|
|
ViewsAbdulla OripovFrom Uzbekistan Online Forum WikiMedia[edit] Arslon chorlagandi...Erkin Vohidovga
Biz ham yuksaklarga tikkandik ko'zni, Bizda ham bor edi matonat, bardosh. Arslon chorlagandi qoshiga bizni, Lekin qumursqalar bo'ldi safardosh.
Jami tiriklikka tanish shu xatar, Qumursqa yaralgan yoppa talarga. Do'stim, alam qilar, arslon bexabar, Yem bo'lib ketsak shu qumursqalarga.
[edit] Birinchi muhabbatimKecha oqshom falakda oy bo'zarib botganda, Zuhra yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma'yuslik, sokinlik uyg'otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim. Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan, Ayri ham tushdim ba'zan qalb bilan, imon bilan, Lekin seni yo'qotdim, birinchi muhabbatim, Mangu g'aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.
Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan. Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan... Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim, Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.
Yulduzday kulganim yo'q, oy kabi to'lganim yo'q. Erta xazon gul kabi sarg'ayib so'lganim yo'q, Seni eslab yig'layman, birinchi muhabbatim, Eslab bag'rim tig'layman, birinchi muhabbatim.
G'ussaga botsa odam - muhabbatga suyangay. Chorasiz qotsa odam - muhabbatga suyangay, Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim. Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.
Sirli tushlar ko'rib men bor dunyoni unutdim. Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim, Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim, Yolg'iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.
[edit] Dunyoni qizg'anmaDunyoni qizg'anma mendan, azizim, Men sening ko'changdan o'tmasman zinhor. Mening bu olamda o'z aytar so'zim Va o'zim sig'inar mozorlarim bor.
Dunyoni qizg'anma mendan, azizim, Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo. Sen yurgan tog'larda qolmagay izim, Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.
Dunyoni qizg'anma mendan, azizim, Qalbingni yoqmasin shubha va so'roq, Men o'zga manzilga tikkanman ko'zim, U sening kulbangdan juda ham yiroq.
[edit] "G'anim bo'lolmasmiz ikkimiz sira"G'anim bo'lolmasmiz ikkimiz sira, Do'st ham bo'lolmasmiz balki hech qachon. Balki emasdirsan sen ham bokira, Balki emasdirman men ham pokdomon.
Ikkimiz uchun ham yagona zamin. Men ham sening uchun bitmadim kitob, Sen ham shuhratimni etmassan ta'min.
Nechun mangulikdan behuda talab? Axir ikkimiz ham so'ng manzil tomon Ketmasmiz dunyoning yukin orqalab.
[edit] G'azalBu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman, O'qurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman.
Yarashgaydir, ajab, senga ajab nozu tamannolar, Keturman, deb shitob etding, shitobing ichra men borman.
Yuzing hajri bilan oqqan labolab chashm selobin - Ichurman, deb sharob etding, sharobing ichra men borman.
Umid uzgil, deding oshiq, muhabbat rishtasin uzgum, Uzurman, deb azob etding, azobing ichra men borman.
Qayon qoldi o'shal so'zkim muhabbat ko'shkini, ey yor, Tuzurman, deb sarob etding, sarobing ichra men borman.
Dilimda qolgan ushbu har na manzil kulbai ishqni - Buzurman, deb xarob etding, xarobing ichra men borman.
Muhabbat gulshani ichra olib Abdullaning qalbin, Chalurman, deb rubob etding, rubobing ichra men borman.
[edit] "Haddim bormi"Haddim bormi sizga bir so'z aytmakka, Hatto uzr aytmoqqa sig'armi haddim?.. Sizning husningizga boqqali yakka Qancha savdolarni boshdan o'tkardim. Sizga ikki olam boricha nisor, Siz ikki olamdan balandsiz mutloq. Sizga faqatgina termulmoq darkor. Sizga faqatgina lozim sig'inmoq.
[edit] Ikki soniyaUyda tinchi bo'lsin yigitning avval, So'ngra butun bo'lsin do'stning imoni. Inson Yuragini tilkalar azal, Shu ikki narsaning buyuk armoni.
Biridan boshlanar shu yorug' olam, Dunyoga qo'yilgay ostonadan ot. Uydan boshi egik chiqdimi odam, O'sha kun tor unga butkul koinot.
Yigitning bir umri do'st bilan butun, Do'st bilan shirindir zaqqum hayoti. Do'stdan pand egan chog' ne bor uning-chun! Bad unga hattoki bor inson zoti.
Buyuk shiddat bilan jo'sharkan hayot, Shu ikki narsaga biz goh beparvo, Shu ikki soniya hamdam bo'lgan zot, Mening nazarimda, eng aziz siymo.
[edit] IltijoYuzlaringni mayliga, yashir, Kerak emas nozlar, imolar. Go’zallikning qoshida axir Cho’kka tushgan hatto xudolar.
Kimga foyda behuda junun Va dunyoga g’avg’o solishdan. Ayriliqdan qo’rqmasman bu kun, Men qo’rqaman sevib qolishdan.
[edit] KetmoqdamanYaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman, Ishq aro endi holim zeru zabar, ketmoqdaman.
Barchasidan ushbu kun yo'qdir samar, ketmoqdaman.
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman.
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.
Ketmagimdan, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.
Xasta bu Abdulladan olgin xabar, ketmoqdaman.
[edit] "Men quvonar bo'lsam"Men quvonar bo’lsam, sen sabab, O’yga tolar bo’lsam, sen sabab. Men o’lishni istamasman, yo’q, Nogoh o’lar bo’lsam, sen sabab.
[edit] OhuMakoning bo'libdi tog'lar orasi, Sensan go'zallikning asli, sarasi. Ma'yus yuragingda ishqning yarasi, Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
Nechun doim g'amgin, doim mustarsan. Latif shijoating qayga qistarsan, Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
Va na go'zalliging uchun shuhrat-shon. Sayyod jabri senga bermaydi imkon, Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.
Tongda oyog'ing qo'y baland bir toshga. Seni quyosh o'zi ko'targay boshga, Sen ham oshiqmisan yoki ohujon.
[edit] OnajonOnam Turdi Erdona Karvon qizi xotirasiga
Necha kunki yo'q oromim Kelolmayman hushimga. Onajonim kechalari Kirib chiqar tushimga.
Oy nurida yaltirar. Onajonim imlab meni Qoshlariga chaqirar.
Ko'zlarida hayajon. Yotar payting bo'ldi-ku der, Kela qol, der, bolajon.
Fig'onimdan chiqar dud. Yig'lama, deb qo'llarimga Tutqazarlar so'ng tobut.
Qovurilar tanda jon. Onajonim, bunday qilma, Bunday qilma, onajon.
Silab o'ksuk boshimni: - Endi senga bersin umr, Senga bersin yoshimni.
Erta ketding olamdan. Ukalarim bag'rim ezar, Ajradik deb onamdan.
Yoshab o'tsin dunyoda. Onajonim, har kim oshin Oshab o'tsin dunyoda.
Azaliy bir qismatdir. Lekin, ona, tiriklik ham Bilsang, yarim hikmatdir.
Silab turgin, onajon. Qolganlarga endi umr Tilab turgin, onajon.
II U kun chetda oh chekardim G'ussalarning dastidan. Sen otamga pul beribsan Yostig'ingning ostidan.
Kelmasin hech o'yiga. Sarf qilingiz, menga emas, Abdullaning to'yiga.
Bilarding-ku, onajon. Bundan ko'ra bag'rim o'ysang Bo'lardi-ku, onajon.
Sabring menga yo'qmidi? Onajonim, bundan o'zga Jabring menga yo'qmidi?
Nola qilib so'ylasang. Nahot, axir so'nggi dam ham Farzandingni o'ylasang.
Bitkazar-ku tiriklar. Onajonim, bir kunini O'tkazar-ku tiriklar.
Orzular ham cho'zar bo'y. Onajonim, balki bir kun Aytganingday bo'lar to'y.
Ko'karganda gul, chechak, Ostonamga qadam qo'yar, Sen istagan kelinchak.
Balki gul ham sochadi. Balki munis opajonim Kel, deb, quchoq ochadi.
Kamim bo'lmas hech qachon. Lekin seni o'sha damda Qaydan topay, onajon.
III Esimdadir, titrar edim - G'amgin, bolish pastida. Kitobimni ko'rdim nogoh Boshginangning ostida.
Bor toqatdan ayrilib. - Shoir o'g'lim, - deding menga Sekingina qayrilib.
Nafas qilding u zamon. Shoir bo'lgin, deya balki Havas qilding u zamon.
Bir kun shavqqa to'larman. Balki men ham aytganingday Bir kun shoir bo'larman.
Ushbu kunda tilim lol. Balki faqat shu sababli Shoir bo'lsam ehtimol.
Qolib ketmas bu tanim, Kamolimni ko'rar balkim, Yurtim, ona Vatanim.
Paymona ham beomon. Kuzatarlar meni ham so'ng Senga tomon, sen tomon.
Do'stlar bosh ham egadir. O'sha damgi iqbolim ham, Onajonim, sengadir.
Dilda neki hayajon, Bari, bari senga bo'lsin, Senga bo'lsin, onajon.
Nomim, shonim bir yo'la. Xotirangga ushbu she'rni Yozdi o'g'ling Abdulla.
[edit] "O'tinaman"O’tinaman, Yiroqlardan men Huzuringga sog’inib yelsam, Toleimga kulib chiqqin sen, Quvonchingni yashirma hech ham.
Uzoqlarga otlansam yana, Safar to’nin kiysam erta-kech. O’tinaman, erkam, o’shanda Darig’ tutma ko’z yoshingni hech.
[edit] O'zbekistonYurtim, senga she'r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. Shoirlar bor, o'z yurtin butun - Olam aro atagan tanho. Ular she'ri uchdi ko'p yiroq, Qanotida kumush diyori, Bir o'lka bor dunyoda, biroq Bitilmagan dostondir bori: Faqat ojiz qalamim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Topolmasam chekmasman alam. O'tirmasman ertaklar so'zlab, Musallo deb yo'nmasman qalam. Ko'klamingdan olib sururni, Dovrug' soldi ustoz Olimjon, G'afur G'ulom tuygan g'ururni Qilmoq mumkin dunyoga doston. Olis tarix qadamim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Ilg'ay olmas barchasin ko'zim. Maqtamasman moziyni biroq, O'tmishingni o'ylayman bir zum. Zabtga olib keng Osiyoni, Bir zot chiqdi mag'rur, davongir, Ikki asr yarim dunyoni Zir qaqshatdi Buyuk jahongir. Aytgum, bu kun, u manim, manim. O'zbekiston, Vatanim manim.
Bir kalom bor gap avvalida. Osmon ilmi tug'ilgan ilk bor Ko'ragoniy jadvallarida. Qotil qo'li qilich soldi mast, Quyosh bo'lib uchdi tilla bosh. Do'stlar, ko'kda yulduzlar emas, U, Ulug'bek ko'zidagi yosh. Erda qolgan, o, tanim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Ko'z oldimdan kechar asrlar, Ko'z-ko'z etib nuqsu chiroyin. Sarson o'tgan necha nasllar, Topolmasdan tug'ilgan joyin. Amerika - sehrli diyor, Uxlar edi Kolumb ham hali, Dengiz ortin yoritdi ilk bor, Beruniyning aql mash'ali. Kolumbda bor alamim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Ko'p jahongir ko'rgan bu dunyo, Hammasiga guvoh er osti. Lekin, do'stlar, she'r ahli aro Jahongiri kam bo'lar, rosti. Besh asrkim, nazmiy saroyni Titratadi zanjirband bir she'r. Temur tig'i etmagan joyni Qalam bilan oldi Alisher. Dunyo bo'ldi chamanim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Bir zot borkim, baridan suyuk: Buyuklarga baxsh etgan daho, Ona xalqim, o'zingsan buyuk. Sen o'zingsan, eng so'nggi nonin O'zi emay o'g'liga tutgan. Sen o'zingsan, farzandlar shonin Asrlardan opichlab o'tgan. Ona xalqim, jon-tanim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Bosh ustingdan o'tdi ko'p zamon, O'tdi Budda, o'tdi Zardushti. Har uchragan nokasu nodon, Ona xalqim, yoqangdan tutdi. Seni chingiz g'azabga to'lib Yo'qotmoqchi bo'ldi dunyodan. Jaloliddin samani bo'lib Sakrab o'tding Amudaryodan. Sensan o'shal samanim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Toleingda bor ekan yashash, Goh qon ichding, gohida sharob. Etmoq bo'lib yurtim xomtalash, Bosh ustingga keldi inqilob. Chora istab jang maydonidan Samolarga uchdi unlaring, Shahidlarning qirmiz qonidan Alvon bo'ldi qora tunlaring. Qonga to'lgan kafanim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Lekin oftob poymol o'lmas, Kavaklarda qolmas oy nuri, Odil hakam - haq bor, beg'araz, Mazlumlarning buyuk g'amxo'ri. Qilich serpab tole tongida O'zligingni tanib qolding sen. O'g'lonlarning qatra qonida O'zbekiston nomin olding sen. Nomi qutlug' gulshanim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Tinch turarmi bu ko'hna olam, Tinch turarmi dog'uli zamon. Oromingni buzdi sening ham Fashist degan vahshiy olomon. Qonim oqdi Danoigda manim, Sobir Rahim yiqilgan chog'da. Lekin, yurtim, kezolmas g'anim. O'zbekiston atalgan bog'da. Sensan nomus va sha'nim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Kech kuz edi, men seni ko'rdim, Derazamdan boqardi birov. U sen eding, o, dehqon yurtim, Turar eding yalangto'sh, yayov. - Tashqarida izillar yomg'ir, Kir, bobojon, yayragil bir oz. Deding: - Paxtam, qoldi-ku axir, Yig'ishtiray kelmasdan ayoz. Ketding, umri mahzanim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Sen ketarsan balki yiroqqa,
Balki chiqib oqargan toqqa, Cho'pon bo'lib gulxan yoqarsan. Balki ustoz Oybekdek to'lib Yozajaksan yangi bir doston. Balki Habib Abdulla bo'lib, Sahrolarda ochajakson kon. Tuprog'i zar, ma'danim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo, Fazolarga qo'ysang ham qadam, O'zligingni unutma aslo, Unutma hech, onajon o'lkam. Bir o'g'lingdek men ham bu zamon Kechmishingni qildim tomosha. Iqbolingni ko'roldim ayon Istiqlolning ufqlari osha. Iqboli hur, sho'x-shanim manim. O'zbekiston, Vatanim manim.
Zavol ko'rma hech qachon, o'lkam, Zavol bilmas shu yoshing bilan. Muzaffar bo'l, g'olib bo'l, o'ktam, Do'stu yoring, qardoshing bilan. Asrlarning silsilasida Boqiy turgay koshonang sening. Ulug' bashar oilasida Mangu yorug' peshonang sening. Mangu yorug' maskanim manim, O'zbekiston, Vatanim manim.
[edit] Qo’lYigit kuchga to’ldi, yetildi, Bilaklarin to’ldirdi muskul Chamasida bilak kuchining Qarshisida oson har mushkul U istasa metin toshlarni Sovuradi tuproq, kul kabi. Ammo yorning yuzida u qo’l Siypalanar mayin gul kabi.
[edit] Sen bahorni sog'inmadingmiUyg'onguvchi bog'larni kezdim, Topay dedim qirdan izingni. Yonog'ingdan rang olgan dedim - Lolazorga burdim yuzimni, Uchratmadim ammo o'zingni, - Sen bahorni sog'inmadingmi?
Uzoqlarda zalvorli tog'lar Xayolimni keldilar bosib. Kechdi qancha intizor chog'lar, Vasling menga bo'lmadi nasib, Sensiz men ham, bahor ham g'arib, - Sen bahorni sog'inmadingmi?
O'ngirlarda sakraydi ohu, Na'matakda sa'va mittijon. Qorliklardan sipqarilgan suv, Daralarda uradi javlon. Nigohimdan faqat sen pinhon, - Sen bahorni sog'inmadingmi?
Mana, bugun navro'zi olam, Do'stlarimga gullar tutarman. Qaylardasan, sevgili erkam... Qo'limda gul, seni kutarman, Umrim bo'yi chorlab o'tarman, - Sen bahorni sog'inmadingmi?
[edit] Sen qaydan bilasanSen qaydan bilasan, Balki yulduzlar Menga sirlarini So’ylayotgandir.
Sen qaydan bilasan, Balki bu ko’zlar Unsiz bir qo’shiqni Kuylayotgandir.
Sen qaydan bilasan, Balki keng olam Shu mo’jaz qalbimga Bo’ylayotgandir.
Sen qaydan bilasan, Balki meni ham Kimdir qaydadir O’ylayotgandir.
[edit] Sendan yiroqdaSening ezgu xayoling bilan Tong yorishdi, quyosh ham botdi. Va mening bu sevgi asiri Yuragimda hislar tutoqdi. Qayda sening latif qiyofang?! Ishonmadim she’r xayoliga Nahot tushsam sendan yiroqda Pinhon yongan oshiq holiga…
[edit] Sog’inchParchagina bulut, Cheksiz osmon, Adir ostidagi yolg’izoyoq yo’l… Barcha tashvishlarni unutib, shodon Qaytgim kelayotir qoshingga butkul. Qismat mayin ichdim – achchiq va taxir, Tuydim ehtirosning samoviy kuchin. Dunyoda odamzod yashamas axir, Faqat irodasin sinamoq uchun. Parchagina bulut, Cheksiz osman, Adir ostidagi yolg’izoyoq yo’l… Barcha tashvishlarni unutib, shodon Qayta olsam edi qoshingga butkul.
[edit] Xatolaring kerak ulargaShundaylar bor, senga lutf aylab, Do'stman, deya qo'lin tutarlar. Lekin har zum qadaming poylab, Xato qilishingni kutarlar.
Xato qilsang, ularga bayram, Yo'qsa, zahru zaqqum yutarlar. Mayli, jindek, zarra bo'lsa ham, Xato qilishingni kutarlar.
Xatolaring kerak ularga, Shox-novdangni darhol butarlar. Tag'in kunni ulab tunlarga, Xato qilishingni kutarlar.
Etti pushting go'rin titarlar. Faqat unma, ulg'ayma faqat, Xato qilishingni kutarlar.
Ular senga bir umr yo'ldosh, Sodiq hamroh kabi o'tarlar. Qabring uzra egsalar ham bosh, Xato qilishingni kutarlar.
[edit] "Xayr endi, xayr, dilrabo"O’ylardimki, nomingni sening Takror etmas edi tillarim. Ko’p bo’lmishki, qo’msab vaslingni Yo’llaringda oqmas unlarim. Men beparvo o’ynab arshimda Sen uchun ham yurardim shodon, Nechun paydo bo’lding qarshimda, Yana kabob bo’lsinmi bu jon? Yana qo’shiq aytaymi ingrab, Yana anduh bo’lsinmi ishim?! Istamayman, g’amimni tinglab Do’stlarimning ma’yus bo’lishin… Xayr endi, xayr, dilrabo, Mayli kuylay nomingni aytib, Katta yo’lga chiqqanman, ammo, Ul so’qmoqqa bormasman qaytib, Xayr endi, xayr, dilrabo.
[edit] "Yulduzlar o'tiga"Yulduzlar o’tiga bardosh berurman, Fazolar taftiga qilurman toqat. Yoningga sog’-omon qaytib kelurman Otash nigohingda yongali faqat. To’lqinlar qutursin, mayli, beomon, Mening qismatimni ko’molmagay u. Bari bir, yoningga qaytaman omon, Moviy ko’zlaringga cho’mgali mangu. |