View Full Version : This specific board is not for religious debates
Bonik
07-12-2002, 03:16 AM
To Abdulloh and others:
Please feel free to discuss the religious matters in "discussion board" or "main board". This one's purpose and topic is written above.
Дин ва иймон одам калбида булиши зарур... Бундай нарсалардан реклама килишни кераги йук. Колаверса динни экстримал куринишда талкин килиш бу ахмокликдир.
Хурмат ила
Bonik
abdulloh
07-12-2002, 08:08 AM
<<<<<<<<To Abdulloh and others:
Please feel free to discuss the religious matters in "discussion board" or "main board". This one's purpose and topic is written above.
Дин ва иймон одам калбида булиши зарур... Бундай нарсалардан реклама килишни кераги йук. Колаверса динни экстримал куринишда талкин килиш бу ахмокликдир.
Хурмат ила
Bonik>>>>>>>>
Assalyamu aleykum.
Men kutarib chiqgan mas'ala,Uzbekistonning muammolaridan biri deb hisoblayman.Shu sabablik bu topikda joylashtirdim.
Endi din va iymon mas'alasiga kelsak,sizga mening savolim bor: Siz din va iymon deganda uzi nimani tushunasiz?
Iltimos shu savolimga javob berib,javobingizni isbot bilan tasdiqlasangiz.Nimagaki hozirgi kunda insonlar,ayniqsa uzini musulmon deb bilgan insonlar dinimizni asosi bulgan iymon haqida notugri tushuncha yoki tuliq bulmagan tushunchaga ega bulib qolishgan.
Su sabablik ham din va iymon haqida gapirilsa,buni darrov ekstrimal,islom funtalizmi vahokazolar deb tushiniladi.
Aslida esa Islom dini juda oson va sodda,shu bilan birga tuliq va guzal din bulib insonlar uzlari uni uta murakkablashtirib yuboradilar.Islim rukunlariga buysinib yashaydigan insonning hayoti manaviy osoishtalik va ruhiy qoniqish bilan birga,inson uz hayotida qilib utgan narsalardan achinmasdan bu olamdan kuz yumadi.
Alloh hammamizni iymonimizni mustahkam qilib,islom diniga rivoj bersin,omin!
Assalyamu aleykum.
Aqrab
07-12-2002, 10:44 AM
To Bonik!!!
Agar sizga - Janob Bonik - bu boradagi fikrlar yoqmayatgan bo'lsa burningizni tishlanng. Iymoni va insofi bor inson hech qachon Islom dini haqida gap ketayotganda beparvo o'tiravermaydi.
Faqatgina qalbida iymoni yo'qlargina bu muammoni O'zbekiston muammosi deb tan olmaydi!!!
O'zbekistonni hozirgi kundagi eng kotta va eng hatarli muammosi - bu uning Islom dininidan chiqib borayotganidir.
Nega bizzi halqimizzi o'z dini o'z Ma'naviyati bilan birga Rivojlanishiga haqqi yo'q!!!
Nega endi bizzi Halq Ovro'po halqlariga o'hshashga majbur etilmoqda?
Nega endi Halq O'zi tanlay olmaydi, qanday m'naviy dunyoda yashsashini?
Cunki bizda Manashu halq boshiga tushgan, Moddiy hayotdan boshqa hayotni tushuna bilmaydigan, buning uchun Iymon va aql yetishmaydigan g'allamislar bordirlar.
Ular Islomning hatto gapirilishidan, bu to'grisida Insonlarning fikirlashidan o'limidan qo'rqqanday qo'rqadilar.
Chunki ular juda yahshi biladilarki, agar halqning iymoni but bo'lib qolsa, aholining ko'p qismi ilmli bo'lib qolsa, o'z haqlarini, o'z huquqlarini qo'rmasdan talab qila olishlarini.
Huquqini talab qiladigan halqni esa, keyin ezib suvini ichib bo'lmay qoladi hozirgi davirdek.
Dinni siqib chiqarishga urinayotgan, kim Islom to'grisida gapirsa uni extremistga, terroristga chiqarayotgan insofi yo'q G'allamislar hech qachon bu ishlarini halq farovonligini ko'zlab emas, balki o'zining farovonligini ko'zlab qilayotirlar.
Afsuski, bundaylarning soni, bizning yurtimizda kindan kunga ko'payib ildiz otib kelmoqdalar.
Bu jaryon agar o'zbekiston Broblemasi bo'lmasa, kimmi problemasi?
Ilmli iymonli insonlar bu Problemani shunchaki o'zaro fikr almashish, ko'ngil ochish uchun ko'tarmaydilar, balkim "karlarni" quliogini, "ko'rlarni" ko'zini ochish maqsadida gapiradilar.
Chunki, Ollohning asosiy beshta buyrugini yani Islomning
besh ruknini bajarmay turib - Meni Iymonim qalbimda, men ham o'z bilganimcha ollohga ibodat qilayapman - deb yurganlar nafaqat ko'r va kardirlar, balkim qaysar eshshak kabidirlar.
Chunki agar kimdir ularga Islomni eshittirishga, yoki Uqtirishga harakat qilsa, ular ikki oyogini tirab tan olmayman seni gaplaringni deb qaysarlik qilib turaveradilar.
Olloh shundaylarga, va barchamizga iymon va ilm bersin, qalbi ko'rlarni qalbini Ollohning o'zi ochsin va Halqimizini Paygambarimiz Muhammad s.a.v. ning eng suyukli ummatlaridan bo'lishlarinini nasib etsin.
Abdullohni esa fikirlariga to'la qo'shilaman, va bu borada anchadan beri keltirayotgan fikirlarini qo'llab quvvatlayman.
Olloh barchamizga Iymon va sabrbersin va o'zi suygan bandalari yurgan yo'llarga yo'llasin.
Assalamu alaykum
Bonik
07-13-2002, 03:53 AM
To Adbulloh:
Din bu insonni shayton yo'liga kirishga yo'l qo'ymaydigan va taqdir changalzorida tikanaklardan olib chiquvchi ya'ni yo'l ko'rsatguvchidir. Iymon esa
dindor odam qalbidagi harom va halolni ajratib berguvchi nurdir.
Bu ikki tushuncha odam qalbida bo'lishi zarur va ulardan reklama qilishni hojati yuq. Ya'ni mana men namoz uqiyman dindorman deb boshqa odamlarga o'z tushunchalaringizni "navyazivat'" qilishni zaruriyati yo'q.
O'ylashimcha namoz o'qish yoki o'qimaslik bu Uzbekistonning global muammolaridan bo'lmasa kerak?
*******************
To aqrab:
Agar inson kaltafahm va befarosat bo'lsa qiyin bo'lar ekan. Yozgan birinchi so'zlaringiz bundan dalolat beribgina qolmay, sizning yasama "dindor" ekanligindizdan dalolat beradi.
Qolaversa,
Sizning quyidagi gaplaringiz - "Chunki agar kimdir ularga Islomni eshittirishga, yoki Uqtirishga harakat qilsa, ular ikki oyogini tirab tan olmayman seni gaplaringni deb qaysarlik qilib turaveradilar."
agar islomni odamlar qabul qilmasdan ikki oyog'ini tirab qaysarlik qilishsa, ularga qarshi kuch ishlatish kerak degan fikrga olib boradi... Bu esa ekstrimizm.
Bundan hulosa qilsak, siz ayrim odamlarning siz ustingizdan olib borgan "brainwashing"ga laqqa tushib uzingizni ularni quroli qilib quygansiz... Afsus, hozirda
shunaqa sizga o'hshagan sodda va dunyo qarashi kalta bo'lgan odamlar ko'p.
Brgds,
Bonik
Bonik (Jul 12, 2002 03:16):
To Abdulloh and others:
Please feel free to discuss the religious matters in "discussion board" or "main board". This one's purpose and topic is written above.
Дин ва иймон одам калбида булиши зарур... Бундай нарсалардан реклама килишни кераги йук. Колаверса динни экстримал куринишда талкин килиш бу ахмокликдир.
Хурмат ила
Bonik
Dragoman=Pax
This board is not for religious debate, but for problems of Uzbekistan and their solutions.
Yet, since religion and morality concerns Uzbek people in this or another way, why not discuss it here?
Then,
by opening this topic, actually you yourself started another one!
abdulloh
07-13-2002, 10:22 PM
Assalyamu aleyukum.
Din haqidagi tushunchangizga qarshi chiqmasdan,uni urniga men shu dinni bizga etkazgan Muhammad s.a.vning suzlari bilan aytilgan,ya'ni ularning sahih hadislarini ma'nosini shu erda keltirsam.Ularni gaplarini rad qilmaysiz degan fikirdaman.Bu hadis Paygambarimiz s.a.vning ulug sahobalari,Amirul muminin Umarubnilhattob raziallohu anhu tomonidan rivoyat qilingan.
- Bir kuni biz Muhammad s.a.v. bilan utirgan edik,shu vaqt oldimizga kiyimining oqligi juda op-poq bulgan,sochlari uta qora bulgan,unda hech qanday safar alomatlari bulmagan shu bilan birga oramizda uni hech kim tanimaydigan bir kimsa keldi.Kelib u,Muhammad s.a.v.ning oldilariga utirib,tizzalarini Ularning tizzalariga suyadi va qullarini uz sonlariga quyib "Yo Muhammad meni Islomdan habardorqiling"-dedilar.
- Muhammad s.a.v. " Islom bu-La Ilaha illalloh Muhammadu rasululloh kalimasiga shahodat bermoq,Namozni barpo qilish,Zakotni berishlik,Ramazon oyida ruza tutishlik va Baytullohni haj qilishlik agar yulga qodir bulsa."dedilar.
- Suragan kishi "Tugri ayttingiz" dedilar.
- Biz ajablandik,surab sung tasdiqlab quyganiga.
- Keyin aytdilarki "Iymonni aytib bering"
- Muhammad s.a.v. aytdilarki " Allohga iymon keltirishingiz,ya'ni Allohning hamma sifatlari yagona ma'bud,olamlarning Rabbisi ekanligiga iymon keltirish.
Maloikalarga iymon keltirish,ya'ni Quroni karimda va hadislarda keltirilgan farishtalarning sifatlarini tasdiqlash.Tavrot,Injil,Zabur va Quroni karim,Allohning kitoblariga iymon keltirish.Allohning Paygambarlariga iymon keltirish.Qiyomat kuniga ,bu hayotdan keyin,insonlar qayta tirilib,savol-javob qilinib,sung jazosi yoki mukofotini olishiga iymon keltirishlik.
Qadar(taqdir)ga,uning yahshi-yomonligiga iymon keltirishlik. "dedilar.
- Suragan kishi "tugri ayttingiz"dedilarda,yana "Ehson haqqida habar bering "dedilar.
- Muhammad s.a.v. "Allohni kurib turgandek ibodat qilishingiz,agar Allohni kurib turganningizni tasavvur qila olmasangiz,Alloh meni kurib turibdi degan etiqod bilan ibodat qilishingiz," dedilar.
"Qiyomatni aytib bering"-dedilar
-Muhammad s.a.v. "Suraluvchi surovchidan olimroq emas"dedilar,ya'ni bu ilmni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi deganlari.
-Qiyomatni alomatlarini aytib berishlarini suradilar.
-Muhammad s.a.v. "Churi hojasini tugishi .Yalang oyoq,yalangoch,kambagal quy chuponlarini,baland binolarda fahirlanib utirishini kurishligiz,qiyomatni alomatlari," dedilar.
-Keyin savol qilgan kishi ketdilar,bir oz utib "Ya Umar,savol qilib ketgan kishi kimligini bilasizmi" dedilar.
- Men "Alloh va Uning Rasuki biluvchiroq," dedim
- Shunda ular "Bu Jibriil edi,sizlarga DININGIZNI ta'lim berish uchun kelib ketdi "dedilar.
Yuqoridagi hadisdan biz DIN nima? degan savolga hulosa qilishimiz mumkin.Endi bu hadisi sharifni qisqa tahlil qilsak. iz siz bilan adashmasam Din va iymon haqida suhbat qilayotgan edik.- Muhammad s.a.v.Iymon nima degan savolga-La Ilaha illalloh Muhammadu rasululloh kalimasiga shahodat bermoq"dedilar.Bu kalimani aytish emas,balki uhga shahodat bermoq'yani uni tasdiqlamoq.Allohdan boshqa hech kimga siginmasdan,yakka Allohga ibodat qilish va Muhammad alayhissalom uning Rasuli ekanligini tasdiqlad,Ularga itoat qilish va buysinishdir.Ularning buyruqlarini suzsiz bajarishdir.Allohni va Rasuliga hammadan ortiq muhabbat qilishdir.Shularning hammasi iymondir.
Yuqoridagilarning hammasi esa DIN degani.
Endi har bir inson shu hadis yordamida,uz-uziga javob bersinchi "Haqiqatda iymoni bormi?Uz dini haqida ma'lumotga egami-yuqmi.Va shu malumotlarsiz qanday qilib inson haromni-haloldan ajratib oladi?
Man dindor bulganimni reklama qilganim yuq,va tushunchalarimni hech kimga "navyazivat" qilganim ham yuq.Islom haqidagi topikni ochishimdan maqsad,Islom haqida notugri tushunchaga ega bulgan yoshlarimizga,uz bilganimch ma'lumot berish.Men ham bir yil oldin Islom haqida notugri tushuncha bilan yashab kelganman.Bir inson menga yahshilik qilib,Islom
haqiqatda qanday guzal va insoniyatni hayotini naqadar yahshilashi mumkinligini tushuntirdi.Shu kabi men ham Allohning oldidagi vazifamni bajarmoqdaman halos.
Agar gaplarim bilan,biror insonni ranjitgan bulsam,uzr surayman.
Assalyamu aleykum.
Aqrab
07-15-2002, 07:24 AM
Assalamu Alaykum!
To Bonik!
Hurmatli Bonik, siz meni kaltafahmlikda ayblashdan oldin, hech bo'lmasa bir marta o'sha oliy fahmingizni ishlatishga haarakat qilib ko'rganmisiz o'zi?
Agar ishlatgan bo'lsangiz o'ylagan bo'lar edingiz - Men qayoqdan paydo bo'ldimu va qayerga ketaman - deb.
Agar oddiygina shu jumboq haqida fikr yurgazganingizda, siz tushunib yetgan bo'lur edingiz, Islomning Insoniyat uchun naqadar muhimligini.
Islom ahli yuqorida Abdulloh aytib o'tganidek, Iymon kalimasini tilida qaytarib qo'yib, Meni Iymonim qalbimda, uni hech kimga ko'rsatmayman, Men musilmonman, chunki ota onam muslimon deb yurgan insonlardan iborat emas, balki Ollohning buyurgan o'sha besh farzini to'la bajarishga jon jahti bilan, va Holis harakat qiladigan Mo'nimlardan iboratdir.
Shu borada aytib o'tish lozimki, bu beshta farz bekorga shu tartibda keltirilmagan. Bu tartibga ko'ra Iymon keltirgan, shu iymon keltirishi bilan, avtomatik ravishda Namoz o'qishga, Namoz o'qigan ro'za tutishga, ro'za tutgan Imkoniyati bo'lsa Zakot berishga, Zakot bergan yana Inkoniyati bo'lsa Haj qilishga Iymon keltiradi.
Shu haqiqatdan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, birinchi farzni bazarib ikkinchisini bajarishdan bo'yin tovlab turgan Insonning Misoli Oddiy qilib aytganda biron bir KOrhonaga Ishlash uchun ariza berib qo'yib, Ishlagani kelishdan bo'yin tovlayotgan ihsonni holatiga o'hshaydi. Bu holatda hammaga ma'lumki bu Odamning Ishdan haydalishi.
Musulmon insonning ham bacharayotgan farzlari shunda qabul qilinadiki, qachonki u Inson manashu besh farzni o'z tartibi bo'yicha bajarishga harakat qilsa.
Yani Iymon keltirmagan insinning Namozi, Iymon keltirib Namoz o'qimagan insonning RO'zasi, yoki manashu uchta birinchi Farzlarni bajarmay turib Zakot bergan Insonning Zakoti, yoki yuqoridari to'rt farzni tartib bilan bacharmay kelgan insonning Haji bizni yaratgan egamiz Olloh tomonidan qabul etilmaydi!!!!
Bu narsa sizga o'hshagan ko'pchilikka achchiq tuyilsa ham bu narsalarni sizlarga yetkazib qo'yish bizning vazifamiz.
Chunki Olloh Asr surasining ohirgi oyatida: bir birlarini Iymonga, Haq yo'lga va sabrga chorlaganlargina Husronda (Zalolatda yoki Adashishda) emaslar degan.
Shuning uchun Husronda bo'lib qolmaslik uchun manashu burchni bajarib qo'yishlik lozimdir.
Endi sizni meni extremizmda ayblashingizga kelsak, umuman noo'rin ayblov, yani tuhmat. Men qaysar eshshak misolini fikrimni yanada oydinroq yetkazib berish uchun keltirgan edim, lekin bu Fikrim o'zini tasdiqladi. Yani Qaysarligingizni anashu javobingizda o'zingiz bildirib qo'ydingiz.
Ammo siz bu javobingiz bilan nafaqat qaysarligingizni, balki Tuhmatchi ekanligingizni ham isbotladingiz.
Endi men sizga aytsam, bu ikki sifat ham Iymon ahliga to'gri kelmadigan, uni juda katta gunohlar tomon boshlaydigan sifatlardir.
Olloh haqqi bu sifatlaringizni yo'qotishga harakat qiling, Chunki Bizning yurtimizda sizdek tuhmatchilar qancha kamaysa, Iymonli halqimiz joniga ham shuncha o'ro kiradi. Chunki hozirgi davrda minglab o'z iymonini himoya qilgan Muslmonlar vatandoshlarimiz anashunday TUHMATCHILAR dastidan qamoqlarda jon taslim qilmoqdalar, va azoblanmoqdalar. Uralning hech qaysini Ustigan qo'yilgan tuhmatlar isbotlanmagan, ammo QAYSAR jallodlar ularning begunoh ekanliklarini ham tan olishni hohlamaydilar.
Endi o'zingiz holis aytingchi, agar anashu siz aytayotgan qalbingizda berkitgan azgina Iiymoningiz bo'lsa, Kim bu yerga extramistu, kim jabrlanuvchi.
Agar kimda kim o'zbekistonda jabr ko'rgan bo'lsa, uham anashu Iymon ahli, bu Dunyoligi uchun Iymonidan kechmagan Olimlar bo'ladi.
Assalamu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!
Bonik
07-15-2002, 07:58 AM
Mr Aqrab:
O'zingizni 2 gapingizga e'tibor bering.
***********************
1.To Bonik!!!
Agar sizga - Janob Bonik - bu boradagi fikrlar yoqmayatgan bo'lsa burningizni tishlanng.
2. To Bonik!
Hurmatli Bonik, siz meni kaltafahmlikda ayblashdan oldin, hech bo'lmasa bir marta o'sha oliy fahmingizni ishlatishga haarakat qilib ko'rganmisiz o'zi?
********************
Sal muloyimroq bo'lib qolipsizmi? Agarda aytgan gaplarim sizni tarbiyangizga ijobiy ta'sir qilgan bo'lsa hursandman.
Nasib qilsa, yahshi bo'b qolasiz. Hijolat bo'lishga o'rin yo'q.
I don't want to continue this discussion as it is going against the subject I have chosen for this matter.
Best regards,
Bonik
Aqrab
07-15-2002, 11:59 AM
To Bonik
Bu yerda Muloyimlik yoki, boshqa narsa haqida gap ketayotgani yo'q.
Meni yuqorida siz keltirgan gaplarim faqatgina kinoya aralash bir mubolag'a edi.
Bu fikrim sizning qaysarligingizgan dalolat beradi, chunki qaysarligingizdan, haqiqatni tan olish sizga burningizni tishlashdan ham og'irroq degan ma'noda.
Keyingi Fikrim esa sizning o'sha kaltagina hali ko'zi ochilmagan Aqlingiz va Qalbingizga bir kinoyaviy mubolag'a bo'ladi.
Agar shuni ham tushuna olamagan bo'lsangiz, Olloh o'zi sizning ko'zingizni va shu jumladan Qalbingizni ochsin!
Assalamu alyakum!
Mumtoza
07-15-2002, 12:30 PM
To Bonik
Sovest' nachinaet gri'zt da? kogda rebyata vedut diskussiyu o religii, o tex 5 obyazannoystey.
Ya ponimayu eto pochemu vsegda kogda zdes' idet rech' o religii, nekotoim ochen' strashno ne nravitsya v tom chisle i Vam. Eto chisto psixologicheskiy prozess.
To ,chto ne nravitsya chitat', slishat' o tex veshax, kotorim cheloveku ochen' sil'no tyajelo prinyat' i preodolet' vot i vsya beda. On znaet chto on ne v sile,poetomu i protivorechit.
S uvajeniem
nice remark of Bonik,
it is assumed, that boards moderators monitor compliancy of topics with thematical boards.
I think there should be a link explaining aims, rules of this forum. That would help avoid misunderstandings.
Lulibacha
07-28-2002, 08:00 PM
Mumtoza-respect
Bonik-disrespect
Stud-a ti s pontom samiy umniy. The subject of the board itself is about religion. For religious people it sounds like "I'm tired of religion", and as you might know the aim of our mullas(mullabachas) to prevent people from thinking like that, and to teach them. So, they're doing their job, and they're doing well.
Good luck...
Gareeb
02-25-2004, 04:23 PM
Mna bu narsalar Uzbekistonning haqiqy muammosi desa buladi. Qimmatli vaqtlarni behuda narsalarga sarflamasdan , shu foydali narsalarni uqib , firk yurtish kerak.
MUHLIS
02-25-2004, 07:11 PM
To Bonik:
First of all, I am fuly in favor of what you said regarding to the religious stuff. But from you i said, it seems like you are quite aware of what is going on in this forum, but you rarely participate in discussions. Why so?
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.