PDA

View Full Version : AZIZ DO`STIM TO`XTANG!


abdulloh
07-20-2002, 01:08 AM
AZIZ DO`STIM TO`XTANG!

Abu Ja'far al-Buxoriy tarjimasi
Bismillahir rohmanir rohiym

Aziz do`stim!

Ushbu Koinot o'z ichiga olgan katta va kichik narsalar bilan Alloh ta'olo tomon unga tasbihlar, ulug`lash va sajdalar bilan yo'nalmoqda. Alloh ta`olo dedi: "Barcha narsa Allohning hamdi bilan tasbih aytadi".

Alloh ta`olo yaratgan barcha maxluqotlar Alloh uchun boshini e`gib, unga marhamatlar bilan e`tirof e`tadilar.

Biroq, bu ulkan Koinotda mitti, faqir, hor, e`rkaklik suvidam yaralsada, ashaddiy dushman bo`lgan, Koinot bir yo`lda bo`lsa, u o`zi boshqa yo`lda bo`lgan, Alloh ta`ologa barcha maxluqlar zikru tasbihlar aytish bilan mashg`ul bo`lsalar-da, itoat e`tmaydigan, bo`yinsunmaydigan, tasbihlar aytmaydigan bir maxluq bor. U - Alloh ta`ologa osiy bo`lgan insondir. Allohu Akbar! Ushbu tartibli Koinotda yolg`iz qolar e`kan, uning g`ururi, aqlsizligi, xor va xo`rligiga qarang!

Unga necha martalab tavba qilish imkoni berildi, tavba qilmadi. Necha martalab Alloh yo`liga qaytish imkoni berildi, qaytmadi. Robbisi bilan sulh qilishga necha marta chaqirildi, u sulh qilmadi, balki, mutakabbirlik qilib, yuz o`girdi.

Aziz do`stim!

* Alloh ta`ologa osiy bo`lishdan avval ushbu dunyo, uning faqirligi, bevafoligi, ko`p jafoli, hasisligi va tez bitib tugashu, dunyoning dunyo atrofida yiqilgan ahli, oshiqlari, ularga dunyoning bergan turli azob sharoblari, ularni oz kuldirib, ko`p yig`latgani haqida tafakkur qilib ko`ring.

* Alloh ta`ologa osiy bo`lishdan avval ohirat, oxiratning davomiyligi, uning haqiqiy hayot, barqarorlik va istiqror diyori e`kani haqida tafakkur qilib ko`ring.

* Alloh ta`ologa osiy bo`lishdan avval jahannam, jahannamning yonishi, alangalari, tubining chuqurligi, issig`ining kuchliligi va ahlining qattiq azoblanishi: qayhoq suvlarda yuzi bilan sudralishi va o`tin kabiyoqilishlari haqida tafakkur qilib ko`ring.

* Alloh ta`ologa osiy bo`lishdan avval jannat, jannat ahli uchun Alloh ta`olo tayyorlab qo`ygan: k`oz k`ormagan, quloq e`shitmagan va insonning xayoliga kelmagan turli-tuman emaklar, ichimliklar, kiyimlar, ko`rinishlar va mahrum qolgan insongina e`tibor bermaydigan quvonchlarni kafolotlovchi ne`matlar haqida tafakkur qilib ko`ring.

* Aziz do`stim, Alloh ta`ologa osiy bo`lishingizdan avval o`ylab ko`ring. Siz oltmish, sakson, yuz yoki ming yil hayot kechirarsiz. Keyin nima bo`ladi? Ketin yo jannat, yoki jahannam azoblari bo`ladi, Alloh saqlasin!

abdulloh
07-20-2002, 01:09 AM
Aziz do`stim!

Ishonch qilingki, o`lim farishtasi sizni tashlab, boshqalarga o`tib ketgan bo`lsada, bir kuni sizga ham etib keladi. Yillar, kunlar va lahzalar o`tib, Siz, molingiz, oilangiz, do`stlaringiz bo`lmagan qabringizda tanho qolasiz. Bas qabrning e`sa zulmati, tanholigi, torligi, qo`rquvi, dahshati va siquvi bor!

Allohga qiyomat kuni, qalblar qo`rquvga to`lgan, farzandlaringiz, ota-onangiz, rafiqangiz va aka-ukalaringizdan voz kechadigan kunda, duch kelgan holatingizni o`ylab ko`ring. U holat va dahshatlarni e`slang! Tarozilar quriladigan va nomalar tarqariladigan u kunni e`slang! Sizning nomangizda ko`lab toyilishingiz va amallaringizda xatolar bo`lishi mumkin. Tinimsiz qochib yurganingiz, da`vat e`tsa da`vatiga qarshi to`sqinlik qilganingiz haqiqiy podshoh huzurida qo`lingizda barcha katta va kichik narsalar yozilgan nomalar bilan turishingizni e`slang! Alloh sizdan umringiz, yoshligingiz, qilgan ishlaringiz va topgan boyliklaringiz haqida so`rasa qaysi tilingiz bilan javob bera olasiz? Alloh huzurida qaysi oyoqlaringiz bilan tura olasiz? Alloh sizdan: "Bandam, mening seni ko`rib turishlarimni engil sanadingmi? Meni senga qarab turganlarning e`ng arzimasi deb o`yladingmi? Men senga yaxshililar va ne`matlar ato e`tmadimmi? Shunday e`kan nega sen menga osiy bo`lding?!"- deb savol berganida qaysi ko`zlaringiz bilan boqasiz va qaysi qalbingiz bilan javob berasiz?!

Aziz do`stim!

Keyinida buyuk zafarga e`rishish va tuganmas ne`matlar bilan lazzatlanish uchun bu oz kunlar va o`tkinchi lahzalarda Alloh ta`ologa ibodat qilish uchun sabr qila olmaysizmi?

Aziz do`stim!

Bu dunyoda: "Bizlar maqsadsiz yaratilganmiz va o`z holimizga tashlab qo`yilganmiz" deb tushungan kishilar ham bor. Ularning hayotlari o`yin-kulgudangina iborat. Ularning k`ozlari pardalar bilan qoplangan. Hidoyatni e`shitishdan e`sa quloqlari og`ir, k`ozlari ko`r, qalblari buzuqdir. Ularning o`tirishlarida Allohning zikri va Kitobidan boshqa barcha narsani topishingiz mumkin.

Ular bandalari bo`lishlari, huzurida turishlari, qo`lida bo`lishlariga qaramay Allohdan qochib, Allohga ijobat qilmadilar. Balki, Shaytonning da`vati, rag`bati va hohishlari tomon ketmoqdalar... Ularning holiga boqing... Shaytonning da`vatiga labbay deydilaru, Rahmonning da`vatiga ijobat qilmaydilar! Ularning aqllari qayerda?!... "Darhaqiqat, ko`zlar ko`r bo`lmas. Balki, ko`krakdagi qalblar ko`r bo`lar". Ularning osiy bo`lishlari va itoatsizlik qilishlari uchun Alloh ularga nima qildi? Alloh ularni yaratib, ularga rizq berib, badanlari va mollarida ofiyat bermadimi?! Halim (Alloh) ning halimligi, Karim (Alloh) ning saxovati ularni aldab qo`ydimi?! Ular gunohlarga mukkalaridan ketgan paytlarida boshlariga o`lim kelishidan qorqmaydilarmi?! "Ular Allohning makridan xotirjam bo`ldilarmi? Allohning makridan ziyonkor xalqlargina xotirjam bo`ladilar".

Aziz do`stim, ularning toifalaridan biri bo`lib qolishdan e`htiyot bo`ling. Ularning ishlaridan butunlay uzoq bo`ling va yaralish maqsadingiz uchun harakat qiling. Chunki, siz buyuk bir vazifa uchun yaratilgansiz. Alloh ta`olo dedi: "Men jin va insonlarni o`zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim".

(Agar bilsang seni buyuk ishlar uchun hozirladilar va sen arzimas narsalarga ham e`tiborli bo`l).

Aziz do`stim!

Hoy Allohga osiy bo`lgan banda, robbingizga qayting hamda jahannam va jahannamning olovidan qorqing! oldingizda dahshatlar, mashaqqatlar, ne`matlar va azoblar, ilonlar va qu`rqinchli narsalar bor.

Allohdan boshqa haqiqiy iloh yo`q e`kaniga ond ichib aytamanki, bu kulgular, qo`shiqlar, filmlar silsilasi va o`tkinchi ishlar, (hayosiz) ro`znoma va oynomalar, rafiqalar, farzandlarm do`stlar, og`alar, moli dinyolar sizga foyda bermaydi. Sizga faqatgina qilgan yaxshiliklaringiz va solih amallargina foyda beradi.

Aziz do`stim!

Bu maktubni sizga oppoq va nurli yuzingiz qiyomat kuni qoraymasligi, kelishgan jussangizning jahannam olovida yonmasligini umid qilib yozdim. Alloh sizga tavfiq ato e`tsin, o`zingizni jahannamdan qutqaring va hozir, kechikmasdan o`z tavbangizni e`lon qiling! Va bilingki, siz bunga hech ham afsus chekmaysiz. Balki, tez kunda Alloh ta`oloning izni bilan baxtiyor bo`lasiz. Bu to`grisida ikkilanmang va kechikmang! Alloh nomiga ond ichib aytamanki, men sizga faqatgina nasihat qildim.

Vassalomu alaykum va rohmatullohi va barokotuh.

Boy ota
07-26-2002, 12:02 AM
Mullo Abdulloh,

Hammaga ma'lumki hozirda Usama Bin Ladin, Juma Nomongoniy va tolibonlar islom ekstremistlari deb kelinmoqda. Siz bunga qanday qaraysiz? O'zbekiston ham tolibonlar yo'lini tutishi kerakmi? Umuman bu kimsalarga islom diniga qanday qaraladi?

abdulloh
07-26-2002, 09:38 PM
Assalyamu aleykum.
Siz bergan savolga bir tomonlama yondashib bulmaydi.Tolibonlarning Afgonistonda olib borgan islomiy siyosatini men tubdan notugri deb hisoblayman.Ular uz harakatlari bilan butun dunyo ahlini Islomdek pok dinga nafrat va qurquv bilan qarashga majbur qildilar.
Usoma Bin Lodenga kelsak mening fikrimcha u ham anchagina hatolarga yul quygan.Ammo men bilishimcha uning maqsadi uz vatani bulmish Saudi Arabistondan USA uz qushinlarini olib chiqishi edi,Saudining aholisi ham mening bilishimcha ularni chiqib ketishi tarafdori.Usoma bin Loden 11 sentyabr voqealaridan oldin ham USA ga bir necha bor maydaroq aktlar orqalik uz hohishini qat'iyligini namoish etgan edi.Umuman olganda hozirgi kunda dunyoda bulayotgan tuqnashuvlarning aksar qismi yahudiylar sabablik bulmoqda.Ular dunyo buylab juda katta mablag va qudratga egalar.Va hammaga ma'lumki ular Islomning eng ashaddiy dushmanlari.Ular uz qudratlarini ishga solib shu majorolarga ut quyib tyribdilar.Va USA ularni ikki qullab quvvatlab kelmoqda.Ammo begunoh insonlarni qatl qilish albatta Islomda qattiq qoralangan.
Juma namongoniy.Bu shahs atrofida gaplar juda kup,ammo na siz na men bu inson haqqida asl ma'lumotlarga ega emasmiz.Biz faqatgina uni hukumatimiz uni bizga qanday tanitgan bulsa,shu holatda bilamiz.Bizning hukumatda esa past odamlar etarlikcha.Mening bilishimcha Juma nomongoniyning maqsadi Urta Osiyoda,shahsan Fargona vodiysida Islomiy Hulofot barpo etishdir.Men bu fikirga yahshi qarayman,ammo mening fikrimcha,bugun Urta Osiyo halqlari bunga tayyor emaslar.70-yillik ateistik tarbiya ostida katta bulgan avlodlar haqiqiy Islom haqida etarlikcha malumotga ega emaslar.Juma Nomongoniy bu omillarni nazarga olmagan holda harakat qilmoqda.U kuch bilan hech narsaga erishib bulmasligini esdan chiqargan kurinadi.Islomiy hulofot barpo etmoqchi bulgan inson,buni Muhammad s.a.v.dan urganishi kerak.Ular 13 yil faqatgina "La Ilaha Illalloh" kalimasiga da'vad qildilar.ya'ni insonlarning qalbiga iymonni joyladilar va uzlari bizlarga bunda na'muna buldilar.Ular,uzini musulmon deb bilgan ammo islom rukunlarini tuliq bajarmayutgan insonlarni qatl qilmadilar,balki ularga islomni afzalligini kursatdilar.Ular insonlarga saodat yulini kursatdilar.Ularga ilm urgatdilar. Muhammad s.a.v. "Men oliy hulqlarni kamoliga etkazish uchun Paygambar qilib junatildim"deganlar.Shundan hulosa qilamizki Musulmon inson har tomonlama hulqi eng kamol topgan bulishi zarur.Biz insonlardan farzlarni bajarishni talab qilishimizdan oldin,uz hulqimiz bilan,muomalalarimiz bilan,omonatligimiz bilan va sodiqligimiz bilan urnak bulishimiz kerak.Shunda insonlarning uzlari islomning afzalligini anglashadi va InshoAlloh iymon egalari bulishadi.Undan sung InshoOalloh hulofot ham qursa bular.Ammo Abo Bakir,Omar,Usmon va Ali ibni Tolib raziAllohu anhular kabi halifalarni hozirda topib bulmasa kerak,shu sabablik halifalik ham agar barpo etilsa.U nafaqat islomiy,balki demokratik ham bulishi shart.Dunyoviy ilmlarga ham katta ahamiyat berilishi zarur.
Hozirgi kunda mening istagim,bizning real hayotimizga yaqinroq,yani musulmonlar qurqmasdan ibodatlarini qilishsa,uylarida islomiy majlislar utkazishsa,sunnatlarga bemalol ergashishsa,Namoz vaqtlarini soatlarga qarab emas,balki kuchada azon ovozini eshitib bilishsa,jum'a kunlari bemalol masjidlarga bora olsalar va shunga uhshash istaklari bor.Ammo bular hozirgi kunda aksar musulmonlar uchun ilojisi yuq narsalardir.

http://www.harunyahya.ru/terrorism/terrorism.htm

http://www.harunyahya.ru/terrorism/the_most_innocent.html

yuqoridagi saytlardan siz Islomning terrorizmga bulgan qarashini bilib olishingiz mumkin.

Assaluamu aleykum.

Mumtoza
07-29-2002, 07:48 AM
Abdulloh!
Uzr,ammo, esingiz bormi o'zi? Nimalar haqida yozayapsiz ushbu boardda???????????????????????????????????
Hamma topiklardagi yozganlaringizni o'qib, shu topikka barcha yozganlaringizga javob qaytarmoqchiman.

1.Din bilan davlat qurilishini almashtirmang. (!)
2. O'zbekiston Sizga Islom respublikasi emas(!)
3. Islom davlatlarining hozirgi vaziyatidan kelib chiqing(!)
4. O'tgan asrlarda bo'lib o'tgan vaziyat bilan hozirgi kundagi rivojlanishni taqqoslantirmang.(!),intellekt degan narsani unutmang(!)
5. Rivojlanishning ijobiy va salbiy tomonlari bor. bu dunoyoda hamma narsa nisbiy, ideal holatda emas.(!)
Ammo, shuning uchun oldingi asrlarda bó'lib o'tgan vaziyatni hozirgi kunga kseroks qilib yopishtirmaslik kerak-a?! (!) Biz oldinga qarab ketayapmiz, orqaga qarab emas.(!)
6. Islom shartlarini bajarish har kimning vijdoni,u uchun da'vatni keragi yo'q(!).Istamagan kishi bari-bir ming yozganingiz bilan bo'yin egmaydi, Abdulloh aytdilar deb(!). Payg'ambarimiz ham namoz o'qing, iymonga kiring deb,o'z amakilarini Abu Lahabni kuniga 150 marta da'vat qilganlar,ammo bari-bir bo'yin egmay mushrik bo'lib, o'lib ketgan. Din inson qalbidan chiqishi kerak.(!)


Hurmat bilan..........

abdulloh
07-30-2002, 06:26 AM
Assalyamu aleykum.
Agar davlat qurilishi islom dini asosida bulsa,maqsadga muvofiq bular edi deb hisoblayman.Agar siz bunga qarshi bulsangiz Islom dinining bugungi hayotni qaysi tomonlariga tugri kelmasligini aytib bersangiz.
Uzbekiston islomiy davlat emas buni men ham yahshi bilaman,ammo musulmon odam uz Rabbisi oldidagi majburiyatlarini bajzrishi uchun,albatta islomiy mamlakatda yashashi shartmi?Unday bulsa "Hamma,uzini musulmon deb bilgan insonlarni islomiy mamlakatlarga haydab chiqarish kerak" deb hisoblarsiz.
Biz islomni Islom davlatlaridan urganmaymiz.Islom davlatlari islomga zid bulgan harakatlarni qilayotgan bulsa,bu ularning aybi islomning emas!Biz Quronga, sunnatga va ashoblarga ergashishga buyurilganmiz.
Muhammad s.a.v. "ota bobolaringizga,uz davringizdagi ulamolarga eki arablarga ergashinglar" deganlari yuq.Agar yuqoridagilarning kursatmalari Quronu sunnatga zid bulmasa biz ularni qabul qilamiz aks holda rad etamiz.
Intelekt degan narsani bizga Alloh bergan.Uni Alloh buyurgan yunalishda ishlatilsa maqsadga muvofiqroq bular edi.

<<<5. Rivojlanishning ijobiy va salbiy tomonlari bor. bu dunoyoda hamma narsa nisbiy, ideal holatda emas.(!) >>>

Albatta shunday,ammo har bir inson uzini,uzi tanlab olgan bir idealga etish uchun intilishi kerak.Albatta har bir inson har hil ideallarni tanlaydi.Musulmon odam Muhammad alayhissalomni uziga ideal qiladi,boshqalar yana kimnidir.Sizning idealingiz kim? Ideal jamiyatni qurilishini har bir inson uzidan boshlashi kerak va boshqalarga urnak bulishi kerak.

<<<Ammo, shuning uchun oldingi asrlarda b&oacute;'lib o'tgan vaziyatni hozirgi kunga kseroks qilib yopishtirmaslik kerak-a?! (!) Biz oldinga qarab ketayapmiz, orqaga qarab emas.(!)>>>

Hozirgi jamiyatimizni bir usayotgan qush misolida oladigan bulsak.Bu qushning bir qanoti,ya'ni moddiy qanoti kundan kunga kuchayib kattalashayotgan bulsa,ikkinchi ya'ni ma'naviy qanoti chirib bormoqda.Bu qush hozircha bir amallab siz aytgan "Oldinga" uchayutgan bulsa,tez kunda qulab tushish arafasida turibdi.
Bu olga ketayotgan,rivojlangan jamiyatlarda hozirgi kunda Narkomaniya,fohishabozlik,qotillik,spid,ugrilik,
zinokorlik,alkogolizm vahokazo illatlar hanm rivojlanib kelmoqda.Shu ketishda bulsa ertaga farzandlarimiz ham Alloh saqlasin shular qatoriga qushiladi.

<<<6. Islom shartlarini bajarish har kimning vijdoni,u uchun da'vatni keragi yo'q(!).Istamagan kishi bari-bir ming yozganingiz bilan bo'yin egmaydi, Abdulloh aytdilar deb(!). Payg'ambarimiz ham namoz o'qing, iymonga kiring deb,o'z amakilarini Abu Lahabni kuniga 150 marta da'vat qilganlar,ammo bari-bir bo'yin egmay mushrik bo'lib, o'lib ketgan. Din inson qalbidan chiqishi kerak.(!)>>>

Amru Ma'ruf va Nahiy Munkarni Alloh Quronda aytib utgan,siz undan biluvchiroqmasdursiz.Alloh iymonni ham uzi berishini aytib utgan,bizning ishimiz davad.Odamlar shunga moilligi bulib,Islomni tushunishga harakat qilsalar,InshoAlloh Alloh ularga iymon beradi.Odamlar uzini olib qochib yursalar,Alloh ularni battar adashtirib yuboradi.
Paygambarimiz alayhissalom ham uz amakilari Abu Lahabni,iymon keltirmasa ham kuniga 150 marta da'vat qilishni davom ettirgan ekanlarku.Men bu erda haftasiga 1-2 martagina qilyapman,kupaytirishim kerak ekan unday bulsa,VAllohu a'lam.Dinni insonlar qalbiga kiritish kerak,sung din ularning qalbidan nur bulib chiqadi VAllohu a'lam.
Bizning yurtdoshlarimiz,Dinga qarshi da'vatlar ostida tarbiya olib katta bulganlar,hususan men ham.Bunda ularning aybi yuq deb hisoblayman,ammo hozirgi kunda ilojimiz bor ekan hammani quldan kelganicha da'vat qilish zarur,aks holda qiyomat kunida uz birodaringizni bir ogiz da'vad qilmaganingiz uchun ham Alloh oldida javob beriladi,VAllohu a'lam.
Umuman olganda mening oldingi postimning qaysi qismiga qarshisiz,aniqroq ma'lumot bersangiz.
Assalamu aleykum.

don_carlioni
08-09-2002, 03:09 AM
Mumtoza (Jul 29, 2002 07:48):
Abdulloh!
Uzr,ammo, esingiz bormi o'zi? Nimalar haqida yozayapsiz ushbu boardda???????????????????????????????????
Hamma topiklardagi yozganlaringizni o'qib, shu topikka barcha yozganlaringizga javob qaytarmoqchiman.

1.Din bilan davlat qurilishini almashtirmang. (!)
2. O'zbekiston Sizga Islom respublikasi emas(!)

Ha Abdulloh nima deyapsiz Uzbekiston Islom respublikasi emas, va hech qanaqa demakratiya davlati ham emas, korrumpirovanniy i mafiozniy respublika!!!

Mumtoza togri suylayabdi, hamma esni unga bergan Hudoyim!


3. Islom davlatlarining hozirgi vaziyatidan kelib chiqing(!)
4. O'tgan asrlarda bo'lib o'tgan vaziyat bilan hozirgi kundagi rivojlanishni taqqoslantirmang.(!),intellekt degan narsani unutmang(!)

Haa haa, intellect juda ham kompki huddi pionerlar ga uhshab baqirib gapiryapti Mumtoza ogiriga undov belgisi qoyib.

5. Rivojlanishning ijobiy va salbiy tomonlari bor. bu dunoyoda hamma narsa nisbiy, ideal holatda emas.(!)
Ammo, shuning uchun oldingi asrlarda b&oacute;'lib o'tgan vaziyatni hozirgi kunga kseroks qilib yopishtirmaslik kerak-a?! (!) Biz oldinga qarab ketayapmiz, orqaga qarab emas.(!)

Ha ha ha, bunisi iz oblasti fantastiki boldi, rosa kulyapman lekin ha ha ha, "Biz oldinga qarab ketyapmiz, biz Amerikani yetib olamiz va utib ketamiz uraaa!!!!" deb baqirar edik Sovet davrida. Manimcha Mumtoza oldi va orqani farqiga bormai qoldi.


6. Islom shartlarini bajarish har kimning vijdoni,u uchun da'vatni keragi yo'q(!).

Ha ha ha, davat bolmasa gunohkor bolib qoladi aqillik qiz. Ogoh qilish zarur har bir insonni u dunyo borligini va jazo ham borligini, har bir inson biganini yetkazib qoyishi shartligini bilasizmi yahshi qiz?



Istamagan kishi bari-bir ming yozganingiz bilan bo'yin egmaydi, Abdulloh aytdilar deb(!).

Gap istamang kishi togrisida ketmayapdi, man masalan bilganimni yetkazib qoyaman lekin yoq eshitmaiman kerakmas deb turib olsa nimayam qilardim endamai quyaveraman. Hali qiyomatda bimmai eshitmai utib ketganlar bilib utib ketganlarga aibni tunkashadi shuning uchun ham davad qilinadi yahshi qiz.

Payg'ambarimiz ham namoz o'qing, iymonga kiring deb,o'z amakilarini Abu Lahabni kuniga 150 marta da'vat qilganlar,ammo bari-bir bo'yin egmay mushrik bo'lib, o'lib ketgan. Din inson qalbidan chiqishi kerak.(!)

Voi voi voi yashang siz manimcha dinni kak filasofia i istoriya urganar ekansiz. MSAV 150 marta amakilarini davat qilgan bolsalar nima qillibdi? Bu degani MSAV ha endi davat qilmang chunki meni amakim 150 martada kirmadilar dinga dedilarmi? Yoki Alloh shu sababli davat qilmang deb buyurdimi?

Hudo sizga va bizga mustahkam iymon bersin, uyingizga tinchlik va baraka.



Hurmat bilan..........