PDA

View Full Version : MOSKVA- ZALOJNIKI "NORD-OSTA" TERRORIZM!!!!!!!!


CHAROS
10-25-2002, 12:56 PM
Salom.. Moskvadagi hozirgi ahvol juda yahshi bulmadi... ;)
Terrorrizm!!!! Bir maqsadga erishish uchun qanday razillikka bormaydi inson.. va TERRORLIK vositasi bilan bu narsa yanada olga ketyapti.. Lekin uylab qarasa Chechenlarning ham tugri haqligini unutmaslik kerak, tugri ular bir oz anca vahshiyona yul tanladilar...
Dunyo Checheniston haqida unutti, va Checheniston ming afsuslar bulsinkim radikal islomchilarning qulida qoldi...
Terrorrizmning yoqlamayman , terrorzmga qarshi kurashish lozim, ammo uylab qaraylik , haqiqiy muammo nimada yotyapti,, Moskvada sodir bulgan bu vaziyatning ILDIZI qayerda yotyapti?????
BIR NARSANI UNUTMAYLIK ROSSIYANING HAM CHECHENISTONGA BUZLGAN TERRORINI....
Biz uzbeklar 130 yil mustamlaka buldik, rus imperiyasining qulida harob buldik,, ENDI AYTINGLAR CHECHENISTONING MUSTAQILLIKKA ERISHISHIGA QANDAY QARAYSIZLAR????????????ular bundan boshqa qanday yul tanlamogi darkordi??? :?: :idea:

Germon
10-25-2002, 01:59 PM
Men bunga juda ijobiy qarayman. Har qanday xalq mustaqil bulmog'i, uz yulini uzi belgilamog'i lozim. Nega endi chechenlar mustaqil bulmasliklari kerak ekan?
Uzi ruslarni nima haqqi bor Checheniston vayron qilishlariga? Checheniston hech qachon rus bulmagan, u ruslar tarafidan bosib olingan xolos.
Uzlarini mustaqil deb e'lon qilgan Chechenistonga ruslar Xalqlar Huquqiga zid ravishda bostirib kirishdi , bizning yermarimiz deb. Sabab qilib rus shaharlaridagi uy-joylardagi ISBOTI TOPILMAGAN portlashlarni kursatishdi, chechenlar qilgan deb.

Moskwadagi asir olish albatta notug'ri ish, oqlab bulmaydi, ammo urushni tuxtatishning yuli shu ekan, shunaqa qilishdi shekilli.

Menimcha Moskwa bu yulga yurmaydi, teatrni shturm qilishga urinadi, natijada... xudo biladi...

mdaaa ertaga ertalabdan birinchi asirni otamiz aytganlarimiz bajarib boshlanmasa deyishibdi... nima bularkin

BigN
10-25-2002, 03:05 PM
Kuch va zo'ravonlik bilan hech qachon u bu muammoni echib bo'lmidi!
Buni natijasida hardoim aybsiz aholi yoki halq sararlanadi...

10-25-2002, 05:08 PM
Kuch va zo'ravonlik bilan hech qachon u bu muammoni echib bo'lmidi!
Buni natijasida hardoim aybsiz aholi yoki halq sararlanadi...
Jormonboy fikrizga qushilaman, lekin aytingchi, qachon bu dunyoda biror narsa zurovonliksiz buldi????? ;)
Iroqni olaylik, Yugoslaviya-Kosovani olaylik, Afgonistonni olaylik,, va yana qancha qancha.. bu yerda hic aql ishlatib biror narsa qilindimi,, har hil birlashgan millatlar tashkilotlari bor,, ammo manfatlariga kelganda ular mantiqni yuqotib quyishadi,,,
Man Germonga qushilaman yul tugri tanlanmagan, ammo ualrning boshqa chorasi bormidi??? Lekin Putining haolida yuq Chechnyani berish umuman unga quysa ancha oldin bostiirb kirardi, ichida ruslardan boshqa millat vakillari borligi uni tuhtatib turibdi,, achinarli hol tabii, kuramiz nima bularkan uyogi.. ( manimcha bunday akt oldindan kutilishi kerak bulgan hodisa :idea: ) :idea: :idea: :idea:

terrano
10-25-2002, 07:37 PM
Bu harakatlar teatrda bulayapdi, tughrimi?
Bu narsa orazli ravishda ba'zi fikrlarni tushuntirish uchun ozroq turtki beradi: odatda teatrda (qug'irchoq teatrlarida), tomoshabinlarda kuzda tutilgan tassurotni uyghotish uchun qughirchoq teatri akterlari sahna ortida turib, qughirchoqlarga ovoz va harakat berib turishadi, ammo halq, yoki tomoshabinlar faqatgina kuzda tutilgan effectni olishadi, akterlar esa sahna ortida qolishadi. Faqat teatrda bu sahna tashkilotchilari e'lon qilinadi, ammo siyosatda...

Quyidagi savollarga javoblar nimanidir oydinlashtiradimi:

1. Umuman usha yerda garovga olib turganlar chechenlar ekanligi qanaqa ma'lumotlar asosida tasdiqlangan?

2. Mabodo ular chechenlar bulgan taqdirda ham, ular qaysi jangovar guruh yoki terroristik harakat ishtirokchilari, ularni "terrorist" deb atash uchun yetarli asos bormi?

3. Umuman olganda, Putinning keyingni saylovga nomzodini quyishi uchun qancha vaqt qoldi? (Bu faqat faktlarni aniqlashtirish uchun, agar bu biron narsani anglatsa, demak bu fikr tughri!)

4. Qiziq, nimagadir, chechen terroristic harakati ishtirokchilarini qidirish uchun odamlarning uylarini yoqishayapdimi Chechnyada, kunduzi quyoshning, kechasi projektorlar yorughi kamlik qilayapdi shekilli? Yoki rus harbiy harakati natijasida nobud bulgan yoki aniq harakatlar natijasida uldirilgan yosh bolalar kelajakda terrorist bulib chiqmasligi haqida yetarlicha qayg'urishmadimi? (bu fact hech qanday disinformaciyasiz, keyingi marta informaciya manbaini kursatib ketaman, hozir gazeta nomi, soni yodinda yuq)

5. AQSh da 11 sentyabr kuni amalga oshirilgan harakatlar tashkilotchilari sifatida jinoyatchi deb tahmin qilinganlar qulga olindi, ular bilan boghhliq guruhlar, ular rahnamolari qulga olinishi uchun hatti harakatlar boshlab yuborildi. Bu yerda bir savol meni qiynayapdi: AQSh usha portlashdan zarar kurdimi yoki foyda? (Afghoniston neft konlariga boy zona, undan tashqari bu zonalar hali egallanmagan, strategik maqsadlar uchun muhim zona. Bu ma'lumot uchun)

6. Bu savol agar tepadagi savolga "ha", yoki "foyda kurdi" deb javob berilgan taqdirda (umuman, javobdan qat'iy nazar bu savolga javob berish mumkin): Demak, AQSh, 11 sentyabr terroristik harakatlari natijasida, butun dunyo "proletariatini" "terrorizmga qarshi kurash" shiori ostida birlashtirish uchun ma'niaviy huquqni qulga kiritgan ekan, demak uning asosiy raqiblaridan biri Rossiya ham shunday ustunlikka ega bulishi kerak (bu siyosat!), ya'ni huddi shu yusindamas, scenariy ozgina uzgartirilgan tarzda ruy bersa ayni muddao (ahir mualliflik huquqi saqlanishi kerak AQSh ga nisbatan).

Demak teatr binosida biron narsa ruy berishi Rossiyaning jangovar hatti harakatlarni kuchaytirishi uchun asosiy omil buladi, adashmasam shunaqa, shekilli. Keyin usha terroristlar, yoki ularning homiylari Afghonistonda topiladi....

Umuman olganda hech qanday terroristic guruh yuq. Al-Qaeda ham butun bir davlat (yoki davlatlar) tuzumiga qattiq zarba bera oladigan kuchga emas. Bu yerda faqatgina siyosatchilar uzlari uylab topgan "terroristlar" bilan jang qilishayapdi, Afghonistondagi, umuman boshqa joylaridagi terroristic guruhlar esa ... Ular katta hukumatlar uchun atigi oddiy bir necha kunlik operaciya bilan likvidaciya qilish mumkin bulgan guruhlar holos... :) . Umuman olganda, ushbu harakatlar haqiqatda ham "terroristic" (ba'zi birovlar usha guruhlarni adashib "vatanparvarlar" deb atashadi, e.g. Chechnyada) guruhlar tomonidan tashkil qilinganda ham, bu ish mazmunini hech qancha uzgartirmaydi: AQSh va Rossiya hukumatlari kichik halqlarni, etnik guruhlarni ular madaniyati, diniga bilvosita ta'sir kursatish (ya'ni ma'naviy ta'sir kursatish, kamshitish, tahqirlash) natijasida ulardan keladigan reakciya qanday bulishini bilgani holda ushbu portlash vaqtini kutishadi, bu portlash ularga jahon siyosiy sahnasida ma'naviy ustunlik beradi (yuqorid aytib utilganidek).

Bu yerda faqatgina siyosiy Katta uyinning 2 qismi bulayapdi holos

thunderstrike
10-25-2002, 07:58 PM
Ushbu hodisani kelib chiqish sabablarini qidirish kerak. Nima chechen jngarilarini bunday ishga undadi? Nima uchun chechenlar siyosiy maqsadlar uchun o'z jonlarini tikishga tayyor? Nima uchun dunyo hamjamiyati chechen muammosi bilan bog'liq bo'lgan rus shovenist siyosatiga befarq qaraydi? 10 yildan beri davom etayotgan begunoh halok bo'lgan 10.000lab chechenlar, 100.000lab o'z uyidan mahrum bo'lgan va qochoq sifatida yashayotgan chechenlar taqdiri bilan dunyo jamiyatining ishi yo'q. Masalani tarihiga e'tibor berilsa, chechenlar rus bosqinchiligini eng katta qurboni - kavkaz urushi, 2-jahon urushi davrida majburiy ko'chirish (hayvonlarni transport qilish vagonlarida butun bir xalqni Kavkazda Qozog'istonga deportatsiya qilinishi - yo'lda vagonlar to'laligi sababli xalqning yarmi bo'qilish orqali hayotdan ko'z yumishi) chechenlarning ruslardan mustaqil bo'lish istagini tushinib etish mumkin.

Bu albatta tinch aholini garovga olishni oqlamaydi, lekin Rossiya hukumatining chechenlarga nisbatan olib borayotgan nohaq siyosati bu kabi extrimizmni kelib chiqishiga sababchi.

Quyidagi maqola shu haqida tasavvur beradi:

Raid Illustrates Chechen Desperation
By DEBORAH SEWARD, Associated Press Writer

The Chechens are among the fiercely independence-minded ethnic groups in Russia, and battled the czars in the 19th century before being defeated. They suffered mass deportation during World War II and declared independence as the Soviet Union collapsed in 1991.

http://story.news.yahoo.com/news?tmpl=story2&cid=518&ncid=518&e=2&u=/ap/20021024/ap_on_re_eu/russia_chechen_desperation_2

Terrano
10-25-2002, 08:34 PM
Salom.. Moskvadagi hozirgi ahvol juda yahshi bulmadi... ;)
Terrorrizm!!!! Bir maqsadga erishish uchun qanday razillikka bormaydi inson.. va TERRORLIK vositasi bilan bu narsa yanada olga ketyapti.. Lekin uylab qarasa Chechenlarning ham tugri haqligini unutmaslik kerak, tugri ular bir oz anca vahshiyona yul tanladilar...
Dunyo Checheniston haqida unutti, va Checheniston ming afsuslar bulsinkim radikal islomchilarning qulida qoldi...
Terrorrizmning yoqlamayman , terrorzmga qarshi kurashish lozim, ammo uylab qaraylik , haqiqiy muammo nimada yotyapti,, Moskvada sodir bulgan bu vaziyatning ILDIZI qayerda yotyapti?????
BIR NARSANI UNUTMAYLIK ROSSIYANING HAM CHECHENISTONGA BUZLGAN TERRORINI....
Biz uzbeklar 130 yil mustamlaka buldik, rus imperiyasining qulida harob buldik,, ENDI AYTINGLAR CHECHENISTONING MUSTAQILLIKKA ERISHISHIGA QANDAY QARAYSIZLAR????????????ular bundan boshqa qanday yul tanlamogi darkordi??? :?: :idea:

Charos,
siz savolning haqiqiy ildiziga yetib bordingiz deyarli. Ammo terrorizm nima. Aniqrog'i qaysi biri terrorizm:

1. kamchilik (yoki siyosiy jihatdan kuchga ega bulamagan) guruhlarning uz erkinligini qulga kiritish uchun olib borayotgan kurashi terrorizmmi?

2. Qilayotgan ishlari insoniy qonun qoidalar, normalar tomonidan hech qachon oqlanmasligi ma'lum bulsa-da, 'terroristlar' ning ular oilasiga, uziga, shahsiyatiga utkazilgan siyosiy, ma'naviy, harbiy ta'sirlar, tazyiqlar natijasi sifatida olib borilayotgan harakatlar terroristik harakatlarmi?

3. Yoki mana shu kichik naciyalar tomonidan yuqorida ta'kidlangan uz uzini himoya qilishga yoki uz shahsiyatini himoya qilishga qaratilgan, yoki inson tabiatida mavjud bulgan ma'naviy bosimga agressiv harakat bilan javob berilish hususiyatini bilgan holda, "psiho-polito-konstruktorlar" bilan birgalikda usha portlash vaqti va holatini aniq hisob kitoblarini ishlab chiqib, ushbu harakatlardan jahon arenasida terrorizm bilan kurashish borasida ancha tajribaga ega, aziyat chekgan mamlakat sifatida imijga intilish, ushbu imijdan yon davlatlarni safarbar qilish, harbiy harakatlarni kuchaytirish maqsadida harakat qiladiganlar terroristlarmi ?

agar terrorizm suzining lughaviy ma'nosi 'qurqitish' ekanligini hisobga olsak, kim-kimni qurqitmoqda ?


Tiraniya va terrorizm - uhshash suzlarga uhshaydimi

Username
10-25-2002, 11:43 PM
Hi guyz..hot news- the rebels were mostly killed, some of them captured and some escaped. And now my own opinion. Russians now are not the russians who conquered Central Asia and Caucasus. They're now very morally spoiled nation without any aims and thus any future.
Chechens-a small rebellion nation, which wants its own liberty and could be in the future an example to other small(mostly muslim) nations in Russia. They're not fighters(boeviki), they're rebels. And they're strengthened by our common religion. I wish we-uzbeks had 1/10 of their courage. I'm very sorry for the women among rebels. They could have children, families...
P.S. And, you should understand that they're not terrorists as russian media says.They don't fight for money, they're fighting for independance of their motherland. They're seperatists, revolutioneers, freedom-loving people...

Charos
10-26-2002, 04:45 AM
Ayanchli ahvol, haqiqattan chechenlarga achinaman va ualrning username aytganidek jasoratiga qoyil qolmay ilojim yuq, necha yildir bu urushda mardona kurashmoqdalar,,, Ammo terrano aytganidey juda kup qotilliklarni qilgan chechenlarmi.. yoki,, chenchenlar deb kursatib ularning niqobi ostida uz manfatini kuzlab yurgan va sonsiz razilliklarni qilgan Rossiya davlatimi???? Bu hodisa yuzasidan va tarihga kuz tashlasak juda kup fikr bildirish mumkin, va bu narsa qanday qilib aylantirib chiroyli qilib yaltiroq qogozga urab quyishiga bogliq!!!!!
Man fikrimcha bu hodisaning ishtirokchilari FSBdir.. terrano aytganidek bu akt Rossiya uchun va ayniqsa Putin uchun juda qul keldi,, yani urushni davom etirrishga bir turtki, (bundan keyin hamma chechenlarga nisbatan nafrati oshadi , Putin ham istaganjcha urushni davom ettira oladi, nima qiladi shunday boy neft konlariga ega bulgan davlatni birovga berib ;) )

Ammo bir narsa borki,, bu urush oqibatida yo rossiya davlati parchalanib ketadi, yo chechenlardan hic narsa qolmaydi :idea:
Qiziq qachongacha bu manfatlarga tula bulgan urush tugaydi yoki ikkinchi Afgoniston kabi haroba bulgan bir davlatga aylantiriladimi :idea:

TERRANO , USERNAME VA THUNDERSTRIKE sizlarning fikrlaringiz juda mantiqli va siyosattan ancha habaringiz bor ekanliginglar kurinib turibdi,, Shahsiy fikrlaringizni bilishni juda istar edim. :?:
sizningcha Rossiya federatsiyasining kelajagi bormi????? :idea:

Charos
10-26-2002, 06:22 AM
Qiziq ;) Nord OSt hikoyasi tugadi lekin ohiri juda qiziq buldi,,
Nega endi bu chechenlar ulish uchun kelgan edi .. Qurshov paytida 34 kishini terrorristni uldirishga erishildiyu, ammo , lekin biroq ulardan hic biri (ulganlardan) qornida yopishtirilgan Bombani portlatmadi ;) :idea: :idea: :idea: :?:

asdfg
10-26-2002, 09:14 AM
Charos, men ham hozir hayron bulib utirbman,
birinchi bulib uqigan habarim 67 kishi uldi, va 750 kishidan kkuproq kishi
qutqarildi degan habarda. men bundan habarni hihc kutmagandim, yo hamma teatrni binosi bilan havoga uchadi, yoki hamma hayotda qoladi degan fikrdaydim, chunki bundan boshqa variant yuq hisoblanardi.
hotinlar beliga boglab olgan bomblar nima buldi ekan?????
`"terroristlar" yaxshi qurolangan edi, harholda pichoq nayza yuq edi qularida, va taxminan 40 "terorist " bor diyehsgandi, usha bomba boglab olganlarni 4 tasi uzini havoga uchirsa teatrni yarmini yer yutib ketadiku!!
yoki putin kremlda utirib suf kuf qildimi ekan, bombalar portlamay qoldi??
BU NARSALAR HAMMASI ROSSIYA UYLAB CHIQRAGAN YANGI TEATRNING MATNI; UYINI ESA ERTA ENDIN CHECHENISTONDA IJRO ETILSA HICH AJAB EMAS!

bu ham huddi 11 senyarga uxshash bir uyinga uxshaydi,
kupchilik samolyotni bir guruh terroristlar tomonidan ugirlandi deydi,lekin
usha "ugirlangan" samolyotlar remute system bilan boshqarilgan bulishi ham mumkinku!
ha mayli bu meni ojizona fikrim,

Charos
10-26-2002, 09:48 AM
Hmmmmm, qiziq, mani ilmiy rahbarim bor edi, u doim POLITIKA ETO GRYAZNAYA IGRA DERDI; ;) POLITIKA ETO PROSTITUTSIYA uylab qarasam jon bor ekan...

BigN
10-26-2002, 11:22 AM
Mmm! Charos rostdan ham "komisch"!
Bu teroristlar gruppasi yoki aniqrog'i teroristlar gruppasi deb atalganlar nimaga portlatishga ulgurishmadi???
Ular portlatishni yo hohlashmadi yo bu narsani qila olishmadi!
Bu savollar juda qiziqtirgani uchun ayrim web saytlarni o'qib quyidagi info topdim: teatrga sturm qilinishidan oldin spez.modda tarqatilgan va terroristlar shu modda tufayli va undan tashqari rus professional spez. harbiylari tufayli qo'lga olindi (2 ta tirik terrorist va qolgani ...). Bu shturm jarayonida ayrim begunoh shaxslar o'ldirilishi albatta achinarli hol! Ko'pchilik yangiliklarga qaraganda ular hammasi *(9ta) yurak tomirlari kasalligidan vafot etgat. :?

terrano
10-26-2002, 02:42 PM
Salom hammaga,
Charos, berilgan baho uchun katta rahmat, ammo Rossiya kelajagi bor yoki yuqligi haqida biron fikr bildirish oghir, bu haqda biron fikr bildirmagan bulardim :)

Ushbu "hodisa", yoki "terroristik huruj" Chechnya masalasida halqaro miqyosda Rossiya obruyini oshiradi, yoki endi Rossiya tughi ostida birlashish uchun imkoniyat beradi:).
Umuman olganda, hozircha bir narsa deyish qiyin.

Asdfg fikri tughriligi ehtimoldan uzoq emas, 11 sentyabr voqealari, kechagi voqealar manfaatdor davlatlar tomonidan uyushtirilganligi ehtimoli yuq emas (afsuski, hamma dalillar va mantiq usha yerga olib boradi!).
Mu'jizali ravishda bombalarning portlamay qolishi nimani bildirishi mumkin, buning sababi ikkitadan bittasi bulishi mumkin:

1. bu "jangarilarning" "qulidan ish kelmaganligi" yoki ularning spec.naz soldatlari tomonidan "zararsizlantirlganligi" natijasida;
2. Yoki bu umuman tuzilgan rejada kuzda tutilmaganligi natijasida.

Har ikkala holda ham, Rossiya ushbu ishlarning tashkilotchisi yoki ushbu harakatlardan zarar kuruvchi bulgan taqdirda ham, teatrning portlashi uchun u (Rossiya) javobgar bular edi. "Jangarilar" tomonidan teatrning portlatilishi Rossiya hukumati sprovocion harakati natijasi deb baholanib, Rossiya bu hodisa uchun javobgar deb topilardi, demak teatrning portlatilishi Rossiya manfaatlariga zid edi. Spektaklning aynan ana shu joyda tugashi chechenlar bu ishni qilishi mumkin ekanligi haqidagi fikrni tug'diradi, aslida ushbu ishni ular qilisha olisharmidi yoki yuqmi, buni endi hech kim bila olmaydi. Ammo, u yerda qulga olingan va halok bulgan, qochib ketishga ulgurgan "jangarilar" kim bulishidan qat'iy nazar, haqiqiy javobgar kim ekanligi ma'lum: Rossiya !

Charos, men ham hozir hayron bulib utirbman,
birinchi bulib uqigan habarim 67 kishi uldi, va 750 kishidan kkuproq kishi
qutqarildi degan habarda. men bundan habarni hihc kutmagandim, yo hamma teatrni binosi bilan havoga uchadi, yoki hamma hayotda qoladi degan fikrdaydim, chunki bundan boshqa variant yuq hisoblanardi.
hotinlar beliga boglab olgan bomblar nima buldi ekan?????
`"terroristlar" yaxshi qurolangan edi, harholda pichoq nayza yuq edi qularida, va taxminan 40 "terorist " bor diyehsgandi, usha bomba boglab olganlarni 4 tasi uzini havoga uchirsa teatrni yarmini yer yutib ketadiku!!
yoki putin kremlda utirib suf kuf qildimi ekan, bombalar portlamay qoldi??
BU NARSALAR HAMMASI ROSSIYA UYLAB CHIQRAGAN YANGI TEATRNING MATNI; UYINI ESA ERTA ENDIN CHECHENISTONDA IJRO ETILSA HICH AJAB EMAS!

bu ham huddi 11 senyarga uxshash bir uyinga uxshaydi,
kupchilik samolyotni bir guruh terroristlar tomonidan ugirlandi deydi,lekin
usha "ugirlangan" samolyotlar remute system bilan boshqarilgan bulishi ham mumkinku!
ha mayli bu meni ojizona fikrim,

P.S. :?: Savol.. haqiqiy tomosha tugadimi yoki endi boshlanadimi: afsus bu tomoshaga kirishga hammamizda bilet bor!!!

Terrano
10-26-2002, 02:54 PM
hissiyotga berilib ketib, mantiqiy yondoshuvga kup e'tibor bermabman, agar fikrimni tushuntira olgan bulsam, demak fikrim tughri ("sening biliming boshqalarga tushuntira olganigcha").

Charos,
sizning bu hodisalardan qattiq ta'sirlanganingiz sezilib turibdi.
Hohlanmagan hodisalar guvohi buldik. Nima ham deymiz !!!
Umuman olganda odamlarga kup uylamaslik haqida maslahat bermayman, lekin sizga aksincha. Uylamaslikka harakat qiling, biron gao bular!

Neo, Germaniyada uqiydigan boshqa uzbeklar: Charos haqiqatdan ham homush. Unga hat yozib turinglar !!!

Chechen
10-27-2002, 08:21 AM
Qisqasi "Terroristlar"-Bratanlarimiz Fikrlab yaxshi qilib binoga kirib oloshgandan keyin, kup narsalarni hato uylashdi. Ular Rossiyani uzlarini amriga buysundirishmoqchi bulishdi, Putin esa eski KGBni odami, u bu yulni hech qachon qilmaydi. Sal narsani sezishgandan keyin bombani portlatish kerak edi, chunki baribir ulishlari aniq edi.
Dunyoda etibor berib qarasangiz neft uchun jangda Christlar va Yivriylar musulmonlarni yirga urib siyosat olib borishmoqda. Ularga biz hech qachon siyosat bilan kurasha olmaymiz, chunki bizda sotqinlar kup, yani g'arbni puliga uchadiganlar, shuning uchun biz qurbon bulaveramiz...
Chechen halqi qiynalganidan partizanlik urushini tanlashda boshqalar esa ularni Terroristlarga chiqarishadi, chunki shu orqali ular Rossiyadan foydalanishadi. Hullas bu dunyoda haqiqat yuqligi uchun uz mustaqqligi uchun kurashadiganlar kupyaveradi, bunga sharoitlar qilingani uchun ham. Ular kimga yoqmasa Terroristlar deb ataladi, aslida esa ular halq qahramonlari, kup misollar keltirish mumkin bunga... ;P
Oddiy halq esa bu intereslarni qarama-qarshiligidan qurbon bulaveradi, buni hech kim oldini ololmaydi!!!???!!!

Charos
10-27-2002, 12:51 PM
Chechen fikrizga qushilaman, bu bizning tarihni hotrilatadi, Dukchi eshon,, Madaminbek kabi qahramonlarni qanday bosmachi degan bulsalar, huddi shu hodisa bugungi kunda chechenlar bilan ruy beryapti :( ayanchli hol albatta, lekin nima bulsa ham manim fikrimcha buni chechenlar qilmaganlar, Terrano aytganidek bu spektaklning rejiseri ham Rossiyadir ;)

nekto
10-29-2002, 08:22 AM
Dobriy den vsem!
Hotel bi virazit svoe mnenie po etomu povodu. Mne iskrenne jal ves chechenskii narod, a takje ego otdelnih predstavitelei, tak nazivaemih "terroristov", kotorie reshilis na etot postupok ot bezvihodnosti i patriotizma. Konechno, vibrannii sposob ne samii luchshiy, no eto otchayannaya popitka privlech vnimanie obshestvennosti, vklyuchaya mejdunarodnuyu k chechenskomu voprosu. Ved "terroristi" prosili malogo: vivesti russkie voiska iz strani! Komu nujna eta bessmislennaya voina? Chechensam? Russkim molodim 18-letnim soldatam i ih materyam? Otvet - eto bizness!!! Eto $$$$$$$$$!!! Nobody tsares about the ususal people! Ne hochu zashishat "terroristov", no po moemu vreda bolshe (v smisle jertv) prinesla tak nazivaemaya Alfa, kotoraya gorditsya svoim "geroistvom". Kuda luchshe bilo bi priznat svoyu oshibku i nachat mirnie peregovori s Mashadovim, a ne travit ludey. Vse zalojniki uje ne jilsi (rano ili pozdno, posledstvia primenennogo himicheskogo orujia dadut o sebe znat) , hotya eta pitayutsya vsemi silami skrit. Pri jelanii "terroristi" mogli bi vzorvat zdanie ili perestrelyat vseh tam, odnako iznachalno takoy seli ne bilo. Vseh jal. V pervuyu ochered jal poteryannuyu nashu Rodinu, kotoruyu doveli do takogo plachevnogo sostoyania, gde jizn cheloveka - nichto! Mne prosto strashno za nashih detey, nashe budushee. Vot uj ne dumal, chto mi okajemsya posmeshishem dlya "proklyatih kapitalistov"!!! Daje vragu ne pojelaesh okazatsya v situasii rodstvennikov pogibshih nezavisimo ot ih nasionalnoy prinadlejnosti. Nu pochemu, pochemu tak trudno ostavatsya horoshimi druzyami?!!! Luuuudiiii! Davayte jit drujnooooo!!!!!