirkorlik uchun ishlatiladimi umuman tekshirilmaligi kafolatlanadi. NUQTA.
Qozo'qlar qilgan ishi - qora iqtisodni legallashtirishi tanqidiy tomondan mulohaza qilinishi zarur. Ushbu ish Qozoqistondagi siyosatchi va siyosatga ta'sir o'tkazuvchilarining o'zlari noqonuniy yig'gan qora pullarini oqlash uchun qilgan ishi kabi ham baholash mumkin. Poraho'rlik boyicha skandallarda prezident nazarboevning nomi ko'p eslatilganini eslash etarli. Undan tashqari chetdan qaytgan mablag' miqdori mass-mediada $60 mln atrofida qilib ko'rsatilgandi, ya'ni asosan amalda qora iqtisodni legallashtirish ro'y bergan.
O'zbekiston sharoitida qora iqtisodni "oqlash" haqidagi fikr bo'yicha: avvalambor bunga bo'lgan ehtiyoj, legallashtirishdan keladigan foyda-zararni tarozuga solib ko'rish kerak.
Innaykeyin, davlat yuritayotgan protektsion siyosatni sal yo'nalishini o'zgartirvorsa, ya'ni Hitoyning suv tekin mahsulotlariga ancha tariflarni qo'yib, buni qattiq nazorat qilsa, haligi ish boshlagan zavod va fabrikalar o'zlarini tiklab olishadi.
Bunda O'zbekiston ikki jihatdan yutadi:
1) Iqtisodiyotga investitsiya ko'payadi va aksariyati erkin valyutada; + ishchi o'rinlari; - ishsizlik; + iqtisodiy o'sish (GDP);
2) Hozirda so'mni qadrsizlantirayotgan Hitoy importlari kamayib, natijada bizda ko'proq erkin valyuta *(dollar) qoladi. Bu horijiy valyuta zahiralarimizga ijobiy ta'sir qilib, kelajakda so'mning me'yordan tashqari qadrsizlanishining oldini oladi.
Bu firklarga qanday qaraysizlar???
protectionistik siyosat aniq maqsadga yo'naltirilgan ravishda to'g'ri ishlatilishi lozim, iqtisodning ma'lum tarmoqlarida ichki ishlab chiqaruvchilarni quvvatlash maqsadida importni effektiv tariflar va quotalar bilan regululation qilish maqsadga muvofiq (misol uchun EU va US ning Japan avtomobillari importini belgilagani kabi). O'zbekistonning WTO kirish bo'yicha muzokaralarini (WTOga kirgach tarifflarning binded bo'lishi va bosqichma bosqich kamaytirilishi majburiyatlarini) hisobga olinadigan bo'lsa Import tariflarini o'z vaqtida uzoq strategiyani o'ylab belgilanishi muhimdir.
Akhee-Abdullah
05-30-2002, 01:27 PM
AXBOROTNONA 99'
Savol:
1) Uzbekiston Kelajagi qanday?
a) Buyuk
b) Buyukmas
c) Ortacha, hamma qoshnilar qatori boladi.
d) Tog'ri javob yoq
e) Polchimasman, borib korib kelmaganman.
To'g'ri javob hamma uchun har xil, AXBOROTNOMAde bu judayam subyektiv ayniqsa English testi LOL
Man u-n to'g'ri javob e
Cheers, :)
Lucky (Life is Like a Strike) (May 30, 2002 13:27):
AXBOROTNONA 99'
Savol:
1) Uzbekiston Kelajagi qanday?
a) Buyuk
b) Buyukmas
c) Ortacha, hamma qoshnilar qatori boladi.
d) Tog'ri javob yoq
e) Polchimasman, borib korib kelmaganman.
To'g'ri javob hamma uchun har xil, AXBOROTNOMAde bu judayam subyektiv ayniqsa English testi LOL
Man u-n to'g'ri javob e
Cheers, :)
topic avtori qo'ygan savol juda umumiy, choyhona o'tirib amakila osh eb, qovun-tarzvuz paqqos tushirib, keyin ko'k choy ichib bahslashadigan tema :)
Lucky mavzuni ozgina tartibga keltiribdi, javob berishdan avval aniqlab olish kerak - 'buyuk' deganda nima tushuniladi, birinchi 2ta javob turli izohlanishi mumkinligini bilib chetga chiqarish mumkin. Qolgan javoblar ichida eng mantiqiy risksizi - e)
Ilhom
12-14-2002, 02:36 PM
AXBOROTNONA 99'
Savol:
1) Uzbekiston Kelajagi qanday?
a) Buyuk
b) Buyukmas
c) Ortacha, hamma qoshnilar qatori boladi.
d) Tog'ri javob yoq
e) Polchimasman, borib korib kelmaganman.
To'g'ri javob hamma uchun har xil, AXBOROTNOMAde bu judayam subyektiv ayniqsa English testi LOL
Man u-n to'g'ri javob e
Cheers, :) Bu testizni yana bitta javobi bo`lishi lozim:
f) Agar Joriy prezident va uning klani postdan ketmagunicha aslo buyuk bo`lolmaydi.
manimcha shu f javob to`gri
Yukorida aytilgan fikrlarni amalga oshirish uchun menimcha,
Uzbekistonda erkin ahborot tizimini yaratish lozim. Bu tizim hukumat yoki kattakonlar nuktai nazarlariga asoslanib emas balki halk manfaati uchun ishlashi lozim. Vokealikni anik tasvirlab berishi lozim. BArchani erkin fikri keng ommaga hech kanday tazyiksiz etkazilishi lozim. Har-bir fukaro Bulayotgan ishlarga, jamiyat boshkariluviga uz munosabatini ochik bildira oladigan bulishi lozim. Shunda halk uz-uzini anglaydi. Jamiyatda faoliyati activlashadi. Shundagina davlat halk manfaatlari uni gullab yashnash va kelajagi uchun hizmat kiladi.
Bir gap, yahshi niyat albatta yahshi lekin uzbekistonga uzbekiston deb karaylik, buni chet elga chikkan odamla yahshi tushunishadi. Har hil safsatalarni uzb.dagi presslar gapiragani etar. Yan bir gap, lekin kupchlik Mongoliyani kelajagiga ishonayapti...
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.